ShNQ 1.02.23-22 “Iqtisodiyot tarmoqlarining obyektlarini joylashtirish uchun moʻljallangan yer qaʼri lahimlarida muhandislik izlanishlar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-8-son)
03.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 17-aprelda hisobga olindi, hisob raqami 245]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 1.02.23-22 “Iqtisodiyot tarmoqlarining obyektlarini joylashtirish uchun moʻljallangan yer qaʼri lahimlarida muhandislik izlanishlar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 3-aprel,
01/2-8-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YuSUPALIYEV
2024-yil 18-mart
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari O. QUDRATOV
2024-yil 19-mart
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2024-yil 4-mart
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2024-yil 20-mart
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 3-apreldagi 01/2-8-son buyrugʻiga ILOVA
ShNQ 1.02.23-22 “Iqtisodiyot tarmoqlarining obyektlarini joylashtirish uchun moʻljallangan yer qaʼri lahimlarida muhandislik izlanishlar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda ShNQ deb yuritiladi) yer qaʼri lahimlarida muhandislik izlanishlarini tashkil qilish, oʻtkazish tartibi hamda sinov usullariga oid boʻlgan talablarni belgilaydi.
1-bob. Normativ-huquqiy hujjat, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu ShNQda quyidagi normativ-huquqiy hujjat, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
Geologiya-qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalari (roʻyxat raqami 304, 1997-yil 29-yanvar);
ShNQ 1.02.07-19 Qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar. Asosiy qoidalar;
GOST 5180-2015 “Tuproqlar. Fizikaviy xossalarni laboratoriya sharoitida aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Grunti. Metodi laboratornogo opredeleniya fizicheskix xarakteristik”);
GOST 12071-2014 “Tuproqlar. Namunalarni tanlash, qadoqlash, tashish va saqlash” (rasmiy manba: “Grunti. Otbor, upakovka, transportirovaniye i xraneniye obrazsov”);
GOST 21153.2-84 “Togʻ jinslari. Bir oʻqli siqilishda mustahkamlik chegarasini aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Porodi gornie. Metodi opredeleniya predela prochnosti pri odnoosnom sjatii”);
GOST 21153.3-85 “Togʻ jinslari. Bir oʻqli choʻzilishda mustahkamlik chegarasini aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Porodi gornie. Metodi opredeleniya predela prochnosti pri odnoosnom rastyajenii”);
GOST 21153.7-75 “Togʻ jinslari. Boʻylama va koʻndalang trang toʻlqinlarning tarqalish tezligini aniqlash usuli” (rasmiy manba: “Porodi gornie. Metod opredeleniya skorostey rasprostraneniya uprugix prodolnix i poperechnix voln”;
GOST 24941-81 “Togʻ jinslari. Sferik indentorlarni yuklash orqali mexanik xususiyatlarni aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Porodi gornie. Metodi opredeleniya mexanicheskix svoyst nagrujeniyem sfericheskimi indentorami”);
GOST 21.301-2014 “Muhandislik izlanishlari hisobotini shakllantirishga qoʻyiladigan asosiy talablar” (rasmiy manba: “Osnovnie trebovaniya k oformleniyu otchetnoy dokumentatsii po injenernim iziskaniyam”);
GOST 2789-73 “Yuzaning dagʻalligi. Oʻlchov va xususiyatlari” (rasmiy manba: “Sheroxovatost poverxnosti. Parametri i xarakteristiki”).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Mazkur ShNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
tselik — yer qaʼri lahimlarini himoya qilish uchun konni oʻzlashtirish paytida tegmasdan qoldirilgan qatlamning bir qismi;
namuna (kern) — oʻrganish maqsadida burgʻulash paytida olingan silindrsimon ustun shakldagi togʻ jinsining namunasi;
monolit — tabiiy holati buzilmagan togʻ jinsi namunasi;
mahkamlovchi uskuna (krep) — kon ishlarida va boshqalar yer osti inshootlarini qurishda atrofdagi jinslarning qulashi ehtimolini oldini olish uchun oʻrnatilgan vaqtincha sunʼiy tuzilma;
marksheyderlik hujjatlari — yer yuzasi, shaxtalar, karyerlar, konlarning chizmalari va topografik xaritalar hamda turli proyeksiyalar va hajmli grafiklar;
zaiflangan kontaklar — koʻmir, oʻsimlik va gilli tarkibga ega boʻlgan oraliq qatlam;
paletka — toʻrtburchak shakldagi vertikal chiziqlar bilan boʻlingan shaffof plyonka.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Yer qaʼri lahimlarida muhandislik izlanishlarini (bundan buyon matnda muhandislik izlanishlari deb yuritiladi) oʻtkazishda mazkur ShNQ va ShNQ 1.02.07-19 talablariga rioya qilish lozim.
4. Muhandislik izlanishlari tayyorgarlik va asosiy bosqichda amalga oshirilishi kerak.
5. Tayyorgarlik bosqichida dastlabki maʼlumotlarni (geologik va gidrogeologik sharoitlari toʻgʻrisida hisobotlar hamda yer qaʼri toʻgʻrisida maʼlumotlar) yigʻish ishlari amalga oshirilishi lozim.
6. Asosiy bosqichda muhandislik izlanishlari natijalari asosida obyektni loyihalashtirish ishlari amalga oshirilishi kerak.
Quyidagi shartlardan birida muhandislik izlanishlari amalga oshirilishi zarur:
yuqori qismi mustahkamlanmagan kameralar boʻlganda;
geologik, gidrogeologik yoki marksheyderlik hujjatlari boʻlmaganda;
xizmat davri uzoq muddatli obyektlarni yer qaʼri lahimlarida joylashtirish nazarda tutilganda.
4-bob. Muhandislik izlanishlari bosqichlari
1-§. Tayyorgarlik bosqichi
7. Tayyorgarlik bosqichida quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
geologik va togʻ-texnik hujjatlarni oʻrganish;
gidrogeologik sharoitlarni oʻrganish;
yer qaʼri lahimlarining holatini koʻzdan kechirish.
8. Yer qaʼri lahimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish jarayonida olingan geologik va loyiha-texnik hujjatlarni oʻrganish asosida quyidagilarni aniqlash lozim:
foydalanish uchun tavsiya etilgan lahimlarning joylashuvi chuqurligini;
togʻ jinslarining yotish xususiyati va ularning qulash burchagini;
jinslarning litologik tarkibi va alohida qatlamlarning qalinligini;
togʻ jinslarining darzlanishi (yoriqlarning asosiy tizimlari soni, jadalligi va makonda joylashuvi)ni;
togʻ jinslarining fizik-mexanik xossalarini (tabiiy namlikda va suvga toʻyingan holatda namunada bir oʻqli siqilish va choʻzilishda mustahkamlik chegarasi, hajmiy ogʻirligi);
foydalanish uchun tavsiya etilgan lahimlarning holatini (tseliklarning shakli, geometrik oʻlchamlari hamda mahkamlovchi (krep)ning turi va zichligi);
pastki yuk koʻtaruvchi qatlamning va shift qoyatoshining (potolochina) qalinligini;
togʻ jinslarining qatlamlanishga va ustun yoriqlar tizimiga nisbatan lahimlar hamda tseliklarning joylashuvini.
9. Marksheyderlik hujjatlari asosida quyidagilar aniqlanishi zarur:
foydalanish uchun tavsiya etilgan lahimlarning kesim shakli, kengligi, balandligi va uzunligi, tseliklar orasining kengligi;
lahimlarning geometrik xususiyatlari (toʻgʻri maydonlar oʻlchamlari, burilishlari, torayishi va kengayishi, burchak qiyaligi);
ishlab tugatilgan uchastkaning kengligi yoki maydonning uzunligi;
ustunlararo tseliklarning koʻndalang kesimining soni va maydoni;
oʻrganilayotgan tselikka toʻgʻri keladigan yuqori qatlam maydonining oʻlchami;
tseliklarning oʻlchamlari (balandligi, kengligi, uzunligi) va ularning shakli.
10. Yer qaʼri lahimlari xaritalari, profil va kesim koʻrinishlari mavjud boʻlmagan taqdirda, yer qaʼri lahimlarining marksheyderlik sʼyomkasini bajarish lozim.
Sʼyomka natijasiga koʻra, marksheyderlik hujjatlari (yer qaʼri lahimlari xaritasi, boʻylama va koʻndalang kesimlar) tuzilishi kerak.
11. Marksheyderlik hujjatlarini tahlil qilish asosida har bir lahim uchun (old lahimga, tozalash kamerasiga, kameralararo tselikga va boshqalar) geologik sharoitlarni tavsiflovchi maʼlumotlar keltirilgan kesim tuzish lozim.
Yer qaʼri lahimlarini geologik hujjatlashtirish ishlari 1:200 masshtabdagi kesimlarda bajarish kerak.
12. Geologik, gidrogeologik va muhandislik-geologiya hujjatlarni oʻrganish asosida yer qaʼri lahimlarining gidrogeologik sharoitlari (suv oqimining mavjudligi va miqdori) aniqlanishi, bunda ularni tuzli jinslarga joylashtirishda suvli qatlamlarning filtrlanish koeffitsiyenti, filtrlanish tezligi va pyezometrik bosimni aniqlash zarur.
