Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (262-son)
06.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼati aʼzolari soni 9 (toʻqqiz) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqdi saqlash vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 17-dekabrdagi 760-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-may,
262-son
