Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-175-son)
10.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlash, zoʻravonlikdan aziyat chekkan shaxslarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmat sifatini takomillashtirish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila — mahalla — tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Belgilansinki, 2024-yil 1-iyundan boshlab:
a) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazlari) tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida boʻlgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar koʻrsatish tartibi joriy etiladi;
b) xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan roʻyxatga olinadi;
v) tazyiq va zoʻravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat oʻtkaziladi;
profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari tegishli hududdagi shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarga joylashtiriladi;
rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir maʼlumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.
3. Tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
2024-yil 1-iyundan boshlab Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;
2024-yil 1-oktabrdan boshlab respublikaning qolgan barcha hududlarida shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda tunu kun ishlaydigan birlamchi koʻmak xonalari tashkil etilsin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) birlamchi koʻmak xonalarida:
jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zoʻravonlikka uchragan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtiriladi;
shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam koʻrsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi toʻgʻrisida tahlillar oʻtkaziladi;
b) tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻnalishida:
Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining hududiy markazlarida (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) vaqtinchalik boshpana (shelter)lar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
hududiy markazlarga qarashli 14 ta namunali tumanlararo markazning mavjud shtat birliklari hamda moddiy-texnika bazasi toʻliqligicha hududiy markazlarga oʻtkazilgan holda tugatiladi;
birlamchi koʻmak xonalarida yordam olgan shaxslar mazkur tibbiyot muassasasining xulosasi va himoya orderi asosida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish shartnomasiga muvofiq ariza talab etmagan holda hududiy markazlarga joylashtiriladi. Bunda oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlarni, shuningdek zoʻravonlik sodir etgan shaxs ozodlikdan mahrum etilganligi, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganligi, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanganligi yoki majburiy davolanishga yuborilganligi bois himoya orderining amal qilish muddati tugatilgan yoki himoya orderi rasmiylashtirish rad etilgan xotin-qizlarni hududiy markazlarga joylashtirish uchun himoya orderi talab etilmaydi;
v) tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslarning ijtimoiylashuv darajasi ijtimoiy xodim, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori tomonidan olti oy davomida monitoring qilinadi;
g) tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar bilan ishlash yoʻnalishida:
zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish ishlariga majburiy ravishda Milliy gvardiyaning inspektor-psixologlari ham jalb qilinadi;
2024-yil 1-oktabrdan boshlab himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturi “Inson” markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
2025-yil 1-yanvardan boshlab, ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning reyestri yuritiladi;
d) 2024-yil 1-dekabrdan boshlab bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zoʻravonlik holati boʻyicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi.
5. “Inson” markazlariga tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashda quyidagi qoʻshimcha huquqlar taqdim etilsin:
tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarga himoya orderini berish uchun ichki ishlar organiga murojaat qilish;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar hududiy markazlarda boʻlish vaqtida ishlab chiqilgan yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturining ijrosini monitoring qilish;
zarur hollarda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlsa, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlariga talabnoma kiritish.
6. Quyidagilar:
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilishga doir chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Zoʻravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini taʼminlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan media-reja 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Agentlik:
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar ijtimoiy xizmatlarni taqdim etuvchi jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi;
tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari reyestrini yuritadi;
tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va boshqa yoʻnalishlarda faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat ijtimoiy buyurtmasi orqali jalb qilinishini taʼminlaydi.
