Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (KQ-706-IV-son)
04.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mahallalar darajasida aholi muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va samarali yechimini topish, ijtimoiy himoya tizimining manzilliligi va shaffofligini taʼminlash orqali fuqarolar yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan “Mahalla yettiligi” tashkil qilindi.
Mazkur sohada belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda “Mahalla yettiligi”ga koʻmaklashish, mahallalarda qabul qilinayotgan qarorlarning haqqoniyligi va asosliligini taʼminlash maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish sxemasi 1-ilovaga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar Kengashlariga:
mahalliy Kengash deputatlarini tegishli saylov okruglaridagi mahallalarga biriktirish;
mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi faoliyatini ushbu Qarorga 1-ilovadagi sxema asosida tashkil etish;
bir oy muddatda Kengash sessiyasida ushbu sxema asosida ishlarni tashkil etish masalasini Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boʻlinmasi hamda “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida koʻrib chiqish va aniq vazifalarni belgilab olish;
har chorakda Kengash sessiyasida mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish hamda masʼullarning faoliyatiga baho berish, shuningdek, Mahalla uyushmasi tuman (shahar) boʻlimi rahbarining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish tavsiya etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari 3-ilovaga muvofiq hududlarga biriktirilsin.
Senat aʼzolari:
biriktirilgan hududdagi mahalliy Kengashlarda ishni Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish sxemasi asosida tashkil etish uchun masʼulligi belgilansin;
har oyning bir haftasida oʻzi biriktirilgan hududga chiqqan holda mazkur Qarorda belgilangan vazifalarning sifatli tashkil etilishida mahalliy Kengashlarga amaliy yordam koʻrsatib borsin.
4. Belgilansinki:
alohida grafik asosida hududlardan yuborilgan takliflarni oʻrganish va muhokama qilish boʻyicha Oliy Majlis Senati Kengashining sayyor yigʻilishlari tashkil etiladi;
har yarim yilda Senat Kengashining sayyor yigʻilishlari davomida aniqlangan, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan bogʻliq respublika darajasidagi masalalar Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritilib, sohaga oid mutasaddilar axborotlari eshitiladi;
zarur hollarda aniqlangan muammolar yechimi boʻyicha Hukumatga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritib boriladi.
5. Senatning Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi:
mahalliy Kengashlarga “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha uslubiy koʻmak berib borsin;
joriy yilning 1-oktabriga qadar “Mahalla yettiligi” va mahalliy Kengashlar hamkorligiga oid amaliyotni tahlil qilib, hamkorlik samaradorligini yanada oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 4-aprel,
KQ-706-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish
SXEMASI
Oʻrganiladigan masalalar Mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning 8 ta yoʻnalish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari; “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida koʻrsatiladigan 64 turdagi ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligi; “Mahalla yettiligi” tomonidan aniqlangan va tuman (shahar), viloyat, respublika darajasida hal etiladigan muammolar. Oʻrganishni amalga oshiruvchi subyekt Mahalliy Kengash deputatlari (zaruratga koʻra, hududdagi tegishli idora va tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin) oʻzi saylangan okrugdagi “Mahalla yettiligi” faoliyatini oʻrganadi hamda yaqin hamkorlik qiladi.
