Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (253-son)
30.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-son qarori ijrosini taʼminlash hamda muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-son qaroriga muvofiq:
2024-yil 1-mayga qadar elektr yuritmali kreslo-aravacha, velo kreslo-aravacha, sanitariya uskunalari bilan jihozlangan mexanik kreslo-aravacha, yurish moslamasi (rollator), toʻrt oyoqli hassa, ovozli termometr va tonometr hamda boshqa vositalarni inobatga olgan holda, davlat tomonidan kafolatlangan tarzda taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari (keyingi oʻrinlarda — protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari) turlarini 18 tadan 30 taga koʻpaytirilishi;
2024-yil 1-maydan boshlab protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini xarid qilish uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablagʻlar miqdori bozor konyunkturasidan kelib chiqib, oʻrtacha uch baravargacha, ayrim vositalarning turlarini esa oʻn baravargacha oshirilishi;
2024-yil 1-oktabrga qadar respublikaning barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida taʼminlash tartibi joriy etilishi belgilanganligi;
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalariga muvofiq protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangan muhtoj shaxslarni taʼlim va sportga jalb etish hamda ularning bandligini taʼminlash kabi yoʻnalishlarda ijtimoiy hayotga moslashtirish choralari koʻrilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojlikni belgilash va ularga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibi;
protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini xarid qilish, yetkazib berish va toʻlovlarni toʻlash tartibi;
protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini boshqasiga almashtirish tartibi.
3. Davlat tomonidan kafolatlangan tarzda taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda muhtoj shaxslarga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini elektron tijorat orqali xarid qilishi uchun davlat tomonidan ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq belgilangan miqdorlarda tegishli mablagʻlar qoplab beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining nogironlikni belgilash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yangi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” modulini ishlab chiqish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
5. Belgilansinki:
a) vaucher tizimi joriy etilmagan hududlarda muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan sertifikat tizimi asosida taʼminlash tartibi saqlab qolinadi;
b) protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritiladigan Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini sotuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan vaucherga muvofiq realizatsiya qilinadi. Bunda protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablagʻlar vaucher asosida Reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazib beriladi.
Tadbirkorlik subyektlarining Reyestrga kirmaganligi ularning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarish yoki sotish faoliyatiga toʻsqinlik qilmaydi;
v) ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash bilan bogʻliq “SMS” xabarnomani yuborish xarajatlari Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
g) mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlangan, kasb kasalliklariga chalingan yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarardan jabrlangan xodimlar protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucherga muvofiq taʼminlangan hollarda, vaucher qiymatiga teng mablagʻlar javobgar boʻlgan ish beruvchi mablagʻlari hisobidan respublika budjetining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Agar moddiy javobgar boʻlgan ish beruvchi mablagʻlarni oʻz ixtiyoriga koʻra bir oy muddat ichida qaytarmasa, Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan sud tartibida undiriladi;
d) Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga oʻziga tegishli bino va inshootlarni, reabilitatsiya vositalarini ijaraga berish hamda protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini taʼmirlash, almashtirish, servis xizmatini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek topshirish punktlarini tashkil etish uchun Agentlik tomonidan jalb etilgan elektron savdo maydonchasi operatorlariga Agentlik direktorining buyrugʻiga muvofiq belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida tekin foydalanish uchun berishga ruxsat etiladi;
e) reabilitatsiya vositalarini muhtoj shaxslar yashash joyiga yetkazib berish “Oʻzbekiston pochtasi” AJ joylardagi pochta aloqa bogʻlamasi orqali “Oʻzbekiston pochtasi” AJ va Agentlik tomonidan jalb etilgan elektron savdo maydonchasi operatori yoki Agentlik oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida mazkur vositalar xaridi uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
j) nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmasi shartnomasi Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari va gʻolib nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida tuziladi. Bunda davlat ijtimoiy buyurtmasi boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvarga qadar vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻ va sotib olingan narx oʻrtasidagi ijobiy farq summasining 20 foizini ragʻbatlantirish tarzida olish huquqiga ega boʻlgan muhtoj shaxslarga mazkur ragʻbatlantirish mablagʻlarini avtomatik tarzda toʻlab borish tizimini yoʻlga qoʻysin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-aprel,
253-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qaroriga 1-ILOVA
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nogironligi boʻlgan shaxslarni hamda nogironligi boʻlgan bolalarni (keyingi oʻrinlarda — muhtoj shaxslar) protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
vaucher — protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini davlat tomonidan qoplab beriladigan mablagʻlar (subsidiya) hisobidan xarid qilish imkoniyatini taqdim etuvchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bilan tasdiqlangan elektron hujjat;
ijtimoiy xodim — ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga mahallada kompleks ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni tashkil etadigan yoki bevosita ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining masʼul xodimi;
nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma — tibbiy-ijtimoiy ekspertiza yakuni boʻyicha rasmiylashtiriladigan nogironlik guruhi, sababi va muddatini belgilovchi hamda ekspertiza xulosasi va tavsiyalarini oʻz ichiga olgan matritsali shtrix kod (QR-kod) bilan tasdiqlangan elektron hujjat;
protez-ortopediya moslamalari — mavjud boʻlmagan qoʻl-oyoqlarning yoki tananing boshqa qismlari oʻrnini bosish uchun moʻljallangan, organizmning buzilgan yoki yoʻqolgan funksiyalarini kompensatsiya qiluvchi, shuningdek, cheklangan tana qismlarining funksionalligini tiklash yoki yaxshilash uchun moʻljallangan moslamalar (keyingi oʻrinlarda — protez moslamalari);
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash moduli — muhtoj shaxslarni protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash, ularni taʼmirlash va boshqasiga almashtirish boʻyicha tartib-taomillarni amalga oshirishga moʻljallangan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining alohida tarkibiy qismi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT);
reabilitatsiya qilishning texnik vositalari — muhtoj shaxslarning jismoniy cheklovlarini qoplash yoki bartaraf qilishga yordam beradigan hamda ularni reabilitatsiya qilish tizimining muhim tarkibiy qismi boʻlgan texnik, shu jumladan, maxsus yechimlarni oʻz ichiga olgan qurilmalar (keyingi oʻrinlarda — reabilitatsiya vositalari);
sotuvchi — protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, muqaddam yetkazib berilgan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini taʼmirlash yoki boshqasiga almashtirish xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari;
xarid narxi — protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining sotib olingan narxi;
elektron savdo maydonchasi — reabilitatsiya vositalari oldi-sotdisini raqobatli usulda masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi;
elektron savdo maydonchasining operatori — elektron savdo maydonchasi xizmatlarini raqobatli usulda koʻrsatuvchi hamda buyurtmalar yetkazib berilishini taʼminlovchi yuridik shaxs;
elektron savdo platformasi — protez moslamalari, shuningdek, raqamli eshitish moslamasi oldi-sotdisini raqobatli usulda masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi “Ijtimoiy himoya” ATning tarkibiy qismi;
3. Muhtoj shaxslar vaucher asosida protez moslamalarini yoki vaucher qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz foizidan yuqori boʻlgan reabilitatsiya vositalarini oʻz tanloviga koʻra mazkur Nizomning 3-bobi 1-paragrafida belgilangan talablarga muvofiq “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi yoki elektron savdo maydonchalari (keyingi oʻrinlarda — elektron savdo) orqali xarid qiladi.
Bunda muhtoj shaxslar davlat tomonidan qoplab beriladigan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz foizidan oshmaydigan reabilitatsiya vositalarini ijtimoiy karta orqali mazkur Nizomning 3-bobi 31-paragrafida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkazib berilgan mablagʻlar hisobidan xarid qiladi.
4. Muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash uchun zarur boʻladigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
5. Muhtoj shaxslar protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha taʼminlanadi.
2-bob. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlikni belgilash va ularga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibi
6. Nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga asosan belgilanadi.
7. “Ijtimoiy himoya” ATning “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” moduli (keyingi oʻrinlarda — “Ekspertiza” moduli)da nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalarga — tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — TIEK) tomonidan shaxsni nogironligi boʻlgan shaxs (nogironligi boʻlgan bola) deb topish bilan birgalikda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojligi belgilangan holda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
8. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlik belgilanishida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ilovaga muvofiq Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yoʻllashdan oldin davolanish lozim boʻlgan muddatlar, nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar roʻyxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni elektron belgilash mezonlariga (keyingi oʻrinlarda — tibbiy koʻrsatmalar) asoslaniladi.
9. Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslarga berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar nogironlikning muddatidan kelib chiqib, qayta TIEK koʻrigidan oʻtish muddatigacha beriladi, nogironlik muddatsiz davrga belgilanadigan holatlar bundan mustasno.
10. Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asoslanganligi va toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun uni rasmiylashtirgan shaxslar javobgar hisoblanadi.
11. “Ekspertiza” modulida nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma rasmiylashtirilishi bilan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi belgilangan muhtoj shaxslar haqidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi belgilangan muhtoj shaxslar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — muhtoj shaxslarning roʻyxati) kiritib boriladi.