8. Agentlik:
ikki hafta muddatda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga birlamchi koʻmak xonalarida yordam koʻrsatish va ularni hududiy markazlarga joylashtirishni nazarda tutuvchi maʼmuriy reglamenti loyihasini kiritsin;
2024-yil 1-avgustga qadar tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish standarti tasdiqlanishini taʼminlasin;
2024-yil 1-oktabrga qadar tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarning fuqarolik ishlari boʻyicha sud ishlarida majburiy tartibda prokuror ishtirokini taʼminlash, ularga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tartibini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin;
2024-yil 1-oktabrga qadar Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni aniqlash, ularning hayotiy vaziyatini baholash va yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllashning takomillashtirilgan tartibini joriy etish boʻyicha takliflarni kiritsin;
2024-yil 1-oktabrga qadar xalqaro ekspertlarning xulosasiga asosan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi negizida koʻp funksiyali markaz faoliyatini tashkil etishga doir takliflarni kiritsin;
2025-yil 1-yanvardan boshlab “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida zoʻravonlik holati, tazyiqqa uchragan shaxsga koʻrsatilgan xizmatlar, tuzatish dasturi bajarilishini monitoring qilish boʻyicha modulni joriy etsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-may,
PQ-175-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qaroriga 1-ILOVA
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilishga doir
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochiI. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish1.Mehnat kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish:boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati yuzasidan tahdid qilayotgan xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa doimiy ishga oʻtkazish yoxud ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;mehnat jarayonidagi tazyiq va zoʻravonlikni hamda ushbu holatlar yuzasidan koʻrilgan choralarni idoraviy odob-axloq komissiyasida yoki kasaba uyushmasi vakili ishtirokida bayonnoma tuzgan holda batafsil muhokama etish;kalendar yili davomida himoya orderidan foydalangan xodimga oʻzining ruhiy-emotsional holatini tiklash uchun asosiy mehnat taʼtili bilan birgalikda ish haqi saqlangan holda oʻn kundan iborat qoʻshimcha mehnat taʼtili berish.Qonun loyihasi2024-yil avgustKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar,Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi2.“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish:voyaga yetmagan bola, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning, shuningdek, voyaga yetgan taʼlim oluvchining murojaatida koʻrsatilgan tazyiq va zoʻravonlikka suiqasd holatiga huquqiy baho berilmagunga qadar taʼqib qilayotgan xodim (shaxs)ni, shu jumladan himoya orderi amal qilish davrida, taʼlim berish jarayonidan chetlatish;himoya orderi amal qilish davrida voyaga yetmagan bola, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning, shuningdek, voyaga yetgan taʼlim oluvchining taʼlim jarayoni uchun toʻlanadigan majburiy badallarni toʻlashni (toʻlov-kontrakt mablagʻlari toʻlovi bundan mustasno) toʻxtatib turish.Qonun loyihasi2024-yil avgustMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar3.Qonunchilik hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish:“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarini tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning farzandlari, shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolar kiritishda davlat bojidan ozod qilish;“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarning yoʻqotilgan bank plastik kartasini tiklash uchun tijorat banklariga murojaat qilish yuzasidan notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomani tasdiqlash huquqini berish;Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari, shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning yoʻqotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya ID-kartalari), tugʻilganlik haqidagi hamda nikoh qayd etilganligi haqidagi guvohnomalari oʻrniga yangisini olishda, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, yolgʻiz ona arizasiga asosan qayd qilingan tugʻilganlik haqida maʼlumotnoma hamda familiya, ism, ota ismini oʻzgartirganlik haqida maʼlumotnomani olishda, shuningdek, yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashda jarima, davlat boji va gerb yigʻimidan ozod qilish;tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarning fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlarda majburiy tartibda prokuror ishtirokini taʼminlash.Qonun loyihasi2024-yil sentabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Adliya vazirligi,Bosh prokuratura,Oliy sud4.Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlganda ularni davlat organlari va tashkilotlariga yoʻllanma asosida ishga joylashtirish boʻyicha ijtimoiy majburiyat yuklash yuzasidan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.Normativ-huquqiy hujjat2024-yil iyulKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi5.Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida ishga joylashtirish boʻyicha ijtimoiy majburiyatlarni yuklash tartibini joriy etish.Bunda, buyurtma “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) orqali shakllantiriladi va tegishli davlat organi va tashkilotiga yuboriladi.Normativ-huquqiy hujjat2024-yil iyulKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi,Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi6.Bir kalendar yili davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zoʻravonlik holati boʻyicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tashabbusi bilan proaktiv himoya orderini berish tizimini yoʻlga qoʻyish.Normativ-huquqiy hujjat2024-yil avgustIchki ishlar vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar7.Tazyiq va zoʻravonlik holati bilan bogʻliq ijro hujjatlarini bajarmaslik yuzasidan aybdorlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish.Normativ-huquqiy hujjat2024-yil avgustBosh prokuratura,Oliy sud8.Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi (keyingi oʻrinlarda — Respublika markazi) va uning hududiy boʻlimlariga ikki va undan ortiq marta murojaat qilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarning xarajatlarini tazyiq va zoʻravonlik sodir qilgan shaxsdan regress tartibida undirish boʻyicha taklif kiritish.Tahliliy maʼlumot2024-yil dekabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Bosh prokuratura,manfaatdor vazirlik va idoralar9.Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga davlat hisobidan malakali yuridik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish.Bunda, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.Qonun loyihasi2024-yil sentabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Adliya vazirligi10.Tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlar reyestrini yuritish tartibini tasdiqlash.Ichki buyruq yoki normativ-huquqiy hujjat2024-yil avgustIjtimoiy himoya milliy agentligi,Adliya vazirligi11.Nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy faolligini oshirish hamda ularning adaptiv (moslashtirilgan) sport turlari bilan shugʻullanishini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.Normativ-huquqiy hujjat2024-yil iyunIjtimoiy himoya milliy agentligi,Sport vazirligi,Adliya vazirligi111.Respublika markazining hududiy boʻlimlariga joylashtirilgan xotin-qizlarni ularning bolalari maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanishi uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.Normativ-huquqiy hujjat2025-yil iyulMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Adliya vazirligiII. Zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish12.Shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda quyidagilarni nazarda tutgan holda tunu kun ishlaydigan birlamchi koʻmak xonalarini tashkil qilish:xonalarni zarur moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlash;moliyalashtirish manbasini aniqlash.Qoʻshma qaror2024-yil iyunSogʻliqni saqlash vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi13.Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlariga joylashtirilgan shaxslarning ijtimoiylashuv darajasini oshirish hamda reabilitatsiya dasturi bilan koʻzlangan maqsadlarga erishishga qaratilgan ijtimoiy shartnoma tuzish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.Ichki buyruq2024-yil iyulIjtimoiy himoya milliy agentligi14.Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan ishlashda tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi psixologlarni toʻlov-shartnoma asosida jalb qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni kiritish.Tahliliy maʼlumot2024-yil iyulIjtimoiy himoya milliy agentligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi15.Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlariga joylashtiriladigan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga beriladigan gigiyena hamda boshqa turdagi taʼminot vositalari roʻyxatini tasdiqlash.Ichki buyruq2024-yil avgustIjtimoiy himoya milliy agentligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi16.Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning voyaga yetmagan farzandlarini Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlariga yaqin maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga joylashtirish orqali ushbu taʼlim muassasalarining psixologlari tomonidan ularning farzandlari bilan ishlash metodikasini ishlab chiqish.Qoʻshma qaror2024-yil iyulMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi17.Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent viloyati hududiy markazi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, yangi bino bilan taʼminlash orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish uchun qulay sharoitlar yaratish.Amaliy chora-tadbirlar2025-yil noyabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Toshkent viloyati hokimligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Kadastr agentligi18.Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat va yordam berish yoʻnalishida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar bilan Respublika markazi hamda uning hududiy boʻlimlari faoliyatini rivojlantirish, shu jumladan, malakali ekspertlar va texnik koʻmak loyihalarini jalb qilish choralarini koʻrish.Amaliy chora-tadbirlar2024 — 2026-yillarIjtimoiy himoya milliy agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi19.Respublika markazi hamda uning hududiy boʻlimlari faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni tasdiqlash.Ichki buyruq2024-yil iyunIjtimoiy himoya milliy agentligi20.Oilada tazyiq va zoʻravonlikning kelib chiqish sabab va omillari, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordamlar va ushbu sohaga oid boshqa masalalarni oʻrganishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil iyuldan boshlab doimiyIjtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi,Ichki ishlar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi21.Tazyiq va zoʻravonlik holatlari toʻgʻrisida zudlik bilan xabar berish imkonini beruvchi mobil ilova ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.Amaliy chora-tadbirlar2025-yil fevralIjtimoiy himoya milliy agentligi,Ichki ishlar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi22.Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining hamda oiladagi tazyiq va zoʻravonlikni erta aniqlash yuzasidan ijtimoiy xodimlarning malakasini tizimli ravishda oshirib borish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil iyuldan boshlab reja-grafikka muvofiqIjtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi23.“Ishga marhamat” monomarkazlarida quyidagilarni oʻz ichiga olgan oʻquv-darslarni yoʻlga qoʻyish:huquqiy savodxonlikni oshirish;ariza, shikoyat va takliflarni yozish va blanklarni toʻldirish koʻnikmalari;vakolatli organlarga murojaat qilish tartibi;elektron platformalardan, shu jumladan “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining “advice.uz” portalidan foydalanish koʻnikmalari;“Yuridik yordam” (“e-advokat.uz”) axborot tizimi orqali murojaat yoʻllash tartiblari va boshqalar.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil iyulKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi24.Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlarini “Ijtimoiy himoya” AT maxsus dasturiy taʼminoti oʻrnatilgan planshetlar bilan taʼminlash masalasini koʻrib chiqish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil noyabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi25.Xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda maishiy zoʻravonlik qurbonlari bilan ishlashda keys-menejment orqali ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.Amaliy chora-tadbirlar2024-2025-yillarIjtimoiy himoya milliy agentligi,Tashqi ishlar vazirligi26.Xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmagida tazyiq va zoʻravonlikka uchragan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi xodimlar va psixologlarning xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish.Amaliy chora-tadbirlar2024-2025-yillarIjtimoiy himoya milliy agentligi,Tashqi ishlar vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiIII. Axborot bazalari va platformalar integratsiyasini taʼminlash va faoliyat samaradorligini oshirish27.Profilaktika inspektori tomonidan himoya orderini maxsus planshet yordamida maxsus tizim orqali joyida rasmiylashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda:fuqaroning sudlanganlik (sudlanganlik tugatilganligi) holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma;fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy yoki jinoiy ish holati;maxsus hisobda turganlik va boshqa maʼlumotlar olish imkonini beruvchi tizimlar bilan integratsiyalashgan, real vaqt rejimida ishlovchi tizim nazarda tutiladi.Kompleks chora-tadbirlar2024-yil iyulIchki ishlar vazirligi,Personallashtirish agentligi,Bosh prokuratura,Oliy sud28.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markazlarini joylashtirish uchun bino-inshoot bilan taʼminlash.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil iyunDavlat aktivlarini boshqarish agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Andijon, Buxoro, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi29.Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Samarqand viloyati boʻlimi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish.Kompleks chora-tadbirlar2024-yil dekabr Ijtimoiy himoya milliy agentligi,Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi30.Tazyiq va zoʻravonlik holatlarida onlayn maslahat berish, zoʻravonlik holatining oldini olish boʻyicha zarur maʼlumotlar olishni taʼminlovchi “ishonch telefoni” ishlashini takomillashtirish.Kompleks chora-tadbirlar2024-yil avgust — oktabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi31.Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlarida resurslarni boshqarish axborot tizimini joriy etish.Kompleks chora-tadbirlar2024-yil noyabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Raqamli texnologiyalar vazirligiResurslarni boshqarish axborot tizimini “Ijtimoiy himoya” AT tizimiga integratsiya qilish.2025-yil fevral32.“Ijtimoiy himoya” AT faoliyatini uzluksiz taʼminlash maqsadida mazkur tizimni oʻrnatilgan tartibda “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga joylashtirish masalasini koʻrib chiqish.Kompleks chora-tadbirlar2025-yil fevralRaqamli texnologiyalar vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qaroriga 2-ILOVA
Zoʻravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini taʼminlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan
MEDIA-REJA
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochi 1. Jamoat joylarida hamda markaziy televideniye orqali oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan vizual video-animatsion kliplar, qisqa metrajli filmlar va koʻrsatuvlarni namoyish etish. Videorolik, amaliy chora-tadbirlar 2024-yil iyundan boshlab doimiy Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2. Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida zoʻravonlik va tazyiq holatlari jamiyat va oila ravnaqi uchun oʻta salbiy illat ekanligini targʻib qilishga qaratilgan oʻquv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish. Koʻrgazmali tarqatma materiallar 2024-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, Adliya vazirligi 3. Zoʻravonlikni targʻib qiluvchi, mazmunan sayoz, axloq meʼyorlari, milliy maʼnaviyat va qadriyatlarimizga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan adabiyotlarni tarqatishning oldini olish choralarini koʻrish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil iyun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 4. Yoshlar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonlikni bartaraf qilish, oilaviy ajralishlar va shu kabi salbiy holatlarga ularning munosabati va fikr-mulohazalarini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqot oʻtkazish. Sotsiologik tadqiqot 2024-yil davomida Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 5. Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida ijtimoiy roliklar tayyorlash. Videorolik 2024-yil avgust Kinematografiya agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 6. Bolalarga moʻljallangan zoʻravonlikka qarshi kurashish mavzularida va odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini, xalqning tarixi va milliy qadriyatlarini oʻrgatishni targʻib qiluvchi turli multiplikatsion filmlarni yaratish. Multiplikatsion filmlar 2024-yil avgust Kinematografiya agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 7. Oilaviy notinchlik hamda bolalar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish, bolalar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar, tok-shoular tayyorlash. Telekoʻrsatuvlar 2024-yil avgust Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 8. Huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish maqsadida umumtaʼlim maktablarida interfaol usullardan foydalangan holda huquqiy savodxonlik boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil iyul Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 9. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini keng targʻib qilish. Tarqatma targʻibot materiallari 2024-yil sentabr Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi 10. Kundalik turmushda koʻp uchraydigan masalalarning huquqiy yechimlari va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini uyma-uy yurib targʻib qilish, shuningdek, huquqiy maʼlumotlarni yetkazishga qaratilgan flayer, buklet va boshqa targʻibot materiallarini oilalarga bepul tarqatish. Tarqatma materiallar 2024-yil noyabr Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 11. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga tazyiq va zoʻravonlikka qarshi murosasiz boʻlish, odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalarini oʻrgatish boʻyicha namunaviy qoʻllanma yaratish. Namunaviy qoʻllanma 2024-yil noyabr Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 12. Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, shu jumladan tazyiq, zoʻravonlik hamda shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilish boʻyicha qisqa metrajli roliklar ishlab chiqish hamda jamoat joylarida namoyish qilish. Videorolik 2024-yil dekabr Kinematografiya agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 13. Yoshlar va ota-onalar oʻrtasida nikoh yoshi, aliment toʻlash shartlari, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida muntazam ravishda huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. Targʻibot tadbirlari 2024-yildan boshlab doimiy Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 14. Mahallalarda aholini qiziqtiradigan va murojaatlarda koʻtarilayotgan eng dolzarb muammoli masalalarni tahlil qilish va uning natijasiga koʻra manzilli va predmetli huquqiy targʻibot olib borish, aholiga qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻrish. Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar 2024-yildan boshlab doimiy Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 15. Mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, tazyiq, migratsiya, moddiy yordam, aliment toʻlash, ishga joylashish va boshqalar boʻyicha huquqiy axborotni buklet, flayer, liflet (shu bilan birga shahar koʻchalarida joylashgan bilbordlar va led monitorlar orqali) shaklida aholiga yetkazish Tarqatma targʻibot materiallari 2024-yildan iyuldan boshlab doimiy Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi 16. Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirish. Koʻrgazmali tarqatma materiallar 2024-yil dekabr Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi 17. Tazyiq oʻtkazuvchi, shu jumladan, tarbiyasi ogʻir voyaga yetmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy taʼlim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qoʻllash. Ijrochilarning qoʻshma qarori 2025-yil yanvar Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi 18. Yoshlarda sogʻlom turmush tarziga boʻlgan intilishni shakllantirish, ijtimoiy jihatdan xavfli kasalliklar, giyohvandlik, chekish va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashishga doir profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli uyushtirishga, yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. Chora-tadbirlar rejalari 2024-2025-yillar Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi 19. Aholining kundalik ehtiyojidan kelib chiqib, ularni qiziqtirgan huquqiy mavzular boʻyicha “Soʻrov boʻyicha huquqiy targʻibot” loyihasini amalga oshirish. Soʻrov oʻtkazish 2025-yil yanvar Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 20. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Twitter, Youtube, Mytube.uz va h.k.) tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha tayyorlangan materiallar, davra suhbatlari va boshqa materiallarni joylashtirib borish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Adliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Kinematografiya agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi 21. Aholi oʻrtasidagi dolzarb ijtimoiy-huquqiy muammolardan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan taʼsirchan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni hamda huquqiy mavzudagi loyihalarni tayyorlash va tarqatish. Koʻrgazmali tarqatma materiallar 2024-yil davomida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