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Ijro muddati 1-bosqich Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi deputati “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun oʻzi saylangan okrugdagi mahallalarga mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan biriktiriladi. 1 kun 2-bosqich Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati Tegishli mahalladagi “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilgan ishlar holatini (shuningdek, 8 ta hamkorlik yoʻnalishlarini tanlov asosida) oʻrganadi. Oʻziga biriktirilgan barcha mahallalarda “Mahalla yettiligi” tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligiga alohida eʼtibor qaratadi. Kengash kotibiyati tasdiqlaydigan grafik asosida (bir oy davomida oʻz okrugiga kiruvchi barcha mahallalarda) 3-bosqich Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati Saylov okrugidagi mahalla fuqarolarining qabulini tashkil etadi. Oʻrganish va aholi bilan muloqot natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni va shakllantirilgan takliflarni umumlashtiradi hamda mahalliy Kengash kotibiyatiga taqdim etadi. Har oyning oxirgi ish kunida 4-bosqich Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyati Deputatlar tomonidan taqdim etilgan muammolarni tegishli komissiyalar oʻrtasida oʻrganish uchun taqsimlaydi. Takliflar kelib tushgan kundan eʼtiboran 1 hafta ichida 5-bosqich Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi doimiy komissiyalari Taqdim etilgan muammolarni tuman (shahar) darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oʻrganib, bevosita joyiga chiqqan holda sayyor tarzda muhokama qiladi hamda hal etish choralarini koʻradi. Oʻrganish natijalari boʻyicha oʻz yechimini topmagan muammolarni Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritadi. Har oyning oxirgi ish kunida 6-bosqich Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi “Mahalla yettiligi” faoliyatini oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan masalalar muhokamasiga bagʻishlangan sessiyani oʻtkazadi. Sessiyada: “Mahalla yettiligi” faoliyati va ular bilan hamkorlik samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi; Mahalla uyushmasi tuman (shahar) boʻlimi rahbarining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi; MFY raislarining faoliyatiga baho beriladi, zaruratga koʻra, ularga nisbatan ishonchsizlik bildiriladi (ushbu norma “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgandan soʻng); “Mahalla yettiligi” hamda deputatlar tomonidan aniqlangan, tuman (shahar) darajasida hal etilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilinadi hamda zarur choralar belgilanadi; viloyat (Toshkent shahar) darajasida hal etiladigan masalalar boʻyicha yuqori turuvchi Kengashga takliflar kiritiladi. Mazkur sessiyada ushbu hududdan saylangan senator va viloyat (Toshkent shahar) Kengashi deputatlari ishtirok etadi. Har chorakda 7-bosqich Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyati Tuman (shahar) Kengashi sessiyasida muhokama qilingan va viloyat (Toshkent shahar) darajasida hal etiladigan masalalarni dastlabki tarzda oʻrganish uchun doimiy komissiyalar oʻrtasida taqsimlaydi. Takliflar kelib tushgan kundan boshlab 1 hafta ichida 8-bosqich Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi doimiy komissiyalari Taqdim etilgan muammolarni viloyat (Toshkent shahar) darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oʻrganib, muhokama qiladi hamda hal qilish choralarini koʻradi. Oʻrganish natijalari boʻyicha oʻz yechimini topmagan muammolarni Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritadi. Har oyda 9-bosqich Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi Oʻrganishlar natijalarini sessiyada muhokama qilib, masʼullarning hisobotini eshitadi hamda ular faoliyatiga baho beradi, xususan: “Mahalla yettiligi” vakillarining viloyat (Toshkent shahar) boʻlinmalari rahbarlari faoliyatiga baho beradi; viloyat (Toshkent shahar) darajasida hal etiladigan masalalar boʻyicha tegishli choralarni belgilaydi; respublika darajasida hal etiladigan masalalar boʻyicha takliflarni Oliy Majlis Senatiga kiritadi. Sessiya Oliy Majlis Senatining hududga biriktirilgan qoʻmitasi raisi (doimiy asosda ishlovchi senatori) ishtirokida oʻtkaziladi. Har chorakda 10-bosqich Oliy Majlis Senati Hududlardan yuborilgan takliflarni oʻrganish va muhokama qilish uchun xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi bilan birgalikda Senat Kengashining sayyor yigʻilishini oʻtkazadi. Alohida grafik asosida 11-bosqich Oliy Majlis Senati Senat Kengashining sayyor yigʻilishlari davomida aniqlangan, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan respublika darajasidagi masalalarni Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritib, mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitadi. Zarur hollarda, muammolar yechimi boʻyicha Hukumatga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritadi. Har yarim yilda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorlik
YOʻNALISHLARI
1. Aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish boʻyicha:
“Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida mahalla aholisi bilan muloqot tashkil etish (har hafta bir marotaba fuqarolarni qabul qilish);
“Mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda davlat ijtimoiy himoya tizimi orqali qamrab olingan 250 ga yaqin xizmatlar mohiyati boʻyicha tushuntirishlar olib borish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish.