12. Muhtoj shaxslarning birinchi marta muhtojlik belgilanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritilgandan yoki ularning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini olish huquqi takroran vujudga kelgandan soʻng “Ijtimoiy himoya” ATda avtomatik tarzda mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi Protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish uchun vaucher har bir protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun alohida shakllanadi, bundan mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar hamda davlat tomonidan qoplab beriladigan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz foizidan oshmaydigan reabilitatsiya vositalari mustasno.
Son, chanoq-son boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi, tizza boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi, boldir, qoʻl (kaft), bilak, yelka, bionik qoʻl, koʻz va koʻkrak bezi protezlari hamda koʻzi ojizlar hassasi bilan taʼminlangan nogironlik muddatsiz davrga belgilangan shaxslarning tegishli protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi foydalanish muddati tugagandan soʻng mazkur turdagi protez moslamasi va reabilitatsiya vositasiga vaucher ularning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga qilgan murojaati asosida bir ish kunida avtomatik tarzda shakllantiriladi. Bunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan mazkur turdagi murojaatlar rad qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Boshqa turdagi protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi bilan taʼminlangan nogironlik muddatsiz davrga belgilangan shaxslarning protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining foydalanish muddati tugagan hollarda ularga protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun vaucher TIEK tomonidan mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda muhtojlik belgilangandan soʻng shakllantiriladi.
Bir juft boʻlgan yoki toʻplam shaklida taqdim etiladigan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun bitta vaucher shakllantiriladi.
13. “Ijtimoiy himoya” ATda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini xarid qilish huquqi vujudga kelganda avtomatik tarzda:
bu toʻgʻrisida muhtoj shaxslar mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish orqali xabardor qilinadi;
protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini xarid qilish huquqi vujudga kelgan muhtoj shaxsning yashash joyi boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga bu toʻgʻrisida xabar kelib tushadi.
14. Muhtoj shaxs tomonidan bir oy ichida vaucher asosida protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini xarid qilish uchun buyurtma berilmagan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtma berilmaganligi sabablarini oʻrganib, “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlik belgilangan shaxslarning ehtiyojini oʻrganish boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtiradi.
15. Mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan tartibda oʻrganish jarayonida:
muhtoj shaxsning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini elektron savdo orqali xarid qila olmaganligi aniqlangan taqdirda ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan tartibda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari muhtoj shaxsga protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari uchun buyurtmani shakllantirishda yordam beradi;
muhtoj shaxsning qoʻshimcha protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga ehtiyoji vujudga kelganligi aniqlangan hollarda, ushbu shaxslar tegishliligi boʻyicha TIEKga qoʻshimcha muhtojlikni belgilash uchun yoʻnaltiriladi.
3-bob. Muhtoj shaxslarni protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash tartibi
1-§. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron savdoga chiqarish tartibi
16. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron savdoga mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq yuritiladigan Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini sotuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqariladi.
Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
17. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini vaucherga muvofiq muhtoj shaxslarga sotish va yetkazib berish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Reyestrga kirish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda elektron ofertani tasdiqlash orqali bepul va ixtiyoriylik asosida avtorizatsiyadan oʻtadi.
Tadbirkorlik subyektlari Reyestrga kirish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtishda quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi:
yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda telefon raqami;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun pasport seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda telefon raqami;
tadbirkorlik subyekti va uning filiali yuridik manzillari, hisobvaragʻi, bank rekvizitlari, ishonchli vakil haqida maʼlumotlar hamda uning telefon raqami;
sotiladigan (yetkazib beriladigan) protez moslamalari va (yoki) reabilitatsiya vositalarining turlari va nomi hamda qonunchilikda belgilangan hollarda ularning muvofiqlik sertifikati raqamlari hamda amal qilish muddatlari.
18. Avtorizatsiyadan tegishli maʼlumotlar toʻldirilib, elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki “Ijtimoiy himoya” ATda “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona axborot tizimi (OneID) orqali tasdiqlangandan soʻng oʻtiladi.
Bunda tadbirkorlik subyekti elektron ofertani tasdiqlaganidan soʻng ular tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining mavjud emasligi “Ijtimoiy himoya” ATda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda aniqlanadi.
Sotuvchilar tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi hamda ularning faoliyati tugatilmaganligi aniqlangan taqdirda, sotuvchilar Reyestrga kiritiladi va ular uchun “Ijtimoiy himoya” ATda tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kabineti ochiladi.
Elektron savdo maydonchalari orqali reabilitatsiya vositalarini realizatsiya qiluvchi Reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari “Ijtimoiy himoya” ATda koʻrsatilgan elektron savdo maydonchalarining veb-saytida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishi lozim.
19. Mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan sotuvchilar Reyestrga kiritilmaydi.
20. Quyidagilar Reyestrdan chiqarish uchun asos hisoblanadi:
tadbirkorlik subyekti tugatilganda yoki bankrot deb topilganda;
muhtoj shaxslarga ayni bir tadbirkorlik subyekti tomonidan uch va undan koʻp marotaba sifatsiz va nuqsonli protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari yetkazib berilganda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan mazkur Nizomning 34-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan dalolatnomada koʻrsatilgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilganligi yoki boshqa yangi protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi yetkazib berilganligi bundan mustasno;
tadbirkorlik subyekti tomonidan uch va undan koʻp marotaba protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi muhtoj shaxslarga mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda yetkazib berilmaganda, fors-major holatlari bundan mustasno.
201. Uch va undan koʻp marotaba sifatsiz va nuqsonli protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari yetkazib berilganligi sababli Reyestrdan chiqarilgan sotuvchilar protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining nuqsonlarini toʻliq bartaraf etgan holda Reyestrga takroran kirish uchun Agentlikka kafolat xati kiritish huquqiga ega.
Bunda sotuvchilarning sifatli va nuqsonsiz protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari realizatsiya qilinishiga oid kafolat xatlari oʻz tasdigʻini topgan hollarda, ular Agentlik direktori oʻrinbosarining xulosasiga muvofiq Reyestrga takroran kiritiladi.
21. Reyestrga kiritilgan sotuvchilar protez moslamalari va (yoki) reabilitatsiya vositalarini elektron savdoda realizatsiya qilish uchun ular toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni tegishlicha “Ijtimoiy himoya” ATning “Protez-ortopediya moslamalari” va “Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari” boʻlimiga elektron ofertaga ilova qilinadigan minimal texnik talablarga muvofiq joylashtiradi:
har bir protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining nomi, narxi, foydalanish va kafolat muddatlari, ularning texnik tavsifi va koʻrsatkichlari, foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma, kafolat va foydalanish muddatlari tugamasdan yoki tugaganidan soʻng amalga oshiriladigan tadbirlar;
qonunchilikda belgilangan hollarda muvofiqligi baholanishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi boʻyicha ularning muvofiqlik sertifikati va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
har bir protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining fotosuratlari. Bunda realizatsiya qilinadigan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muvofiq kelmaydigan fotosuratlarni joylashtirish taqiqlanadi;
protez moslamasi boʻyicha qoʻshimcha ravishda uni tayyorlash va yetkazib berish muddatlari hamda ularni tayyorlash uchun muhtoj shaxs oʻlchovlarini olish uchun respublika boʻyicha oʻlchov olish imkoniyati mavjud boʻlgan manzillar.
22. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining minimal texnik talablarga muvofiqligi hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligi “Ijtimoiy himoya” ATda qabul qilingandan soʻng ular tegishlicha “Ijtimoiy himoya” ATning “Protez-ortopediya moslamalari” yoki “Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari” boʻlimlari orqali elektron savdoga chiqariladi.
Bunda minimal texnik talablarga muvofiq kelmaydigan hamda qonunchilikda belgilangan hollarda olinishi lozim boʻlgan muvofiqlik sertifikati yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olinmaganda va ularning amal qilish muddati tugaganda ushbu protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini elektron savdoga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-§. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini xarid qilish va yetkazib berish tartibi
23. Muhtoj shaxs unga nisbatan vaucher shakllanganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgandan soʻng bevosita oʻzi yoki qonuniy vakili orqali elektron savdo platformasi yoki elektron savdo maydonchalarida vaucherga muvofiq tegishli protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga buyurtma berish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari va telefon raqamini kiritgan holda roʻyxatdan oʻtadi.
Kiritilgan maʼlumotlar shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (SMS-xabarnoma, “Face-ID”) yoki “Ijtimoiy himoya” ATda yaratilgan maxsus identifikatsiya qilish (Yagona identifikatsiya tizimi (OneID), Mobile-ID) orqali tasdiqlangandan hamda ularning mobil telefon raqami muhtoj shaxslarning roʻyxatidagi telefon raqamiga muvofiq kelgandan soʻng roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Roʻyxatdan oʻtgan muhtoj shaxslarga “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsiy kabinet ochiladi.
24. Muhtoj shaxslar “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtish hamda vaucherga muvofiq protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga buyurtma berish uchun bevosita oʻzi yoki qonuniy vakili orqali “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi mumkin.
