Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (231-son)
23.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirgan holda tizimlashtirish, sohada innovatsion yechimlar, ilmiy-texnik ishlanmalar va raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish hamda qurilishda narxni shakllantirishning samarali tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoniga muvofiq:
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi Qurilish sohasida texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) etib qayta nomlanganligi;
b) Institut:
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish, xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish va ularning fondini yaratish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, qurilish mahsulotlarini sinash va sertifikatlash, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
qurilish resurslari milliy klassifikatorini (keyingi oʻrinlarda — milliy klassifikator) joriy qilish va narxlar elektron platformasini yuritish;
obyektlarning umumiy maʼlumotlar muhiti (CDE / Common Data Environment), qurilishda korxonalar resurslarini rejalashtirish (ERP / Enterprise Resource Planning) va axborot modellashtirish (BIM / Building Information Modeling) texnologiyalarini (keyingi oʻrinlarda — axborot-dasturiy tizimlar) joriy etish boʻyicha vakolatli davlat muassasasi etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda takomillashtiriladigan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024 — 2026-yillarda ishlab chiqiladigan “Uzbekistan building code” UBC 3-ilovaga muvofiq;
Qurilish resurslari milliy klassifikatorini joriy qilish va narxlar elektron platformasini shakllantirish sxemasi 4-ilovaga muvofiq;
Qurilish jarayonlariga loyiha boshqaruvining raqamli tizimini joriy etish sxemasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
qurilish va uy-joy sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda shaharsozlik norma va qoidalarini (keyingi oʻrinlarda — normativ hujjatlar) hamda innovatsion va raqamli texnologiyalarni oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish, amaliyotga joriy qilish muammolarini tahlil qilish orqali takomillashtirish;
normativ hujjatlarni xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish, ekspertizadan oʻtkazish, kelishish va ularning fondini yaratish;
vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarining sohadagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish;
eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish, amaliyotda qoʻllash bilan bogʻliq muammolarni tahlil qilish hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uygʻunlashtirish;
qurilish materiallarini guruhlarga va boʻlimlarga tasniflagan holda, har birining alohida identifikatsiya raqamlanishini va normativ hujjatlarga muvofiq nomlanishini nazarda tutuvchi milliy klassifikatorni joriy qilish va narxlar elektron platformasini yuritish;
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasiga raqamli texnologiyalar asosida axborot-dasturiy tizimlarini va qurilish jarayonlari monitoringi tizimlarini joriy etish;
bino va inshootlarni energiya samaradorlik nuqtai nazaridan audit qilish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
qurilishda narxlarni shakllantirish tizimi va resurslar sarfi boʻyicha normativ bazani, shu jumladan, qurilish texnikalari, mashina va mexanizmlar hamda texnologiyalarni xronometrajdan oʻtkazish orqali takomillashtirib borish;
qurilish mahsulotlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash.
4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
vazirlikka normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadlari uchun har yili respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida shartnomalar asosida olingan mablagʻlar;
Institutning raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan axborot-dasturiy tizimlarda roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilardan toʻlanadigan toʻlovlar;
milliy klassifikator va narxlar elektron platformasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar, ish va xizmatlarni sotish boʻyicha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladigan toʻlovlar;
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari;
tadqiqotlar oʻtkazishdan va shartnoma asosida ishlarni bajarishdan (xizmat koʻrsatish) tushadigan mablagʻlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilansinki:
raqamli texnologiyalar asosida axborot-dasturiy tizimlar, milliy klassifikator va narxlar elektron platformasini joriy qilish, yuritish va uning uzluksiz ishlashini taʼminlash foydalanuvchilarning toʻlovlari, Institut mablagʻlari va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
vazirlikka normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadlari uchun har yili respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar shartnomaviy munosabatlar asosida taqsimot bilan Institutga va vazirlik tizimidagi loyiha institutlariga yoʻnaltiriladi, shuningdek, bunda zarur hollarda boshqa tegishli tashkilotlar jalb etiladi.
