Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (4240-IV-son)
08.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar munosabati bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga, shu jumladan 2024-yil 15-16-fevral kunlari Andijon viloyatiga hamda 29-fevral va 1-mart kunlari Xorazm viloyatiga tashriflari yakunlari boʻyicha qabul qilingan bayonlarda hamda qator hujjatlarda belgilangan vazifalarning davlat organlari tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga qoʻshimchalar kiritilishini taqozo etmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 14-fevralda qabul qilingan 4034-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova berilmaydi
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-aprel,
4240-IV-son
