“Sanoat namunalarini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999-yil 2-iyul) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-1136-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4178-IV-son)
25.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 28-fevralda kiritilgan “Sanoat namunalarini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999-yil 2-iyul) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-1136-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-mart,
4178-IV-son