Muhtoj shaxslar yoki ular qonuniy vakillarining murojaatlariga asosan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi elektron qurilma vositalari yordamida real vaqt rejimida muhtoj shaxslarni “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtkazadi hamda muhtoj shaxslarning nomidan vaucherga muvofiq tegishli protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga buyurtmani shakllantiradi.
25. Muhtoj shaxslar vaucherga muvofiq reabilitatsiya vositalarini harid qilishda toʻgʻridan-toʻgʻri “Ijtimoiy himoya” AT da koʻrsatilgan elektron savdo maydonchalarining veb-saytida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtish orqali oʻz buyurtmalarini berishi mumkin.
26. Muhtoj shaxslar elektron savdo orqali protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga bergan buyurtmalarining toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
27. Muhtoj shaxslarni protez moslamalari, shuningdek, raqamli eshitish moslamasi bilan taʼminlashda:
muhtoj shaxs oʻz xohishiga koʻra “Ijtimoiy himoya” ATning “Protez-ortopediya moslamalari” boʻlimi orqali protez moslamasi yoki raqamli eshitish moslamasi sotuvchisini hamda vaucherda koʻrsatilgan protez moslamasining turini yoki raqamli eshitish moslamasi turini tanlaydi va buyurtma qiladi;
sotuvchi buyurtmani “Ijtimoiy himoya” AT orqali qabul qilib olgandan soʻng uch kun ichida buyurtma qilingan protez moslamasini tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda uni tayyor boʻlish muddati haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, muhtoj shaxsdan oʻlchov olish zarurati mavjud boʻlgan hollarda, muhtoj shaxs bevosita murojaat qilishi lozim boʻlgan manzil va murojaat qilish sanasi haqida muhtoj shaxsni elektron tarzda yoki mobil aloqa vositasi orqali xabardor qiladi;
sotuvchi tomonidan protez moslamasini tayyorlash uchun muhtoj shaxslardan oʻlchov olinishi zarur boʻlgan hollarda, muhtoj shaxslardan oʻlchov olinadi, bunda muhtoj shaxslar xabarnomada koʻrsatilgan manzilga belgilangan muddatda yetib borishi lozim;
agar muhtoj shaxs oʻn besh kun ichida uch marotaba xabardor qilingandan soʻng ham oʻlchov olish uchun xabarnomada koʻrsatilgan manzilga yetib bormaganda, sotuvchi muhtoj shaxsning buyurtmasini bekor qilish huquqiga ega boʻladi. Buyurtma bekor qilingan hollarda, bu toʻgʻrisidagi maʼlumot “Ijtimoiy himoya” ATda qayd etiladi;
muhtoj shaxslarning buyurtmasi bekor qilinishi ularning takroran buyurtma qilish huquqini cheklamaydi;
oʻlchab koʻrilgan protez moslamasi muhtoj shaxsning jismoniy holatiga mos kelgan taqdirda, sotuvchilar protez moslamasini bevosita muhtoj shaxsning oʻziga topshirilishini hamda ulardan foydalanish va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish oʻrgatilishini taʼminlaydi. Bunda protez moslamalarini tayyorlash, yetkazib berish va ulardan foydalanishni oʻrgatish muddati oʻttiz kundan, murakkab turdagi protez moslamalari (son protezi, boldir protezi, qoʻl protezlari, bionik qoʻl protezlari, apparatlar, murakkab ortoped poyabzal) boʻyicha esa qirq besh kundan oshmasligi lozim;
sotuvchilar raqamli eshitish moslamasi boʻyicha buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng bir kun ichida buyurtma qilingan mazkur moslamani yetkazib berish sanasi va joyi haqida muhtoj shaxsni elektron tarzda yoki uning mobil aloqa vositasi orqali xabardor qiladi. Bunda sotuvchilar raqamli eshitish moslamasini muhtoj shaxslarga besh kun ichida yetkazib berilishi hamda ularni muhtoj shaxslarning jismoniy holatiga moslashtirib, sozlab berilishini taʼminlashi lozim;
protez moslamasi yoki raqamli eshitish moslamasi bevosita muhtoj shaxsning oʻziga topshirilgan hamda ulardan foydalanish oʻrgatilgandan soʻng sotuvchilar buyurtma muhtoj shaxsga yetkazib berilganligini “Ijtimoiy himoya” ATda tasdiqlaydi.
28. Muhtoj shaxslarni reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlashda:
muhtoj shaxslar oʻz xohishiga koʻra “Ijtimoiy himoya” ATning “Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari” boʻlimida koʻrsatilgan elektron savdo maydonchasini tanlash yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ularning veb-saytiga kirish orqali vaucherda koʻrsatilgan reabilitatsiya vositasining turini tanlaydi va buyurtma qiladi;
elektron savdo maydonchasining operatori buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng bir kun ichida buyurtma qilingan reabilitatsiya vositasini yetkazib berish muddati toʻgʻrisida muhtoj shaxsning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish orqali xabardor qiladi;
elektron savdo maydonchasining operatori tomonidan reabilitatsiya vositasi bevosita muhtoj shaxsning yashash manzilidagi topshirish punktiga yetkazib beriladi, bunda reabilitatsiya vositalarini muhtoj shaxslarga yetkazib berish muddati tegishli buyurtma qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan oshmasligi lozim;
elektron savdo maydonchasining operatori reabilitatsiya vositasi muhtoj shaxsga yetkazib berilganligini elektron savdo maydonchasida tasdiqlashi lozim, bunda mazkur maʼlumot avtomatik tarzda elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” ATga yuboriladi.
29. Sotuvchilar tomonidan har bir buyurtma boʻyicha protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uning texnik pasporti, foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birgalikda topshirilishi shart.
Foydalanish yoʻriqnomasida protez moslamasi va reabilitatsiya vositasini saqlash, foydalanish tartibi va qoidalari foydalanuvchilar uchun sodda va oson tushunadigan holda yoritilishi hamda oʻzbek va rus tillarida chop etilishi lozim.
3-§. Toʻlovlarni toʻlash tartibi
30. Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish va hisobini yuritish uchun Agentlikka alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
31. Muhtoj shaxslar tomonidan vaucherga muvofiq mazkur Nizomda belgilangan tartibda buyurtma berilganidan soʻng bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron savdo platformasi yoki elektron savdo maydonchalari orqali “Ijtimoiy himoya” ATga avtomatik tarzda yuboriladi. Bunda buyurtmalar kesimida maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATda shakllantirilib boriladi.
32. Muhtoj shaxslar tomonidan vaucherga muvofiq tanlangan buyurtmaning xarid narxi va vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻ oʻrtasida salbiy farq mavjud boʻlganda, muhtoj shaxs tomonidan dastlab ushbu salbiy farq summasi toʻlanishi lozim.
Buyurtmaning xarid narxi va vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻ oʻrtasidagi salbiy farq summasi muhtoj shaxs tomonidan toʻlanmagan taqdirda, sotuvchi yoki elektron savdo maydonchasining operatori buyurtmani qabul qilishni rad qiladi.
33. Buyurtmalar mazkur Nizomning 27 va 28-bandlarida belgilangan tartibda muhtoj shaxsga yetkazib berilganligi tasdiqlanganidan soʻng muhtoj shaxslarning yashash joyi boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga bu toʻgʻrisida xabarlar kelib tushadi.
34. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimlari “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga xabar kelib tushgandan soʻng besh ish kuni ichida buyurtmalar muhtoj shaxslarga haqiqatda yetkazib berilganligini, ularning elektron savdoda eʼlon qilingan talablariga muvofiqligini hamda muhtoj shaxslarning buyurtma toʻgʻrisidagi fikrlarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi, bundan muhtoj shaxslarning hassa, toʻrt oyoqli hassa, koʻzi ojizlar hassasi, qoʻltiq tayoq (juft), tirsakli qoʻltiq tayoq, yurish moslamasi (xodunok), Brayl alifbosi, Brayl alifbosi boʻyicha yozuv moslamasi, ovozli termometr, ovozli tonometr, ovozli glyukometr, tibbiy tuvak, maxsus matras turidagi reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanganlik holatlari mustasno.
Bunda Elektron savdo maydonchasining operatori tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan reabilitatsiya vositalari muhtoj shaxslarga yetkazib berilganligi elektron savdo maydonchasida tasdiqlagandan soʻng bir kun ichida “Ijtimoiy himoya” ATda bildirishnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan reabilitatsiya vositalaridan tashqari protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari boʻyicha buyurtmalarning muhtoj shaxslarga haqiqatda yetkazib berilganligini oʻrganish natijasida:
yetkazib berilgan buyurtmaning sifatsizligi, nuqsonlari mavjudligi hamda ular muhtoj shaxslarning jismoniy holatiga mos kelmasligi aniqlangan hollarda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda Muhtoj shaxslar tomonidan vaucher asosida sotib olingan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining muhtoj shaxslarga haqiqatda yetkazib berilganligi, muhtoj shaxslarning buyurtma toʻgʻrisidagi fikrlarini oʻrganish boʻyicha dalolatnoma tuziladi va sotuvchilarga uni maqbul sifatlisiga almashtirish choralarini koʻrish uchun elektron shaklda yuboriladi. Bunda buyurtmaning sifatsizligi va nuqsonlarini tasdiqlovchi fotosuratlar dalolatnomaga ilova qilinadi;
muhtoj shaxslarning buyurtmalari haqiqatda yetkazib berilgan hamda ularda nuqsonlar aniqlanmagan taqdirda, ijtimoiy xodimlar tomonidan bir ish kuni ichida “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda vaucher asosida muhtoj shaxslarga yetkazib berilgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari uchun sotuvchilarga vaucher qiymatidan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha bildirishnoma rasmiylashtiriladi hamda son, boldir, qoʻl va yelka protezlari, bionik qoʻl protezlari, oyoq apparatlari, murakkab ortopedik poyabzallar boʻyicha bildirishnoma “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda muhtoj shaxs buyurtmani haqiqatda olganligini tasdiqlovchi turli rakursdan olingan fotosuratlar bildirishnomaga ilova qilinadi.
