Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “M39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1255-1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-158-son)
15.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Mamlakatimizda xalqaro talablar va standartlarga mos zamonaviy avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish, avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va milliy yoʻl-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi) tomonidan umumiy qiymati 195,5 mln AQSH dollari boʻlgan “M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda ishlab chiqilganligi;
b) loyihani amalga oshirish uchun:
Islom taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — ITB) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 20 yil muddatga 106,7 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi maʼqullanganligi;
OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — OPEK jamgʻarmasi) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 20 yil muddatga 47,2 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi maʼqullanganligi;
v) loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ITB va OPEK jamgʻarmasi bilan tegishli Hadli kelishuv hamda qarz bitimi imzolanganligi;
g) umumiy qiymati 195,5 mln AQSH dollari boʻlgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosiga koʻra:
ITB va OPEK jamgʻarmasining hissasi 153,9 mln AQSH dollarini, Oʻzbekiston Respublikasining hissasi soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish hamda moliyaviy boshqa xarajatlarni qoplash koʻrinishida 41,5 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2 yil kafolat davrini hisoblagan holda 2024 — 2029-yillar) tashkil etishi;
d) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan dastlabki oʻrganishlar natijasi boʻyicha xarajatlar (20 mln AQSH dollarigacha) maqbullashtirilishi mumkinligi aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va “Avtoyoʻlinvest” agentligi loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda ITB va OPEK jamgʻarmasi qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
ITB va OPEK jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, shu jumladan ustamalar, foiz va boshqa toʻlovlar boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
loyihani amalga oshirish guruhining yillik xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.
3. Quyidagilar:
“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablagʻlarni boʻlib toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“M-39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, foiz va boshqa toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablagʻlar hisobidan 4-ilovaga muvofiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini barpo etish ishlariga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda ITB va OPEK jamgʻarmasi bilan 2024-yil 1-oktabrga qadar loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablagʻlarni mazkur bandda nazarda tutilgan ishlarga yoʻnaltirish yuzasidan muzokaralarni oʻtkazsin.
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda yashil hududlarni barpo etish maqsadida loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqalarida iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 450 ming dona manzarali daraxt va terak koʻchatlari ekilishini taʼminlasin.
Bunda, barpo etiladigan yashil hududlarni lozim darajada saqlash boʻyicha tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar bilan oʻrnatilgan tartibda shartnomalar tuziladi.
6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hamda ITB va OPEK jamgʻarmasi oʻrtasida imzolangan Hadli kelishuv va qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosalar bersin.
7. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirish doirasida respublikaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
8. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (S.I. Samadov) loyiha doirasida mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
9. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyiha doirasida jalb qilingan mablagʻlarning ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi loyihaning atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi arizalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi J.Yu. Tursunov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-aprel,
PQ-158-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga 1-ILOVA
“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining
asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovar (ish va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender savdolari natijalari asosida belgilanadi;
** Qurilish-montaj ishlarining summasiga 10% miqdorida koʻzda tutilmagan xarajatlar hisobga olgan holda;
*** Ijtimoiy soliq Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
**** Yakuniy moliyaviy xarajatlar miqdori haqiqiy summalar, oʻzlashtirish sanasi va 10 yillik SOFRning oʻrtacha SVOP koʻrsatkichiga bogʻliq.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga 2-ILOVA
“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablagʻlarni boʻlib toʻlash
PROGNOZ JADVALI
* SOFR foiz stavkasi va oldindan toʻlov miqdori qarz mablagʻlari haqiqatda oʻzlashtirilganda aniqlanadi.
** ITB Hadli kelishuv bitimi boʻyicha mablagʻlarni boʻlib toʻlash umumiy qiymati va mablagʻlarni qaytarish sanalari qarz mablagʻlari yechilgan kundan boshlab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga 3-ILOVA
“M-39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, foiz va boshqa toʻlovlarni amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
* SOFR foiz stavkasi qarz mablagʻlari haqiqatda oʻzlashtirilganda aniqlanadi.
** OPEK jamgʻarmasi qarz bitimi boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlash qiymati va qarzni qaytarish sanalari qarz mablagʻlari yechilgan kundan boshlab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga 4-ILOVA
“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablagʻlar hisobiga vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini qurish boʻyicha
MANZILLI DASTUR
Izoh: ushbu manzilli dasturga Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