2. Mahallada aholi muammolarini samarali hal etish, maʼnaviy muhitni saqlash, maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha:
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning oʻz vazifalarini bajarishda hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
mahallada aholini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etish, kambagʻal oilalarga ajratilayotgan budjet mablagʻlari va boshqa mablagʻlarni maqsadli va manzilli yoʻnaltirish;
qonunchilikka muvofiq Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanish;
mahallada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalarni targʻib qilish, maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
“Mahalla yettiligi”ning ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalar toʻgʻrisidagi kollegial qarorlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va asosli qabul qilish;
mahallada tegishli qarorlar bajarilishi, hal etilmagan muammolar sabablari hamda aholi yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
mahalla aholisining mahalla raisi faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
3. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha:
aholi bandligini taʼminlash, oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun belgilangan mezonlarga asosan subsidiyalarni toʻgʻri ajratish (tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, sugʻorish vositalarini xarid qilish, urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish va boshqa asbob-uskunalar);
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni toʻgʻri ajratish;
kreditlar va subsidiyalar ajratish koʻzda tutilgan har bir loyihaning samaradorligi;
mahalla aholisining hokim yordamchisi faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
4. Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bilim va koʻnikmalarni egallashda ularga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha:
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam, uy-joy uchun subsidiyalarni toʻgʻri ajratish;
xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kreditlarni toʻgʻri ajratish, maxsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitish;
xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻligʻini saqlash, xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ularning mehnat va oʻqish sharoitlarini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish;
mahalla aholisining xotin-qizlar faoli faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
5. Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish boʻyicha:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiyalarni toʻgʻri ajratish (asbob-uskunalar, mehnat qurollari, urugʻlik va koʻchatlarni xarid qilish va boshqa);
yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish kurslari xarajatlarini qoplash;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan yoshlarning toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish;
mahalla aholisining yoshlar yetakchisi faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
6. Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash boʻyicha:
mahalla hududida jamoat tartibini saqlash choralarini koʻrish, jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha profilaktik ishlarni amalga oshirish;
qarovsiz, nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlash;
mahalla aholisining profilaktika inspektori faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
7. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha:
ogʻir ahvolga tushgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib professional ijtimoiy xizmat koʻrsatish va yordam tashkil etish;
“Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga belgilangan mezonlar asosida moddiy va boshqa turdagi yordamlarni toʻgʻri koʻrsatish;
mahalla aholisining ijtimoiy xodim faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
8. Mahalliy budjet daromadlari barqarorligini taʼminlash boʻyicha:
hududdagi imkoniyatlarni ishga solish, soliq bazasini kengaytirish;
tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning kichik biznes toifasiga oʻtishiga amaliy yordam koʻrsatish;
mahalla aholisining soliq inspektori faoliyatidan rozi boʻlishiga erishish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shaharlarga biriktirilgan senatorlar
ROʻYXATI
