Eksportga moʻljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (201-son)
15.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Soʻnggi yillarda respublikamizda eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yangi noanʼanaviy tashqi bozorlarga eksport qilish boʻyicha ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, eksport hajmini yanada oshirish uchun tashqi bozor konyunkturasini oʻrganish, eksport qilinadigan mahsulotlarni import qiluvchi mamlakatlar talabi asosida yetishtirish, sifat va oziq-ovqat-mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha xalqaro talablarga javob beradigan sertifikatlashtirish tizimini joriy etish zarurati yuzaga kelmoqda.
Don, dukkakli hamda moyli ekinlarning undirilgan yoki undirishga moʻljallangan urugʻlari eksportini tashkil etish, tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Eksportga moʻljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
urugʻlarni yetishtirish, tozalash, zararsizlantirish, shuningdek, ixtiyoriy sertifikatlashtirishga oid talab va shartlar;
ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtkazish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi.
2. Eksportga moʻljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq hoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
tadbirkorlik faoliyati subyektlari va aholi oʻrtasida ushbu qarorning maqsadlari, mohiyati va ahamiyatini keng yoritilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-aprel,
201-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-apreldagi 201-son qaroriga ILOVA
Eksportga moʻljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xorijiy davlatlarga eksport qilishga va isteʼmol maqsadlarida undirilgan yoki undirishga moʻljallangan don, dukkakli hamda moyli ekinlarning urugʻlarini (keyingi oʻrinlarda — urugʻlar) ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
2. Urugʻlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi asosida urugʻlarga import qiluvchi davlatning sifat va xavfsizlik koʻrsatkichi meʼyorlari belgilangan normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiqligi boʻyicha “Isteʼmol maqsadlarida undirilgan yoki undirishga moʻljallangan urugʻlarni eksporti uchun sertifikat” (Certificate for the export of sprouts or seeds intended for the production of sprouts for human consumption) beriladi.
Bunda ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi (eksport qilinishi) taqiqlanmagan urugʻlarga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — isteʼmol maqsadlarida undirilgan yoki undirishga moʻljallangan urugʻlarni eksport qilishni rejalashtirgan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor;
sertifikat — isteʼmol maqsadlarida undirilgan yoki undirishga moʻljallangan urugʻlarni import qiluvchi davlatning sifat va xavfsizlik koʻrsatkichi meʼyorlari belgilangan normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi va import qiluvchi davlat tomonidan belgilab qoʻyilgan shakl asosida rasmiylashtiriladigan hujjat;
Inspeksiya agentliklari xalqaro uyushmasi (TIC counsil/IFIA) — inspeksiya, sinov va sertifikatlashtirish boʻyicha xalqaro darajada xizmatlar koʻrsatadigan tashkilotlar uyushmasi;
urugʻlarning tovar partiyasi — davlat bojxona chegarasi orqali bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati boʻyicha joʻnatilayotgan urugʻlar yoki uning bir qismi;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalari — oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy va biologik himoya vositalari.
4. Urugʻlarni sertifikatlashtirish ishlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi.
5. Urugʻlarni sertifikatlashtirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
2-bob. Urugʻlarni yetishtirish, tozalash, zararsizlantirish hamda sertifikatlashtirishga oid talab va shartlar
6. Eksportga yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan urugʻlarni yetishtirish uchun ular yetishtiriladigan maydonlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va import qiluvchi davlatning talabiga muvofiq keladigan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va oʻgʻitlardan foydalanish, oʻsimliklarning oʻsish ehtiyojidan ortiq miqdorda ularni qoʻllamaslik talab etiladi.
7. Ariza beruvchi urugʻlarni import qiluvchi davlatning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga doir talablaridan tashqari, eksport shartnomasi talablaridan kelib chiqqan holda Agentlikka sertifikatni rasmiylashtirish jarayonida foydalanish uchun qoʻshimcha talablarni taqdim etishi mumkin.
8. Urugʻlarning tovar partiyasi begona jismlardan (begona oʻt, tosh, kesak va boshqalar) holi boʻlishi, namlik darajasi va kalibri import qiluvchi davlatning talabiga muvofiq kelishi shart.
Urugʻlarning mazkur shartlarga hamda import qiluvchi davlatning boshqa talablariga muvofiqligi Inspeksiya agentliklari xalqaro uyushmasiga (TIC counsil/IFIA) aʼzo tashkilotlarning hisoboti bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
9. Urugʻlar Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi global tashabbusi (Global Food Safety Initiative) tashkiloti tomonidan tan olingan sertifikatlashtirish tizimlariga ega boʻlgan eksportga tayyorlovchi (tozalash korxonalari) hamda eksport qiluvchi korxonalarda tozalanishi va qadoqlanishi kerak.
