Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish toʻgʻrisida (KQ-705-IV-son)
04.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Mamlakatimizda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning izchil davom ettirilishini, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida tashkil etilishini, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijro etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi (bundan buyon matnda Konsepsiya deb yuritiladi) ishlab chiqilishini tashkil etish boʻyicha Komissiya tarkibi 1-ilovaga;
Konsepsiyani ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Konsepsiyada quyidagi asosiy yoʻnalishlar koʻzda tutiladi:
mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini tubdan takomillashtirish, ular tomonidan hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga takliflar kiritish mexanizmini belgilash;
mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash;
mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish;
mahalliy Kengashlar faoliyatida oʻzaro va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, byurokratiyaga qarshi choralarni belgilash;
mahalliy Kengashlarning mahalliy ijroiya hokimiyati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini takomillashtirish;
mahalliy Kengashlarning siyosiy partiyalar bilan aloqalarini kuchaytirish.
3. Belgilab qoʻyilsinki Komissiya:
Konsepsiya va uni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturi loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan Ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Konsepsiya va uni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturining mazkur qarorda belgilangan yoʻnalishlarda va muddatlarda tayyorlanishini tashkil qiladi;
joriy yilning 1-oktabriga qadar Konsepsiya dastlabki loyihasini mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida muhokamasini (shu jumladan videokonferensaloqa shaklida) tashkil etadi hamda muhokamalar jarayonida bildirilgan takliflar asosida takomiliga yetkazish choralarini koʻradi;
joriy yilning 1-noyabriga qadar Konsepsiya va uni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishini tashkil qiladi.
4. Ishchi guruhlar:
ikki oy muddatda xalq deputatlari Kengashlari faoliyatidagi joriy amaliyotni oʻrgansin, ularning samarali faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan omil va sabablarni tahlil qilsin;
uch oy muddatda xorijiy mamlakatlarning hududiy vakillik organlari faoliyatiga oid tajribasini, zarur hollarda, chet el xizmat safariga chiqish orqali bevosita oʻrgansin;
joriy yilning 1-avgustiga qadar oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda Konsepsiya va uni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturi hamda ularni tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va Komissiyaga taqdim etsin;
5. Tashqi ishlar vazirligi:
Adliya vazirligi bilan birgalikda Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish, uning muhokamasida ishtirok etish uchun xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy tadqiqot markazlarining yetakchi ekspertlarini jalb qilsin;
ishchi guruhlarning soʻrovlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarini jalb qilgan holda tegishli masalalar yuzasidan rivojlangan davlatlarning tajribasini chuqur oʻrganib, ular boʻyicha maʼlumotlarning tezkor taqdim etilishini taʼminlab borsin;
ushbu maʼlumotlarni tayyorlashda xorijiy davlatlarning nufuzli ekspertlari, olimlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar va muhokamalar oʻtkazish (shu jumladan videokonferensaloqa shaklida), ulardagi sohaga oid zarur normativ-huquqiy hujjatlarni tarjima qilish choralarini koʻrsin;
joriy yilning 1-sentabriga qadar xorijiy mamlakatlar hududiy vakillik organlarining ijobiy tajribasini Ishchi guruh aʼzolari tomonidan xizmat safariga chiqish orqali bevosita oʻrganilishini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Bunda, AQSh, Yevropa (Germaniya, Gollandiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Daniya, Shvetsiya, Polsha, Shveysariya, Turkiya, Latviya, Estoniya, Litva), MDH (Qozogʻiston, Ozarbayjon, Gruziya) hamda Sharqiy Osiyo davlatlari (Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya) tajribasini bevosita oʻrganishga alohida ahamiyat bersin.
