Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (SQ-911-IV-son)
18.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasi birinchi qismining 1-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Jumanazar Odilovich Ergashev oʻn yillik muddatga;
Maʼmurjon Abdiraximovich Kadirov muddatsiz davrga;
Dilshod Majidovich Rajabov muddatsiz davrga;
Nosirjon Odiljon oʻgʻli Rasulov oʻn yillik muddatga;
Burxon Raximovich Turdiyev oʻn yillik muddatga;
Asqarali Axmadjonovich Ummataliyev oʻn yillik muddatga;
Gulnafis Abdimuhitdinovna Xudayberdiyeva oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 18-may,
SQ-911-IV-son