10. Urugʻlarning har bir tovar partiyasi eksportga yuklanishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hamda import qiluvchi davlatning talabidan kelib chiqqan holda, oʻsimliklar karantini obyektlaridan holi boʻlishi va ular aniqlangan taqdirda zararsizlantirilishi shart.
Urugʻlarning yetishtirish hududlari va sharoitlari (maydon, yetishtirish hajmi, qoʻllanilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqalar), zararsizlantirilganligi hamda oʻsimliklar karantini obyektlaridan holi ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻsimliklar karantini davlat inspektorining ichki fitosanitariya sertifikati bilan tasdiqlanadi.
11. Urugʻlarni import qiluvchi davlatlarning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash ariza beruvchining Agentlikka ariza bilan qilgan ixtiyoriy murojaati asosida amalga oshiriladi.
12. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish jarayoni eksport shartnomasi asosida tayyorlangan va urugʻlarni joʻnatuvchi hamda qabul qiluvchisi maʼlum boʻlgan urugʻlarning tovar partiyasiga nisbatan tatbiq etiladi.
13. Urugʻlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish uchun “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga boʻlgan umumiy talablar” ISO/IEC 17025-2019 standarti asosida akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarining urugʻlarni oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi talablariga (xususan, import qiluvchi davlatning talabiga) muvofiqligini tasdiqlovchi xulosasi asos boʻladi.
Bunda urugʻlarda salmonella (Salmonella spp) va listerioz qoʻzgʻatuvchisi (Listeria monocytogenes) hamda ichak tayoqchasi (Escherichia coli) kabi patogen mikroorganizmlar mavjud yoki mavjud emasligi, shuningdek, ularning tarkibida pestitsid qoldiqlari miqdori Kodeks alimentarius va xalqaro standartlarda koʻrsatilgan xavfsizlik koʻrsatkichlariga, import qiluvchi davlatning talablariga muvofiqligi boʻyicha tahlillar oʻtkazilishi kerak. Sinov laboratoriyalarida tahlillar oʻtkazish uchun urugʻlardan namunalar Inspeksiya agentliklari xalqaro uyushmasiga (TIC counsil/IFIA) aʼzo tashkilotlar tomonidan belgilangan xalqaro tartib asosida olinadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
14. Urugʻlarni yetishtirishdan boshlab tovar partiyasi sifatida shakllangunga qadar boʻlgan barcha bosqichlarni kuzatib borish tizimi ishlab chiqaruvchi tomonidan yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
eksportga moʻljallangan urugʻlarning tovar partiyalarini shakllantirishda eksport qiluvchi korxona kichik hajmdagi tovar partiyalari qaysi ishlab chiqaruvchidan (dala) kelib chiqqanligini kuzatib borishi, kichik hajmdagi tovar partiyalarini kod yoki raqamlar bilan qayd etishi;
ushbu kod yoki raqamlar ostidagi qadoqlangan urugʻlar eksportga yoʻnaltirilgunga qadar alohida-alohida saqlanishi;
urugʻlarning kichik hajmdagi har bir tovar partiyasi boʻyicha sinov laboratoriyalarining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi talablariga (xususan, import qiluvchi davlatning talabiga) muvofiqligini tasdiqlovchi xulosasi mavjud boʻlganda, ularni yagona tovar partiyasi sifatida qayta tashkil etish yoki birlashtirish;
urugʻlarning dastlabki kichik hajmdagi tovar partiyalari qayta tashkil etilgan yoki birlashtirilganda, ular tegishli qayd yozuvlari bilan saqlanishi shart, bunda urugʻlar eksport qilingan davlatda isteʼmol taxmin qilingan muddatga qadar, biroq tegishli qayd yozuvlar 6 oydan kam boʻlmagan muddatda saqlanishi lozim.
15. Mazkur Nizom talablaridan boshqa talab va shartlar import qiluvchi davlatlar tomonidan qabul qilingan reglamentlarda aks etgan boʻlsa, u holda ushbu talab va shartlar asosida choralar koʻriladi.
3-bob. Sertifikatlashtirish tartibida ish yuritish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish
16. Ariza beruvchi elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda, ixtiyoriy sertifikat olish uchun Agentlikning avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — AAT) orqali mazkur Nizomga 2-ilovadagi shakl boʻyicha ariza yuboradi.
Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
xalqaro tashkilotlarning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish tizimi talablari yoki xalqaro tan olingan standartlar urugʻlarni eksportga tayyorlovchi hamda eksport qiluvchi korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilinganligini tasdiqlovchi sertifikatlar nusxalari;
sinov laboratoriyalari uchun urugʻlardan namuna olish dalolatnomasi nusxasi;
sinov laboratoriyalarining urugʻlarni oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi talablariga (xususan, import qiluvchi davlatning talabiga) muvofiqligini tasdiqlovchi xulosasi nusxasi.
17. Ariza beruvchi arizaga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilganligini aniqlagan taqdirda, maʼlumotlarni arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimni toʻlashdan oldin oʻzgartirishga haqli.
18. Arizani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ariza koʻrib chiqish uchun yigʻim Agentlikning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ariza beruvchi arizadan voz kechganda yoki ariza koʻrib chiqilgandan soʻng sertifikat olishni rad etganda, toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
19. Ariza beruvchi tomonidan sertifikat olish uchun taqdim etilgan hujjatlar, Agentlik notoʻgʻriligini isbotlagunga qadar barcha hollarda toʻgʻri deb hisoblanadi.
20. Sertifikatlashtirish tartibi asosida sertifikat berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchi tomonidan ariza Agentlikka kelib tushgan kundan qabul qilinadi va ariza qabul kundan boshlab uch ish kuni ichida ariza beruvchiga sertifikat berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma AAT orqali elektron shaklda yuboriladi.
21. Sertifikat mazkur Nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan namuna asosida yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Ariza beruvchining talabiga koʻra sertifikat qogʻoz koʻrinishida beriladi.
Sertifikat import qiluvchi davlat tomonidan urugʻlar import qilingunga qadar amal qiladi.
22. Quyidagilar sertifikat berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
ariza beruvchining arizasi;
urugʻlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish va sertifikat berish uchun talab etilgan hujjatlarning ariza beruvchi tomonidan toʻliq taqdim qilinmaganligi;
eksport qilish rejalashtirilgan urugʻlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi (eksport qilinishi) taqiqlangan urugʻlar tasnifiga kiritilganligi;
ariza beruvchining arizasi sertifikat berishga doir talab va shartlarga muvofiq emasligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Agentlik yoki soha yuzasidan uchinchi shaxs tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy hamda texnik baholashlarning yakunlari boʻyicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hollarda sertifikat berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Sertifikat berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga elektron shaklda rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari hamda ariza beruvchi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat sertifikat berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi va oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
24. Ariza beruvchi tomonidan sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilib, hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan Agentlikka taqdim qilingan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida qayta koʻrib chiqiladi.
Arizani takroran koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
25. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ariza beruvchiga ilgari berilgan xabarnomada bayon qilinmagan rad etish sabablarining Agentlik tomonidan keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
26. Sertifikat berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ariza beruvchi umumiy asoslarda yangidan ariza topshiradi va Agentlik tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
27. Ariza beruvchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish va sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlganda, shuningdek, Agentlikning mansabdor (vakolatli) shaxsini harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
28. Sertifikatning amal qilish muddati urugʻlarning tovar partiyasi import qilingunga qadar belgilanganligi munosabati bilan uning muddatini uzaytirish talab etilmaydi.
Eksport qiluvchi tomonidan ixtiyoriy sertifikatlangan urugʻlarning tovar partiyasi oʻrniga boshqa urugʻlarni yuklash yoki sertifikatlangan urugʻlarning tovar partiyasini tashish davrida fors-major holatlari natijasida urugʻlarga zarar yetkazilganligi import qiluvchi tomonidan kuzatilganda, sertifikat haqiqiy hisoblanmaydi. Bunda ixtiyoriy sertifikatlashtirishni oʻtkazgan Agentlik masʼuliyatni oʻz zimmasiga olmaydi.
