Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (227-son)
22.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, yodgorliklarni tartibga solish, roʻyxatini shakllantirish, tarixiyligini saqlash hamda ularning turistik jozibadorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Madaniy meros agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda obyektlarni belgilangan tartibda davlat kadastriga kiritish choralarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori B.G. Abdikarimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-aprel,
227-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-apreldagi 227-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. “Kattaqoʻrgʻon shahri” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimidagi 638-pozitsiya chiqarib tashlansin.
2. “Payariq tumani” boʻlimining “Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 12071-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
12071. Alamli qishlogʻi hamda Ingichka qishlogʻi va uning atrof hududlaridagi qoyatoshlar Antik va ilk oʻrta asrlar Alamli qishlogʻi, “Doʻstlik” MFY hamda Ingichka qishlogʻi Davlat mulki.
”.
3. “Parkent tumani” boʻlimi quyidagi mazmundagi kichik boʻlim bilan toʻldirilsin:
“
Arxitektura yodgorliklari 6491*. “Quyosh geliokompleksi” 1981 — 1987-yillar Parkent tumani, “Quyosh” MFY Davlat mulki.
”.
4. “Fargʻona shahri” boʻlimining“Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 111-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
111. Kotelnikov uyi 1906 yil B. Margʻiloniy koʻchasi, 6-uy Davlat mulki.
”.
5. “Quvasoy shahri” boʻlimida:
a) “Monumental yodgorliklar” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 671-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
671. Oʻzbekiston xalq shoiri Hamid Olimjon haykali 1982-yil “Qoʻchqorchi” MFY, Qoʻchqorchi qishlogʻi Davlat mulki.
”.
b) quyidagi mazmundagi kichik boʻlim bilan toʻldirilsin:
“
Arxitektura yodgorliklari 672. Muhammadali hoji masjidi XIX asr “Boʻston” MFY, Qaramqul qishlogʻi Davlat mulki.
”.
6. “Bagʻdod tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1401-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
1401. “Jar qishloq” masjidi 1906 yil “Jar” MFY Davlat mulki.
”.
7. “Toshloq tumani” boʻlimining “Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2941-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
2941. Chakka mozor XI-XII asrlar “Qumariq” MFY, Qumariq qishlogʻi, Hojiota koʻchasi Davlat mulki.
”.
8. “Toshkent shahar” blokida:
a) “Mirzo Ulugʻbek tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 451*-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
451*. “Oʻzbekiston” mehmonxonasi 1963 — 1974-yillar Maxtumquli koʻchasi, 45-uy Xususiy mulk.
”.
b) “Mirobod tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimida:
78-pozitsiya chiqarib tashlansin;
89-pozitsiya “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 901*-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
901*. Davlat sanʼat muzeyi 1967 — 1974-yillar Amir Temur shoh koʻchasi, 16A Davlat mulki.
”.
v) “Shayxontohur tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimida:
132 va 134-pozitsiyalar “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 1632*, 1633* va 1634*-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
1632*. Toshkent telemarkazi binosi 1972 — 1977-yillar Shayxontohur tumani Alisher Navoiy koʻchasi, 69-uy Davlat mulki. 1633*. “Eski juva” dehqon bozorining 8 ta moviy gumbazlari 1950-yil Shayxontohur tumani Saqchimon koʻchasi Davlat mulki. 1634*. “Shodlik” mehmonxonasi 1969 — 1975-yillar Paxtakor koʻchasi, 5-uy Xususiy mulk.
”.
g) “Chilonzor tumani” boʻlimi:
232-pozitsiya “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 2461*-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
2461*. Koʻkrak jarrohligi ilmiy-tadqiqot instituti 1975-yil Chilonzor tumani Kichik halqa yoʻli koʻchasi 10/1-uy Davlat mulki.
”.
d) “Yunusobod tumani” boʻlimining“Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimida:
268 va 277-pozitsiyalar “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
282-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
282*. “Turkiston” konsert zali binosi hamda uning yozgi maydoni 1976 — 1993-yillar A. Navoiy koʻchasi, 2-uy Davlat mulki. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi operativ boshqaruv huquqi asosida.
”.
e) “Yakkasaroy tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimida:
299, 308, 312-pozitsiyalar“*” belgisi bilan toʻldirilsin;
319, 322 va 323-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 3323* va 3324*-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
3323*. “Kosmonavtlar” metro bekati 1972-yil Afrosiyob va Mirobod koʻchalari kesishmasida Davlat mulki. 3324*. “Residence Park” mehmonxonasi binosi 1975-yil Yunus Rajabiy koʻchasi 64-uy Davlat mulki.
”.
j) “Yashnobod tumani” boʻlimining“Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 3521*-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
3521*. “Aviasozlar” madaniyat saroyi 1976 — 1980-yillar Yashnobod tumani Qorasuv koʻchasi 1/1 uy Davlat mulki.
”.
9. Izoh qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktoriga zarurat boʻlganda, obyektning nomi, davri va manziliga aniqlik kiritish (tushuntirish berish) huquqi berilsin. Ushbu aniqlik kiritish (tushuntirish berish) Madaniy meros agentligi direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
“Modernizm” toifasiga kiruvchi moddiy madaniy meros obyektlari”.