13. Koʻzdan kechirish natijasida quyidagilar aniqlanishi kerak:
geologik va marksheyderlik hujjatlari maʼlumotlarini yer qaʼri lahimlarining haqiqiy holatiga muvofiqligi;
yer qaʼri lahimlari kesimining konturi boʻylab togʻ jinslarining tarkibi va holati, togʻ jinslarining koʻpchishga, lahimning devor va shift qismlarining qatlam ajralishiga moyilligi;
kameralararo tseliklarning haqiqiy holati, tselikni tashkil etuvchi jinslarning ajralishga va plastik siqib chiqarilishga moyilligi;
tselik va shift (potolochina)ni oʻrtasidagi aloqaning mavjudligi, shuningdek tselik va shiftni tashkil etuvchi jinslarning ilashish xususiyati;
mahkamlovchi uskunaning haqiqiy holati, beton va temir-betonli mahkamlovchi uskunada yoriqlar mavjudligi, metall mahkamlovchi uskuna elementlarida egilishning mavjudligi yoki shtangali mahkamlovchi uskunaning deformatsiyasi va boshqalar.
14. Geologik, gidrogeologik va muhandislik-geologik sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish va yer qaʼri lahimlarining holatini koʻzdan kechirish natijalari asosida, muhandislik izlanishlarni bajarishning maqsadga muvofiqligi hamda ularning hajmi toʻgʻrisida xulosa tuzilishi kerak.
2-§. Asosiy bosqichdagi muhandislik izlanishlari
15. Asosiy bosqichda quyidagi ishlar bajarilishi lozim:
yer qaʼri lahimlarining aerologik xususiyatlarini oʻrganish;
bur-quduqni burgʻulash va togʻ jinslaridan namuna olish;
togʻ jinslarining tuzilmaviy xususiyatlarini oʻrganish;
togʻ jinslarining fizik xossalarini oʻrganish;
togʻ jinslarining mexanik xususiyatlarini oʻrganish;
togʻ jinslarining elastiklik holatini oʻrganish;
uchastkaning gidrogeologik sharoitlarini oʻrganish;
hududning ekologik sharoitlarini oʻrganish.
16. Yer qaʼri lahimlarining aerologik xususiyatlari (aerodinamik qarshiligi, havoning harorati, nisbiy namligi, changlanganlik darajasi va ruda gazlari ajralishi jadalligi) aniqlanishi kerak.
17. Togʻ jinslarining fizik-mexanik xossalarini, ularning darzlanish koʻrsatkichlarini, qatlamlanishini, kuchlanish ostidagi holatini hamda elastik toʻlqinlarining tarqalish tezligini aniqlash uchun bur-quduqlarni burgʻulash va togʻ jinslardan namuna olish ishlari bajarilishi zarur.
Muhandislik izlanishlari loyihasi (dasturi)da togʻ jinslarning yotish sharoitlari hamda ularning litologik-tuzilmaviy xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda bur-quduqlarning umumiy soni, ularning joylashuvi, yoʻnalishi, chuqurligi, diametri va kavlash rejimi belgilanishi kerak.
Yer qaʼri lahimlarining har bir uchastkasida kamida ikkita bur-quduq klasteri boʻlishi, togʻ jinslaridan namuna olish uchun moʻljallangan, mustahkamlanmagan kamerali lahimlarda esa, kamida bir dona klaster (har bir klasterda 4 ta bur-quduq) boʻlishi lozim.
Togʻ jinslarining fizik-mexanik xossalarini aniqlash uchun amalga oshiriladigan bur-quduqlarni burgʻulash jarayonida togʻ jinsi namunasi (kern)ning maksimal chiqishi, shuningdek uning tabiiyligi (namligi, tuzilish) saqlanishi kerak.
18. Togʻ jinslarining namunalarini olish, qadoqlash, tashish va saqlash GOST 12071‑2014 ga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Har bir litologik farqdan namuna (kern)lar olinishi, bunda ularning uzunligi kamida 200 mm boʻlishi, shuningdek qoyali (toshqol) jinslar uchun namuna (kern) diametri 40 — 50 mm, yarim toshqol jinslar uchun 40 — 100 mm, shoʻrlangan jinslar uchun esa kamida 80 mm boʻlishi lozim.
19. Muhandislik izlanishlari doirasida togʻ jinslarining darzlanish, qatlamlanish va qatlam ajralishi, shuningdek gʻovakligi kabi tuzilmaviy xossalari aniqlanishi kerak.
20. Qatlamlanish va qatlam ajralishini oʻrganishda quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
izlanishlar kamida ikkita bur-quduqda oʻtkazish;
bur-quduqlar boʻyicha kesimlar 1:50 masshtabda;
kesimlarda kontaktlar zaiflanuvining geologik-petrografik turlari belgilash;
zaiflangan kontaktlar orasidagi masofalar 0,1 m dan ortsa, kesimlarda masshtabni koʻrsatish;
masofalar 0,1 m dan kam boʻlganda shartli ravishda 0,1 m ga teng deb qabul qilish;
kontaktlarning geologik-petrografik turlarini koʻrsatish;
yer qaʼri lahimlari sharoitida qatlamlarning kontaktlarini baholashda kontaktlarga perpendikulyar yoʻnalishdagi zaiflangan kontaktlarning uzilishga mustahkamligini, solishtirma ilashishni va kontaktdagi ichki ishqalanish burchagini aniqlash;
togʻ jinslarining siqilishdagi mustahkamlik chegaralarini, laboratoriya sharoitida elastik modulini, koʻndalang deformatsiya koeffitsiyentini va yuklama boshlanishidan to buzilishigacha boʻlgan deformatsiyaning toʻliq egri chiziqlarini aniqlash;
barcha togʻ jinslari qatlamlari uchun siqilishda mustahkamlik chegaralarini va har bir petrografik xilma-hilligi uchun deformatsiya xususiyatlarini aniqlash;
togʻ jinslarining namuna (kern) boʻyicha qatlam ajralishini oʻrganishda uning parchalangan yuzasini zaiflantirgan geologik-petrografik omillarni, yuzaning parchalanish xususiyatini, shuningdek namuna (kern) boʻlaklarining uzunligini, togʻ jinslarining darzlanish koʻrsatkichlarini, qiya qatlamlanishning yotish elementlarini aniqlash.
21. Togʻ jinslarining darzlanishini aniqlash uchun yoriq tizimlarining soni, ularning orasidagi masofa va oʻzaro yoʻnalishi (azimut va ogʻish burchagi), devor sirtining uzunligi, kengligi hamda shaklining oʻlchamlari va koʻrsatkichlarini oʻrganish kerak.
Namuna (kern)dagi va ochiq togʻ jinslarining darzlanishni oʻrganishda zaiflangan yuzaning morfologiyasi va toʻldiruvchi materialning xususiyati mukammal tavsiflanishi lozim.
Ochiq togʻ jinslarini tavsiflash hujjatlarida massivni tashkil etuvchi bloklarning shakli va oʻlchami boʻlishi kerak.
22. Togʻ jinslarining gʻovakliligi solishtirma va hajmiy ogʻirliklari orasidagi farqning solishtirma ogʻirlikka nisbati boʻyicha foizda qabul qilinishi, bunda togʻ jinslarining solishtirma va hajmiy ogʻirliklari laboratoriya sharoitida GOST 5180-2015 talablariga muvofiq aniqlanishi lozim.
23. Togʻ jinslarining fizikaviy xossalarini oʻrganishda hajm ogʻirligi, tabiiy namlik, issiqlik xossalari, togʻ jinslari orqali suyuqlik va gazlarning sizish koʻrsatkichi, gaz oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti aniqlanishi zarur.
24. Togʻ jinslarining issiqlik xususiyatlarini oʻrganishda ularning harorati, issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, solishtirma issiqlik sigʻimi va harorat oʻtkazuvchanligi koeffitsiyenti togʻ jinslarining tabiiy sharoitda, termal oʻlchagichlar yordamida aniqlanishi kerak.
Togʻ jinslarining solishtirma issiqlik sigʻimi laboratoriya sharoitida namunalarda siljish usulida yoki muntazam issiqlik rejimida mikrokalorimetr usulida aniqlanishi lozim.
25. Togʻ jinslari orqali gaz oʻtkazuvchanlik koʻrsatkichi va koeffitsiyentlari tirqish usulida tabiiy sharoitda gazni kuch bilan yuborish orqali aniqlanishi zarur.
Togʻ jinslari orqali suyuqlikning sizishi koʻrsatkichlari esa, bosim usulida (quruq va suvga toʻyingan jinslarda) yoki nasos bilan tortib chiqarish usulida aniqlanishi kerak.
26. Tabiiy sharoitdagi togʻ jinslarining mexanik xossalarini oʻrganishda massivdagi jinslarning siqilish va egilishdagi mustahkamlik chegarasi hamda elastik va elastik-plastik toʻlqinlarning tarqalish tezligi aniqlanishi lozim.
Bir oʻqli siqish va choʻzishda mustahkamlik chegaralari hamda hajmiy siqilishda davomiy mustahkamlik chegarasi, solishtirma ilashish, ichki ishqalanish burchagi, elastiklik moduli, Puasson koeffitsiyenti, 80 foiz buzilishga teng bosim ostidagi namunaning elastiklik deformatsiyasi qiymati laboratoriya sharoitida aniqlanishi zarur.
27. Qoyali va yarim toshloq jinslarning massivda siqilishi va egilishidagi mustahkamlik chegarasi tabiiy sharoitda boʻylama namuna (kern)ni ezish yoki uni egish yoʻli bilan aniqlanishi kerak.
Bir oʻqli siqish va choʻzishdagi mustahkamlik chegarasini GOST 21153.2-84 va GOST 21153.3-85 ga muvofiq aniqlash lozim.
28. Solishtirma ilashish va ichki ishqalanish burchagi stabilometrlar yoki kesish asboblari yordamida, kontaktlar va qatlamlar oraligʻidagi ichki ishqalanish burchagi esa bir tekislikda siljitish usulida aniqlanishi kerak.