T/r Familiyasi, ismi va otasining ismi Lavozimi Biriktirilgan hudud nomi QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI (Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Boriy Batirovich Alixanov, qoʻmita raisi oʻrinbosari Batir Djoldasovich Matmuratov) 1. Annaklicheva Gulistan Axmedovna “Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi bosh muharriri Toʻrtkoʻl, Beruniy, Ellikqalʼa tumanlari 2. Ataniyazova Oral Aminovna Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti rektori Moʻynoq, Xoʻjayli, Shumanay, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirot tumanlari 3. Daniyarov Abatbay Saparbayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar hokimi Boʻzatov, Kegeyli, Taxtakoʻpir, Chimboy, Qoraoʻzak tumanlari 4. Jalmenov Ulikbek Abilayevich Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Kengashi raisi Nukus shahri, Amudaryo, Nukus, Taxiatosh tumanlari ANDIJON VILOYATI (Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek Azadbekovich Alimov) 5. Ganiyeva Matluba Maxamajanovna Andijon tumani Orol mahalla fuqarolar yigʻini raisi Andijon, Baliqchi, Boʻston, Izboskan, Oltinkoʻl, Paxtaobod, Ulugʻnor, Shahrixon tumanlari 6. Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich “Nil-granit” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari Andijon, Xonobod shaharlari, Asaka, Buloqboshi, Jalaquduq, Marhamat, Xoʻjaobod, Qoʻrgʻontepa tumanlari BUXORO VILOYATI (Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Fayziyevich Gadoyev, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shuxrat Askarovich Choʻlliyev) 7. Achilov Nurmuxamed Nurullayevich “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi Jondor, Olot, Qorakoʻl, Gʻijduvon tumanlari 8. Raxmatov Murtaza Axmedovich “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasteri” uyushmasi raisi Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon tumanlari 9. Xuseynova Abira Amanovna Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Buxoro, Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon, Qorovulbozor tumanlari JIZZAX VILOYATI (Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Riskul Ergashboyevich Siddiqov) 10. Alimova Xalida Raufovna Jizzax viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Zafarobod, Zarbdor, Gʻallaorol tumanlari 11. Muxtorova Nazira Abdusattarovna Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Jizzax shahri, Mirzachoʻl, Forish tumanlari 12. Pardayev Nusuratulla Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashi raisi Arnasoy, Doʻstlik, Zomin, Yangiobod tumanlari 13. Suyarova Sanobar Zarfullayevna Jizzax viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Baxmal, Sharof Rashidov, Paxtakor tumanlari QASHQADARYO VILOYATI (Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Tolibjon Abdumalikovich Madumarov) 14. Irkayev Abduraxim Pandjiyevich Qarshi davlat universiteti “Milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari” kafedrasi professori Qarshi shahri, Koson, Qarshi tumanlari 15. Kurbonov Ilxam Uzakovich Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshligʻi Kasbi, Koʻkdala, Mirishkor, Nishon, Chiroqchi tumanlari 16. Fozilov Xurshid Gʻayratovich Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Shahrisabz shahri, Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari 17. Shamsiyev Shermat Joʻraqulovich “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori Dehqonobod, Muborak, Qamashi, Gʻuzor tumanlari NAVOIY VILOYATI (Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Kobul Beknazarovich Tursunov) 18. Orziyeva Dilbar Adizovna Karmana tumanidagi “Yangi zamon bolalari” oilaviy bolalar uyi tarbiyachisi Karmana, Nurota, Navbahor tumanlari 19. Tulekova Ziba Tolibekovna Tomdi tumani hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi v.b. Zarafshon shahri, Tomdi tumani 20. Fayziyev Ulugʻbek Ganiyevich Navoiy shahridagi “Zarafshan Golden Group” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi Qiziltepa, Konimex, Xatirchi tumanlari, Gʻozgʻon shahri 21. Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Navoiy shahri, Uchquduq tumani NAMANGAN VILOYATI (Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Maxmud Mamatovich Parpiyev) 22. Abdullaxanov Nosirbek Abdurashitovich Namangan shahridagi “Anamed” diagnostika markazi direktori Namangan shahri, Yangi Namangan, Davlatobod, Mingbuloq tumanlari 23. Najmiddinov Ikromxon “Nuroniy” jamgʻarmasi Namangan viloyati boʻlimi raisi Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon tumanlari 24. Umarov Baxtiyor Ganiyevich Namangan tumanidagi “Istiqlol tekstil dizayn” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari SAMARQAND VILOYATI (Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Maxmudovna Marufova) 25. Alimova Gavxar Zayirovna Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi Kattaqoʻrgʻon