“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227-1-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1140 sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (4211-IV-son)
02.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 20-martda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2271-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1140-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-aprel,
4211-IV-son