4-bob. Rasmiylashtirilgan sertifikatlar reyestrini yuritish
29. Rasmiylashtirilgan sertifikatlar reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) Agentlik tomonidan yuritiladi. Unda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
sertifikatlangan urugʻlarni eksport qiluvchi korxonaning nomi, identifikatsiya raqami, telefon raqami, pochta manzili (elektron pochta manzili), rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi;
sertifikatlangan urugʻlarning nomi va tovar partiyasidagi hajmi (nomlanishlar boʻyicha qadoq soni, qadoq vazni, umumiy netto vazni/brutto vazni);
urugʻlar yetishtirilgan davlat va hududning nomi;
sertifikatlangan urugʻlarning eksportga yoʻnaltirilgan joy nomi;
sertifikatlangan urugʻlarni import qiladigan davlat nomi;
sertifikat rasmiylashtirilgan sana va sertifikat raqami.
30. Reyestrdagi maʼlumotlar ochiq foydalaniladigan maʼlumotlar hisoblanadi. Reyestr Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Eksportga moʻljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Eksportga moʻljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish
SXEMASI
Eksportga moʻljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Eksportga moʻljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlariga sertifikat olish toʻgʻrisida
ARIZA
Izoh. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
xalqaro tashkilotlarning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish tizimi talablari yoki xalqaro tan olingan standartlar urugʻlarni eksportga tayyorlovchi hamda eksport qiluvchi korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilinganligini tasdiqlovchi sertifikatlar nusxalari;
sinov laboratoriyalari uchun urugʻlardan namuna olish dalolatnomasi nusxasi;
sinov laboratoriyalarining urugʻlarni oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi talablariga (xususan, import qiluvchi davlatning talabiga) muvofiqligini tasdiqlovchi xulosasi nusxasi.
Eksportga moʻljallangan va isteʼmol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
UNDIRILGAN YOKI UNDIRISHGA MOʻLJALLANGAN URUGʻLARNING EKSPORTI UCHUN SERTIFIKAT NAMUNASI MODEL CERTIFICATE FOR TNE EXPORT OF SPROUTS OR SEEDS INTENDED FOR TNE PRODUCTION OF SPROUTS
Davlat/Country Raqami va sanasi/Number and date Part I: Details of dispatched consignment/ I qism: Joʻnatilgan yuk tafsilotlari I.1. Joʻnatuvchi/eksport qiluvchi Consignor/exporter Nomi/Name Manzili/Address I.2. Sertifikat raqami/Certificate Reference No. I.2a. RNABTga havola (zarur hollarda)/Reference to IMSOC (when necessary) QR kodi/QR code I.3. Markaziy vakolatli organ/Central competent authority I.4. Hududiy vakolatli organ/Local competent authority Davlat/Country _______ davlat ISO kodi/ISO country code I.5. Qabul qiluvchi/import qiluvchi Consignee/importer Nomi/Name Manzili/Address I.6. Yuk uchun masʼul operator/Operator responsible for the consignment Nomi/Name Manzili/Address Davlat/Country davlat ISO kodi/ISO country code Davlat/Country ______ davlat ISO kodi/ISO country code I.7. Kelib chiqish davlati/Country of origin davlat ISO kodi/ISO country code I.8. Kelib chiqish hududi/Region of origin ISO kodi/ISO code I.9. Yukning yetib borish davlati/Country of destinatio davlat ISO kodi/ISO country code I.10. Yukning yetib borish hududi/Region of destination ISO kodi/ISO code I.11. Yuk joʻnatish joyi/Place of dispatch I.12. Place of destination/ Yukning yetib borish joyi Nomi/Name ___________ roʻyxatga olish/ruxsat berish raqami/ Registration/Approval No. Name/Nomi _______ Registration/ Approval No. /roʻyxatga olish/ruxsat berish raqami Manzili/Address Manzili/Address Davlat/Country ________ davlat ISO kodi/ISO country code Davlat/Country _____ davlat ISO kodi/ISO country code I.13. Yuklanish joyi/Place of loading I.14. Joʻnatish sanasi va vaqti/Date and time of departure I.15. Transport vositasi/Means of transport o Avia/Aircraft o Temir yoʻl/Railway o Suv/Vessel o Avto/Road vehicle I.16. Kirishda nazoratdan oʻtkazish chegara punkti/Point of Entry (Control Point) I.17. Yukka tegishli hujjatlar/Accompanying