“Chet elda hisobvaraqlarni ochish uchun ruxsatnomalar berish tartibi”ga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (610-2-son)
24.05.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 24-mayda 610-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish tartibi”ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin (1999-yil 22-yanvar, roʻyxat raqami 610-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 1-son).
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 17-aprel,
390-2-son