29. Elastiklik moduli, Puasson koeffitsiyenti va 80 foiz buzilishga teng bosim ostida namunaning elastiklik deformatsiyasi silindrsimon namunalarni bir oʻqli siqish usuli bilan aniqlanishi lozim.
30. Namuna (kern)ga berilgan yuklamani (siljishning chegaraviy deformatsiya qiymati, ularning parchalanishgacha vaqti va siqilishda uzoq muddatli mustahkamlik chegarasi) richagli, prujinali yoki gidravlik qurilmalarda aniqlash zarur.
31. Kuchli vayronagarchilik zonalarda joylashgan lahimlar uchun togʻ jinslarida boʻylama elastik va elastik-plastik toʻlqinlarning tarqalish tezligi aniqlanishi, bunda ichki togʻ jinslardagi boʻylama toʻlqinlar tezligining taqsimlanishini toʻlqinlarning ushbu jinslardagi harakat vaqtini oʻlchash yoʻli bilan aniqlanishi kerak.
32. Maydalanish va darzlanish zonalari kabi katta buzilishlar mavjud boʻlmagan yaxlit togʻ jinslari namunalarini sinovdan oʻtkazishda boʻylama toʻlqinlarning tarqalish tezligini GOST 21153.7-75 ga muvofiq aniqlanishi zarur.
33. Seysmik chastotalar (0‑300Nz) diapazonida tebranishlarning tarqalish tezligini aniqlash uchun geofizik usullar qoʻllanilishi, bunda boʻylama toʻlqinlarning tarqalish tezligini aniqlashdan avval oʻrganilayotgan maydonning petrografik tarkibini, togʻ jinslarning yotish sharoitlari, qatlamlanishi, darzlanish va buzilishini oʻrganish lozim.
34. Portlashda zaryadning 20 ta radiusigacha boʻlgan masofada elastik-plastik deformatsiyalar zonasida zarba toʻlqinining tarqalish tezligini aniqlash uchun ikki turdagi (elastik va plastik) toʻlqinlarni aniqlash lozim.
Portlash taʼsirining yakuniy natijalarini qabul qilish uchun uning zarba toʻlqinini tavsiflovchi koʻrsatkichlar aniqlanishi zarur.
35. Yaxlit togʻ jinslarida joylashgan lahimlarda zarba toʻlqinining tarqalish tezligi aniqlanishi, zarba toʻlqinining tarqalish tezligini, oʻrganilayotgan togʻ jinslarining elastik deformatsiyasi chegarasidan oshuvchi zarba toʻlqini oldidagi kuchlanish diapazonida aniqlanishi kerak.
36. Bur-quduqning tub qismi chekkalarini burgʻulab boʻshatish (razgruzka) usullari ushbu ShNQning ilovasidagi 1-jadval boʻyicha tanlanishi lozim.
Bur-quduqning tub qismi chekkalarini burgʻulab boʻshatish (razgruzka)ning muayyan usulini tanlashda, oʻrganilayotgan obyektning kuchlanish holatining turi (bir oʻqli, yassi, hajmli), asosiy kuchlanishlarning yoʻnalishlari va geologik omillarni (jinslarning darzlanishi, anizotropiya (oʻzgarish), moʻrtlik, mustahkamlik va boshqalar) hisobga olish lozim.
Bur-quduqlarni burgʻulash yoʻnalishini, tartibini, uskunalar toʻplamini tanlash, tegishli usullarga mazkur ShNQning ilovasidagi 1-jadvalga muvofiq amalga oshirish kerak.
37. Oʻrganilayotgan obyekt quyidagi kuchlanish holatining u yoki bu turiga tegishli boʻlishi lozim:
bir oʻqli kuchlanish holatiga (tselikning balandligi diametriga nisbatan 2 — 2,5 baravardan katta boʻlgan ustunli tseliklar);
yassi kuchlanish holatiga (tselikning balandligi kengligidan 1 — 2,5 baravar katta boʻlganda tasmali tseliklar);
hajmiy kuchlanish holatiga (keng tseliklar, yakka lahim atrofidagi massiv, tegilmagan massiv).
38. Elastiklik moduli va Puasson koeffitsiyenti qiymatlari, togʻ jinsini boʻshatish (razgruzka)da deformatsiyalar topilgan namuna (kern)larda aniqlanishi zarur.
39. Bur-quduq uzunligi boʻylab kuchlanishlarni oʻlchash joylari orasi minimal (0,2 — 0,5 m) boʻlishi, baʼzi hollarda (noaniqlik) bu oʻlchovlar bir-biriga yaqin joylashgan (0,5 — 1 m) bir nechta parallel bur-quduqlarda amalga oshirilishi lozim.
Tabiiy sharoitda kuchlanishni oʻlchash uchun BP-18 (quvvatlantiruvchi blok) va MGD (impulsli magnitogidrodinamik generator) kabi qurilmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
40. Yer qaʼri lahimlarida geologik va gidrogeologik ishlarni bajarishda Geologiya-qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalariga (roʻyxat raqami 304, 1997-yil 29-yanvar) rioya qilinishi kerak.
5-bob. Materiallarni qayta ishlash va hisobotni tayyorlash
41. Dala va laboratoriya kuzatuvlari hamda sinovlari davomida olingan barcha maʼlumotlar birlamchi hujjatlarga (lahimlarni koʻzdan kechirish, bur-quduqlar va lahimlardan namunalar olish, togʻ jinslarining darzlanishini oʻrganish, jinslarni fizik-mexanik xossalarining laboratoriya yoki dala izlanishlari qaydnomlari) kiritilishi lozim.
42. Dala va laboratoriya kuzatuvlari hamda sinovlari (siqilish va choʻzilish) boʻyicha maʼlumotlarni toʻplashda, togʻ jinslarining deformatsiyalari grafiklari hamda togʻ jinslarining darzlanishi diagrammalari tuzilishi kerak.
43. Geologik, gidrogeologik va togʻ-texnik sharoitlarini oʻrganish natijalari boʻyicha hisobot tayyorlanishi, hisobot tarkibi GOST 21.301-2014 hamda ushbu ShNQning 4-bobida keltirilgan yer qaʼri lahimlariga qoʻyiladigan talablarga javob berishi lozim.
Texnik topshiriqda talab qilingan holda hisobot tarkibiga, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi boʻlgan hududlarning foto suratlari kiritilishi kerak.
6-bob. Iqtisodiyot tarmoqlarining obyektlarini joylashtirish uchun moʻljallangan yer qaʼri lahimlarining muhandislik izlanishlarida togʻ jinslarining fizik-mexanik xossalari va kuchlanish ostidagi holatini oʻrganish usullari
1-§. Togʻ jinsining yuqori qismidagi zaiflangan kontaktlarni va oraliq qatlamlarining yotish holatini hamda mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash usuli
44. Yer qaʼri va kamerali lahimlardan foydalanish uchun ularning yuqori qismining barqarorligi, qatlamlanish shakli, yemirilganligi va lahim ichkarisiga kirib borish imkoniyatlarini aniqlash lozim.
45. Zaiflangan kontaktlar va qatlamlarning mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash uchun namuna (kern) buzilmagan holatda boʻlishi kerak.
46. Zaiflangan yuzalarni buzilmagan holatini taʼminlash va ularning mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash maqsadida namuna (kern)ni qatlamlanishga maʼlum bir burchak ostida burgʻulab olish quyidagi 1-rasmga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
1-rasm. Qiya qatlamli namuna (kern)ni burgʻulab olish.
1, 2 — turli tarkibli qiya togʻ jinslar qatlami, 3 — zaiflangan yuza
47. Burgʻulash jarayonida zaiflangan kontaktlar va oraliq qatlamlar butunlay siyqalanib ketishiga yoʻl qoʻyilmasligi zarur.
48. Shiftning tekshirilayotgan qismida burgʻulash chuqurligi bir urinishda burgʻulab oʻtish 3,0 — 4,0 m dan oshmasligi kerak.
2-§. Zaiflangan kontaklar va oraliq qatlamlarining mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash usuli
49. Yer qaʼri lahimlari shiftlarida togʻ jinslarining qatlamlanishini muhandislik hisob-kitoblarda, zaiflangan kontaktlarning joylashuvi, turlari va oraliq qatlamlari toʻgʻrisida maʼlumotlardan tashqari, uzilishdagi mustahkamlik chegarasi, nisbiy ilashish va ichki ishqalanish burchagini aniqlash kerak.
Zaiflangan kontaktlar va oraliq qatlamlar boʻyicha uzilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun namunani bir oʻq boʻyicha qoziqlar bilan yorish usulining qoʻllanishi, bunda sinovdan oʻtkaziladigan zaiflangan kontaktlar va oraliq qatlamlarning parchalanishini oldini olish maqsadida namuna (kern)ga oldindan ishlov berilmasligi kerak. Bunday holda, zaiflangan kontakt tekisligi namuna (kern)ni oʻz oʻqiga nisbatan har qanday burchak ostida kesib oʻtishiga yoʻl qoʻyiladi.
50. Uzilishdagi mustahkamlik chegarasi Rp, kgf/cm2, formula boʻyicha hisoblanadi:
bu erda:
P — yorishda buzuvchi yuklama, kgf;
F — namunaning yorilish sirtining maydoni, cm2.
Togʻ jinsi massivida uzilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun namuna (kern)ning kesim uzunligi uning diametridan 1,2 barobar kam boʻlishi yoki yoruvchi kuchining taʼsir nuqtasi namuna (kern)ning eng yaqin chetidan, uning diametrining 0,6 barobar kam masofada boʻlmasligi lozim.
51. Aynan bir xildagi togʻ jinslari uchun uzilishdagi mustahkamlik chegarasi mazkur ShNQning 2-rasmiga muvofiq namuna (kern)ning koʻndalang kesimi maydoniga, yaʼni masshtab omiliga bogʻliq holda hisoblanishi kerak.
2-rasm. Uzilishdagi mustahkamlik chegarasining namuna (kern) koʻndalang kesim maydonga bogʻliqligi
52. Zaiflangan kontaktning nisbiy ilashish qiymati buzilmagan namuna (kern)da bir sath boʻylab kesish talablariga muvofiq aniqlanishi, namuna (kern) oʻqi boʻylab yoʻnaltirilgan Q kuchlanish kam siqilish hosil qilishi, maʼlum bir kuchlanish bilan kontakt boʻylab siljish imkoniyatini taʼminlash maqsadida zaiflangan kontakt tayanch kesimi ustiga oʻrnatilishi kerak. Bunda, uning qiymati siljish maydoniga yoʻnaltirilgan mazkur ShNQning 3-rasmida keltirilgan 1-nuqta ordinatasi boʻyicha katta boʻlmagan kuchlanish Q, maʼlum bir xatolik bilan solishtirma ilashish sifatida qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Zaiflangan kontakt tekisligi namuna (kern) oʻqiga perpendikulyar boʻlmaganligi bois, namuna (kern) tayanchga joylashtirilishi, kesish kuchi taʼsirida uning siljishi mumkin boʻlgan qismi, kesish paytida namuna qismlarining tiqilib qolishidan himoyalanish uchun vertikal tekislikda harakatlana olishi kerak.
53. Ichki ishqalanish burchagi yemirilgan namuna (kern)da zaiflangan kontaktlar va oraliq qatlamlar orqali aniqlanishi, Bunda namuna (kern) qismlari dastlabki holatiga oʻrnatilishi va bir oʻqli kuchlanishni turli qiymatlarda kontakt boʻylab navbatma-navbat mazkur ShNQning 3-rasmidagi 2 — 4-nuqtalar doirasida siljitilishi lozim.
Sinovdan soʻng olingan nuqtalar, mazkur ShNQning 3-rasmidagi 2 — 4-nuqtalar grafikda toʻgʻri chiziq bilan bogʻlanishi, uning absissa oʻqiga qiya burchagi oʻrganilayotgan zaiflangan sirtning ichki ishqalanish burchagiga taxminan mos kelishi, zaiflangan kontakt uchun 2 — 4 chiziq ρ burchak ostida 1-nuqtaga oʻtkazilishi kerak.
3-rasm. Zaiflangan kontaktlar va oraliq qatlamlar asosida mustahkamlik pasportini tuzish
54. Zaiflangan kontaktlar va oraliq qatlamlar boʻylab ichki ishqalanish burchaklarini aniqlash uchun namuna (kern)larning burchagi normal oraliq oʻqiga va kontakt tekisligiga nisbatan sinovdan oʻtayotgan sirtning ichki ishqalanish burchagi qiymatidan oshmasligi kerak.
Bur-quduq oʻqining kesishish burchagi bilan zaiflangan kontakt va oraliq qatlam tekisligi β mazkur ShNQning 1-rasmiga muvofiq 70 — 80° oraligʻida boʻlishi lozim.
Solishtirma ilashish va ishqalanish burchaklarini aniqlashda bir oʻqli kuchlanishni yaratish uchun namuna (kern)ga qoʻshimcha ishlov berilishi, bunda uning chetlari hosilaga nisbatan perpendikulyar ravishda kesilishi lozim.
3-§. Zaiflangan kontaktlar va oraliq qatlamlarning mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash uchun asboblar
55. Bir oʻqli choʻzilishda va siqilishda jinslarning kuchlanish chegaralari va ularni buzish usullari GOST 24941-81 talablariga asosan aniqlanishi zarur.
56. Solishtirma ilashish va kontaktdagi ichki ishqalanish burchagi dala sharoitida, GOST 24941-81 talablariga muvofiq aniqlanishi lozim.
57. Dala sinovlari oʻtkazilganda, jinslarni kesish moslamasi (MP-12, toshkesish moslamasi va boshqalar) boʻlishi kerak.
4-§. Togʻ jinslarini darzliligini oʻrganish usuli
58. Darzlilikni oʻrganish quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:
tabiiy va sunʼiy ochilmalarni geologik tavsiflash;
darzlilik koʻrsatkichlarini oʻlchash (togʻ kompasi, metall lineyka, ruletka, lupa va boshqalar yordamida).
Koʻrsatkichlarning har biri uchun har bir darzlilik tizimi doirasida bir nechta oʻlchovlar amalga oshirilishi kerak.
59. Tizimlardagi darzliklar orasidagi masofalarni darzliklar tekisliklariga perpendikulyar ravishda oʻlchanishi, ularning yoʻnalishini oʻlchash natijalariga koʻra, ularning diagrammalari tuzilishi, ular yordamida darzlik tizimlari orasidagi burchaklar aniqlanishi kerak.
60. Massivning yoriq boʻshligʻi P — foiz, massivning umumiy hajmiga yoriqlar boʻshliqlari hajmining umumiy nisbati sifatida aniqlanishi kerak.
Bu erda:
ai — tizimdagi darzliklar orasidagi masofa, cm;
bi — tizimdagi darzliklar kengligi, cm;
n — darzlik tizimlarining soni.
61. Darzliklar bilan ajralgan togʻ jinslar bloklarining oʻlchov koʻrsatkichi, oʻrtacha koʻndalang blok oʻlchami ãbl, cm, quyidagi formula bilan aniqlanishi kerak:
bu erda:
ã 1, ã 2, ã 3, ã 4, ã 5 — tizimlardagi darzliklar orasidagi oʻrtacha masofa, cm.
Mutanosiblik ã 1 ≤ ã 2 ≤ ã 3 ≤ ã 4 ≤ ã 5 bajarilishi uchun darzliklar tizimlari shunday raqamlangan boʻlishi lozim.
62. Massivdagi togʻ jinslarning blokliligining toʻliq tasnifini fraksiyalar boʻyicha taqsimlanishi ãbl koʻrinishida, fraksiyalar tarkibi esa umumiy ogʻirlik yoki umumiy bloklar hajmining foizi sifatida ifodalanishi zarur.
63. Mustahkamlanmagan ochiq togʻ jinslari mavjud boʻlmaganda, darzlilik toʻgʻrisida maʼlumotlar, shiftda burgʻulangan bur-quduqlardan namuna (kern) olinishi, bunda bur-quduqlar togʻ jinslarining qatlamlanishiga nisbatan 30° burchak ostida joylashtirilishi kerak.
Barcha darzlik tizimlarini kesish uchun togʻ jinslarining tarqalishi boʻylab burgʻulangan bur-quduqlar soni toʻrtta boʻlishi (koʻtarilish, ogʻish va ikki qarama-qarshi yoʻnalishda). Darzliklar yotishining elementlari togʻ kompasi yoki maxsus paletkalar yordamida aniqlanishi lozim.
64. Paletkaning asosi namuna (kern) aylanasining uzunligiga, balandligi esa diametrning darzliklar ogʻish burchagi tangensi koʻpaytmasiga teng boʻlishi, yoriqlarning shartli azimutlarini aniqlash uchun toʻrtburchak paletka azimut doirasi orasi 10⁰ li vertikal chiziqlar bilan 36 qismga boʻlingan boʻlishi, darzliklar ogʻish burchaklari vertikal toʻrning gorizontal chiziqlari boʻylab hisoblanishi kerak.
65. Darzlik tekisligining shartli azimutini va uning ogʻish burchagini oʻlchash uchun namuna (kern) paletkaga oʻralishi, bunda shartli nol azimutga mos keladigan uning qirralarini bogʻlaydigan chiziq namuna (kern) boʻylab oʻtishi, paletkani namuna (kern) atrofida aylantirib, bu chiziqni biron qatlamning eng past qismiga toʻgʻrilanishi kerak.
Bunday holda, paletkaning pastki gorizontal chizigʻi namuna (kern) yuzasida oʻlchangan darzlikning eng past chiqish nuqtasiga toʻgʻri kelishi kerak.
Bu holatda ushbu nuqta gorizontal shkalada darzlikning shartli ogʻish azimutining qiymatini belgilashi kerak. Namuna (kern) yuzasidagi darzlikning eng yuqori chiqish nuqtasi, paletkaning vertikal shkalasida darzlikning ogʻish burchagini belgilaydi.
Darzlikning haqiqiy ogʻish azimuti Ahd gradus mazkur ShNQning 4-rasmiga muvofiq oʻlchangan shartli azimut va togʻ jinslarining maʼlum ogʻish azimuti quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
4-rasm. Haqiqiy darzlik azimutini aniqlash sxemasi
66. Har qanday yoʻnalishda belgilangan qiya bur-quduqlarning kerni boʻylab darzliklar xuddi shu yoʻl bilan oʻlchanishi kerak. Bunday holatda, darzliklar va namuna (kern) oʻqiga perpendikulyar tekislik orasidagi burchaklarni hisobga olgan holda ogʻish burchaklari boʻyicha qoʻshimcha hisob-kitoblar bajarilishi zarur.
Paletkada koʻrinadigan hamda oʻlchangan ogʻish burchaklarini haqiqiyga aylantirish uchun bur-quduqning qiyalik burchagini, bu qiyalikning azimutini va bur-quduq bilan kesishgan togʻ jinslari qatlamlarining ogʻish azimutini bilish lozim.