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-aprel,
231-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga 1-ILOVA
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga 2-ILOVA
2024 — 2026-yillarda takomillashtiriladigan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar
ROʻYXATI
T/r T/r SHNQ raqami SHNQ nomi 2024-yilda 1. 1. SHNQ 1.01.01 Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar tizimi. 2. 2. SHNQ 1.02.07 Qurilish uchun muhandislik qidiruvlari. Umumiy koʻrsatmalar. 3. 3. SHNQ 1.02.08 Qurilish uchun muhandislik-geodeziya qidiruvlari. 4. 4. SHNQ 1.02.05 Qurilish uchun muhandislik-ekologiya qidiruvlari. 5. 5. SHNQ 1.04.04 Qurilishda buyumlar, uskunalar va materiallardan takroriy foydalanish. 6. 6. SHNQ 1.05.01 Qurilishda axborot modellashtirish. Ishlab chiqarish va texnik boʻlimlar tomonidan ishlarni tashkil etish qoidalari. 7. 7. QMQ 2.01.03 Seysmik hududlarda qurilish. 8. 8. QMQ 2.01.04 Qurilish issiqlik texnikasi. 9. 9. SHNQ 2.01.05 Tabiiy va sunʼiy yoritish. 10. 10. QMQ 2.01.07 Yuklar va taʼsirlar. 11. 11. QMQ 2.01.08 Shovqindan himoya. 12. 12. QMQ 2.01.09 Choʻkuvchan va oʻta choʻkuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar. 13. 13. QMQ 2.01.18 Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi meʼyorlari. 14. 14. SHNQ 2.01.20 Seysmik hududlarda transport inshootlari qurilishi. 15. 15. QMQ 2.02.01 Bino va inshootlarning asoslari. 16. 16. QMQ 2.03.01 Beton va temir-beton konstruksiyalar. 17. 17. QMQ 2.03.10 Tom va tom qoplamalari. 18. 18. QMQ 2.03.11 Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish 19. 19. SHNQ 2.03.13 Pollar. 20. 20. QMQ 2.04.03 Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar. 21. 21. QMQ 2.04.13 Qozonxonalar. 22. 22. QMQ 2.04.16 Quyoshli issiq suv taʼminoti qurilmalari. 23. 23. QMQ 2.04.17 Turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari. 24. 24. SHNQ 2.07.02 Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish. 25. 25. SHNQ 2.07.06 Shahar koʻcha yoʻllari. Loyihalash 1-qism 26. 26. SHNQ 2.07.06 Shahar koʻcha yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism 27. 27. SHNQ 2.07.06 Shahar koʻcha yoʻllari. Harakat xavfsizligi 3-qism 28. 28. QMQ 2.08.02 Jamoat binolari va inshootlari 29. 29. SHNK 2.08.01 Turar joy binolari 30. 30. SHNQ 2.08.03 Sanatoriylar. 31. 31. QMQ 2.08.04 Maʼmuriy binolar. 32. 32. QMQ 2.08.10 Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari 33. 33. QMQ 2.08.11 Madaniyat tashkilotlari 34. 34. QMQ 2.08.12 Madaniy-meros obyektlari 35. 35. SHNQ 2.08.16 Bank muassasalari 36. 36. SHNQ 2.09.09 Donni saqlash va ishlov berish korxonalari, binolari va inshootlari. 37. 37. SHNQ 2.09.20 Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari. 38. 38. SHNK 2.09.21 Yongʻin oʻchirish deposi va postlari. 2025-yilda 39. 1. SHNQ 1.02.01 Bino va inshootlarni qurilishida geotexnik monitoring. Qoidalar toʻplami. 40. 2. SHNQ 1.02.02 Qurilishda geodeziya ishlari. 41. 3. SHNQ 2.01.01 Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar. 42. 4. SHNQ 2.01.02 Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi. 43. 5. SHNQ 2.01.19 Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash. 44. 6. QMQ 2.03.03 Armotsement konstruksiyalar. 45. 7. QMQ 2.03.04 Oshirilgan va yuqori haroratlar taʼsiri sharoitlarida ishlash uchun moʻljallangan beton va temir-beton konstruksiyalar. 