35. Agar buyurtmani qabul qilib olgan muhtoj shaxs yashash manzilidan koʻchib ketgan va u yerda yashamayotganligi aniqlangan hollarda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda elektron dalolatnoma tuziladi va ushbu dalolatnoma koʻrsatilgan maʼlumot asosida muhtoj shaxsning hozirgi yashash manzilidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga xabar kelib tushadi.
Bunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga kelib tushgan xabarni qabul qilib olgandan soʻng besh ish kuni ichida buyurtmalar muhtoj shaxslarga haqiqatda yetkazib berilganligini, ularning elektron savdoda eʼlon qilingan talablariga muvofiqligini hamda muhtoj shaxslarning buyurtma toʻgʻrisidagi fikrlarini joyiga chiqqan holda mazkur Nizomning 34-bandida belgilangan tartibda oʻrganadi.
36. Muhtoj shaxslar buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oʻrganish davrida vafot etgan hollarda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda elektron bildirishnoma rasmiylashtiradi.
37. “Ijtimoiy himoya” ATda bildirishnoma rasmiylashtirilgandan soʻng bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” AT orqali Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasiga yuboriladi.
Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasi orqali buyurtmaning xarid narxi, biroq belgilangan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻdan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻ DMBATga yoʻnaltiriladi. Bunda DMBAT tomonidan tegishli pul mablagʻlari sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga buyurtma muhtoj shaxsga yetkazib berilganligi tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda oʻtkaziladi.
Mablagʻlar sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga dam olish kuniga yoxud bayram yoki boshqa ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kunida oʻtkaziladi.
Xarid qilingan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi xarid narxi vaucherdan kam boʻlgan taqdirda, oʻrtada hosil boʻlgan ijobiy farq summasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida qoldiriladi.
38. Muhtoj shaxslarning buyurtmalari ularga yetkazib berilmagan yoki Elektron savdo maydonchasining operatori tomonidan mazkur Nizomning 34-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan reabilitatsiya vositasi muhtoj shaxsga yetkazib berilganligi tasdiqlanmagan hollarda, shuningdek, buyurtmalarda nuqsonlar mavjudligi hamda ular muhtoj shaxslarning jismoniy holatiga mos kelmasligi toʻgʻrisida ijtimoiy xodimlar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan taqdirda, mablagʻlar sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga oʻtkazilmaydi.
4-bob. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini boshqasiga almashtirish yoki takroran taʼminlash tartibi
39. Muhtoj shaxslarga berilgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolsa, protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari ularni yetkazib bergan (realizatsiya qilgan) sotuvchilar tomonidan bepul taʼmirlab beriladi yoki boshqasiga almashtiriladi.
40. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolganda yoki ularda nosozliklar borligi aniqlanganda, muhtoj shaxslar “Ijtimoiy himoya” AT orqali yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi mumkin.
Bunda muhtoj shaxslarning murojaatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan oʻn kun muddat ichida oʻrganilib, “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda elektron dalolatnoma tuziladi.
Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolganligi yoki ularda nosozliklar borligi oʻz tasdigʻini topgan hollarda, ijtimoiy xodimlar “Ijtimoiy himoya” ATda tuzilgan dalolatnomani sotuvchilarga protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini maqbul sifatlisiga almashtirish uchun yuboradi.
Sotuvchilar tomonidan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini taʼmirlash yoki boshqasiga almashtirib berish Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Muhtoj shaxslarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolganligi toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari “Ijtimoiy himoya” ATda qayd etib boriladi.
41. Muhtoj shaxslar protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalaridan belgilangan foydalanish muddati davomida foydalanadilar.
42. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining foydalanish muddati tugagandan soʻng takroran protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan muhtoj shaxslar uchun elektron shakldagi vaucher tibbiy koʻrsatmalar hamda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosadan kelib chiqib, muhtoj shaxslarning roʻyxati asosida mazkur Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda shakllanadi.
43. Tibbiy koʻrsatmaga asosan TIEK tomonidan takroran protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlik belgilanishi lozim boʻlgan hollarda, muhtoj shaxslar protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining foydalanish muddati tugashidan kamida bir oy oldin muhtoj shaxslarning roʻyxatiga muvofiq mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish orqali xabardor qilinadi.
Muhtoj shaxslar SMS-xabarni qabul qilib olgandan soʻng tegishli TIEKga belgilangan kun va vaqtda yetib kelishi lozim.
Agar muhtoj shaxslar xabardor qilingandan keyin belgilangan manzilga yetib kelmasa, TIEK tomonidan ularga takroran protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlik belgilanmaydi hamda bu toʻgʻrisidagi maʼlumot muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritiladi. Bunda muhtoj shaxslarning tegishli TIEKga qaytadan murojaat qilish huquqi saqlanib qoladi.
Muhtoj shaxslarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi tegishli TIEK tomonidan umumiy asoslarda belgilanadi.
44. Muhtoj shaxslar nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosada belgilangan muddatlarda tibbiy koʻrsatmaga asosan takroran protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanadigan hamda TIEK yoki VMK tomonidan qayta muhtojlik belgilanmaydigan holatlarda ularga elektron shakldagi vaucher muhtoj shaxslarning roʻyxati asosida mazkur Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda avtomatik shakllanadi.
45. Quyidagi hollarda protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini foydalanish muddati tugamasdan boshqasiga almashtirib beriladi:
muhtoj shaxslarning jismoniy rivojlanishi oqibatida protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari oʻlchamlari ularga toʻgʻri kelmasa;
muhtoj shaxslarda kasallik kechishining yomonlashuvi, shuningdek, oʻtkazilgan jarrohlik muolajalaridan soʻng yuzaga kelgan anatomik yoki fiziologik oʻzgarishlar oqibatida protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolsa.
46. Muhtoj shaxslar ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganda “Ijtimoiy himoya” AT orqali yoki bevosita “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoxud TIEKga murojaat qilishi lozim.
Bunda murojaatlar qabul qilingandan soʻng muhtoj shaxslar oʻn kun muddat ichida tegishli TIEKlarda koʻrikdan oʻtkaziladi hamda koʻrik natijalari asosida “Ekspertiza” modulida ularga yangi turdagi protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini olish uchun muhtojlik belgilanadi yoki muhtojlik belgilash rad etiladi.
Yangi turdagi protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini olish uchun muhtojlik belgilangan muhtoj shaxslarga elektron shakldagi vaucherni shakllantirish yoki reabilitatsiya vositalarini xarid qilish uchun mablagʻlarni ijtimoiy kartaga oʻtkazish muhtoj shaxslarning roʻyxati asosida mazkur Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
47. Protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining kafolat muddati tugagandan keyin foydalanish muddati davomida ular foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda muhtoj shaxslar Ijtimoiy himoya AT orqali yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi mumkin.
Bunda, muhtoj shaxslarning murojaatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan besh ish kuni ichida oʻrganilib, Ijtimoiy himoya ATda mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda elektron dalolatnoma tuziladi hamda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining yaroqsiz boʻlib qolganligi toʻgʻrisidagi fotosuratlar dalolatnomaga ilova qilinadi.
Protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uning foydalanish muddati davomida yaroqsiz boʻlib qolganligi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etiladigan komissiyada oʻz tasdigʻini topsa, ijtimoiy xodimning dalolatnomasiga muvofiq bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritiladi hamda muhtoj shaxslarga elektron shakldagi vaucher mazkur Nizomga muvofiq umumiy asoslarda shakllanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
48. Sotuvchi ular tomonidan qabul qilingan buyurtmalar asosida protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari belgilangan sifat va muddatda yetkazib berilishini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.
49. Muhtoj shaxslar protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasidan foydalanish yoʻriqnomasi bilan toʻliq tanishib chiqishi hamda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini saqlash, foydalanish muddati davomida foydalanish, uning foydalanish tartib va qoidalariga rioya qilishi lozim.
50. Muhtoj shaxslar tomonidan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish, undan boshqa maqsadlarda foydalanish, boshqa shaxslarga sovgʻa qilish hamda ularning qismlarini almashtirish yoki sotish qatʼiyan taqiqlanadi.