Yer qaʼri lahimi kengligining ikki barobariga teng boʻlgan qatlam qalinligi uchun koʻrsatkichlar natijasida aniqlanishi kerak.
5-§. Togʻ jinslarining fizik-mexanik xossalarini aniqlash usuli
67. Togʻ jinslarining mexanik xossalarini laboratoriya sharoitida aniqlash uchun namunalar togʻ bosimining namoyon boʻlgan joylaridan olinishi, namuna olishda jinsning tarkibi, tuzilishi va holati maksimal darajada saqlanishini taʼminlanishi, bunda namuna (kern) olish joyida massiv yuzasini oldindan tozalash lozim.
68. Namuna (kern)ni kesib olish imkoniyatini beradigan burgʻulash kern va monolitlar ishlatilishi, ularning soni va hajmi rejalashtirilgan sinovlar turiga va sinovdan oʻtkaziladigan namuna (kern)larning soniga qarab (togʻ jinslarini tavsiflovchi variatsiya koeffitsiyentlarini aniqlash uchun sinovlarning takrorlanishini hisobga olgan holda) belgilanishi zarur.
Mexanik sinovlar uchun namuna (kern) sifatida mos keladigan jins boʻlaklarining minimal oʻlchamlari quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
kernlar uchun diametri 30 mm, uzunligi 150 mm dan;
monolitlar uchun massivdan ajratish vaqtida singan joylarni hisobga olmagan holda 200 x 200 x 150 mm dan.
69. Namunalarni massivdan yuzaga chiqish joylarida ajratish uchun portlatish yoki keskin zarbalar berish usullaridan hamda qulagan jins boʻlaklaridan namuna sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Zarba berish usullaridan (urib olish va sh.k.) foydalanilganda olingan namunalarning oʻlchamlari, moʻljaldagidan 5 — 10 cm chuqurlikkacha kattalashtirilishi, bunda, namunalarni massivdan ajratish uchun burgʻulash (shpurlar qatori bilan qamrab burgʻulash) va kesish (burchakli arralardan foydalanish) usullaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
70. Ilashishi past boʻlgan (masalan, argillitlar) osonlik bilan ajralib ketadigan hamda strukturali yemirilgan togʻ jinslari uchun mazkur ShNQning 69-bandida keltirilgan usullardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunda, sinovlarni faqat soddalashtirilgan usullar (namuna sifatida kamida 80 x 80 x 40 mm oʻlchamdagi tartibsiz shakldagi koʻplab boʻlaklarni olishga va har bir boʻlak alohida namuna sifatida ishlatilishi) bilan oʻtkazish lozim.
71. Xususiyatlari namlikka bogʻliq boʻlgan jinslarning barcha namunalari (alyevrolitlar, argillitlar, zaif peschaniklar, ohaktoshlar, tuzli jinslar) olinganidan keyin darhol parafinlanishi yoki polietilen qoplarga germetik tarzda (har bir qopga bir dona) joylashtirilishi hamda ularni turli xil taʼsirlardan (zarbalar, tushishlar, oʻzgaruvchi harorat) himoyalash maqsadida qutilarga joylashtirilishi lozim.
Namuna olish, ularni tashish va saqlash GOST 12071-2014 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
6-§. Bir oʻqli siqishda togʻ jinslarining mustahkamlik chegarasini laboratoriya sharoitida aniqlash usullari
72. Sinovlardan oʻtkaziladigan silindr shaklidagi namunalar (har bir asosiy jins namunasidan 8 — 10 namuna) diametri 30 — 100 mm, balandligi 0,8 dan 2,2 diametrgacha boʻlgan oʻlchamlarga ega boʻlishi kerak.
Namunalar uchlarining egriligi 0,05 mm dan oshmasligi va ularning sirt tozaligi GOST 2789-73da keltirilgan 4-toifadan past boʻlmasligi kerak.
73. Namunalar asta-sekin oʻsib boruvchi yuklama bilan buzilguncha sinovdan oʻtkazilishi (yuklamaning umumiy davomiyligi 0,6 — 1,5 min) kerak. Bunda, yuklama kuchi namunaning yuqori qismi ustida joylashgan harakatlanuvchi yumaloq shakldagi tayanchlar yordamida markazlashtiriladi (yumaloq shakldagi tayanchlar diametri namuna diametrining 0,4 — 0,6 barobariga teng).
Siqilishda mustahkamlik chegarasi Rs, kgf/cm2, quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bu erda:
R — siqilishdagi buzuvchi yuklama, kgf;
d — namunaning diametri, cm;
h — namuna balandligi, cm.
Rifellangan tagliklardan foydalanganda hisoblash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
Togʻ jinsining mustahkamlik chegarasi va uning oʻzgarish koeffitsiyenti barcha namunalarni sinovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha hisoblanishi kerak.
74. Bir oʻq boʻyicha puansonlar usulida sinovlar tekis silindrsimon shakldagi namunalarda oʻtkazilishi, ularning diametri 30 dan 120 mm, qalinligi 11 — 12 mm gacha boʻlishi lozim.
75. Siqilishda namunaning mustahkamlik chegarasi Rc, kgf/cm2, quyidagi formula boʻyicha nomogramma yordamida mazkur ShNQning 5-rasmiga muvofiq hisoblanishi kerak:
bu erda:
R — siqilishdagi buzuvchi yuklama, kgf;
F — yemirilgan maydon yuzasi, cm2, nomogrammada namuna diametri d, mm boʻyicha aniqlanadi.
5-rasm. Rs ni aniqlash uchun nomogramma
76. Yorish usuli togʻ jinslarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bilan choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasining taqqoslash (korrelatsion) bogʻliqligiga asoslangan boʻlishi hamda togʻ jinslarini yorish orqali aniqlanishi kerak.
Namunalar (kern boʻlaklari va boshqalar) sinovdan oʻtkazilishi, ularning maksimal oʻlchamlari 80 x 80 mm, minimal oʻlchamlari esa 40 x 40 mm boʻlishi lozim.
77. Namunaning siqilishda mustahkamlik chegarasi Rc, kgf/cm2, quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi kerak:
bu erda:
R — yorilishdagi buzuvchi yuklama, kgf;
F — namuna yorilish yuzasining maydoni, cm2 ;
m — koeffitsiyent R: F ≤ 67 boʻlganda 14,5 teng va R: F > 67 boʻlganda 20,4 ga teng.
Togʻ jinsining mustahkamlik chegarasi va oʻzgaruvchanlik koeffitsiyenti olingan barcha namunalarni sinovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha hisoblanishi kerak.
78. Yarimtoʻgʻri namunalarni bir oʻqli siqish sinovlari togʻ jinslari boʻlaklarining ikkita parallel tekis yuzalari silliqlangan namunalarda amalga oshirilishi, bunda ularning oʻlchamlari 20 — 200 mm oraligʻida boʻlishi hamda silliqlangan tomonlarning tekisligi ±0,03 mm, parallelligi esa ±0,5 mm aniqlikda boʻlishi kerak.
Sinovlar 4 — 5 ta namunada oʻtkazilishi lozim.
79. Namunaning siqilishdagi mustahkamlik chegerasi Rc, kgf/cm2, quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi kerak:
bu erda:
R — siqilishdagi buzuvchi yuklama, kgf;
aoʻr — silliqlangan qirralarning oʻlchamlari boʻyicha hisoblangan eng kichik umumiy koʻndalang oʻlchamning arifmetik oʻrtacha qiymati, cm;
boʻr — silliqlangan qirralarning oʻlchamlari boʻyicha hisoblangan, eng katta umumiy koʻndalang oʻlchamning arifmetik oʻrtacha qiymati, cm;
h — namuna balandligi, cm.
Mustahkamlik chegarasi va variatsiya koeffitsiyenti olingan barcha namunalarni sinovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha hisoblanishi kerak.
7-§. Choʻzilishda togʻ jinslarining mustahkamlik chegarasini laboratoriya sinovlari usullarida aniqlash
80. “Braziliya” usulida diametri 30 — 60 mm, balandligi (chetlarining qiyshiqligini hisobga olmaganda) diametrga nisbatan 0,6 dan 1,1 baravarigacha boʻlgan silindrsimon, 8 — 10 tadan kam boʻlmagan har bir togʻ jinsi namunalari sinovdan oʻtkazilishi, ularning ikki qarama-qarshi tomonlar qirrasi boʻylab 3 — 5 mm kenglikda silliqlanishi lozim.
81. Namunaning choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasi Rp, kgf/cm2, quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi kerak:
bu erda:
R — yorishda buzuvchi yuklama, kgf;
F — namuna yorilgan yuzasining maydoni, cm2.
Togʻ jinsining mustahkamlik chegarasi va oʻzgaruvchanlik koeffitsiyenti barcha namunalarni sinovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha hisoblanishi lozim.
82. Sferik indentorlar bilan yorish usuli mazkur ShNQning 76-bandiga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Namunaning yorilishdagi mustahkamlik chegarasi Rp, kgf/cm2, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
bu erda:
R — yorishda buzuvchi yuklama, kgf;
F — namunaning yoriq yuzasining maydoni, cm2.
83. Namuna (kern)ni koʻndalang yorish usulida diametri 160 mm gacha boʻlgan va uzunligi uning diametridan kam boʻlmagan namuna (kern)larda sinovlar oʻtkazilishi, bunda namuna (kern)larga qoʻshimcha ishlov berish talab etilmaydi.
Sinovlar namuna yoruvchi qoziqlar tipidagi qurilma yordamida oʻtkazilishi kerak.