documents Mahsulot turi/Type _________________ Kod/Code Identifikatsiya raqami/Identification No. Davlat/Country ________ davlat ISO kodi/ISO country code Hujjatlashtirish uchun havolalar/Documentation references l.18. Transportirovka shartlari/Transport conditions o Tabiiy shaklida/Ambient o Sovutilgan/Chilled o Muzlatilgan/Frozen l.19. Konteyner raqami/plomba raqami Container number/Seal number l.20. Sertifikatlashtirish maqsadi/Certified as or for o Products for human consumption/Inson isteʼmoli maqsadida . l.21. l.22. Ichki bozor uchun/For internal market l.23. l.24. Umumiy qadoqlar soni/Total number of packages l.25. Umumiy vazni (kg/Total quantity (kg) l.26. Umumiy netto vazni/brutto vazni (kg)/Total net weight/gross weight (kg) l.27. Yuk tavsifi/Description of consignment o TIF TN kodi/CN code _________________ Turi/Species o Sovutish kamerasi/Cold store ____________Qadoq turi/Type of packaging ________________________ Netto vazni/Net weight Qadoqlar soni/Number of packages ____________________ Partiya raqami/Batch No o Yakuniy isteʼmolchi/Final consumer ______Yigʻish sanasi/Date of collection Qadoqlash korxonasi/Packing house Part II: Certification/ I I qism: Sertifikatlashtirish II. Salomatlik toʻgʻrisida maʼlumotlar/Nealth information II.a Sertifikat raqami/Certificate reference II.b RNABT raqami/IMSOC reference II.1. Salomatlik sertifikati II.1. Public health certification Men quyida imzo chekkan holda, Yevropa Parlamenti va Kengashining 178/2002-son (YEK) va Yevropa Parlamenti va Kengashining 852/2004-son (YEK) Reglamentining tegishli talablaridan xabardorman va quyidagilarni tasdiqlayman: I, the undersigned, hereby declare that I am aware of the relevant requirements of Regulation (EC) No 178/2002 of the European Parliament and of the CouncilA and Regulation (EC) No 852/2004 of the European Parliament and of the CouncilB and hereby confirm that: II.1.1. I-qismida qayd qilingan undirilgan yoki undirishga moʻljallangan urugʻlar Yevropa Komissiyasining (YEK) 852/2004-son Reglamentiga, xususan, birlamchi ishlab chiqarish uchun umumiy gigiyena talablariga va 1-ilovaning A-qismida belgilangan tegishli chora-tadbirlarga muvofiq ishlab chiqarilgan; II.1.1 the sprouts and seeds intended for the production of sprouts described in Part l have been produced under conditions in conformity with Regulation (EC) No 852/2004 and in particular the general hygiene requirements for primary production and related operations laid down in Part A of Annex l thereto; II.1.2(1) undirilgan urugʻlar Yevropa Ittifoqining (YEI) 210/2013C-son Komissiya Reglamentining 2-moddasida belgilangan talablarga muvofiq tasdiqlangan korxonalarda ishlab chiqarilgan; II.1.2(1) the sprouts have been produced in establishments approved in accordance with the requirements laid down in Article 2 of Commission Regulation (EU) No 210/2013C; II.1.3(1) undirilgan urugʻlar Yevropa Ittifoqining (YEI) 208/2013-son Kommisiya Reglamentida koʻrsatilgan kuzatuv talablariga javob beradigan sharoitlarda ishlab chiqarilgan va 2073/2005D-son Komissiya Reglamentiga 1-ilovada keltirilgan mezonlarga mos keladi. II.1.3(1) the sprouts have been produced under conditions that comply with the traceability requirements set out in Commission Implementing Regulation (EU) No 208/2013 and meet the criteria set out in Annex l to Commission Regulation (EU) No 2073/2005D. A Yevropa Parlamenti va Kengashining 2002-yil 28-yanvardagi oziq-ovqat toʻgʻrisidagi qonunchilikning umumiy prinsiplari va talablarini belgilovchi, Yevropa Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha vakolatli organini tashkil etish va oziq-ovqat masalalari boʻyicha chora-tadbirlarni belgilovchi 178/2008-son Reglamenti (YEK) (OJL31, 1.2.2002, 1 bet); B Yevropa Parlamenti va Kengashining 2004-yil 29-apreldagi 852/2004-son oziq-ovqat gigiyenasi toʻgʻrisidagi Reglamenti (OJL 139, 30.4.2004, 1-bet); C Yevropa Parlamenti va Kengashining (OJL 68, 12.3.2013, 24-bet) 852/2004-son Reglamentga (YEK) muvofiq, urugʻlarni undiradigan korxonalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi 2013-yil 11-martdagi 210/2013-son Komissiya Reglamenti (YEK); D Yevropa Parlamenti va Kengashining 2005-yil 15-noyabrdagi Oziq-ovqat uchun mikrobiologik mezonlar toʻgʻrisidagi (OJL 338, 22.12.2005, 1-bet) 2073/2005-son Komissiyasi Reglamenti (YEI). ARegulation (EC) No 178/2002 of the European Parliament and of the Council of 28 January 2002 laying down the general principles and requirements of food law, establishing a European Food Safety Authority and laying down procedures in matters of food safety (OJL 31, 1.2.2002 , page 1); BRegulation (EC) No 852/2004 of the European Parliament and of the Council of 29 April 2004 on food hygiene (OJL 139, 30.4.2004, p . 1); CCommission Regulation (EC) No 210/2013 of 11 March 2013 approving establishments producing sprouts, in accordance with Regulation (EC) No 852/2004 of the European Parliament and of the Council (OJL 68, 12.3.2013, p. 24); DCommission Regulation (EC) No 2073/2005 of 15 November 2005 on microbiological criteria for food (OJL 338, 22.12.2005, p. 1). I-qism/Part I: I.27-bandga havola/Box reference I.27 tegishli TIF TN kodlarini koʻrsating, misol uchun: (0704 90,0706 90, 0708 10, 0708 20, 0708 90, 0713 33,0713 34, 0713 39, 0713 40,0713 50, 0713 60, 0713 90, 0910 99, 1201 10, 1201 90, 1209 10, 1209 21 or/yoki 1209 91); Insert the appropriate NS code(s), such us (0704 90,0706 90, 0708 10, 0708 20, 0708 90, 0713 33,0713 34, 0713 39, 0713 40,0713 50, 0713 60, 0713 90, 0910 99, 1201 10, 1201 90, 1209 10, 1209 21 or/yoki 1209 91) II-qism/Part II: I.27-bandga havola/Box reference I.27 Yuk tavsifi/Description of consignment: Ishlab chiqarish korxonasi: undirilgan urugʻlar yoki urugʻlar ishlab chiqarilgan korxona nomini kiriting:/Manufacturing plant: Insert the name of the establishment which produced the sprouts or seeds: III-qism/Part III: tegishliligi boʻyicha oʻchiring (misol uchun: agar urugʻlar boʻlsa)/delete as appropriate (e.g. if seeds) Sertifikatlovchi xodim/Certifying officer Ismi (bosh harflar bilan)/Name (in capital letters) Sana/Date ___________________________________________________ Mansabi/Qualification and title Muhr/Stamp _________________________________________________ Imzo/Signature QR-kod/QR-code
Izoh.
Comments.
1. Mamlakatning ISO kodi: Oʻzbekiston (UZ), Niderlandiya (NL) (ISO code of country: Uzbekistan (UZ), Netherlands (NL);
2. QR-kod: isteʼmol urugʻlariga tegishli emas (oʻchiriladi) (QR-code: not relevant to seeds for consumption (to be deleted);
3. 1.8 va 1.10-bandlar isteʼmol urugʻlariga tegishli emas (oʻchiriladi) (Points 1.8 and 1.10 are not relevant to seeds for consumption (to be deleted);
4. 1.17-band: “Tip” va “Kod” soʻzlaridan keyin joyni boʻsh qoldiring! (Point 1.17: Leave space after the words “Type” and “Code”);
5. Mamlakatni toʻldiring — Oʻzbekiston, ISO kodi — MM, Tijorat hujjati — Invoys (yuk xati), maʼlumotnoma — Invoys (yuk xati) raqami (Fill in the country — Uzbekistan, ISO code — MM, Commercial document — Invoice (letter of consignment), information — Invoice (letter of consignment) number);
6. 1.22-band: Yuklar Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilinishi moʻljallanganda, ushbu bandni belgilang! Agar dukkaklilar Yevropada tranzit sifatida oʻtmasa, har doim ushbu katakchani belgilang.
Boshqa davlatlarga joʻnatiladigan isteʼmol urugʻlariga talablar oʻzgarishi mumkin!!!
(Point 1.22: When the goods are intended to be exported into the EU market, mark this Point! Always check this box if legumes are not transited through Europe. Please note. Different rules apply for edible seeds sent to the other importing countries)
7. 1.27-band: Yigʻish sanasi — Isteʼmol urugʻlarini yetishtiruvchidan tozalash korxonasiga yetkazilgan sanani toʻldiring! Agar bir nechta sana boʻlsa, yigʻimning eng birinchi sanasi toʻldiriladi.
(Point 1.27: Date of collection — Fill in the date of delivery of edible seeds from the grower to the processing plant! If there is more than one date, the earliest date of collection is filled).
