“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1842-7-son)
10.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1842-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D. LI
Toshkent sh.,
2024-yil 26-aprel,
2-son
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari A. QAYuMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-aprel,
02/11-05/02-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-aprel,
2024-07-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2024-yil 17-aprel
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili D. KASIMOV
2024-yil 19-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 26-apreldagi 2-son, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 22-apreldagi 02/11-05/02-son va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-apreldagi 2024-07-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil 11-iyuldagi 77, 2008-33-son, 2008-yil 26-iyundagi 13-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842, 2008-yil 15-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 337-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2011-yil 14-martdagi 21, 2011-9, 2-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-1, 2011-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 123-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 24-apreldagi 39, 2013-27, 01/19-26/02-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-2, 2013-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 395-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 91, 2014-38, 01/19-26/29-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-3, 2015-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 18-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 21-dekabrdagi 108, 2015-35, 01/19-26/25-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-4, 2015-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 651-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 29-dekabrdagi 189, 2017-69, 01/15-1-10/36-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-5, 2018-yil 17-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1842-5/0581-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 20, 18 va 11-yanvardagi 2, 2021-04, 05/11-05/01-son “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1842-6, 2021-yil 22-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son).