84. Namunaning choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasi Rp, kgf/cm2, quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi kerak:
bu erda:
R — yorishda buzuvchi yuklama, kgf;
F — kernni koʻndalang kesim yuzasining maydoniga teng yorilgan maydon yuzasi, cm2.
8-§. Hajmiy mustahkamlik koʻrsatgichlarini laboratoriya sinovlari usullari
85. Stabilometrda hajmiy siqish usulida diametri 30 dan 50 mm gacha, balandligi 60 — 80 mm boʻlgan silindrsimon namunalarda (har bir jinsdan 12 — 18 ta namunada) sinovlar oʻtkaziladi.
Sinovlar namunalarni stabilometrning yuk plitalari orasida siqish yoʻli bilan oʻtkazilishi hamda ularning natijasida ikkita asosiy kuchlanishning chegara qiymatlari aniqlanishi lozim.
86. Togʻ jinsining hajm mustahkamligi pasporti grafik tarzda, barcha sinovdan oʻtgan namunalar boʻyicha shakllangan Mor doiralarining yuqori chegaralaridan oʻtuvchi egri chiziq mazkur ShNQning 6-rasmiga muvofiq tuzilishi, ularning turli namunalari stabilometrning ish kamerasida gidrostatik bosimning turli qiymatlarida sinovdan oʻtkazilishi kerak.
6-rasm. Togʻ jinslarining mustahkamlik pasporti
87. Har bir jinsdan olingan 6 — 8 ta, diametri 42-43 mm va balandligi 65 — 70 mm boʻlgan silindrsimon namunalar sinovdan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Mustahkamlik pasportini tuzish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish uchun namunalarning yarmi yuklanish yoʻnalishiga 45° ga teng burchak qiyaligida, qolgan yarmi esa 30° burchak qiyaligida kesish tajribalari oʻtkazilishi kerak.
Namunani toʻla buzilish kuchlanishi sa quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi kerak:
bu erda:
R — kesishda buzuvchi yuklama, kgf;
d — namunaning diametri, cm;
h — namuna balandligi, cm.
Har bir burchak qiyaligi uchun butunlay buzilish kuchlanishning oʻrtacha qiymatlari olinishi kerak.
88. Togʻ jinslarining mustahkamligi pasporti grafik mazkur ShNQning 7-rasmiga muvofiq tarzda chizilishi, uning koʻrsatkichlari C — solishtirma ilashish, kgf/cm2 va tg ϕ — ichki ishqalanish koeffitsiyenti quyidagi formulalar bilan hisoblanishi kerak:
7-rasm. Togʻ jinslarining mustahkamligi pasporti
89. M.M. Protodyakonov boʻyicha hisoblash (hajmiy mustahkamlikni laboratoriya sinovlari uchun asbob-uskunalar mavjud boʻlmaganda qoʻllaniladi) usuli togʻ jinslarining mustahkamlik pasportini analitik ifodasining umumiy shaklidan foydalanishga asoslangan boʻlib quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
9-§. Murakkab yuklamali gidravlik uskunada hajmiy siqish
90. Sinovlar diametri 30 mm va uzunligi 80 mm boʻlgan namunalarda oʻtkazilishi, murakkab yuklamali gidravlik uskuna kamerasida namunalar bir vaqtning oʻzida oʻqli s1 va yonlama s2, s3 siqilishi, bunda tajriba davomida yonlama bosim doimiy saqlanishi zarur.
Tajriba davomida asosiy nisbiy deformatsiyalar ε1 = ε2 = ε3 va asosiy normal kuchlanishlar s1, s2 = s3 oʻlchanishi kerak. Deformatsiyalar namunaning yuzasiga (asosiy oʻqlari yoʻnalishida) yopishtirilgan tenzooʻlchagichlar yordamida oʻlchanishi, bunda deformatsiyalar va yuklamani koʻp kanalli shleyfli ossilografda qayd etilishi kerak.
Namunaning mustahkamlik chegarasi Rs, kgf/cm2 quyidagi formula bilan aniqlanishi kerak:
Bu erda:
d0 — namunaning yuklamadan oldingi boshlangʻich diametri, cm;
ε2 — nisbiy koʻndalang deformatsiya.
d0 = 3 cm boʻlganda:
Mustahkamlik chegaralari holatlarining shartlarini mazkur ShNQning 19-formulasiga muvofiq aniqlanadi,
Mazkur ShNQning 20-formulasiga muvofiq elastiklik chegaralari holatlarining shartlari aniqlanadi,
10-§. Bir oʻqli siqish sharoitida suriluvchanlik va bardoshlilikni oʻrganish
92. Sinovlar prujinali presslarda oʻtkazilishi, ularda berilgan yuklamaning doimiyligi siqilgan prujinalarning elastik energiyasi bilan taʼminlanishi kerak.
Rs = 100 — 1000 kgf/cm2 kuchga ega boʻlgan jinslar uchun prizmatik namunalarning oʻlchamlari 150 x 150 x 300 dan 100 x 100 x 200 mm gacha boʻlishi lozim.
93. Tajribalar davomida kuchlanishlar qiymatlari va namunalarning barcha asosiy deformatsiyalari oʻlchanishi, bunda ularning boʻlinish qiymati 0,01 mm boʻlgan soat turidagi indikatorlar toʻplami yordamida oʻlchanishi zarur.
Namuna sirtini kerosin va kauchuk yelim bilan (10 — 20 qatlamgacha) ketma-ket qoplamalar bilan oʻralishi (izolatsiya) qilinishi, bunda oʻralgan (izolatsiya) qoplama namuna materialini atmosfera namligidan himoya qilishi kerak.
94. Sinovlar 2-3 ta bir xil namunalarda buzuvchi kuchlanish qiymatining 30, 60 va 85 foizga teng boʻlgan tezkor yuklamalar berish bilan oʻtkazilishi lozim.
95. Oʻlchovning birlamchi natijalari grafikda “deformatsiya — vaqt” koordinatalarida belgilanishi kerak.
11-§. Togʻ bosimining nomoyon boʻlishini oʻrganishda togʻ jinsini elastiklik modulining laboratoriya sinov usullari
96. Sinovlar silindr shaklda olingan togʻ jinslarini siqishda mustahkamlik chegarasini aniqlash usulga oʻxshash usulda amalga oshirilishi, ularning farqlari quyidagicha boʻlishi lozim:
sinovdan oʻtkazilayotgan namunalarning balandligi uning diametrining 1,5 — 2,5 barobari oraligʻida;
namunalarga maxsus sensorlar (PKV-20X100, DM-12 va b.) oʻrnatilgan.
Yuklash rejimi har bir bosqichdan keyin yukni olib tashlash va har bir yuklash bosqichida deformatsiyalarning (boʻylama va koʻndalang) miqdorlarini qayd etish bilan bosqichma-bosqich yuk oshirishni taʼminlashi lozim. Bunda, sinovlar uch-toʻrt namunada takrorlanadi.
Togʻ jinsining elastiklik moduli va Puasson koeffitsiyenti barcha sinovdan oʻtgan togʻ jinsi namunalari va unga qoʻyilgan yuk kuchini kamaytirishning barcha bosqichlari uchun ushbu qiymatlar oʻrta koʻrsatkichlarini aniqlash yoʻli bilan hisoblanishi kerak.
97. Sferik indenterlarni kontaktli bosish usuli mazkur ShNQning 76 va 82-bandlarida keltirilgan usulda amalga oshirilishi kerak. Bunda, indentorlarning namunaga elastik kirib borish chuqurligini oʻlchash uchun yuklama asbob soat turidagi indikatorlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Yuklash rejimi 2 dan 4 bosqichgacha yukni oshirishni va har bir bosqichdan keyin yukni olib tashlashni va har bir yuklash va yukni olib tashlash bosqichida indentorlarning chuqurlikka kirishi miqdorini qayd etishni taʼminlashi zarur.
Namunaning elastiklik moduli E, kgf/cm2 quyidagi formula boʻyicha:
uning elastiklik qismiga umumiy deformatsiya nisbati esa quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi kerak:
Har bir namunada sinovlar ikki-uch marta takrorlanadi va indentorlar bosim joylari oʻzgartiriladi.
Jami ikki va uchta namunada sinovlar oʻtkazilishi, togʻ jinsining elastik moduli barcha sinov namunalari va bosim bosqichlari uchun oʻrtacha natijalar asosida hisoblanadi.
98. Ultratovushli boʻylama profillashtirish usuli gʻovaksiz togʻ jinslarni sinashda qoʻllaniladi.
Sinovlar diametri 36 — 110 mm boʻlgan va uzunligi diametrining 2 — 3 baravariga teng boʻlgan silindrsimon namunalarda oʻtkazilishi kerak.
300 kNz dan oshuvchi tebranish chastotasi f, quyidagi formula bilan aniqlanishi kerak:
f = 2 υ p /d
Namunaning elastiklik koʻrsatkichlari quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi kerak:
Har bir namunada sinovlar ikki-uch marta ultratovush pyezodatchiklarining joylashuvi oʻzgartirilgan holda takrorlanishi hamda jami ikki-uch namuna sinovdan oʻtkazilishi lozim. Togʻ jinslarining elastik koʻrsatkichlarini baholash uchun bir biridan farqi 15 — 20 foizdan oshmaydigan tovush natijalarini qabul qilishi kerak.
Elastiklik koʻrsatkichlari ushbu usul bilan aniqlagandan soʻng namunalar boshqa turdagi sinovlar uchun qayta ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
12-§. Tabiiy sharoitda siqish natijasida togʻ jinslarning mustahkamligini aniqlash
99. Tabiiy sharoitda sinovlar massivning mustahkamligini yoriqlarning zaiflashtiruvchi taʼsirini hisobga olgan holda aniqlash uchun oʻtkazilishi kerak.