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 4-aprel,
KQ-705-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-705-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish boʻyicha
KOMISSIYA TARKIBI
1. Narbayeva Tanzila Kamalovna — Oliy Majlis Senati Raisi, Komissiya raisi 2. Umarov Narimon Majidovich — Oliy Majlis Senatining Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi 3. Alimov Ravshanbek Azadbekovich — Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi 4. Madumarov Tolibjon Abdumalikovich — Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi 5. Pardayev Azamat Kenjaboyevich — Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori v.b. 6. Karimov Alisher Nishanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari 7. Aʼloyev Baxromjon Joʻraboyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari 8. Pekos Oleg Andrevich — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari 9. Bekmurodov Adham Sharipovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori 10. Muqumov Quvondiq Xamdamovich — Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi direktori, Komissiya kotibi
Izoh: zaruratga koʻra Komissiya tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-705-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar
TARKIBI
Mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini tubdan takomillashtirish, ular tomonidan hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga takliflar kiritish mexanizmini belgilash yoʻnalishi 1. Bekmurodov Adham Sharipovich — Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, ishchi guruh rahbari 2. Irkayev Abdurahim Panjiyevich — Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi 3. Muqumov Quvondiq Xamdamovich — Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi direktori 4. Rustambekov Islambek Rustambekovich — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. 5. Hamedov Isa Axlimanovich — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kafedra mudiri 6. Hayitov Xushvaqt Saparbayevich — Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri 7. Karimova Nodira Xazratovna — Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati mudiri 8. Bobamuratov Asror Raximberdiyevich — Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlimi boshligʻi 9. Rasulov Nodirbek Madrahimovich — Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash yoʻnalishi 10. Karimov Alisher Nishanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari 11. Chinmirzayev Alisherbek Dilshodbek oʻgʻli — Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi boʻlimi mudiri, ishchi guruh kotibi 12. Umarov Dilmurad Abdialimovich — Adliya vazirligi Huquqni qoʻllashni metodik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi 13. Malikova Gulchehra Rixsibayevna — Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti bosh ilmiy xodimi 14. Roʻzmetov Xayrulla Ibadullayevich — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti masʼul xodimi 15. Bekchanov Davron Masharipovich — Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra professori 16. Asadov Shavkat Gaybullayevich — Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra professori 17. Abduraimov Saydulla Berdishukurovich — Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri 18. Bekmurodov Bobur Mansurovich — “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish yoʻnalishi 19. Umarov Narimon Majidovich — Oliy Majlis Senatining �ud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbari 20. Toshev Farmon Isʼhoqovich — Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi 21. Ortiqov Nodirjon Xayrulloyevich — Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi direktori oʻrinbosari, ishchi guruh kotibi 22. Bekov Ixtiyor Rustamovich — Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri 23. Tulteev Ilyas Tavasovich — Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti shoʻba mudiri 24. Babajanov Atabek Davronbekovich — Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi fakultet dekani 25. Muratayev Serikbek Alpamisovich — Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri 26. Matibayev Toshpoʻlat Baltabayevich — Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida) 27. Yunusov Baxodirjon Jaloldinovich — Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Mahalliy Kengashlar faoliyatida oʻzaro va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yoʻnalishi 28. Alimov Ravshanbek Azadbekovich — Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbari 29. Aʼloyev Baxromjon Joʻraboyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari 30. Nazarov Alisher Abdurahmonovich — Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi boʻlimi mudiri, ishchi guruh kotibi 31. Islomov Ilyos Nurmamatovich — Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi masʼul xodimi 32. Ismoilov Baxodir Islamovich — Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti shoʻba mudiri 33. Xusanov Ozod Tillaboyevich — Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra professori 34. Isroilova Zarina Sadriddinovna — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchisi 35. Karimov Sherzod Adxamdjanovich — Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi kotibiyati mudiri 36. Gafurov Aziz Tulkunovich — Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati 37. Tulyakov Eldor Sobirjonovich — “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, byurokratiyaga qarshi choralar belgilash yoʻnalishi 38. Pekos Oleg Andrevich — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari 39. Alimov Nodirjon Rustamovich — Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi bosh mutaxassisi, ishchi guruh kotibi 40. Mansurov Anvar Rustamovich — “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ Elektron hukumat loyihalari boʻyicha direktori 41. Xoʻjayev Kamoliddin Ulugʻbek oʻgʻli — Adliya vazirligining Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori 42. Xamdamova Shirin Mirzayuldashevna — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchisi 43. Anarov Atabek Abduvaliyevich — Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Mahalliy Kengashlarning mahalliy ijroiya hokimiyati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini takomillashtirish yoʻnalishi 44. Madumarov Tolibjon Abdumalikovich — Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi, ishchi guruh rahbari 45. Nurillayev Elmurod Roʻzimurotovich — Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi boʻlimi mudiri, ishchi guruh kotibi 46. Djumaniyazov Mansur Bazarbayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri 47. Mirzaraximov Feruz Abdumannabovich — Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti shoʻba mudiri 48. Yuldashev Aziz Ergashevich — Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra professori v.b. 49. Olimjonov Odil Olimovich — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi masʼul xodimi 50. Abduraxmonov Abdushokir Abdukarimov — Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri 51. Mamadjanov Shuxrat Muratovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri oʻrinbosari Mahalliy Kengashlarning siyosiy partiyalar bilan aloqalarini kuchaytirish yoʻnalishi 52. Pardayev Azamat Kenjaboyevich — Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori v.b., ishchi guruh rahbari 53. Altiyev Abdurashid Sultanovich — Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi boʻlimi mudiri, ishchi guruh kotibi 54. Alimov Nasim Hoshimovich — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi markazi rahbari (kelishuv asosida) 55. Yusupov Boymurod Jumayevich — XDP Markaziy Kengashi Deputatlik birlashmalari ishini muvofiqlashtirish va Jamoatchilik qabulxonalari bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi (kelishuv asosida) 56. Tilavoldiyev Nodirbek Xakimovich — “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida) 57. Ergashev Sarvar Atakulovich — “Adolat” SDP markaziy apparatining Davlat hokimiyati vakillik organlaridagi deputatlik guruhlari bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi (kelishuv asosida) 58. Xofizov Baxriddin Turdiyevich — Ekopartiya Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari v.b. (kelishuv asosida) 59. Dadasheva Aqida Abdujabbarovna — Transport universiteti kafedra mudiri
Izoh: zaruratga koʻra ishchi guruhlar tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