46. 8. SHNQ 2.03.06 Aluminiy konstruksiyalar. 47. 9. QMQ 2.03.07 Tosh va oʻzaktoshli qurilmalar. 48. 10. SHNQ 2.03.08 Yogʻoch konstruksiyalar. 49. 11. QMQ 2.04.01 Binolarning ichki suv taʼminoti va kanalizatsiya. 50. 12. SHNQ 2.04.02 Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar. 51. 13. QMQ 2.04.05 Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash. 52. 14. QMQ 2.04.07 Issiqlik tarmoqlari. 53. 15. SHNQ 2.04.08 Gaz taʼminoti. Loyiha meʼyorlari. 54. 16. SHNQ 2.04.14 Uskunalar va quvur oʻtkazgichlarning issiqlik izolyatsiyasi. 55. 17. SHNQ 2.05.04 Metropolitenlar. 56. 18. QMQ 2.05.05 Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari. 57. 19. SHNQ 2.05.09 Tramvay va trolleybus yoʻllari. 58. 20. SHNQ 2.06.03 Sugʻorish tizimlari. Loyihalashtirish normalari. 59. 21. SHNQ 2.06.12 Suv oqimini boshqarish uchun suv omborlari. 60. 22. SHNQ 2.08.13 Savdo va umumiy ovqatlanish majmualari 61. 23. SHNQ 2.08.14 Maishiy xizmat koʻrsatish majmualari 62. 24. SHNQ 2.08.18 Turizm obyektlari 63. 25. SHNQ 2.08.19 Sud va prokuratura binolari 64. 26. SHNQ 2.08.20 Arxiv binolari 65. 27. QMQ 2.05.06 Magistral quvuroʻtkazgichlar 2026-yilda 66. 1. QMQ 2.01.14 Hisobiy gidrologik tavsiflarni aniqlash. 67. 2. KMK 2.02.02 Gidrotexnika inshootlari zaminlari. 68. 3. SHNQ 2.02.03 Qoziqli poydevorlar. 69. 4. QMQ 2.02.05 Dinamik yuklamali mashinalar poydevorlari. 70. 5. SHNQ 2.03.05 Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalashtirish meʼyorlari. 71. 6. SHNQ 2.04.09 Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi. 72. 7. SHNQ 2.04.18 Shaharlar va qishloq aholi yashaydigan joylarni tashqi yoritish. 73. 8. QMQ 2.04.20 Turar joy va jamoat binolari muhandislik uskunalarining aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish qurilmalarini loyihalash. 74. 9. SHNQ 2.05.03 Koʻpriklar va quvurlar. 75. 10. QMQ 2.05.08 Aerodromlar. 76. 11. SHNQ 2.06.01 Gidrotexnika inshootlari. 77. 12. QMQ 2.06.04 Gidrotexnika inshootlariga boʻlgan taʼsirlar va yuklanishlar. 78. 13. QMQ 2.06.05 Gruntdan boʻlgan toʻgʻonlar. 79. 14. QMQ 2.06.06 Beton va temir-beton toʻgʻonlar. 80. 15. SHNQ 2.06.07 Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliq oʻtkazish va baliq muhofazasi inshootlari. 81. 16. QMQ 2.06.08 Gidrotexnika inshootlarining beton va temir-beton konstruksiyalari. 82. 17. SHNQ 2.06.16 Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash. 83. 18. QMQ 2.07.03 Korxonalar, binolar va inshootlar hududlarini toʻsish. 84. 19. SHNQ 2.07.04 Qishloq xoʻjaligi korxonalari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil qilish. 85. 20. QMQ 2.08.06 Sanitar-epidemiologik stansiyalar. 86. 21. QMQ 2.09.01 Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bosh rejalari. 87. 22. SHNQ 2.09.04 Korxonalarning maʼmuriy va maishiy binolari. 88. 23. SHNQ 2.09.07 Chorvachilik, parrandachilik va hayvonchilik korxonalari. 89. 24. SHNQ 2.09.08 Issiqxonalar va bugʻxonalar. 90. 25. SHNQ 2.09.10 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash uchun binolar va xonalar. 91. 26. QMQ 2.09.11 Quruq mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari omborlari. 92. 27. SHNQ 2.09.13 Yer osti kon lahimlarini loyihalash. 93. 28. SHNQ 2.09.19 Neft va neft mahsulotlari omborxonalari.
