Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0066-24-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida (5-son)
13.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 15-martda hisobga olindi, hisob raqami 240]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0066-24-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2015-yil 11-avgustda tasdiqlangan “Temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashishni tashkil etishning sanitariya qoida va normalari”(0320-15-sonli SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-fevral,
5-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2024-yil 9-fevral
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Raisining oʻrinbosari A. QAYuMOV
2024-yil 2-fevral
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 5-fevral
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2024-yil 31-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 13-fevraldagi 5-son qaroriga ILOVA
Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0066-24-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu sanitariya qoidalarida quyidagi atamalar qoʻllaniladi:
gidrokolonka — katta miqdorda suv quyish uchun moʻljallangan manba;
lokomotivlar — temir yoʻllarda poyezdlar va alohida vagonlarni tortish uchun moʻljallangan harakatlanuvchi tarkib;
suv rezervuari — vaqtinchalik yoki doimiy ravishda ichimlik suvi taʼminoti tizimini ulash imkoni boʻlmagan joylarda ichimlik suvini saqlash uchun moʻljallangan metall germetik sigʻim;
temir yoʻl vokzali — yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, poyezdlar harakatini boshqarish va xizmat xonalarini joylashtirish uchun moʻljallangan temir yoʻl stansiyasi infratuzilmasi;
temir yoʻl transporti (temir yoʻl) — umumiy foydalanishdagi transport turlaridan biri boʻlib, u ishlab chiqarish va ijtimoiy yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni oʻz tarkibiga olgan, boshqa davlatlarning temir yoʻllari va transportning boshqa turlari bilan oʻzaro hamkorlikda tashish ehtiyojlarini taʼminlovchi yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iboratdir;
yoʻlovchi — yoʻl hujjatlariga ega boʻlgan va poyezdda safar qiluvchi fuqaro (jismoniy shaxs);
yoʻlovchilar platformasi (perroni) — stansiyalarda yoki toʻxtash shoxobchalarida yoʻlovchilarning vagonlarga qulay va xavfsiz oʻtishi, ularning vagonlarga chiqishi va tushishi uchun qulaylashtirilgan maydoncha;
yoʻlovchi vagonlari — yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan vagonlar;
poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlari — yoʻlovchi tashish poyezdlariga yoqilgʻi, suv, moy, qum bilan taʼminlash, lokomotivlarni tozalash, yuvish, zarur hollarda 180°ga burish hamda reysga tayyorlashga moʻljallangan punktlar.
2-bob. Temir yoʻl vokzallariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
2. Yoʻlovchilar kutish zalidagi devor va oʻrindiqlar orasidagi masofa kichik hajmdagi mexanik moslamalar yordamida tozalashga qulay boʻlishi uchun kamida 1,0 — 1,8 m boʻlishi kerak. Oʻrindiqning orqa qismi balandligi 80 sm, oʻrindiq kengligi 60 sm, oʻrindiqning poldan balandligi 45 sm boʻlishi lozim.
3. Asosiy binolarda pol va devor sirtlari pol yuzasidan 1,8 m balandlikkacha namli tozalash va dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun qulay materiallar bilan qoplanishi kerak.
4. Chiptaxonalarning tarkibi va jihozlari kassirlarning ish joylari ShNQ 2.08.02-09* “Jamoat binolari va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
5. Tibbiyot xonasi birinchi qavatda joylashtirilishi, shuningdek perronga va yoʻlovchilar kutish zaliga alohida chiqish eshiklari boʻlishi kerak. Eshiklar va oʻtish joylarining joylashishi va kengligi zambil bilan harakatlanishni taʼminlashi kerak.
6. Sanitariya nazorati punkti vokzal hududida joylashgan boʻlishi va uning tarkibida sanitariya nazorati punkti mudiri xonasi, vrachlar va vrach yordamchilari xonasi hamda qoʻshimcha sanitariya maishiy xonalar boʻlishi kerak. Sanitariya nazorati punktini poyezdlarning perronga kelish va joʻnashini koʻrish imkoniyati boʻlgan xonalarga joylashtirish lozim.
7. Maishiy xizmat xonalari (sartaroshxona, vokzalning texnik xodimlari uchun maishiy xonalar, hojatxonalar va boshqalar) ShNQ 2.08.02-09* “Jamoat binolari va inshootlari” talablariga muvofiq loyihalashtirilishi kerak.
8. Farroshlar uchun xonalar oqib keluvchi va soʻruvchi ventilatsiya, issiq va sovuq suv kranlari, latta va tozalash anjomlarini yuvish uchun vanna va trap bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Yuk tashuvchilar uchun xonalar maishiy xizmat xonalari kabi jihozlanishi kerak.
9. Temir yoʻl vokzalining yuk boʻlimi alohida xonada joylashishi, shuningdek ushbu binoda yukni ortish va tushirish mexanizmlarini saqlash xonasi va uni qabul qiluvchi xodim xonasi tashkil etilishi kerak.
10. Qozonxona, ventilatsiya va konditsionerlash kameralari QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq shovqindan himoyalovchi va tebranishlarni soʻndiruvchi moslamalar bilan taʼminlanishi kerak.
11. Vokzallarda imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun maishiy xizmat koʻrsatish xonalari tashkil etilishi zarur. Ularning vokzalga kirishi va harakatlanishi qulay boʻlishi uchun panduslar (nishabligi kamida 1:10, toʻsiqlar orasi kengligi 1,5 m), nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar uchun liftlar (kabina oʻlchami 110x140 sm), kutish zalida nogironlik aravachalari uchun joylar, bufet, kafe, restoranlarda nogironlik aravachalari oʻlchamlarini hisobga olgan holda stollar (uzunligi 110 sm, eni 70 sm, oʻrindiq balandligi 52 sm), jamoat hojatxonalarida oʻlchami 225x15 sm li maxsus kabinalar, nogironlik aravachasini platformadan vagonga chiqarish uchun koʻtaruvchi moslamalar koʻzda tutilishi kerak.
Nogironlik aravachasidagi nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanuvchi xona eshiklarining kengligi 120 sm (eshik tortib ochilganda esa 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak), boshqa eshiklarniki esa 90 sm boʻlishi kerak.
12. Vokzal xonalarida nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanishi imkoniyatini beruvchi belgili piktogrammalar (obyekt yoki hodisaning eng muhim xususiyatlarini koʻrsatadigan belgi) koʻzda tutilishi kerak.
