Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-157-son)
15.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimizda xalqaro talab va standartlarga javob beradigan sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish, qishloq avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish hamda qishloq hududlarida yashaydigan aholining umumiy avtomobil yoʻllariga chiqish sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) direktorlar kengashi tomonidan 2023-yil 11-dekabrda “Sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 240,0 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yil muddatga ajratilishi maʼqullanganligi;
b) loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasida 2023-yil 29-dekabrda qarz bitimi imzolanganligi;
v) OTB tomonidan 2035-yilgacha moʻljallangan qishloq yoʻllarini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilganligi va loyiha doirasida quriladigan sement-beton qoplamali ichki yoʻllar roʻyxati mazkur strategiya talablariga muvofiq shakllantirilganligi;
g) loyiha doirasida:
yoʻl qurilishi obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi;
qurilish ishlari yakunlanib, obyektlar foydalanishga qabul qilingandan soʻng bosh pudratchi tomonidan 5 yil davomida kafolatli soz holatda saqlash va ekspluatatsiya qilish ishlari amalga oshirilishi;
qurilishda texnik nazoratni taʼminlash uchun mahalliy muhandis-konsultant kompaniyalar jalb qilinishiga alohida eʼtibor qaratilishi, shuningdek, muhandis-konsultant kompaniyalar OTB tartibiga muvofiq soddalashtirilgan tanlov savdolari asosida tanlab olinishi;
qurilish ishlari tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadigan mahalliy pudratchilar tomonidan amalga oshirilishi;
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi) tizimidagi “Avtoyoʻlinvest” agentligi huzurida loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilganligi;
d) Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan umumiy qiymati 304,9 mln AQSH dollari boʻlgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda ishlab chiqilganligi hamda unga koʻra:
loyihani amalga oshirishda OTBning ulushi 240,0 mln AQSH dollarini, Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 64,9 mln AQSH dollari, shu jumladan bojxona bojlaridan ozod etish koʻrinishida 28,4 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish muddati 9 yil (2024 — 2032-yillar), shu jumladan qurilish ishlari 4 yil (2024 — 2027-yillar) hamda saqlash va ekspluatatsiya qilish ishlari 5 yil (2028 — 2032-yillar) etib belgilanganligi;
e) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan dastlabki oʻrganishlar natijasi boʻyicha xarajatlar (32 mln AQSH dollarigacha) maqbullashtirilishi mumkinligi aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va “Avtoyoʻlinvest” agentligi loyihani oʻz vaqtida sifatli amalga oshirish hamda OTBning qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
OTBning qarzini soʻndirish, shuningdek, foiz toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish hamda foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish” loyihasi doirasida hududlar kesimida amalga oshiriladigan qurilish ishlari quvvati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda yashil hududlarni barpo etish maqsadida loyiha doirasida sement-beton qoplamaga oʻtkaziladigan avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqalarida iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 2,5 million dona manzarali daraxt va terak koʻchatlari ekilishini taʼminlasin.
Bunda, loyiha doirasida obyektlarning bosh pudratchilari tomonidan sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni 5 yil davomida ekspluatatsiya qilish ishlari barpo etiladigan yashil hududlarni shartnoma asosida saqlash va parvarishlashni ham nazarda tutadi.
5. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzurida yoʻl xoʻjaligi sohasiga investitsiyalarni jalb qilish hamda ilgʻor texnologiyalar va eng yaxshi xorijiy tajribalarni joriy etish boʻyicha mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etilsin.
Ishchi guruh (J.Yu. Tursunovga)ga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
loyiha doirasida sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish va ekspluatatsiya qilish ishlarini samarali tashkil etish;
OTB va boshqa xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli mablagʻlarini jalb qilgan holda oʻxshash loyihalarni amalga oshirishni koʻpaytirish;
sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish sohasidagi normativ hujjatlarni OTB tomonidan ishlab chiqilgan tavsiya normalari bilan uygʻunlashtirish va qurilish texnologiyalarini boshqa loyihalarga tatbiq etish;
sement-beton qoplamali avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish ishlariga tajribali xorijiy ekspertlarni, shu jumladan OTB koʻmagida jalb qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari T.A. Ishmetovga ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirib borish va amaliy koʻmaklashish hamda har oyda tegishli hisobotlarni tinglab borish vazifasi yuklatilsin.
6. Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosani bersin.
7. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisiga loyiha doirasida OTB bilan loyiha bitimini imzolash vakolati berilsin.
8. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirish doirasida respublikaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
9. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (S.I. Samadov) loyiha doirasida mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
10. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyiha doirasida jalb qilingan mablagʻlarning ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi loyihaning atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi arizalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi J.Yu. Tursunov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-aprel,
PQ-157-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-157-son qaroriga 1-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami* Moliyalashtirish manbai, jumladan: Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi ulushi 1 Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH doll. 304 860 240 000 64 860 1.1 Umumiy kapital qoʻyilmalar miqdori* ming AQSH doll. 241 510 240 000 1 510 Shu jumladan: qurilish-montaj ishlari ming AQSH doll. ekv. 179 562 179 562 0 tyexnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha konsultant ming AQSH doll. ekv. 6 764 6 764 0 subloyihalarni tayyorlash boʻyicha konsultant ming AQSH doll. ekv. 2 347 2 347 0 loyihani boshqarish boʻyicha konsultant ming AQSH doll. ekv. 2 478 2 478 0 individual konsultantlar ming AQSH doll. ekv. 1 420 1 420 0 jamiyatni rivojlantirish dasturi ming AQSH doll. ekv. 1 000 1 000 0 loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish ming AQSH doll. ekv. 1510 0 1510 boshqa xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 16 439 16 439 0 taqsimlanmagan mablagʻlar ming AQSH doll. ekv. 29 990 29 990 0 1.2 Ijtimoiy soliq ** ming AQSH doll. 255 0 255 1.3 Soliq va bojxona imtiyozlari ming AQSH doll. ekv. 28 389 0 28 389 1.4 Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar *** ming AQSH doll. 34706 0 34 706 2 Loyiha quvvati Km 841 2.1 shu jumladan, iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan Km 110 3 Investitsiya davrining davomiyligi Oy 108
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender savdolari natijalari asosida belgilanadi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijtimoiy soliq boʻyicha toʻlovlar manbai hisoblanadi.
