“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kommunal toʻlovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1139-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4254-IV-son)
09.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2024-yil 11-martda kiritilgan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kommunal toʻlovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1139-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-aprel,
4254-IV-son