13. Tozalash anjomlarida ularning ishlatilish maqsadini koʻrsatuvchi belgi (markirovka) boʻlishi zarur.
14. Vokzalda kundalik tozalash har kuni yoʻlovchi poyezdlar harakatining intensivligi pasaygan vaqtlarda farroshlar tomonidan anʼanaviy tarzda yoki pol yuvish mashinalari va changyutgichlar yordamida amalga oshiriladi.
15. Qattiq maishiy chiqindilar maxsus ajratilgan, asfaltlangan yoki betondan qilingan maydonning yuza qismida oʻrnatilgan qopqoqli metall konteynerlarda yigʻilishi va ushbu maydon 10 kunda kamida bir marta yuvilishi va dezinfeksiya qiluvchi vositalar bilan ishlov berilishi hamda kanalizatsiyaga ulangan oqim mavjud boʻlishi koʻzda tutiladi.
16. Yoʻlovchilar poyabzalidan tushadigan loy va suvlarni tozalash moslamasi vokzalning kirish eshiklari oldida joylashgan boʻlishi kerak.
17. Vokzal perronlari, platformalari va toʻxtash joylari toza boʻlishi va bir-biridan 25 m uzoqlikda boʻlmagan masofada maishiy chiqindilarni yigʻish qutilari oʻrnatilishi kerak.
18. Bagaj va boshqa yuklarni tashish, nogironligi boʻlgan shaxslarni nogironlik aravachasiga oʻtkazish esa elektromotorli uskunalar bilan jihozlangan koʻtaruvchi moslamalarda amalga oshirilishi kerak.
19. Belgilanmagan joylarda chekishni taqiqlash, tozalik va tartibga rioya qilish toʻgʻrisidagi eʼlonlar vokzalning yoʻlovchilar xonasi va kutish maydonlarining koʻzga koʻrinarli joylariga joylashtirilishi kerak.
Ona va bola xonasi ShNQ 2.08.02-09* “Jamoat binolari va inshootlari ” talablariga muvofiq jihozlanishi va foydalanilishi kerak.
20. Ona va bola xonasi ShNQ 2.08.02-09* “Jamoat binolari va inshootlari” talablariga muvofiq jihozlanishi va foydalanilishi kerak.
21. Ona va bola xonasi vokzalning shovqindan himoyalangan, alohida kirish eshigiga ega boʻlishi va binoning kamida ikkinchi qavatida joylashtirilishi kerak.
Ona va bola xonasida ishlatiladigan oʻyinchoqlar ularni yuvish va dezinfeksiyalash imkonini beradigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
22. Yoʻlovchilar uchun uzoq muddatli dam olish xonalari uchun binolar majmuasi va maydoni ShNQ 2.08.02-09* “Jamoat binolari va inshootlari” talablariga javob berishi zarur.
Mazkur xonalarda ustki kiyimlarni saqlash uchun javon, yotoq, choyshablar, stol, oʻrindiqlar soniga koʻra kreslolar (stullar), oyna kabilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Xonadagi joylar soni toʻrttadan ortmasligi kerak. Dam olayotgan yoʻlovchilarga koʻrpa-toʻshak, choyshablar va sochiqlar berilishi kerak.
23. Dam olish xonasini tozalash ishlari ertalab, zarur hollarda kun davomida olib boriladi. Yoʻlovchi xonani boʻshatgandan soʻng qoʻshimcha ravishda mebellar namli artilib, idishlar yuviladi, choyshablar almashtiriladi, koʻrpa-toʻshaklar, yostiqlar changdan tozalanib, xona shamollatiladi.
24. Vokzal hududida joylashgan restoran, kafe va bufetlarning tarkibi, rejasi, jihozlanishi va xizmat koʻrsatishi SanQvaN 0027-22-son “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari”da belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
25. Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish va ovqatlanish bilan bogʻliq dam olish xonalari xodimlari, vokzal farroshlari Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) talablari asosida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
26. Vokzalning barcha xonalari isitish, ventilatsiya va havoni tozalash QMQ 2.04.05-97* “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
27. Barcha tashqi kirish eshiklarida samarali ishlovchi issiq havo pardalari yoki isitiladigan tamburlar boʻlishi kerak.
28. Qishda odam doimiy boʻladigan zonada havo harakati tezligi 0,2 m/s dan oshmasligi kerak.
29. Havo olish moslamalari ifloslangan suv, havo, gazlar kirmaydigan joylarda joylashtirilishi kerak.
30. Ventilatsiya tizimidan chiqayotgan havo changga qarshi va dezinfeksiyalovchi filtrlardan, kirayotgan havo esa faqat changga qarshi filtrlardan oʻtkazilishi kerak.
Agar ventilatsiya va (yoki) konditsioner tizimi retsirkulatsiya rejimidan foydalansa, aylanma havo zararsizlantirilishi kerak.
Retserkulatsiya qilingan havoni zararsizlantirish moslamasi havo tomchi yoʻli bilan yuqadigan patogen mikroorganizmlarni kamida 95 foiz samaradorlik bilan zararsizlantirishni taʼminlashi kerak.
31. Vokzalda yoʻlovchilar hamda xizmat koʻrsatish xonalarining mikroorganizmlar bilan va kimyoviy ifloslanganlik darajalarini aniqlash uchun havo muhiti tekshirib turilishi kerak.
32. Vokzal xonalarida havoni sanitariya-kimyoviy baholashda kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan miqdori SanQvaN 0294-11-son “Ish joyi havosidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasining (REK) gigiyenik meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
33. Yozda xonaga mexanik havo oqimini olib keluvchi ventilatsiya 1 kishiga kamida 30 m³/soat havo yetkazib berishi kerak.
34. Ventilatsiya va isitish tizimlarini texnik holati va ishlatilishi uchun masʼul xodimlar ajratilishi kerak. Texnik xizmat koʻrsatish QMQ 2.04.05-97* “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talablarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Vokzal xonalari havo muhitining mikroiqlim koʻrsatkichlari SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish xonalari mikroiqlimini sanitar-gigiyenik normativlari” talablariga muvofiq kelishi kerak.
35. Temir yoʻl vokzallarining tashqi va ichki suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiq suv taʼminoti tarmoqlari QMQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”, QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” va QMQ 2.04.01-98 “Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi” talablariga javob berishi kerak.
36. Vokzal SanQvaN 0211-06-son “Oʻzbekiston aholisini markazlashgan xoʻjalik-ichimlik suv taʼminotidagi suv sifatini nazorati va gigiyenik mezonlari” talablariga javob beradigan ichimlik suvi bilan taʼminlanishi kerak. Ichimlik suvi sifati, suv taʼminoti obyektlarining sanitariya-texnik holati muntazam nazorat qilinishi kerak.
37. Sugʻorish ishlarini olib borish, perron va platformalarni namli tozalash uchun shlanglarni texnik suv taʼminotiga ulash imkoniyati boʻlishi kerak.
38. Kanalizatsiyasi mavjud boʻlmagan vokzallarda SanQvaN 0368-19-son “Jamoat hojatxonalarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoida va normalari” asosida oqava suvlarni yigʻish va olib tashlash imkoniyatiga ega jamoat hojatxonalari tashkil etiladi.
39. Vokzallarning yer osti xonalarining deraza oynalarini polga nisbatan kamida 1:5 nisbatda joylashtirish bilan xonalardagi yorugʻlikni bir xilda boʻlishini taʼminlash zarur.
40. Vokzalning yer usti va yer osti xonalarini sunʼiy yoritish tizimi uchun choʻgʻlanma lampalar va oq rangli lyuminessent lampalar ishlatiladi. Vokzalning yer usti va yer osti xonalarini sunʼiy yoritish tizimiga boʻlgan gigiyenik talablar 1-ilovaga muvofiq boʻlishi kerak.
41. Ichki xonalar va ochiq joylardagi chiroqlar vaqti-vaqti bilan tozalanib turilishi zarur. Chiroqlarni tozalash davriyligi 2-ilovaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3-bob. Yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
42. Yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlari uchun moʻljallangan hududlar SanQvaN 0350-17-son “Oʻzbekiston Respublikasi aholi turar joylari atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya normalari va qoidalari” talablarga javob berishi kerak.
43. Yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlari quyidagi funksional zonalarga boʻlinishi kerak:
yoʻlovchi vagonlarni tozalash, tashqi yuzasini yuvish va dezinfeksiya qilish;
vagonlarni taʼmirlash, yoqilgʻi bilan taʼminlash, suv quyish, tozalash va shaylash zonasi;
yilning sovuq davrida isitishi taʼminlangan holda yoʻlovchi poyezdlari va alohida vagonlarni joylashtirish zonasi.
44. Gidrokolonkalar oqava suvning kanalizatsiyaga tushish imkonini beruvchi qiyalikka ega asfalt yoki beton qoplamali joylarga oʻrnatiladi. Kanalizatsiya quduqlari sunʼiy drenaj bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Joʻmraklar yozda va qishda yoʻlovchi tashishdan oldin albatta tekshirilishi kerak.
45. Gidrokolonkalar muzlashdan himoyalangan boʻlishi kerak. Gidrokolonkalar muzdan zarur hollarda, lekin kamida ikki kunda bir marta tozalanishi zarur.
46. Gidrokolonkalar suv toʻldirish shlangi uning uchini ifloslanishdan himoya qiluvchi maxsus qurilmalar bilan taʼminlangan boʻlishi va osilgan holda maxsus xonada saqlanishi kerak.
47. Suv toʻldirish kolonkalaridan suv namunalari har oyda, yozgi epidemiologik mavsumda esa har oʻn kunda (lekin yiliga 12-martadan kam emas) olinadi.
48. Yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlari kanalizatsiyasi QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” talablariga javob berishi kerak.
49. Yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlari poyezdlarni yuvish uchun vagonlarni yuvish mashinalari bilan yetarli miqdorda jihozlangan boʻlishi kerak.
50. Vagonlarni yuvish mashinalari yoʻlovchi vagonlarni tozalash zonasining chiqish joyiga joylashtiriladi. Yoʻlovchi vagonlarni yil davomida yuvishni taʼminlash uchun iqlim sharoitiga qarab yoʻlovchi vagonlarni tozalash zonasiga kerakli uskunalar oʻrnatilishi kerak (issiqlik pardalari, vagonni quritish uchun kaloriferlar va b.).
51. Vagonlarni yuvish mashinasi yopiq siklli boʻlishi kerak. Vagonlarni yuvish uchun aylanma suv qayta foydalanishdan oldin mahalliy tozalash inshootlarida neft mahsulotlari, muallaq moddalardan tozalanishi va +70ºC haroratda 40 daqiqa davomida zararsizlantirilishi kerak.
52. Poyezd xizmatchilari tomonidan vagonlarda toʻplangan maishiy chiqindilar yoʻl davomidagi bekatlarda hamda aylanma punktlarda maxsus ajratilgan chiqindi toʻplash qutilariga olib chiqib tashlanishi taʼminlanishi kerak.
53. Yoʻlovchi vagonlar chiqindilari 0,5 — 0,75 m³ sigʻimli standart metall konteynerlarda yigʻilishi kerak, ularning soni yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlarida har bir vagondan 0,3 m³ axlat toʻplanishiga qarab belgilanadi.
Konteynerlar mahkam yopiladigan qopqoqlarga ega boʻlishi va maxsus yoʻlakda bir-biridan 50 m masofada joylashtirilishi kerak. Yoʻlak asfalt yoki beton bilan qoplanishi kerak. Konteynerlar chiqindilardan tozalangandan soʻng yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida yuvilishi lozim.
54. Yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlari yoʻlovchi vagonlardan chiqindilarni tozalash uchun changyutgichlar bilan jihozlanishi zarur.
55. Yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlaridagi yoʻlak va boshqa uchastkalarida tozalash ishlari kuniga kamida uch marta bevosita farroshlar tomonidan yoki tozalash mashinalari yordamida amalga oshirilishi kerak.
56. Oziq-ovqat chiqindilari olib ketilishidan oldin maxsus jihozlangan tez-tez tozalanib turiladigan sovuq xonalarda vaqtincha saqlanishi kerak. Davlatlararo tashishlarda foydalaniladigan yoʻlovchi vagonlari va vagon-restoranlardan toʻplangan oziq-ovqat chiqindilarini chorva uchun ozuqa sifatida foydalanish taqiqlanadi.
57. Yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlari hududi, xizmat va faoliyat yuritayotgan xonalarining yoritilganligi QMQ 2.01.05-2019 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga javob berishi kerak.
58. Kuygan lampalar darhol almashtirilishi, lampalar armaturasi zaruratga koʻra ifloslanganda, lekin kamida oyiga bir marta changdan tozalanishi kerak.
59. Kir yuvish vositalarini saqlash uchun ajratilgan xonalar, olinadigan yumshoq mebellar va kichik taʼmirlash inshootlari uchun maishiy xonalar ShNQ 2.08.02-09* “Jamoat binolari va inshootlari” talablariga mos kelishi kerak.
60. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini olib borish uchun yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish punktlarida dezinfeksiya boʻlimi, vagonlarni zararsizlantirish punkti va ombor koʻzda tutiladi.
61. Dezinfeksiya boʻlimi vagonlarni toʻshak va yumshoq mebellarini dezinfeksiya va dezinseksiya qiladi. Boʻlim vagon mulkini saqlash omborlari va kirxona bilan bir hududga joylashtiriladi. Boʻlim quyidagi xonalarni oʻz ichiga oladi:
toʻshak va vagon jihozlarini kimyoviy va mexanik tozalash uchun;
“notoza” va “toza” boʻlimlari alohidalangan dezinfeksiyalovchi kamera (mos ravishda ishlatilgan va qayta ishlangan toza narsalarni berish uchun);
dezinfeksiyalash vositalarini saqlash va ishchi eritmalarni tayyorlash uchun;
xodimlar uchun maishiy-xizmat xonalari.
Dezinfeksiya boʻlimi xonalarining oʻlchamlari zararsizlantiriluvchi toʻshak va jihozlarning (inventar) sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
62. Dezinfeksiya va dezinseksiya bugʻ-formalin va bugʻ-havo usullari bilan amalga oshirilishi kerak.
63. Toʻshaklar va jihozlarni profilaktik zararsizlantirish 3-ilovada keltirilgan tartib va muddatlarda olib borilishi lozim.
64. Yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlarida yoʻlovchi vagonlarini dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish uchun moʻljallangan ochiq dezinfeksiya punkti tashkil etiladi. Punkt shamol esish tomonida manevr yoʻllaridan (lokomotivning poyezd bilan bogʻliq boʻlmagan harakatlanish yoʻllari) kamida 25 m, xizmat xonalaridan esa 50 m masofada joylashgan boʻlishi kerak. Kuchli taʼsir etuvchi va zaharli moddalar ombori joylashish joyi, jihozlanishi, tuzilishi SanQvaN 0350-17-son “Oʻzbekiston Respublikasi aholi turar joylari atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya normalari va qoidalari” talablariga mos kelishi kerak.
65. Yopiq dezinfeksiya punktining oʻtkazish qobiliyati vagonlarni zararsizlantirish uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda hisoblanadi. Vagonlarni zararsizlantirish uchun sarflanadigan vaqt meʼyori 4-ilovadagi talablarga mos boʻlishi kerak.
66. Poyezd boshligʻida zararsizlantirish sanasi, vaqti, joyi va zararsizlantirishni amalga oshirgan masʼul shaxsning imzosi koʻrsatilgan holda vagonlarni profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot boʻlishi kerak.
67. Yoqilgʻi (koʻmir) omborlarini sunʼiy yoritilganligi QMQ 2.01.05-2019 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga javob berishi kerak.
4-bob. Yoʻlovchi vagonlari, vagonlarni tortuvchi lokomotiv va vagon-restoranlari tuzilishi, jihozlanishi va ekspluatatsiyasiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
68. Lokomotiv va temir yoʻl transportining harakatlanuvchi tarkibi mashinistlar kabinasi 5-ilovada keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
Mashinist kabinasidagi oʻrindiq 6-ilovada keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
Mashinist kabinasi mikroiqlim koʻrsatkichlarini taʼminlaydigan havoni tozalash, isitish va sovutish funksiyalariga ega konditsioner hamda ventilatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ventilatsiya tizimi orqali kabina ichiga yetkazib beriladigan tashqi havoning hajmi bir kishi uchun kamida 30 m3/soat boʻlishi kerak. Mashinist kabinasiga tashqi havo haroratiga qarab, tashqaridan havoni yetkazib berishga ruxsat beriladigan hajmi 7-ilovada keltirilgan koʻrsatkichlardan kam boʻlmasligi zarur.
Mashinist kabinasi havosidagi kimyoviy moddalarning tarkibi atrof-muhit omillari uchun gigiyenik meʼyorlar bilan belgilangan ish joyi havosidagi ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalarga mos kelishi kerak.
Mashinist kabinasidagi sunʼiy yoritish darajalari 8-ilovada keltirilgan talablarga mos kelishi kerak.
Har qanday toifadagi vagonni loyihalashda yoʻlovchilar uchun xona, hojatxona, yoʻlaklar, tamburlar, oʻtish yoʻlaklari, xizmat xonalari, vagon kuzatuvchilari uchun dam olish xonasi va qozonxona (agar kerak boʻlsa) koʻzda tutilishi kerak.
69. Yoʻlovchi vagonlarida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan inson salomatligi uchun zararli moddalar chiqarmaydigan, mexanik taʼsirga, yorugʻlikka, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalarga chidamli, tozalash uchun qulay meʼmoriy va pardoz materiallaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
70. Vagon kuzovi tebranish, shovqin va issiqlik izolatsiyasiga ega boʻlishi kerak.
71. Kirish eshiklarida yoʻlovchilarning qulay va xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida platformadan chiqish uchun zinapoya boʻlishi kerak. Zina yuzasi silliq boʻlmasligi, shuningdek qor, loy va suvni ushlab qolishi kerak. Birinchi zina platformadan 350 mm dan yuqori boʻlmasligi kerak. Zina chuqurligi — 300 mm dan, kengligi esa — 250 mm dan kam boʻlmasligi va zinalar orasidagi vertikal masofa — 250 mm dan oshmasligi kerak.
Nogironlik aravachasi chiqishini taʼminlash uchun nogironlik aravachalarini koʻtaruvchi moslama (mexanik, gidravlik, elektr) bilan jihozlanishi kerak. Koʻtaruvchi moslama vagonning qozonxonasi boʻlmagan tomoniga joylashtirilishi kerak.
72. Yoʻlovchi vagonlarining oʻtish joylari nam va loyni ushlab qolishi, qulay tutqichlar, navbatchilik va avariyaga oid yoritgichlari boʻlishi kerak. Polda teshik va yoriqlar boʻlmasligi kerak.
73. Yoʻlovchi vagonlarning eshiklari yoʻlovchilarni bagaj bilan erkin harakatlanishini taʼminlashi kerak. Tashqi yon eshiklarning oʻlchamlari kamida 1900x780 mm, vagon oxiridagi eshiklar 1800x700 mm, yoʻlaklardagi eshiklar — 1900x700 mm boʻlishi kerak. Nogironlik aravachasida kirish va chiqish eshiklarning kengligi kamida 900 mm boʻlishi kerak.
Tashqi eshiklar 50 N dan oshmaydigan kuch bilan ochilishi, tamburlar suv va qor tushmasligi uchun germetik boʻlishi, tambur va oʻtish joylarida tabiiy yoritilganlikni taʼminlash uchun yuqori qismi oynali boʻlishi kerak.
Eshikning ikkala tomoniga zinapoyalardan balandligi 850 — 880 mm boʻlgan tutqichlar oʻrnatilishi kerak.
Vagon eshiklari ochish va yopish uchun xavfsizlik tutqichlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Yoʻlakdagi oʻtish va xizmat xonalari eshiklari ochiq holda ushlab turilishi uchun maxsus moslamalar boʻlishi kerak.
74. Yoʻlovchilarning bagaj bilan erkin oʻtishini, favqulodda vaziyatlarda tez evakuatsiya qilinishini taʼminlash uchun ishchi tambur oʻlchamlari kamida 2700x1000 mm boʻlishi kerak. Tambur polida yoʻlovchilar poyabzalini tozalash uchun panjara, oxirgi vagonning tamburida — yoqilgʻi, tozalash uskunalari va boshqa mulklarni saqlash hamda chiqindi yigʻish qutilari joylashtiriladigan joy koʻzda tutilishi kerak.
75. Yoʻlaklar (oʻtish joylari) yoʻlovchilarning bagaj bilan harakatlanishi uchun qulay va kengligi kamida 2300 mm, vagonlarda tirsak balandligida 560 — 750 mm, nogironligi boʻlgan shaxslar kupesiga kirish joyida — kamida 1000 mm boʻlishi kerak.
Vagonning qozonxona boʻlmagan tomonidagi kichik yoʻlagida chiqindi yigʻish qutisi oʻrnatiladi.
76. Yoʻlovchi vagonlari yetarli koʻrinishni va tabiiy yorugʻlik, ovoz va issiqlik izolatsiyasini taʼminlash uchun ikki-uch qavatli tekis xavfsiz germetik oynalar bilan jihozlanishi kerak. Poldan derazaning pastki qirrasigacha balandligi — 900 mm dan oshmasligi, yuqori qirrasigacha — 1800 mm dan kam boʻlmasligi kerak. Vagon derazalari 1/3 qismi balandligida 60 — 100 N dan oshmaydigan kuch bilan ochilishi va siljiydigan qismi istalgan darajada fiksatsiya boʻlishi kerak. Konditsionersiz vagonlarda havo darchalari boʻlishi kerak. Yoʻlakda yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash uchun tutqichlar boʻlishi kerak. Derazalar yorugʻlik oʻtkazmaydigan pardalar, shuningdek, ishonchli va qulay harakat mexanizmiga ega boʻlgan avtomatik pardalar (yoki jalyuzalar) bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Hojatxona va yuvinish xonasi oynalari shaffof boʻlmasligi kerak.
77. Vagon kuzatuvchilari uchun xizmat xonasining maydoni kamida 2,6 m² boʻlishi kerak. Mazkur xizmat xonasida maxsus kiyimlarni saqlash uchun javonlar, rakovina, yoʻlovchilar uchun moʻljallangan sovutgich, elektr choynaklar, vagon kuzatuvchisi uchun kreslo boʻlishi kerak. Vagon kuzatuvchilari xizmat xonasida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kupega chaqiruv tablosi oʻrnatilishi kerak.
Yoʻlovchi vagonlardagi texnik uskuna va jihozlar (yongʻin signalizatsiyasi, mikrotoʻlqinli pechlar va boshqalar) soz holatda boʻlishi va yoʻlovchilar hamda vagon brigada xodimlari sogʻligʻiga zararli taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
78. Vagon kuzatuvchilarining dam olishi uchun ikki oʻrinli kupe boʻlishi kerak. Kupe qoʻshimcha ravishda ustki kiyimlar va shaxsiy buyumlarini saqlash uchun javonlar bilan jihozlanishi kerak.
79. Yotoq turidagi vagonlarda reys davomidagi yoʻlovchilar sonini hisobga olgan holda toza koʻrpa toʻshak jildlari (choyshab, koʻrpa sirtmasi, yostiq jildlari) saqlash uchun alohida joy boʻlishi kerak. Ishlatilgan koʻrpa toʻshak jildlari esa alohida saqlanishi kerak.
Ishlatilgan choyshablar yoʻlovchilar tushganidan keyin vagon kuzatuvchilari tomonidan yigʻib olinadi.
80. Yoʻlovchi kupesi yotoq divanlar, yuk uchun tokcha va toza buyumlar uchun taxmon, burchaklari yumaloq boʻlgan yigʻma deraza stoli, javon yoki tashqi kiyim uchun ilgaklar va ilmoqlar, har bir oʻrindiq ustidagi kichik narsalar uchun yigʻma toʻr (javon), yoʻlovchilarni yuqori yotoq joyga koʻtarilishi uchun oʻrnatilgan narvon va oyna kabi jihozlarni oʻz ichiga olishi kerak.
81. Salon tipidagi oʻrindiqli vagonlarda yuk tokchalari chuqurligi 400 mm dan kam va 600 mm dan koʻp boʻlmasligi kerak. Shikastlanishlarni oldini olish uchun tokchalar asosan yopiq (eshiklari bilan) yoki oʻrab turgan tomonlari boʻlishi kerak. Poldan stol yuzasigacha boʻlgan masofa 750 mm boʻlishi kerak, stol yuzasi oʻrindiqning orqa tomoni nishabligidan qatʼi nazar, gorizontal boʻlishi kerak. Oʻrindiq suyanchigʻini qulay holatga keltirish uchun eng boʻrtgan qismining yuzasi oʻrindiq yuzasiga nisbatan 180±10 — 240±10 mm oraliqda boʻlishi kerak. Oʻrindiq polga mahkamlangan boʻlishi kerak.
Vagonlarining oʻrindiqlari suyanchigʻi oʻrindiqqa nisbatan kamida 125 graduslik burchak ostida egilib turishi kerak, boshlangʻich burchagi odatiy holatda 110 daraja boʻladi.
Oʻrindiq suyanchigʻini orqa tomoniga egganda orqada oʻtirgan yoʻlovchilar uchun hech qanday noqulaylik tugʻdirmasligi kerak. Oldindagi oʻrindiq orqa devori bilan yoʻlovchi tizza yuzasi orasidagi masofa 220 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Oʻrindiqning bosh qoʻyadigan joyi yumshoq boʻlishi, bosh tayanchi yoʻlovchiga xalaqit bermasligi, orqaga suyanish uchun qulay boʻlishi kerak. U har bir yoʻlovchi uchun zarur balandlikda oʻrnatilish mumkin boʻlgan mobil yostiq (rolik) shaklida boʻlishi kerak. Oʻrindiqlar tuzilishi polni tozalashga xalaqit bermasligi kerak. Oʻrindiqlarni qoplash uchun maxsus gigiyenik xususiyatlarga ega (chang-suv singdirmaydigan) matolardan foydalanish kerak. Oʻrindiqning ichki tarkibi elastik boʻlishi kerak.
82. Hojatxonalar maydoni kamida 1,2 m2, kengligi 900 mm boʻlishi kerak. Nogironlik aravachasidan foydalanuvchilar va unga hamroh boʻlgan shaxsning bir vaqtning oʻzida boʻlishi uchun hojatxonaning oʻlchamlari 1825x1500 mm boʻlishi kerak. Hojatxona eshiklari ichkariga ochilishi va “boʻsh” hamda “band” belgilariga ega boʻlishi kerak. Hojatxona eshigining oʻlchamlari kamida 1880x550 mm boʻlishi kerak.
Hojatxonada shamollatish uchun oqib keluvchi va soʻrib chiqaruvchi ventilatsiya oʻrnatilishi lozim. Hojatxona poli tiqinli suv tushadigan teshikka nisbatan nishabli boʻlishi kerak. Oqava suv quvurlari issiqlik izolatsiyali, isitish moslamalari bilan jihozlangan va vagon osti uskunasidan uzoqroqda joylashgan boʻlishi kerak.
Hojatxona tugma yoki pedalli suv tushirish moslamali, qopqogʻi bor plastmassa oʻrindiq va uni koʻtarish uchun tutqichli unitaz bilan jihozlanishi kerak. Hojatxona oʻrindiqsiz foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Hojatxonada unitaz yonida 700 — 750 mm balandlikda tutqich, chiqindi yigʻish uchun bir martalik qopcha, hojatxona qogʻozi uchun ushlagich oʻrnatilishi kerak. 400 mm balandlikda esa yuvuvchi-dezinfeksiya qiluvchi eritma bilan choʻtka boʻlishi kerak.
83. Hojatxona tizimida unitaz, bak, bakni toʻlish darajasini koʻrsatuvchi datchik, suvni toʻkish, tortib chiqarish, shamollatish, boshqarish bloki, havo haroratini oʻlchash qurilmasi boʻlishi kerak.
Yopiq kanalizatsiya yigʻish tizimining rezervuarlari, quvurlari ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun vagon osti jihozlaridan uzoqroq masofada joylashgan boʻlishi kerak.
Yopiq kanalizatsiya yigʻish tizimining quvurlarida -10ºC tashqi havo haroratida 12 soat davomida isitish tizimi oʻchirilgan holatda ham suvni muzlashdan himoya qilish uchun issiqlik izolatsiyasi boʻlishi kerak.
Unitaz oʻlchamlari yoʻlovchining oʻrtacha antropometrik koʻrsatkichlariga mos kelishi kerak va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
balandligi — poldan 434 mm,
unitazning yuqori qismi oval shaklda uzunligi — 534±20 mm, kengligi — 410±20 mm.
Hojatxona jihozlari yuvish pedalini (tugmasini) kamida 15 soniya oraliqda ikki marta bosishda suvni sachratmasdan bir xil yuvishni taʼminlashi kerak.
Pedalni bir marta bosish natijasida bir marta yuvish uchun ketadigan suv miqdori 0,25 litrdan kam boʻlmasligi va 0,4 litrdan oshmasligi kerak. Unitaz zanglamaydigan materialdan tayyorlanishi kerak. Unitaz namlikni polga tushishiga yoʻl qoʻymagan holda mahkamlanishi kerak.
Gigiyenik oʻrindiqlar har ishlatilgandan keyin foydalanuvchi tomonidan almashtirish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Hojatxona tizimining axlat yigʻish baki yigʻilgan axlatni toʻliq toʻkib tashlashni taʼminlash uchun oʻtkir burchakka ega boʻlmagan, silindr shaklida boʻlish kerak.
Bakni sigʻimi axlat toʻplashni taʼminlashi kerak, lekin kamida 250 litrdan kam boʻlmasligi kerak. Axlat bakining tuzilishi va ichki yuzasi najasli chiqindilarni chiqarib tashlashga hamda yuvish va dezinfeksiyalash vositalarini ishlatish uchun qulay boʻlishi kerak.
Isitish tizimi avtomatik holda boshqarilishi lozim, shuningdek axlat bakining harorati +7ºC ga pasayganda — yoqilishi va harorat +12ºC ga oshganda — oʻchirilishi kerak.
Xizmat boʻlimidagi boshqaruv paneliga axlat bakni toʻlish darajasi 80 — 90 foiz boʻlganda yorugʻlik signallari berilishi kerak.
Hojatxonadan chiqadigan havo oqimi kamida 50 m3/soat boʻlishi kerak.
Quvurlar tizimi germetik ravishda oqava suvni unitazdan maxsus idishga tushishini taʼminlashi kerak;
Quvurlar tizimi oqava suvni maxsus idishdan mashinaga yoki statsionar tizimga standart konnektorlar orqali germetik tarzda oʻtkazishni taʼminlashi kerak;
Axlat bakdan axlatni chiqarib tashlash vagon tagidan qilinishi kerak, tambur orqali chiqarish taqiqlanadi.
