“Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqot markazi Ustaviga (Rim, 2013-yil 29-noyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi QL-1148-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqot markazi (ICCROM) Ustavini (Rim, 2013-yil 29-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”) (4315-IV-son)
30.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqot markazi (ICCROM) Ustavini (Rim, 2013-yil 29-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1148-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqot markazi Ustaviga (Rim, 2013-yil 29-noyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-aprel,
4315-IV-son