Sinovlar avvaldan buzilgan va nuragan jinslardan tozalangan lahimning devorida oʻtkazilishi, mustahkamroq jinslarda konturli yoriqlar aylanadigan burgʻulash mashinalari bilan bur-quduq burgʻulash orqali mazkur ShNQning 8-rasmiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
100. Prizmani chegaralashdan oldin aylanma usulda burgʻulangan teshiklarga etalon oʻlchagichlar yordamida sinov paytida prizmaning boʻylama va koʻndalang deformatsiyalarini kuzatish uchun joylashtirilishi lozim.
8-Rasm. Massivda togʻ jinslarini bir oʻqli siqishda tabiiy sinovlarni oʻtkazish sxemasi 1 — shpurlar, 2 — nazorat belgilari (reperlar), 3 — indikatorlar.
101. Prizmaning oʻlchamlari (a, b, s) bosish qurilmasining quvvatini hisobga olgan holda tanlanishi, bunda uning oʻlchamlari a = b = 0,5 m; c = 0,75 m boʻlishi, bosish qurilmasini tagi esa prizmaning oʻlchamlari bilan belgilanishi kerak.
Prizmalarni yuklash uchun monometrli bosim oʻlchagichdan foydalanish lozim.
102. Siqilishda massiv mustahkamligi Rs.m, kgf/cm2, quyidagi formula bilan aniqlanishi kerak:
bu erda:
R — buzuvchi kuch, kgf;
ab — prizmaning koʻndalang kesimi maydoni, cm2.
Prizmani yuklash buzilish yukining 10 foizli bosqich bilan olib boriladi. Har bir yuklash bosqichidan keyin indikatorlarning koʻrsatkichlari olinadi.
Sinovdan oʻtkazilayotgan prizmaga yuklama (kutilayotgan buzuvchi yuklamaning 10 foiz miqdorida) bosqichma-bosqich berilishi, hamda yuklamaning har bir bosqichidan keyin indikatorlar koʻrsatkichlari olinishi kerak.
Togʻ jinslarining mustahkamlik xususiyatlarini tabiiy sinovlar asosida jinslarning tuzilmaviy zaiflanish koeffitsiyenti quyidagi formula bilan aniqlanishi kerak:
13-§. Togʻ jinslari massivining bosim ostidagi holatini oʻrganish usuli
103. Kuchlanishni tabiiy sharoitda aniqlash uchun toʻliq bur-quduqning tub qismi chekkalarini burgʻulab boʻshatish (razgruzka) usuli qoʻllanilishi kerak.
104. Bur-quduqni tub qismining chekkalarini burgʻulab boʻshatish (razgruzka) usulida kichikroq diametrli (71 mm) bur-quduqlarni burgʻulash va uzunligi katta boʻlmagan (35 — 71 mm) namuna (kern)larni olish ishlari amalga oshirilishi lozim.
Markaziy bur-quduq usulida kattaroq oʻlchamdagi (93 — 112 va 200 — 300 mm) namuna (kern)ni burgʻulab olinishi, bunda kuchli darz ketgan yoki zaif togʻ jinslarda bu usuldan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
105. Bur-quduqning tub qismi chekkalarini burgʻulab boʻshatish (razgruzka) usuli bilan massivdagi kuchlanishni aniqlashda quyidagilar bajarilishi lozim:
kuchlanishni aniqlash zarur boʻlgan chuqurlikkacha bur-quduqni burgʻulash;
bur-quduqning tubiga mazkur ShNQning ilovasidagi 1-rasmga muvofiq shakl berish yoki bur-quduq tubining markazida kichikroq diametrli ilgarilama bur-quduqni burgʻulash;
bur-quduq tubining markaziy qismida yoki ilgarilama bur-quduqda deformometrni oʻrnatish;
namunani (kern)ni togʻ jinsini kesuvchi halqali moslama (koronka) yordamida burgʻulab chiqarish;
elastik tiklanish deformatsiyalarini oʻlchash;
elastik tiklanish deformatsiyalarini oʻlchash joyida elastiklik moduli va Puasson koeffitsiyentini oʻlchash;
asosiy kuchlanishlarning kattaligini va ularning yoʻnalishini hisoblash.
106. Uskunalar va oʻlchash asboblari tarkibida burgʻulash uskunalari, burgʻulash dastgohlari, oʻlchash asboblari va yordamchi uskunalar boʻlishi, qattiq jinslarni burgʻulash uchun aylanma burgʻulash dastgohlaridan foydalanish lozim.
107. Bur-quduqni tub qismining chekkalarini burgʻulab boʻshatish (razgruzka) usulida quyidagi uskunalardan foydalanish kerak:
diametri 71 mm, uzunligi 0,5 — 1,0 m boʻlgan kolonkali shtangalardan;
qattiq va oʻta qattiq togʻ jinslari uchun olmosli, diametri 76 mm boʻlgan togʻ jinsini kesuvchi halqali moslamadan (koronkalar);
zaif va oʻrtacha qattiq jinslar uchun diametri 76 mm boʻlgan togʻ jinsini kesuvchi halqali moslamadan (koronkalar).
108. Markaziy bur-quduq usulini qoʻllashda quyidagi uskunalardan foydalanish lozim:
qattiq jinslar uchun diametri 93 va 112 mm boʻlgan olmosli togʻ jinsini kesuvchi halqali moslamadan (koronkalar);
zaif va oʻrtacha qattiq jinslar uchun diametri 93 va 112 mm boʻlgan pobeditli togʻ jinsini kesuvchi halqali moslamadan (koronkalar).
109. Oʻlchov bur-quduqlarning soni mazkur ShNQning ilovasidagi 1-jadvalga muvofiq qabul qilinishi, bunda bur-quduqni tub qismining chekkalarini burgʻulab boʻshatish usuli boʻyicha togʻ jinsiga qoʻyilgan yuk kuchini kamaytirish usulidan foydalanganda bur-quduqlar yoʻnalishi quyidagicha boʻlishi kerak:
kuchlanishlar tor tasmali tseliklarda aniqlanadiganda bur-quduq tselikning balandligi boʻylab oʻrta qismida tselikning uzun oʻqiga perpendikulyar yoʻnalishda;
kuchlanishlar baland ustunli tseliklarda aniqlanganda bur-quduq ham uning balandligi boʻylab tselikning oʻrta qismida joylashishi va uning oʻrtasiga yoʻnaltirilgan;
kuchlanishlar keng tseliklarda aniqlanganda ikkita bur-quduq biri tselikning boʻylama oʻqiga perpendikulyar, ikkinchisi tselik boʻylab yoʻnaltirilgan;
kuchlanishlar tegilmagan massivda aniqlanganda birinchi oʻlchash bur-qudugʻi maʼlum boʻlgan asosiy kuchlanish yoʻnalishi boʻyicha, ikkinchisi esa birinchi bur-quduqda aniqlangan ikkita asosiy kuchlanishdan kichikroq yoʻnalishda.
110. Markaziy bur-quduq usuli boʻyicha togʻ jinsiga qoʻyilgan yuk kuchini kamaytirish usulidan foydalanganda bur-quduqlarning yoʻnalishi quyidagicha boʻlishi lozim:
kuchlanishlar asosiy kuchlanishlarning nomaʼlum yoʻnalishlari bilan buzilmagan massivda aniqlansa, bur-quduqlar ortogonal tarzda joylashtirilishi va ular bir xil geologik jinslar farqida;
kuchlanish kamida bitta asosiy kuchlanishning maʼlum yoʻnalishi boʻlgan massivda aniqlansa, bur-qudugʻini burgʻulash maʼlum asosiy kuchlanish yoʻnalishi boʻyicha.
111. Bur-quduq sirtidagi kuchlanishni aniqlash uchun togʻ jinsiga qoʻyilgan yuk kuchini kamaytirish usulini qisman qoʻllash lozim.
14-§. Togʻ jinslarida elastik boʻylama va elastik-plastik toʻlqinlarning tarqalish tezligini aniqlash usuli
112. Bur-quduq yoki yer qaʼri lahimining devori boʻylab boʻylama toʻlqinning tezligini aniqlash uchun buzilish nuqtasidan tarqaladigan toʻgʻridan-toʻgʻri boʻylama toʻlqinni va uning old qismining har bir kuzatish nuqtasiga borish vaqtini qayd etish lozim.
113. Roʻyxatga olish paytida portlash joyidan 10, 20, 40, 60 va 80 m masofada joylashgan kuzatuv punktlarida profil boʻylab seysmik toʻlqinlarni qabul qiluvchi qurilmalar oʻrnatilishi kerak.
Kuzatish punktlarida qiya shpurlar portlash manbasiga qarab, ularning pastki qismi lahim devoridan 1,5 m masofada burgʻulanishi, mazkur shpurlarda seysmik toʻlqinlarni qabul qiluvchi qurilmalar qoziqli qisqichlar yordamida qattiq mustahkamlanishi, elastik tebranishlarni qoʻzgʻatish uchun 1 — 3 kg ogʻirlikka ega portlovchi moddani portlatish usuli qoʻllanilishi zarur.
114. Portlashlarning seysmogrammalariga koʻra, harakat vaqti aniqlanishi va birinchi kuzatuv nuqtasiga nisbatan kelgan toʻgʻri toʻlqinning godografi qurilishi kerak.
Qatlamli choʻkindi metamorfik jinslarda anizotropiya (oʻzgarish)ni hisobga olish uchun qatlamlanishga perpendikulyar yoʻnalishda elastik toʻlqin tezligini aniqlash lozim.
