“Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarining soliq munosabatlarida aniq huquqiy maqomi belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 127-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1080-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (4234-IV-son)
08.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 13-fevralda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarining soliq munosabatlarida aniq huquqiy maqomi belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 127-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1080-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-aprel,
4234-IV-son