Agar muhtoj shaxslar tomonidan protez moslamasi va reabilitatsiya vositasi yoki uning tegishli qismlari foydalanish muddati davomida sotib yuborilgan, begonalashtirilgan hollarda, muhtoj shaxslarga ushbu davr mobaynida mazkur turdagi protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojlik belgilanmaydi.
51. Muhtoj shaxslar “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtishda foydalangan hamda muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritilgan mobil telefon raqamlarini oʻzgartirgan hollarda, oʻn kun ichida yangi mobil telefon raqamlarini muhtoj shaxslarning roʻyxatida yangilash uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki ijtimoiy xodimga murojaat qilishlari lozim.
Bunda muhtoj shaxslarning “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtishda foydalangan hamda muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritilgan mobil telefon raqamlarini oʻzgartirish choralari koʻriladi.
52. Muhtoj shaxslar protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan birinchi marotaba taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi xabar muhtoj shaxslarning yashash joyi boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga kelib tushgandan soʻng muhtoj shaxslarning xohishiga koʻra ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, taʼlim olish va sportga jalb etish hamda ularning bandligini taʼminlash choralarini oʻz ichiga olgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalari ishlab chiqiladi.
Bunda individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalari hamda muhtoj shaxslarning roziligi asosida muhtoj shaxslar taʼlim, sport va kasbga belgilangan tartibda yoʻnaltiriladi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalari bajarilishi holatini monitoring qilib boradi.
53. Muhtoj shaxs protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini buyurtma qilishdan oldin vafot etgan taqdirda, unga nisbatan shakllantirilgan vaucher oʻz kuchini yoʻqotadi.
54. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangan muhtoj shaxslar oʻz foydalanishida boʻlgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga ehtiyoji mavjud boʻlmagan hollarda, ularni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga qaytarish toʻgʻrisida bevosita oʻzlari yoki qonuniy vakillari orqali ariza bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilish huquqiga ega.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga qaytarib berilgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari dalolatnoma rasmiylashtirish orqali Agentlik hududiy boshqarmalarining balansdan tashqari schyotida hisobga olinadi.
Agentlik hududiy boshqarmalari tomonidan hisobga olingan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari uch ish kuni ichida “Ijtimoiy himoya” ATning elektron savdo platformasiga chiqariladi.
Bunda navbatda turgan muhtoj shaxslar Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan hisobga olingan va foydalanish uchun yaroqli boʻlgan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi bilan vaucherga muvofiq bepul taʼminlanadi.
Muhtoj shaxslar tomonidan qaytarib berilgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar Agentlik hududiy boshqarmalarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Eskirgan va foydalanishga yaroqsiz boʻlgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
55. Muhtoj shaxslar vaucher tizimidan tashqari Davlat budjeti, budjetdan tashqari mablagʻlar va homiylik xayriyalari hisobidan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangan hollarda, ular uchun shakllangan vaucher oʻz kuchini yoʻqotadi yoki vaucher shakllantirilmaydi hamda bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritiladi.
56. Homiylik qilish istagini bildirgan homiylik subyektlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tegishli hududdagi muhtoj shaxslarning roʻyxatini taqdim etish orqali koʻmaklashib boriladi.
57. Muhtoj shaxslarga yetkazib berilgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining sifati va texnik talablarga muvofiqligi Agentlikning Ijtimoiy inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
58. Muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash uchun zarur boʻladigan yillik mablagʻlarning moliyalashtirish hajmi muhtoj shaxslarning roʻyxatiga muvofiq har yili 20-dekabrga qadar keyingi yil uchun aniqlanadi.
59. Muhtoj shaxslarni protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
60. Elektron savdo maydonida reabilitatsiya vositalarini vaucher asosida realizatsiya qilish istagini bildiruvchi elektron savdo maydonchasining operatorlari mavjud boʻlmaganda yoki elektron savdo maydonchasining operatorlari tomonidan reabilitatsiya vositalari realizatsiya qilinmayotgan hollarda, muhtoj shaxslar reabilitatsiya vositalari bilan “Ijtimoiy himoya” ATning elektron savdo platformasida hamda Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan markazlashgan holda xarid qilish tartib-taomili asosida taʼminlanadi.
Bunda elektron savdo platformasida realizatsiya qilingan reabilitatsiya vositalari muhtoj shaxslarga bevosita sotuvchilar tomonidan yoki pochta aloqa bogʻlamalari orqali yetkazib beriladi.
61. Muhtoj shaxslar ularni protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash bilan bogʻliq tartib-taomillarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning hamda protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini sotuvchi va elektron savdo maydonchasining operatorining xatti-harakatlari ustidan Agentlikka yoki bevosita sudga shikoyat qilishi mumkin.
62. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash
SXEMASI
BosqichlarSubyektlarTadbirlarMuddatlar 1-bosqichTibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari1. “Ekspertiza” modulida muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi belgilanishi bilan ular haqidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) yoʻnaltiradi.2. Protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlik belgilangan muhtoj shaxslar haqidagi maʼlumotlar muhtoj shaxslarning elektron roʻyxatiga kiritib boriladi.Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida 2-bosqichIjtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya AT1. Muhtoj shaxslarning birinchi marta muhtojlik belgilanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritilgandan yoki ularning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini olish huquqi takroran vujudga kelgandan soʻng “Ijtimoiy himoya” ATda avtomatik tarzda elektron shakldagi bir martalik vaucher har bir protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun alohida shakllantiradi.Muhtoj shaxslarning maʼlumotlari kelib tushgandan yoki ularning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini olish huquqi takroran vujudga kelgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida2. “Ijtimoiy himoya” ATda vaucher shakllanishi bilan muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasini xarid qilish huquqi vujudga kelganligi toʻgʻrisida mobil telefon raqamiga qisqa matnli SMS-xabar yuborish orqali xabardor qiladi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga bu toʻgʻrisida xabar kelib tushadi.Vaucher shakllangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida 3-bosqichMuhtoj shaxsVaucher shakllanganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgandan soʻng bevosita oʻzi yoki qonuniy vakili orqali “Ijtimoiy himoya” ATda pasport maʼlumotlari va telefon raqamlarini kiritgan holda roʻyxatdan oʻtish orqali oʻz shaxsiy kabinetidagi “Protez-ortopediya moslamalari” va “Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari” boʻlimlarida koʻrsatilgan elektron savdo platformasi yoki elektron savdo maydonchalarida vaucherga muvofiq tegishli protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasiga buyurtma beradi.Muhtoj shaxsning soʻroviga koʻra 4-bosqichSotuvchi1. Protez-ortopediya moslamalari boʻyicha buyurtmani “Ijtimoiy himoya” AT orqali qabul qilib olgandan soʻng buyurtma qilingan protez-ortopediya moslamasini tayyorlash uchun ketadigan vaqtni hisobga olgan holda, uni tayyor boʻlish muddati haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, muhtoj shaxsdan oʻlchov olish zarurati mavjud boʻlgan hollarda muhtoj shaxs bevosita murojaat qilishi lozim boʻlgan manzil va murojaat qilish sanasi haqida muhtoj shaxsni elektron tarzda va (yoki) telefon orqali xabardor qiladi.Uch kun ichidaRaqamli eshitish moslamasi boʻyicha buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng buyurtma qilingan mazkur moslamani yetkazib berish sanasi va joyi haqida muhtoj shaxsni elektron tarzda va (yoki) uning mobil aloqa vositasi orqali xabardor qiladi.Bir kun ichidaElektron savdo maydonchasining operatori2. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari boʻyicha buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng buyurtma qilingan reabilitatsiya qilishning texnik vositasini yetkazib berish muddati toʻgʻrisida muhtoj shaxsning mobil telefon raqamiga qisqa matnli SMS-xabar yuborish orqali xabardor qiladi.Bir kun ichida 5-bosqichSotuvchi1. Oʻlchab koʻrilgan protez-ortopediya moslamasi muhtoj shaxsning jismoniy holatiga mos kelgan taqdirda, protez-ortopediya moslamasini bevosita muhtoj shaxsning oʻziga topshirilishini taʼminlaydi.Oʻttiz ish kunida, murakkab turdagi protez-ortopediya moslamalari boʻyicha qirq besh ish kunidaRaqamli eshitish moslamasini muhtoj shaxslarga yetkazib berilishi hamda ularni muhtoj shaxslarning jismoniy holatiga moslashtirib sozlab berilishini taʼminlaydi.Besh ish kuni ichida2. Buyurtma yetkazib berganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni “Ijtimoiy himoya” ATda tasdiqlaydi.Buyurtma yetkazib berilgandan soʻng darhol 6-bosqichElektron savdo maydonchasining operatori1. Reabilitatsiya qilishning texnik vositasini muhtoj shaxsning yashash manzilidagi topshirish punktiga yetkazib beradi.Besh ish kunida2. Buyurtma yetkazib berilganligini elektron savdo maydonchasida tasdiqlashi bilan mazkur maʼlumot avtomatik tarzda elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” ATga kelib tushadi.Buyurtma yetkazib berilgandan soʻng oʻn daqiqada mobaynida 7-bosqich“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, ijtimoiy xodimlar1. “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga buyurtmalar muhtoj shaxsga yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi xabar kelib tushgandan soʻng buyurtmalar muhtoj shaxslarga haqiqatda yetkazib berilganligi holati, ularning elektron savdoda eʼlon qilingan talablariga muvofiqligini hamda muhtoj shaxslarning buyurtma toʻgʻrisidagi fikrlarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.Besh ish kuni ichida2. Oʻrganish natijasida muhtoj shaxslarning buyurtmalari haqiqatda yetkazib berilgan hamda ularda nuqsonlar aniqlanmagan taqdirda “Ijtimoiy himoya” ATda bildirishnoma rasmiylashtiradi.Bir ish kuni ichida 8-bosqichIjtimoiy himoya milliy agentligi1. “Ijtimoiy himoya” ATda bildirishnoma rasmiylashtirilgandan soʻng bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Ijtimoiy himoya” AT orqali Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasiga yuboradi. 2. Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasi orqali buyurtmaning xarid narxi, biroq belgilangan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻdan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni DMBATga yoʻnaltiradi. Bunda, DMBAT tomonidan tegishli mablagʻlar sotuvchilarning bank hisob raqamiga avtomatik tarzda oʻtkaziladi.Bir ish kuni ichida
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi belgilangan muhtoj shaxslar
ROʻYXATI
T/rF.I.O.Tugʻilgan yiliJinsiYashash manziliJismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsya raqami (JSHSHIR)Mobil telefon raqamiNogironligi boʻlgan muhtoj shaxs (bola) Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma rasmiylashtirilgan sana va raqamiNogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning amal qilish muddatiNogironlik guruhi, sababi va muddatiTashxisiTIEKda qayta koʻrikdan oʻtish muddatiMuhtojlik belgilangan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining turi va nomiMuhtojlik belgilangan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasidan foydalanish muddatiProtez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini olish uchun vaucher shakllantirilgan sanaProtez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun shakllantirilgan vaucherning qiymatiVaucher asosida protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga buyurtma berilgan sanaVaucher asosida buyurtma muhtoj shaxsga yetkazib berilgan sanaVaucher asosida sotib olingan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining narxiVaucher qiymatidan past narxda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi sotib olingan taqdirda 20 foiz ragʻbatlantirish mablagʻlarini huquqi vujudga kelganligiProtez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi bilan oxirgi marta taʼminlangan sanaNogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosa asosida hamda muhtojlik belgilanganprotez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasidan foydalanish muddatiga muvofiqtakroran(keyingi marta) protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini olish huquqi vujudga keladigan sanaHomiylik xayriya mablagʻlari hisobiga protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi bilan taʼminlangan sanaProtez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi bilan taʼminlanmayotganligi sabablari(Oʻzbekiston Respublikasi hududida emasligi)Takroran protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan muhtoj shaxslar tomonidan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalaridan foydalanmayotganligi va ularga ehtiyoji mavjud emasligi aniqlangan hollarda ularni TIEKga muhtojlikni qayta belgilash uchun yoʻnaltirilganligiMuhtoj shaxslarning qoʻshimcha protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga ehtiyoji vujudga kelganligi aniqlangan hollarda ularni tegishli TIEKga qoʻshimcha muhtojlikni belgilash uchun yoʻnaltirilganligiProtez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanish huquqini yoʻqotganligi sabablari(takroran taʼminlanish huquqiga ega emasligi, vafot etganligi, mahsulotni olishni rad etganligi)1.2.3.4.5.6.7.8.9.1011.12.13.14.15.16.17.18.19.20.21.22.23.24.25.26.27.Tegishli yil, oy va kunlar kesimidaI. Birlamchi muhtojlik belgilanganlar1.2.3....II. Takroriy muhtojlik belgilanganlar1.2.3....
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini sotuvchi tadbirkorlik subyektlari
REYESTRI
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat tomonidan kafolatlangan tarzda taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining
ROʻYXATI
T/rGuruh tasnifiGuruhosti tasnifiProtez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining turlariTur kodiKafolat muddatiFoydalanish muddatiTashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi(TIF TN)Mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari(MXIK)Davlat tomonidan qoplab beriladigan mablagʻ miqdori(bazaviy hisoblash miqdorida)*I. Protez-ortopediya moslamalari1.Son proteziModulli son proteziModulli son protezi — kattalar uchun (pnevmatik tugunli)1111112 oy48 oy90213990000902100100400000193,72.Modulli son protezi — kattalar uchun (mexanik tugunli)59,13.Modulli son protezi — bolalar uchun (pnevmatik tugunli)1111212 oy24 oy90213990000902100100400000293,74.Modulli son protezi — bolalar uchun (mexanik tugunli)59,15.Modulli chanoq-son boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi proteziModulli chanoq-son boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi protezi — kattalar uchun (pnevmatik tugunli)1112112 oy48 oy902139900009021001004000003102,96.Modulli chanoq-son boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi protezi — kattalar uchun (mexanik tugunli)1112212 oy48 oy90213990000902100100400000373,57.Modulli chanoq-son boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi protezi — bolalar uchun (pnevmatik tugunli)1112312 oy24 oy902139900009021001004000004100,08.Modulli chanoq-son boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi protezi — bolalar uchun (mexanik tugunli)1112412 oy24 oy90213990000902100100400000470,59.Son protezi charm-shinaliSon protezi charm-shinali — kattalar uchun111316 oy24 oy9021399000090210010040000058,010.Son protezi charm-shinali — bolalar uchun111326 oy24 oy9021399000090210010040000067,511.Chanoq-son boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi protezi charm-shinaliChanoq-son boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi protezi, charm-shinali — kattalar uchun111416 oy24 oy90213990000902100100400000756,012.Tizza boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi proteziTizza boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi protezi, plastik111516 oy24 oy9021399000090210010040000086,113.Tizza boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi protezi, charm-shinali111526 oy24 oy9021399000090210010040000095,514.Boldir proteziBoldir protezi plastik texnologiyadaBoldir protezi, plastik texnologiyada — kattalar uchun (ugleplastik panjali, layner bilan)1121112 oy48 oy90213990000902100100400001046,615.Boldir protezi, plastik texnologiyada — kattalar uchun (sharnir panjali, laynersiz)39,416.Boldir protezi, plastik