“Nomoliyaviy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot” boʻyicha 2-invest(yillik) va 2-invest (choraklik) davlat statistika hisoboti shakllarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida (1316-son)
24.02.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA qOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 24-fevralda 1316-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 409-sonli “Qurilish doirasidagi hisobotlarni yanada takomillashtirish boʻyicha tadbirlar” toʻgʻrisidagi qarori asosida Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Nomoliyaviy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot” boʻyicha 2-invest (yillik) va 2-invest (choraklik) davlat statistika hisoboti shakllarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga foydalanish uchun yetkazilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatida qayd qilingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasining raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-yanvar,
1-son