*** Moliyaviy xarajatlar yakuniy miqdori haqiqiy miqdor va sanalariga qarab belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-157-son qaroriga 2-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish hamda foiz toʻlovlarini amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori 240000000 AQSH dollari Qarz muddati 25 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi 2% yillik
Toʻlov davri Qarzni oʻzlashtirish Foiz toʻlovlari Asosiy qarzning qaytarilishi Kredit balansi Jami toʻlovlar 15.08.2024 10000000 101111,11 10000000 101111,11 15.01.2025 40000000 511111,11 50000000 511111,11 15.07.2025 50000000 1005555,56 100000000 1005555,56 15.01.2026 70000000 1737777,78 170000000 1737777,78 15.07.2026 70000000 2413333,33 240000000 2413333,33 15.01.2027 2453333,33 240000000 2453333,33 15.07.2027 2413333,33 240000000 2413333,33 15.01.2028 2453333,33 240000000 2453333,33 15.07.2028 2426666,67 240000000 2426666,67 15.01.2029 2392000,00 6000000 234000000 8392000,00 15.07.2029 2292666,67 6000000 228000000 8292666,67 15.01.2030 2269333,33 6000000 222000000 8269333,33 15.07.2030 2172000,00 6000000 216000000 8172000,00 15.01.2031 2146666,67 6000000 210000000 8146666,67 15.07.2031 2051333,33 6000000 204000000 8051333,33 15.01.2032 2024000,00 6000000 198000000 8024000,00 15.07.2032 1941333,33 6000000 192000000 7941333,33 15.01.2033 1901333,33 6000000 186000000 7901333,33 15.07.2033 1810000,00 6000000 180000000 7810000,00 15.01.2034 1778666,67 6000000 174000000 7778666,67 15.07.2034 1689333,33 6000000 168000000 7689333,33 15.01.2035 1656000,00 6000000 162000000 7656000,00 15.07.2035 1568666,67 6000000 156000000 7568666,67 15.01.2036 1533333,33 6000000 150000000 7533333,33 15.07.2036 1456000,00 6000000 144000000 7456000,00 15.01.2037 1410666,67 6000000 138000000 7410666,67 15.07.2037 1327333,33 6000000 132000000 7327333,33 15.01.2038 1288000,00 6000000 126000000 7288000,00 15.07.2038 1206666,67 6000000 120000000 7206666,67 15.01.2039 1165333,33 6000000 114000000 7165333,33 15.07.2039 1086000,00 6000000 108000000 7086000,00 15.01.2040 1042666,67 6000000 102000000 7042666,67 15.07.2040 970666,67 6000000 96000000 6970666,67 15.01.2041 920000,00 6000000 90000000 6920000,00 15.07.2041 844666,67 6000000 84000000 6844666,67 15.01.2042 797333,33 6000000 78000000 6797333,33 15.07.2042 724000,00 6000000 72000000 6724000,00 15.01.2043 674666,67 6000000 66000000 6674666,67 15.07.2043 603333,33 6000000 60000000 6603333,33 15.01.2044 552000,00 6000000 54000000 6552000,00 15.07.2044 485333,33 6000000 48000000 6485333,33 15.01.2045 429333,33 6000000 42000000 6429333,33 15.07.2045 362000,00 6000000 36000000 6362000,00 15.01.2046 306666,67 6000000 30000000 6306666,67 15.07.2046 241333,33 6000000 24000000 6241333,33 15.01.2047 184000,00 6000000 18000000 6184000,00 15.07.2047 120666,67 6000000 12000000 6120666,67 15.01.2048 61333,33 6000000 6000000 6061333,33 15.07.2048 0,00 6000000 0 6000000,00 240000000 63002222,22 240000 000 303002222,22
* Yakuniy toʻlovlar qiymati mablagʻlarning olingan sanasi va amalda foydalanilgan miqdoriga nisbatan aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-157-son qaroriga 3-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish” loyihasi doirasida hududlar kesimida amalga oshiriladigan qurilish ishlari
QUVVATI
T/r Hudud nomi Loyiha qiymati (mln dollar) Loyihaning umumiy quvvati (km) Shu jumladan, iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari quvvati (km) Jami 211,6 841 110 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 18,5 62 17 2. Andijon viloyati 15,6 71 11 3. Buxoro viloyati 15,5 61 9 4. Jizzax viloyati 19,8 83 5. Navoiy viloyati 18,8 61 20 6. Namangan viloyati 12,7 62 7. Sirdaryo viloyati 17,6 67 8. Samarqand viloyati 12,0 60 9. Surxondaryo viloyati 18,2 65 21 10. Toshkent viloyati 15,3 59 9 11. Fargʻona viloyati 13,0 62 12. Qashqadaryo viloyati 12,8 61 13. Xorazm viloyati 21,8 67 23
Izoh: obyektning quvvati va qiymatiga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin aniqlik kiritiladi.