shahri, Kattaqoʻrgʻon, Jomboy, Bulungʻur, Payariq tumanlari 26. Djalolov Shavkat Amonovich “Agromir group” direktorlar assotsiatsiyasi Kengashi raisi Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlari 27. Toshev Farmon Isʼhoqovich “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarining birlashgan tahririyati bosh muharriri Paxtachi, Narpay, Nurobod, Ishtixon, Qoʻshrabot tumanlari 28. Xalmuradov Rustam Ibragimovich Samarqand davlat universiteti rektori Samarqand shahri, Pastdargʻom, Oqdaryo tumanlari SIRDARYO VILOYATI (Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Anvar Mirzaaxmedovich Tuychiyev) 29. Artukbayeva Xaytxan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boʻlimi rahbari Shirin shahri, Guliston tumani 30. Boqiyev Farxod Esanovich Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Guliston shahri, Boyovut, Oqoltin tumanlari 31. Sotiboldiyev Ulugʻbek Norxojayevich Mirzaobod tumanidagi “Bek corp” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori Mirzaobod, Sayxunobod, Sardoba tumanlari 32. Uralova Dilfuza Djumanovna Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Yangiyer shahri, Sirdaryo, Xovos tumanlari SURXONDARYO VILOYATI (Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Karimovich Iminov) 33. Boʻtayeva Baxtigul Abraxmatovna Qiziriq tumanidagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Boysun, Sherobod, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon tumanlari 34. Kadirov Baxadir Tuxtayevich Termiz shahridagi “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi boshqaruvi raisi Jarqoʻrgʻon, Oltinsoy, Shoʻrchi tumanlari 35. Sanginov Abdugʻani Abdurahmonovich “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sariosiyo, Uzun, Denov, Boysun tumanlari 36. Soatov Arzikul Chorshanbiyevich “Nuroniy” jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi raisi Termiz shahri, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari TOSHKENT VILOYATI (Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Kutbidin Nukritdinovich Burxanov, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Akbarovna Kadirxanova) 37. Burxanov Kutbidin Nukritdinovich Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Nurafshon shahri, Oʻrta Chirchiq, Oqqoʻrgʻon tumanlari 38. Kadirxanova Malika Akbarovna Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Yangiyoʻl shahri, Zangiota, Toshkent, Chinoz, Quyi Chirchiq, Yangiyoʻl tumanlari 39. Toirov Mahmudjon Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari, “Adabiyot ziyosi” gazetasi bosh muharriri Ohangaron, Chirchiq shaharlari, Boʻstonliq, Ohangaron, Parkent, Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlari 40. Xursanov Abdullo Xalmuradovich “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Angren, Bekobod, Olmaliq shaharlari, Bekobod, Boʻka, Piskent tumanlari FARGʻONA VILOYATI (Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Alimovna Salimova) 41. Sultanov Ibroxim Ashiraliyevich Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari Fargʻona, Margʻilon, Quvasoy, Qoʻqon shaharlari, Beshariq, Dangʻara, Yozyovon, Quva, Qoʻshtepa, Toshloq, Bagʻdod, Buvayda, Oltiariq, Rishton, Soʻx, Uchkoʻprik, Fargʻona, Furqat, Oʻzbekiston tumanlari XORAZM VILOYATI (Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi Baxadir Sadullayevich Tajiyev) 42. Durdiyeva Gavhar Salayevna Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasi ilmiy laboratoriyasi mudiri Xiva shahri, Xiva, Yangiariq tumanlari 43. Sadullayeva Faraxat Aminovna Xorazm viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari Urganch shahri, Gurlan, Shovot tumanlari 44. Sharipov Umarbek Kuranbayevich Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari Urganch, Xonqa, Bogʻot, Xazorasp tumanlari 45. Kurbanov Ravshanbek Davletovich Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori maslahatchisi Qoʻshkoʻpir, Yangibozor, Bogʻot tumanlari TOSHKENT SHAHRI (Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Diloram Gafurdjanovna Tashmuxamedova, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Nariman Madjitovich Umarov) 46. Ziyo Azamat Xamid oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti direktori Uchtepa, Shayxontohur, Bektemir tumanlari 47. Kalanov Rustam Abduxakimovich “Nuroniy” jamgʻarmasi Toshkent shahar boʻlimi raisi Sergeli, Yangihayot, Mirobod, Yunusobod tumanlari 48. Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori Mirzo Ulugʻbek, Yakkasaroy, Yashnobod tumanlari 49. Tashmuxamedova Diloram Gafurdjanovna Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Chilonzor, Olmazor tumanlari
