Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash va “mahallabay” ishlashda yangi “yettilik” tizimi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga oid vazifalar ijrosi ustidan parlament nazorati toʻgʻrisida (KQ-712-IV-son)
16.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil fevral-mart oylarida Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlariga amalga oshirgan tashriflari doirasida hududlarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, mavjud tabiiy resurslar zaxiralaridan samarali foydalanish, mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, aholi bandligini taʼminlash va turmush darajasini yanada yaxshilash boʻyicha qator vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish, joylarda nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish, shuningdek, vazirliklar va idoralar rahbarlari hamda hokimlarning hududlarni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan axborotlarini eshitib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan parlament nazorati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, har bir mahallani obod qilish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash va “mahallabay” ishlashda yangi “yettilik” tizimi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga oid vazifalar ijrosi ustidan doimiy parlament nazorati amalga oshirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil fevral-mart oylarida Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlariga amalga oshirgan tashriflari doirasidagi vazifalar ijrosi yuzasidan vazirliklar va idoralar rahbarlari hamda hokimlarning axborotlarini eshitish reja-jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari:
Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarida iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish, investitsiyalarni faol jalb qilish, eksportni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, qurilish, kommunikatsiya, transport, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ijtimoiy, agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini parlament nazorati doirasida, shu jumladan joylarga chiqqan holda muntazam ravishda oʻrganib borsin;
reja-jadval asosida qoʻmitalar majlislarida oʻrganish natijalarini tanqidiy muhokama qilish, mutasaddi rahbarlarning axborotlarini eshitish hamda vazifalar sifatli ijro etilishi boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish, xususan respublika darajasidagi muammolarni hal etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishi va doimiy nazoratga olinishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi Senat qoʻmitalari faoliyatiga amaliy va tahliliy jihatdan koʻmaklashsin.
5. Xalq deputatlari Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlari Kengashlariga:
mahalliy Kengashlar deputatlarini tuman (shahar)larga biriktirgan holda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar oʻz vaqtida bajarilishi ustidan har bir loyiha kesimida deputatlik nazoratini amalga oshirish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid vazifalar ijrosini sessiyalarda tanqidiy muhokama qilish, mutasaddi rahbarlarning axborotlarini eshitish hamda vazifalar sifatli ijro etilishi boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish, respublika darajasidagi masalalarni hal etish yuzasidan Oliy Majlis Senatiga takliflarni taqdim etish;
deputatlik nazorati tadbirlarining ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan parlament nazorati tadbirlarini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini amalga oshirsin.
7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 16-aprel,
KQ-712-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 16-apreldagi KQ-712-IV-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil fevral-mart oylarida Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlariga amalga oshirgan tashriflari doirasidagi vazifalar ijrosi yuzasidan vazirliklar va idoralar rahbarlari hamda hokimlarning axborotlarini eshitish
REJA-JADVALI
T/r Chora-tadbirlar nomi Ijro muddati Axborot beruvchilar Maʼsul ijrochilar 1. Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarida qurilish, kommunikatsiya, ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va transport sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan masʼul vazirliklar va idoralar rahbarlari hamda hokimlarning axborotlarini Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari majlislarida eshitish 2024-yil iyun, 2024-yil noyabr Asosiy axborot beruvchilar — Qurilish va uy- joy kommunal xoʻjaligi, Energetika, Transport, Togʻ-kon sanoati va geologiya, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirliklari, Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari Qoʻshimcha axborot beruvchilar — Iqtisodiyot va moliya, Adliya va Madaniyat vazirliklari, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Markaziy bank Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitalari 2. Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarida iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari majlislarida eshitish 2024-yil iyul, 2024-yil dekabr Asosiy axborot beruvchilar — Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari Qoʻshimcha axborot beruvchilar — Qishloq xoʻjaligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Raqamli texnologiyalar, Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, Yoshlar ishlari, Tashqi migratsiya, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentliklari, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “Milliy bank” AJ, AT “Xalq banki” Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari va Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitalari 3. Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarida investitsiyalarni faol jalb qilish, eksportni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari majlislarida eshitish 2024-yil avgust, 2025-yil yanvar Asosiy axborot beruvchilar — Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Togʻ-kon sanoati va geologiya, Tashqi ishlar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, “Milliy bank” AJ Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari Qoʻshimcha axborot beruvchilar — Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” AJ, “Agrobank” ATB, AT “Aloqabank”, “Mikrokreditbank” ATB, “Milliy bank” AJ Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari hamda Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitalari 4. Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarida agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari majlislarida eshitish 2024-yil sentabr, 2025 yil yanvar Asosiy axborot beruvchilar — Qishloq xoʻjaligi, Suv, xoʻjaligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirliklari Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari Qoʻshimcha axborot beruvchilar — Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Oʻzagrolizing” AJ, “Oʻzagrolizing” AJ, “Oʻzbekneftegaz” AJ, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “Asakabank” AJ, “Turon bank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari hamda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitalari 5. Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarida ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari majlislarida eshitish 2024 yil oktabr, 2025-yil fevral Asosiy axborot beruvchilar — Maktabgacha va maktab taʼlimi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Madaniyat, Tashqi ishlar, Sogliqni saqlash vazirliklari Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari Qoʻshimcha axborot beruvchilar — Iqtisodiyot va moliya, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Sport, Adliya vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo- sanoat palatasi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari
