“Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1130-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4132-IV-son)
12.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari Z. Ibragimova, Q. Joʻrayev, T. Choriyev, M. Valiyev va O. Abdullayeva tomonidan 2024-yil 19-fevralda kiritilgan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1130-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-mart,
4132-IV-son