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari va topshiriqlari asosida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ushbu roʻyxatga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga 3-ILOVA
Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024 — 2026-yillarda ishlab chiqiladigan
“Uzbekistan building code” UBC
Boʻlim UBC boʻlimlari nomi Ishlab chiqish muddati Hamijrochilar A. Umumiy qoidalar va talablar 2024 yil “Boshtransloyiha” AJ, “Avtomobil yoʻllari ilmiy tekshirish instituti” DK, “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ, “Gidroproyekt” AJ, “OʻzshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti DM, “ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti DM, “Qishloq qurilish loyiha” bosh loyiha instituti DM, “Toshuyjoy LITI” AJ, “Kommunal loyiha ilmiy tadqiqot instituti” DM, “OʻzLITIneftgaz” AJ, “Tashgiprogor” AJ, tegishli vazirlik va idoralar v. Shaharsozlik 2024 yil d. Maxsus imkoniyatlar va qulayliklar 2024 yil e. Vertikal tuzilmalar 2025 yil F. Tashqi toʻsiq konstruksiyalari 2025 yil g. Yuk koʻtarish konstruksiyalari 2026 yil h. Muhandislik tarmoqlari 2025 yil i. Ichki muhit 2025 yil j. Xavfsizlik 2026 yil k. Yongʻin xavfsizligi 2024 — 2026 yillar
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari va topshiriqlari asosida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ushbu roʻyxatga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga 4-ILOVA
Qurilish resurslari milliy klassifikatorini joriy qilish va narxlar elektron platformasini shakllantirish
SXEMASI
BosqichlarSubyektlarChora-tadbirlarBajarish muddatlari1-bosqichQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiMilliy klassifikatorga milliy standart va qurilish normalaridagi oʻzgartirishlar asosida yangi resursni kiritishDoimiy ravishda2-bosqichQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida Milliy klassifikator va elektron katalog platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma)ni yaratish va tegishli vazirliklar va idoralar bilan integratsiya qilishBir hafta davomida3-bosqichTovar-xom ashyo birjasiTovar-xom ashyo birjasida shakllangan qurilish resurslari narxlari boʻyicha haftalik kotirovkalarni avtomatik tarzda Platformada aks ettirishDoimiy4-bosqichBojxona qoʻmitasiRespublika hududiga olib kirilib, “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan qurilish materiallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali “BYD toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi” axborot tizimi orqali Platformada aks ettirishDoimiy5-bosqichTadbirkorlik subyektlariPlatformada ERI orqali roʻyxatdan oʻtib qurilish resurslari boʻyicha texnik va narx parametrlari boʻyicha eʼlonlarni joylashtirish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishDoimiy6-bosqichIqtisodiyot va moliya vazirligiDavlat xaridlari elektron tizimidan qurilish resurslariga oid maʼlumotlarni avtomatik tarzda Platformada aks ettirishDoimiy7-bosqichSoliq qoʻmitasiMahsulotlarning yagona elektron katalogidan qurilish resurslariga oid maʼlumotlarni avtomatik tarzda Platformada aks ettirishDoimiy8-bosqichMilliy statistika qoʻmitasiTizimlarni integratsiya qilish orqali 12-narx (sanoat) shakli (oylik). Ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari narxlari toʻgʻrisida hisoboti asosida qurilish resurslari nomi, oʻlchov birligi, tegishli davrdagi narx koʻrsatkichlarini aks ettirishHisobot davrida9-bosqichOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiTizimlarni integratsiya qilish orqali qurilish materiallari boʻyicha muvofiqlik sertifikatlarini belgilangan standartlar asosida ularning texnik parametrlari koʻrsatkichlarini avtomatik tarzda Platformada aks ettirishDoimiy
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga 5-ILOVA
Qurilish jarayonlariga loyiha boshqaruvining raqamli tizimini joriy etish
SXEMASI
