Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha hisob-kitob shakli va uni toʻldirish va taqdim etish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida (1308-son)
06.02.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 6-fevralda 1308-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-sonli “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni hisob shakli 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning hisob shaklini toʻldirish va taqdim etish Qoidalari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2 ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-yanvar,
19-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi J. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-yanvar,
2004-14-son