Hojatxona shovqin va havoning kimyoviy ifloslanish manbasi boʻlmasligi kerak.
Hojatxonalarda yoʻlovchilar uchun hojatxonadan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar boʻlishi kerak.
Hojatxonalarda texnik xodimlar uchun texnik xizmat koʻrsatish qoʻllanmasi boʻlishi kerak.
Hojatxonalar yoʻl davomida kamida 2 soatda 1-marta yoki ifloslanishiga koʻra tozalanishi kerak.
84. Vagonlarning suv taʼminoti tizimi suvning sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ichimlik suvi taʼminoti uchun qoʻllanilishiga ruxsat etilgan materiallardan tayyorlangan suv rezervuarlari, quvurlar va suv kranlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Rezervuar va quvurlar boʻshatilganda suv ifloslanmasligi hamda samarali tozalash, yuvish va dezinfeksiya qilish imkonini berishi kerak.
Suv rezervuarlarini ichimlik suvi bilan 100 foiz toʻlganini koʻrsatadigan signalli qurilma boʻlishi kerak (qayta loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan vagonlar uchun).
Suv rezervuarlari, quvurlar tashqi harorat -10ºC tashqi havo haroratida 12 soat davomida isitish tizimi oʻchirilgan holatda ham suv muzlashdan himoya qilish uchun issiqlik izolatsiyasi boʻlishi kerak.
85. Yoʻlovchilarni yotoqli vagonining har bir joyiga kamida 25 litr va oʻrindiqli vagonining har bir joyiga esa kamida 10 litr sovuq va issiq suv yetkazib berish hajmiga ega suv rezervuarlari bilan taʼminlanishi kerak. Dushlar mavjud boʻlgan vagonlarda beriladigan suv hajmi har bir joy uchun kamida 30 litr boʻlishi kerak.
86. Vagonning suv rezervuarlari va suv kranlaridagi suvning sifati SanQvaN 0211-06-son “Oʻzbekiston aholisining xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti markazlashtirilgan tizimi suvining gigiyenik mezonlari va ular sifatining nazorati” talablarga javob berishi kerak. Vagonlarni suv bilan toʻldirish tugagandan soʻng, shlanglarda qolib ketgan suv toʻkilishi kerak.
87. Yoʻlovchi vagonlarini isitish tizimi xonani bir xil isitishini taʼminlashi kerak. Vagonni isitish tizimi kupe va xizmat xonalarida havo haroratini +22±2ºC ushlab turishi kerak. Vagondagi havo haroratining vertikal gradiyent boʻylab 3ºC gacha oʻzgarishiga yoʻl qoʻyiladi. Devorlarning tashqi oʻrab turgan yuzalarining harorati tashqi haroratdan 3ºC ortiq farq qilmasligi kerak. Ichki yuzalarning harorati 15ºC dan past boʻlmasligi kerak.
Isitish moslamalarining tuzilishi chang va ifloslanishdan tozalashda qulay boʻlishi kerak. Isitish moslamalari tashqi devorlarning uzunligi boʻylab va polni tozalash imkonini beruvchi balandlikda joylashtirilishi kerak. Isitish moslamalari yuzasidagi harorat +60ºC dan, elektr isitgichlar uchun esa +200ºC dan oshmasligi kerak. Isitish moslamalari yuzasidagi harorat +55ºC dan oshmaydigan himoya qoplamalari bilan qoplanishi kerak.
88. Vagonlarda mexanik oqib keluvchi va soʻrib chiqaruvchi ventilatsiya tizimi tashkil qilinishi kerak. Ventilatsiya tizimi yozda kamida 20 m3/soat, qishda esa kamida 10 m3/soat tashqi havoni yetkazib berishni taʼminlashi kerak. Kupedagi karbonat angidrid miqdori 0,1 foizdan oshmasligi kerak.
Tashqi haroratga qarab, har bir joy havo taʼminoti bilan taʼminlanishi kerak, bunda kamida:
tashqi havo harorati -20ºC dan past boʻlganda 10 m3/soat;
tashqi havo harorati -20ºC dan -5ºCgacha boʻlganda 15m3/soat;
tashqi havo harorati -5ºC dan +26ºC gacha boʻlganda 20m3/soat;
tashqi havo harorati +26ºC dan yuqori boʻlganda 15 m3/soat.
89. Yoʻlovchilar boʻladigan joylarda havo harakati tezligi qishda 0,2 m/s dan oshmasligi, yozda konditsioner ishlayotganida esa 0,25 m/s dan oshmasligi kerak. Vagonlarga beriladigan havo filtrlarda tozalanishi kerak. Tozalangandan keyin yetkazib beriladigan havoda chang miqdori 0,5 mg/m3 dan oshmasligi kerak.
Vagonning kupe, plaskart, vagon-restoran, xizmat xonalari va yoʻlaklarda maqbul mikroiqlim sharoitini yaratish uchun qish-yoz konditsioner tizimi oʻrnatilishi va muntazam ishchi holatda boʻlishini taʼminlash lozim.
Maqbul mikroiqlim sharoitini nazorat qilish uchun vagonning har bir kupe, plaskart, vagon-restoran, xizmat xonalari va yoʻlaklarda termometr boʻlishi lozim. Vagon kuzatuvchilari tomonidan reys davomida termometrning kunlik koʻrsatkichlari maxsus jurnalga qayd etilishi lozim.
Konditsioner tizimi vagon havosining bir xil sovishi va isishini taʼminlashi kerak. Vagonlarni har bir kupesida mikroiqlimni +18ºC dan +28ºC gacha boʻlgan oraliqda individual tartibga solishni taʼminlaydigan pultli uskunalar bilan taʼminlanishi kerak. Vagonlarni sovutishda unga yetkazib beriladigan havo harorati +16ºC dan past boʻlmasligi kerak. Retsirkulatsiya qilinadigan havo hajmi 70 foizdan oshmasligi kerak, bunda havoni dezinfeksiyalash majburiydir. Vagonlarda havoning nisbiy namligi 40 — 60 foiz boʻlishi kerak.
Derazalarning dizayni ichki yuzalarda muzlash va kondensatsiya hosil boʻlishiga, shuningdek chang va namlikning ichkariga kirishiga yoʻl qoʻymaydigan zich boʻlishi kerak.
