Oila manfaatlarini taʼminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar davlat dasturi toʻgʻrisida (45-son)
27.01.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oilaning jamiyatni oʻzgartirishdagi tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 9-dekabrdagi F-796-son Farmoyishi bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Oila manfaatlarini taʼminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar Davlat dasturi tasdiqlansin (1-ilova).
2. Hokimiyat va boshqaruvning davlat tuzilmalari mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar Davlat dasturi topshiriqlarining belgilangan muddatlarga muvofiq soʻzsiz bajarilishini taʼminlashning mukammal choralarini koʻrsinlar. Ushbu maqsadlarda ikki hafta muddatda:
Davlat dasturida koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni korxonalar va tashkilotlarning aniq shart-sharoitlariga muvofiq ravishda, shuningdek, korxona, tashkilot joylashgan erdagi mahallalarda yashovchi oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash zarurligiga qarab amalga oshirish boʻyicha tarmoq va idoraviy tadbirlar;
shaharlar, tumanlar, qishloqlar va ovullarning mahalliy shart-sharoitni hisobga oluvchi va har bir oilani qamrab oluvchi oila manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshiriladigan mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilsin.
3. Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari qabul qilingan 1998-yilgi Davlat dasturida nazarda tutilgan oila manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlarning tutgan oʻrni va ahamiyatini keng tushuntirishni taʼminlasinlar.
Oila manfaatlarini taʼminlash dasturlarining bajarilishi doimo kuzatib borilsin va uning natijalari keng yoritilsin.
4. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha darajalardagi hokimliklar har chorakda oʻzlarining yakuniy majlislarida manfaatdor organlar va tuzilmalarni jalb qilgan, masʼul ijro etuvchilarning hisobotlarini tinglagan holda oila manfaatlarini taʼminlash borasidagi tegishli dasturlarning bajarilishini koʻrib borsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 27-yanvar,
45-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-yanvardagi 45-son qaroriga 1-ILOVA
Oilaviy manfaatlarni taʼminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigai tadbirlar
DAVLAT DASTURI
Eslatma: Boʻlim tadbirlari tegishli vazirliklar, idoralar va bajaruvchi tashkilotlar xarajatlarining tasdiqlangan smetalari doirasida amalga oshiriladi.
* qurilishlarning aniq roʻyxati boʻyicha aniqlashtirilmoqda.
Oila manfaatlarini taʼminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar Davlat dasturiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan ishlab chiqilishi yoki qaytadan koʻrib chiqilishi zarur boʻlgan qonunlar va meʼyoriy hujjatlar
ROʻYXATI
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