texnologiyada — bolalar uchun (ugleplastik panjali, layner bilan)1121212 oy24 oy90213990000902100100400001146,617.Boldir protezi, plastik texnologiyada — bolalar uchun (sharnir panjali, laynersiz)39,418.Boldir protezi charm-shinaliBoldir protezi, charm-shinali — kattalar uchun112206 oy24 oy9021399000090210010040000126,819.Boldir protezi, charm-shinali — bolalar uchun112216 oy24 oy9021399000090210010040000135,520.Qoʻl protezlariQoʻl (kaft) protezi plastik texnologiyadaQoʻl (kaft) protezi, plastik texnologiyada — kattalar uchun113116 oy48 oy90213990000902100100400001423,521.Qoʻl (kaft) protezi, plastik texnologiyada — bolalar uchun113126 oy24 oy90213990000902100100400001520,622.Bilak protezi plastik texnologiyadaBilak protezi, plastik texnologiyada — kattalar uchun113216 oy48 oy90213990000902100100400001630,923.Bilak protezi, plastik texnologiyada — bolalar uchun113226 oy24 oy90213990000902100100400001729,424.Yelka protezi plastik texnologiyadaYelka protezi, plastik texnologiyada — kattalar uchun113316 oy48 oy90213990000902100100400001836,825.Yelka protezi, plastik texnologiyada — bolalar uchun113326 oy24 oy90213990000902100100400001935,326.Yelka boʻgʻinidan ekzoartikulyatsiyasi uchunYelka boʻgʻinidan ekzoartikulyatsiyasi uchun113416 oy24 oy90213990000902100100400002038,227.Bionik qoʻl protezlariBionik barmoqlarBionik barmoqlar (4-5 barmoq amputatsiyasi uchun)1135124 oy60 oy902139900009021001004000023110,928.Bionik bilak protezi bitta ushlash funksiyasiga ega aktiv bilak uchunBionik bilak protezi bitta ushlash funksiyasiga ega aktiv bilak kattalar uchun1135224 oy72 oy902139900009021001004000024112,029.Bionik bilak protezi bitta ushlash funksiyasiga ega aktiv bilak bolalar uchun1135324 oy60 oy90213990000902100100400002598,730.Bionik bilak protezi toʻrttadan sakkiztagacha ushlash funksiyasiga ega aktiv bilak uchunBionik bilak protezi toʻrttadan sakkiztagacha ushlash funksiyasiga ega aktiv bilak kattalar uchun1135424 oy72 oy902139900009021001004000026145,631.Bionik bilak protezi toʻrttadan sakkiztagacha ushlash funksiyasiga ega aktiv bilak bolalar uchun1135524 oy60 oy902139900009021001004000027130,732.Bionik tirsakdan yuqori amputatsiya qoʻl protezi (mexanik tirsakli, bitta ushlash va ochish funksiyali)Bionik tirsakdan yuqori amputatsiya qoʻl protezi (mexanik tirsakli, bitta ushlash va ochish funksiyali) kattalar uchun1135624 oy72 oy902139900009021001004000028125,333.Bionik tirsakdan yuqori amputatsiya qoʻl protezi (mexanik tirsakli, bitta ushlash va ochish funksiyali) bolalar uchun1135724 oy60 oy902139900009021001004000029112,034.Bionik tirsakdan yuqori amputatsiya qoʻl protezi (mexanik tirsakli, toʻrt-sakkizta ushlash va ochish funksiyali)Bionik tirsakdan yuqori amputatsiya qoʻl protezi (mexanik tirsakli, toʻrt-sakkizta ushlash va ochish funksiyali) kattalar uchun1135824 oy72 oy902139900009021001004000030160,035.Bionik tirsakdan yuqori amputatsiya qoʻl protezi (mexanik tirsakli, toʻrt-sakkizta ushlash va ochish funksiyali) bolalar uchun1135924 oy60 oy902139900009021001004000031146,736.Bionik tirsakdan yuqori amputatsiya qoʻl protezi (bionik tirsakli, toʻrt-sakkizta ushlash va ochish funksiyali)Bionik tirsakdan yuqori amputatsiya qoʻl protezi (bionik tirsakli, toʻrt-sakkizta ushlash va ochish funksiyali) kattalar uchun1136024 oy72 oy902139900009021001004000032181,337.Bionik tirsakdan yuqori amputatsiya qoʻl protezi (bionik tirsakli, toʻrt-sakkizta ushlash va ochish funksiyali) bolalar uchun1136124 oy60 oy902139900009021001004000033168,038.Bionik yelka protezi (bionik tirsakli)Bionik yelka protezi (bionik tirsakli) kattalar uchun1136224 oy72 oy902139900009021001004000034208,039.Bionik yelka protezi (bionik tirsakli) bolalar uchun1136324 oy60 oy902139900009021001004000035194,740.Bionik yelka protezi (mexanik tirsakli)Bionik yelka protezi (mexanik tirsakli) kattalar uchun1136424 oy72 oy902139900009021001004000036173,341.Bionik yelka protezi (mexanik tirsakli) bolalar uchun1136524 oy60 oy902139900009021001004000037160,042.Koʻkrak bezi proteziKoʻkrak bezi protezi PGJKoʻkrak bezi protezi PGJ114116 oy12 oy9021399000090210010040000217,243.ApparatlarApparat, oyoq uchun toʻliq plastik texnologiyadaApparat oyoq uchun toʻliq plastik texnologiyada — kattalar uchun1151112 oy48 oy90211010000902100100100000319,144.Apparat oyoq uchun toʻliq plastik texnologiyada — bolalar uchun1151212 oy24 oy90211010000902100100100000419,145.Apparat, ikki izli oyoq uchun toʻliq plastik texnologiyadaApparat ikki izli oyoq uchun toʻliq plastik texnologiyada — kattalar uchun1152112 oy48 oy90211010000902100100100000527,946.Apparat ikki izli oyoq uchun toʻliq plastik texnologiyada — bolalar uchun1152212 oy24 oy90211010000902100100100000616,547.Apparat, oyoq uchun toʻliq charm-shinaliApparat oyoq uchun toʻliq charm-shinali — kattalar uchun115316 oy24 oy90211010000902100100100000711,048.Apparat oyoq uchun toʻliq charm-shinali — bolalar uchun115326 oy24 oy90211010000902100100100000810,049.Apparat, ikki izli oyoq uchun toʻliq charm-shinaliApparat ikki izli oyoq uchun toʻliq charm-shinali — kattalar uchun115416 oy24 oy90211010000902100100100000911,550.Apparat ikki izli oyoq uchun toʻliq charm-shinali — bolalar uchun115426 oy24 oy90211010000902100100100001010,551.TutorlarTutor, oyoq uchun toʻliq plastik texnologiyadaTutor oyoq uchun toʻliq plastik texnologiyada — kattalar uchun116113 oy12 oy9021101000090210010010000113,852.Tutor oyoq uchun toʻliq plastik texnologiyada — bolalar uchun116123 oy12 oy9021101000090210010010000122,953.Tutor, tizza boʻgʻimiga son va boldir sohalarni qamrab oluvchi plastik texnologiyadaTutor tizza boʻgʻimiga son va boldir sohalarni qamrab oluvchi plastik texnologiyada — kattalar uchun116213 oy12 oy9021101000090210010010000132,954.Tutor tizza boʻgʻimiga son va boldir sohalarni qamrab oluvchi plastik texnologiyada — bolalar uchun116223 oy12 oy9021101000090210010010000142,855.Tutor, boldir-oshiq boʻgʻimiga plastik texnologiyadaTutor boldir-oshiq boʻgʻimiga plastik texnologiyada — kattalar uchun116313 oy12 oy9021101000090210010010000152,656.Tutor boldir-oshiq boʻgʻimiga plastik texnologiyada — bolalar uchun116323 oy12 oy9021101000090210010010000162,457.Tutor, tirsak boʻgʻimiga plastik texnologiyadaTutor tirsak boʻgʻimiga plastik texnologiyada — kattalar uchun116413 oy12 oy9021101000090210010010000172,058.Tutor tirsak boʻgʻimiga plastik texnologiyada — bolalar uchun116423 oy12 oy9021101000090210010010000181,759.Tutor, bilak-kaft boʻgʻimiga plastik texnologiyadaTutor bilak-kaft boʻgʻimiga plastik texnologiyada — kattalar uchun116513 oy12 oy9021101000090210010010000191,260.Tutor bilak-kaft boʻgʻimiga plastik texnologiyada — bolalar uchun116523 oy12 oy9021101000090210010010000201,161.KorsetlarKorset, bel sohasiga (fiksatsiyalovchi) plastik texnologiyadaKorset bel sohasiga (fiksatsiyalovchi) plastik texnologiyada kattalar uchun117116 oy24 oy6212109000062140010130000014,562.Korset bel sohasiga (fiksatsiyalovchi) plastik texnologiyada — bolalar uchun117126 oy24 oy6212109000062140010130000023,563.Korset, koʻkrakning pastki qismi va bel sohasiga (korreksiyalovchi) plastik texnologiyadaKorset koʻkrakning pastki qismi va bel sohasiga (korreksiyalovchi) plastik texnologiyada — kattalar uchun117216 oy24 oy6212109000062140010130000034,764.Korset koʻkrakning pastki qismi va bel sohasiga (korreksiyalovchi) plastik texnologiyada — bolalar uchun117226 oy24 oy6212109000062140010130000043,865.Korset, boshni ushlab turuvchi plastik texnologiyadaKorset boshni ushlab turuvchi plastik texnologiyada — kattalar uchun117316 oy24 oy6212109000062140010130000052,766.Korset boshni ushlab turuvchi plastik texnologiyada — bolalar uchun117326 oy24 oy6212109000062140010130000062,067.Korset, matodan tayyorlangan koʻkrak-bel sohasigaKorset matodan tayyorlangan koʻkrak-bel sohasiga — kattalar uchun117416 oy24 oy6212109000062140010130000072,068.Korset matodan tayyorlangan koʻkrak-bel sohasiga — bolalar uchun117426 oy24 oy6212109000062140010130000081,969.Murakkab ortoped poyabzal va protezga poyabzal (juft, mavsumiy).Murakkab ortopedik poyabzalMurakkab ortopedik poyabzal — erkaklar uchun118114 oy12 oy9021101000090210010010000212,970.Murakkab ortopedik poyabzal — ayollar uchun118124 oy12 oy9021101000090210010010000222,971.Murakkab ortopedik poyabzal — bolalar uchun118134 oy12 oy9021101000090210010010000232,172.Moʻynali murakkab ortopedik poyabzalMoʻynali murakkab ortopedik poyabzal — erkaklar uchun118214 oy12 oy9021101000090210010010000243,273.Moʻynali murakkab ortopedik poyabzal — ayollar uchun118224 oy12 oy9021101000090210010010000253,274.Moʻynali murakkab ortopedik poyabzal — bolalar uchun118234 oy12 oy9021101000090210010010000262,175.Protez uchun poyabzalProtez uchun poyabzal erkaklar uchun118314 oy12 oy9021101000090210010010000271,376.Protez uchun poyabzal — ayollar uchun118324 oy12 oy9021101000090210010010000281,377.Protez uchun poyabzal — bolalar uchun118334 oy12 oy9021101000090210010010000291,278.Ortopedik bashmachokOrtopedik bashmachok118414 oy12 oy9021101000090210010010000304,079.BandajlarBandaj, qorin old devori churrasi va buyrak tushganligi uchunBandaj qorin old devori churrasi va buyrak tushganligi uchun119113 oy12 oy9021101000090210010010000311,780.Bandaj, bir tomonlama chov churrasi uchunBandaj, bir tomonlama chov churrasi uchun119213 oy12 oy9021101000090210010010000321,681.Bandaj, ikki tomonlama chov churrasi uchunBandaj, ikki tomonlama chov churrasi uchun119313 oy12 oy9021101000090210010010000331,682.Koʻz olmasi proteziKoʻz olmasi protezi (koʻz protezi kosmetik)Koʻz olmasi protezi (koʻz protezi kosmetik)119416 oy24 oy90213910000902100100400002211,0II. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari83.Raqamli eshitish moslamasiRaqamli eshitish moslamasiRaqamli eshitish moslamasi**1210112 oy48 oy9021400000090210010230000027,084.HassaHassaHassa1221112 oy24 oy6602000000066020010010000010,385.Hassa toʻrt oyoqliHassa toʻrt oyoqliHassa toʻrt oyoqli1231112 oy24 oy6602000000066020010010000020,386.Koʻzi ojizlar hassasiKoʻzi ojizlar hassasiKoʻzi ojizlar hassasi1241112 oy24 oy6602000000066020010010000040,387.Qoʻltiq tayoq (juft)Qoʻltiq tayoq (juft)Qoʻltiq tayoq (juft)1251112 oy24 oy9021101000090210010010000340,588.Tirsakli qoʻltiq tayoqTirsakli qoʻltiq tayoqTirsakli qoʻltiq tayoq1261112 oy24 oy6602000000090210010010000350,389.Najas qabul qilgichNajas qabul qilgichNajas qabul qilgich***127111 oy6 oy(90 dona)3006910000090180012290000060,0790.Peshob qabul qilgichPeshob qabul qilgichPeshob qabul qilgich****128111 oy6 oy(90 dona)3926909709039260010200003340,0291.Yurish moslamasi (xodunok)Yurish moslamasi (xodunok)Yurish moslamasi (xodunok)1291112 oy24 oy9403700002094030011250000011,692.Yurish moslamasi (xodunok-rollator)Yurish moslamasi (xodunok-Rollator)Yurish moslamasi (xodunok-rollator)1310112 oy24 oy9403700002094030011250000025,893.Xonaga moʻljallangan oʻrindiqli aravacha (mexanik)Xonaga moʻljallangan oʻrindiqli aravacha (mexanik)Xonaga moʻljallangan oʻrindiqli aravacha — kattalar uchun1321112 oy48 oy8713100000087130010010000015,394.Xonaga moʻljallangan oʻrindiqli aravacha — bolalar uchun1321212 oy48 oy8713100000087130010010000025,095.Sayr qilishga moʻljallangan oʻrindiqli aravacha(mexanik)Sayr qilishga moʻljallangan oʻrindiqli aravachaSayr qilishga moʻljallangan oʻrindiqli aravacha — kattalar uchun1331112 oy48 oy8713100000087130010010000035,496.Sayr qilishga moʻljallangan oʻrindiqli aravacha — bolalar uchun1331212 oy48 oy8713100000087130010010000045,197.Sanitariya uskunalari bilan jihozlangan mexanik kreslo-aravacha (dush, hammom, hojatxonaga moʻljallangan)Sanitariya uskunalari bilan jihozlangan mexanik kreslo-aravacha (dush, hammom, hojatxonaga moʻljallangan)Sanitariya uskunalari bilan jihozlangan kreslo-aravacha (dush, hammom, hojatxonaga moʻljallangan)1341112 oy48 oy8713100000094020010010000358,398.Qoʻlda boshqariladigan velo kreslo-aravacha (mexanik)Qoʻlda boshqariladigan velo kreslo-aravacha (mexanik)Qoʻlda boshqariladigan velo kreslo-aravacha (mexanik)1351112 oy48 oy87131000000871300100100000511,899.Elektr yuritmali kreslo-aravachaElektr yuritmali kreslo-aravacha (universal)Elektr yuritmali kreslo-aravacha (universal)**1361112 oy48 oy87131000000871300100100000618,0100.Nogironligi boʻlgan, shaxslarning past aʼzolarni shikastlanishi va miya yarim falaji kasalligi mavjud boʻlgan yosh bolalar va oʻsmirlar shaxslar mustaqil harakatlanishi uchun elektr yuritmali kreslo-aravachalarNogironligi boʻlgan, shaxslarning past aʼzolarni shikastlanishi va miya yarim falaji kasalligi mavjud boʻlgan yosh bolalar va oʻsmirlar shaxslar mustaqil harakatlanishi uchun elektr yuritmali kreslo-aravachalarNogironligi boʻlgan, shaxslarning past aʼzolarining shikastlanishi va miya yarim falaji kasalligi mavjud boʻlgan yosh bolalar va oʻsmirlar shaxslar mustaqil harakatlanishi uchun elektr yuritmali kreslo-aravachalar1371112 oy48 oy87131000000871300100100000818,0101.Brayl alifbosiBrayl alifbosiBrayl alifbosi1381112 oyMuddatsiz*****4904000000049040010010000010,9102.Brayl alifbosi boʻyicha yozuv moslamasiBrayl alifbosi boʻyicha yozuv moslamasiBrayl alifbosi boʻyicha yozuv moslamasi1391112 oy48 oy7616999009076160030010000081,5103.Ovozli termometrOvozli termometrOvozli termometr1410112 oy48 oy9025192000090250010020000020,6104.Ovozli tonometrOvozli tonometrOvozli tonometr1420112 oy48 oy9026202000090180012270000010,6105.Ovozli glyukometrOvozli glyukometrOvozli glyukometr1430112 oy24 oy9027890000090270010010000010,6106.Bolalar uchun funksional kreslo-aravachalar Funksional kreslo-aravachalar bolalar serebral falaji bolalar uchunFunksional kreslo-aravachalar bolalar serebral falaji bolalar uchun1440112 oy60 oy87131000000871300100100001120,3107.Elektron skuterElektron skuterElektron skuter******1450112 oy60 oy87038000090870300600300000121,3108.Maxsus matrasMaxsus matrasMaxsus matras1460112 oy24 oy9019109009094040010010000011,2109.Funksional krovatFunksional krovatFunksional krovat*******1470112 oy72 oy94029000000940300100100000612,0110.Tibbiy tuvakTibbiy tuvakTibbiy tuvak1480112 oy48 oy7324900000073240010060000000,3111.Koʻtaruvchi kreslo-aravacha (Transfer)Koʻtaruvchi kreslo-aravacha (Transfer)Koʻtaruvchi kreslo-aravacha (Transfer)1490112 oy48 oy8713100000087130010010000124,8112.Bolalar uchun maxsus yurish moslamasi (xodunok)Bolalar uchun maxsus yurish moslamasi (xodunok)Bolalar uchun maxsus yurish moslamasi (xodunok)1510112 oy48 oy9403208000094030011250000256,1
Izoh: * vaucherga muvofiq muhtoj shaxslar taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari elektron savdoda mavjud boʻlmaganda yoki keskin qisqarib ketgan hollarda yoxud ularning elektron savdoga qoʻyilayotgan narxlari vaucher qiymatiga nisbatan sezilarli ravishda ortiq boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK bilan kelishgan holda, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun davlat tomonidan qoplab beriladigan mablagʻlarning eng kam miqdorlarini oʻzgartirish va ularni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish huquqiga ega.
** Elektr yuritmali kreslo-aravacha va raqamli eshitish moslamalari uchun davlat tomonidan qoplab beriladigan mablagʻlarning miqdorlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan xarid qilish tartib-taomillari asosida oxirgi marta xarid qilish xarajatlaridan kelib chiqib belgilab boriladi.
*** Najas qabul qilgich uchun 1 oyda 15 dona hisobidan kelib chiqib, har olti oy uchun bitta vaucher shakllanadi. Vaucher qiymati 6 oy uchun 15 donadan hisoblanib, 90 donaga BHMning 0,07 baravarini koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
**** Peshob qabul qilgich uchun 1 oyda 15 dona hisobidan kelib chiqib, har olti oy uchun bitta vaucher shakllanadi. Vaucher qiymati 6 oy uchun 15 donadan hisoblanib, 90 donaga BHMning 0,02 baravarini koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
***** Muhtoj shaxslar Brayl alifbosi bilan faqat bir marotaba taʼminlanadi.
****** Elektron skuterdan foydalanish yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi lozim.
******* Funksional krovatning vaucher orqali realizatsiyasi “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi. Bunda vaucher asosida funksional krovat bilan taʼminlangan fuqarolarni sogʻligʻining holati tiklangan yoki ular vafot etgan hollarda funksional krovat bir oy ichida ijtimoiy xodimlar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirish orqali “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga qaytarib olinadi hamda funksional krovatga muhtojlik belgilangan va keyingi navbatda turgan muhtoj shaxs vaucherga muvofiq taʼminlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni — 12 nafar.
Izoh:
1. Vrach-ekspertlardan biri tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi hisoblanadi.
2. Alohida bino boʻlganda qorovul, avtotransport vositasi boʻlganda haydovchi lavozimlari qoʻshimcha kiritiladi.
3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritishi mumkin”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 30-sentabrdagi 518-son qarori 5-bandining “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi “toʻlov-shartnoma asosida” soʻzlaridan keyin “30 soatgacha boʻlgan ishdan ajralgan yoki ishdan ajralmagan holda onlayn (real vaqt rejimida) shakldagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
