“Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1144-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4228-IV-son)
08.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1144-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari R. Djumamuratov, J. Abdurasulov, J. Ergashev va Sh. Qulmatov tomonidan 2024-yil 28-martda kiritilgan “Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1144-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-aprel,
4228-IV-son