Qatlamlanishga koʻndalang yoʻnalgan tezlikni oʻlchash uchun vertikal lahimlar va bur-quduqlardan foydalanish lozim.
Bur-quduqlarni kuzatishda seysmik toʻlqinlarni qabul qiluvchi qurilmalar maʼlum bir chuqurlikda oʻrnatilgan maxsus qurilmalarga joylashtirilishi, bunda bur-quduqlarda burgʻulash qorishmasi mavjud boʻlsa, unda qattiq mahkamlovchilar ishlatilishi talab etilmaydi.
115. Seysmik toʻlqinlarni qabul qiluvchi qurilmalarni oʻrnatish oraligʻi ustki qatlamlarning qalinligini hisobga olgan holda belgilanishi, qalinligi 10 m dan ortiq qatlamlar bilan ifodalangan jinslar uchun himoyalangan obyekt yaqinidagi seysmik toʻlqinlarni qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi masofa 10 m doirasida, undan balandroqda esa 50 m gacha olinishi kerak. Obyekt markazidan radiusi 40 m boʻlgan hudud oʻlchanishi kerak.
Agar qatlamlarning qalinligi 5 m dan kam boʻlsa, bunda obyekt yaqinidagi seysmik toʻlqinlarni qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi masofani 5 m gacha, ustki qatlamlarda esa 20 — 30 m gacha qisqartirish lozim. Elastik toʻlqinlarni qoʻzgʻatishlar yer yuzasida yoki bur-quduqlarda oʻrnatilgan portlovchi moddani portlatish yoʻli bilan amalga oshirilishi kerak.
116. Seysmik karotaj hamda boʻylama vertikal godograflarni olish uchun portlash nuqtasi bur-quduq boshida joylashtirilishi, togʻ jinslarining alohida stratigrafik va litografik toʻplamlari uchun plastli yoki oʻrtacha tezliklari godograflar asosida aniqlanishi kerak.
Agar plastli va oʻrtacha tezlik oʻrtasidagi farq oʻlchash xatosi ±10 foizdan oshmasa, hisoblangan tezliklarning istalgan turidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
117. Plastlardagi tezlik Vpl quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi kerak:
bu erda: dz i dt — boʻylama godografda alohida intervallar bilan belgilanadigan oʻsish.
Oʻrtacha tezlik Voʼr quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi kerak:
15-§. Namunalarda elastik-plastik toʻlqinlarning tezligini aniqlash
118. Namunalardagi elastiklik toʻlqinlarning tezligini oʻlchash impulsli uskunalar yordamida amalga oshirilishi kerak. Elastik toʻlqinlarning harakatlanish vaqtini 0 dan 5500 mks gacha oʻlchash uchun zamonaviy ultratovushli qurilmalardan foydalanish lozim.
Oʻlchovlardan oldin namunalarga mexanik ishlov berilishi, bunda ularning yuzalarining parallelligi saqlangan holda tekis kesilishi hamda namuna koʻndalang oʻlchami impulsning uzunligidan kattaroq boʻlishi va balandligi uch yoki toʻrtta impuls uzunligiga teng boʻlishi lozim.
119. Boʻylama toʻlqin tezligi V, quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi kerak:
bu erda:
l0 — namuna uzunligi;
t — toʻlqinning uzatuvchidan qabul qiluvchiga oʻtish vaqti.
Darz ketgan namunalarda tezlik 25 kNz chastota orqali monolit namunalarda — 60, 100 va 150 kNz chastota bilan oʻlchanishi kerak. Plastlardagi va oʻrtacha tezliklar 117-bandda keltirilgan formulalar yordamida aniqlanishi lozim.
16-§. Tabiiy sharoitda elastik-plastik deformatsiyalar zonasida zarba toʻlqinining tarqalish tezligini aniqlash
120. Plastik deformatsiyalar zonasidagi zarba toʻlqinining tezligi sensorlar yordamida zarba toʻlqinining oʻtish momentlarini qayd etish orqali aniqlanishi kerak.
121. Oʻlchagichlar sifatida bosim impulslarini qayd etish uchun pyezoelektrik bosim oʻlchagichlaridan foydalanish lozim (zaryadning 7 — 10 radiuslar zonasida old front davomiyligi 1 — 2 m/s gacha va zaryadning 20 radiusgacha boʻlgan zonada old front koʻpayishini hisobga olgan holda 2 — 5 m/s).
122. Namunalarda zarba toʻlqinining tezligi elektrokontaktli sensorlar, zamonaviy ossillograflar yordamida oʻlchanishi lozim.
ShNQ 1.02.23-22 “Iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini joylashtirish uchun moʻljallangan yer qaʼri lahimlarida muhandislik izlanishlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga ILOVA
Bur-quduqning tub qismi chekkalarini burgʻulab boʻshatish (razgruzka) usullari
1. Kuchlanishni namuna (kern)ni burgʻulab olish jarayonida bur-quduqning chekka qismining elastik tiklanish deformatsiyasini oʻlchash yoʻli bilan quyidagi 1-jadval talablari inobatga olgan holda aniqlanishi kerak.
1-jadval Kuchlanish holatidagi massiv xususiyati Asosiy kuchlanishlar yoʻnalishi Togʻ-texnik obyektlar Bur-quduqning tub qismining chekkalarini burgʻulab boʻshatish (razgruzka) usullari Bur-quduqlar soni Hajmiy Nomaʼlum Tegilmagan massiv Markaziy bur-quduq usuli 3 Bir yoki barcha yoʻnalishlar maʼlum Tegilmagan massiv, keng tselik Markaziy bur-quduq usuli 1 Bur-quduqning tub qismining chekkalarini burgʻulab boʻshatish usuli 2 Yassi Nomaʼlum Lentasimon tor tselik, lahim devorlari Markaziy bur-quduq usuli 1 Bur-quduqning tub qismining chekkalarini burgʻulab boʻshatish usuli 1 Bir oʻqli Maʼlum Baland ustunli tselik Bur-quduqning tub qismining chekkalarini burgʻulab boʻshatish usuli 1 Oʻtish holatida Nomaʼlum Yakka lahim atrofidagi hudud Markaziy bur-quduq usuli 2
2. Bur-quduqning tub qismining chekkalarini burgʻulab boʻshatish (razgruzka) usuli quyidagi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Toʻliq boʻshatish usuli bilan kuchlanishni oʻlchash sxemasi.
1 — burquduq, 2 — tenzodatchiki, 3 — namuna (kern), 4 — halqali boʻshliq.
3. Kuchlanishni oʻlchash uchun belgilangan yoʻnalishda diametri 76 — 80 mm boʻlgan bur-quduq burgʻulanishi, burgʻulash massivning tanlangan nuqtasida oʻlchash uchun toʻxtatilishi va bur-quduqning tubi quyidagi 2-rasmga muvofiq maxsus togʻ jinsini kesuvchi halqali moslama (koronka) bilan silliqlanishi kerak.
2-rasm. Bur-quduqning tub qismining chekkalarini burgʻulab boʻshatish (razgruzka) usuli bilan togʻ jinsining massividagi kuchlanishini oʻlchash sxemasi.
1 — bur-quduq tubining konturi, 2 — bur-quduqning togʻ jinsini kesuvchi halqali moslama (koronka)si, 3 — tenzodatchik, 4 — namuna (kern).
4. Siqish va yoʻnaltirish moslamasi yordamida toʻrt, uch va ikkita elektrotenzometrik datchiklarning tutashtirgichlari, bur-quduqning tubiga quyidagi 3-rasmga muvofiq siqib bosilishi va yopishtirilishi kerak.
3-rasm. Tenzometrik rozetkalarning koʻrinishi.
a) — toʻrt datchikli, b) — uch datchikli, v) — ikki datchikli.
5. Bur-quduqning tubiga tenzometrik tutashtirgichlarni yopishtirish uchun maxsus yelim (epoksid va tsiakrinli) ishlatilishi lozim.
Kuchlanishlar uchun hisoblangan Rc/ Rp nisbiy qiymatiga bogʻliqligi
2-jadval Rs /Rp 1/Rp C 0,75 1/ Rp C 0 tg ϕ 0,75 tg ϕ 0 4 1.60 1.05 0,27 0,75 5 1, 85 1.19 0,37 0,87 6 2.11 1.32 0,47 0,98 7 2.36 1.45 0,55 1.08 8 2.62 1.57 0,63 1.18 9 2.87 1.69 0,69 1.27 10 3.15 1.80 0,74 1.35 11 3.41 1.91 0,78 1.43 12 3.69 2.01 0,81 1.50 13 3.96 2.10 0,84 1.57 14 4.23 2.19 0,87 1.63 15 4.52 2.27 0,89 1.69 16 4.83 2.35 0,91 1.75 17 5.16 2.42 0,93 1.82 18 5.48 2.49 0,95 1.87 19 5.80 2.57 0,97 1.93 20 6.14 2.63 0,99 1.98 21 6.47 2.71 1.01 2.03 22 6.80 2.78 1.03 2.09 23 7.14 2.85 1.04 2.14 24 7.47 2.91 1.06 2.19 25 7.80 2.98 1.07 2.24 26 8.13 3.05 1.08 2.29 27 8.46 3.12 1.09 2.34 28 8.79 3.18 1.10 2.39 29 9.14 3.25 1.11 2.44 30 9.52 3.31 1.12 2.48
Izoh. Jadvalda odatiy kuchlanishlar uchun hisoblangan qiymatlar koʻrsatilgan, bunda oʻrtacha 0,5 Rs s c oraligʻida (koʻrsatkichlar C0,75 i tg ϕ0,75) va s = 0 nuqtada (S0 i tg ϕ0).