Derazalar izolatsiyani kamaytirish va yoʻlovchilarning koʻrish qobiliyatini himoya qilish uchun quyoshdan himoya vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
90. Vagonlar yaxshi yoritilgan boʻlishi kerak. Sunʼiy yoritilganlik uchun kunduzgi yorugʻlik spektriga oʻxshash lyuminessent lampalar ishlatiladi.
Yoʻlovchi vagonlarni kupesida qoʻshimcha koʻk rangli tungi yoritkichlar bilan taʼminlanishi kerak. Barcha vagonlar odamlarni evakuatsiya qilish uchun polda kamida 1lx ni tashkil etadigan avariyaga oid yoritilganlik bilan taʼminlanishi kerak.
91. Shovqin bosimining darajasi quyidagilardan oshmasligi kerak:
kupelarda — 60 dB dan;
tamburlarda — 68 dB dan;
vagonlararo oʻtish joylarida — 80 dB dan.
Poyezd harakati paytida hosil boʻladigan tashqi shovqinning ekvivalent darajasi tashqi relsdan 100 m masofada (akustik ekranlar boʻlmaganda) 84 dB dan oshmasligi kerak.
92. Vagonlarni tashqi tayyorlash (ekipirovka) ishlari korpus, harakat qismlarini, oʻtish maydonlarini, zinalarni tozalash va yuvishni oʻz ichiga olib, har bir reysdan keyin amalga oshiriladi.
Ventilatsiya filtrlarini almashtirish va havo oqimini beruvchi tizimlarini tozalash jadval asosida haftada bir marta olib borilishi kerak.
Yoʻlovchi vagonlarini dezinfeksiyaga tayyorlash ishlari esa vagon kuzatuvchilar tomonidan olib boriladi.
Yoʻlovchi vagonlarni reysga tayyorlash punktida quyidagi profilaktik ishlar olib boriladi:
yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish yoki aylanma punktiga yetib kelganida har bir vagondagi hojatxona va chiqindi qutilari dezinfeksiyasi;
vagonlarda dezinseksiya ishlari zaruriyatga qarab yoki oyda kamida bir marta;
maxsus kontingentlarni tashish uchun moʻljallangan vagonlar tashishlardan oldin va keyin dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilinishi kerak;
vagonlarda rejadan tashqari dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya — epidemiologik koʻrsatkichlar boʻyicha, shuningdek poyezd boshligʻining talabnomasiga binoan oʻtkaziladi.
93. Koʻrpa-toʻshak va yumshoq jihozlarni dezinfeksiya kamerasida ishlov berish vagon deponing yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish punktlarida amalga oshiriladi.
Koʻrpa-toʻshak va yumshoq jihozlar uchun profilaktik ishlov berish turlari va muddatlari quyidagicha:
toʻshaklar, yostiqlar va qishki koʻrpalar yilda kamida 4-marta changdan tozalanadi va kamerali ishlov beriladi;
yozgi koʻrpa kirlanishiga qarab, lekin oyda kamida bir marta, qishgi koʻrpalar qishgi foydalanishdan oldin va keyin yilda ikki martadan kam boʻlmagan holda yuviladi va kimyoviy tozalanadi;
toʻshak va yostiq qoplamalari kirlanishiga qarab, lekin oyda kamida bir marta yuviladi;
pardalar haftasiga kamida bir marta, darpardalar — oyiga kamida bir marta almashtiriladi.
94. Vagonlarning ichki qismi zararsizlantirish va ichki taʼmirlash ishlaridan soʻng tozalanadi. Vagonlar dezinseksiya qilingandan 2 soatdan, dezinfeksiya qilingandanda 30 daqiqadan keyin taʼmirlanishi va tozalanishi zarur.
Reysga tayyorlashdan oldin olib boriladigan tozalash ishlariga jalb etilgan ishchilar maxsus kiyim, yuvuvchi vositalar, chelak, latta, polyuvgich, changyutqich, supurgi, hokandoz, issiq suv bilan taʼminlanishi kerak. Tozalash uskunalari ishlatilish maqsadiga koʻra belgilanishi kerak. Tozalash uskunalari tozalash ishlaridan soʻng dezinfeksiyalash vositasida zararsizlantirilishi, keyin chayib, quritilishi kerak. Yumshoq jihozlarni changdan tozalash uchun changyutgichlardan foydalaniladi.
95. Vagonlarning yoʻlaklar orasiga oʻrnatilgan chiqindi qutilar aylanma punktlarda boʻshatiladi. Chiqindilarni yoʻllarga, yoʻlaklarga va boshqa chiqindi uchun moʻljallanmagan joylarga tashlash qatʼiyan man etiladi.
Yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va tayyorlash, hamda toʻxtash punktlarida poyezdlardagi hojatxonalardan foydalanish taqiqlanadi (biohojatxonalar bundan mustasno).
Vagonlar almashtiriladigan jihozlar, sovunlar, hojatxona qogʻozlari, yuvuvchi/dezinfeksiyalovchi vositalar va teri antiseptiklari bilan taʼminlanishi kerak.
Reysga chiqarilgan vagonlarda quyidagi tozalash jihozlari boʻlishi kerak: changyutgich, supurgi, xokandoz, belgi qoʻyilgan chelak, latta, unitaz yuvish uchun choʻtkalar.
96. Reysda beriladigan choyshab miqdori reysning davomiyligi, yoʻlovchilar oqimi va yoʻlovchilar uchun moʻljallangan vagondagi oʻrindiqlar soniga qarab belgilanishi kerak. Choyshablar toʻplami, uni qayta ishlatmaslik uchun alohida qadoqlangan boʻlishi kerak. Choyshablar toʻplami quyidagilardan iborat: ikkita choyshab, bitta koʻrpa sirtmasi, bitta yostiq jildlari, sochiq(lar), toʻshak, yostiq(lar), koʻrpa (qishgi yoki yozgi) kiradi. Choyshabsiz toʻshakdan foydalanish taqiqlanadi.
Har bir yoʻlovchidan keyin bosh qoʻygich matolar (oʻrindiqlarni boshni qoʻyib oʻtiriladigan qismidagi mato) oʻzgartiriladi. Bosh qoʻygich matolarni qayta ishlatish taqiqlanadi.
97. Vagonlarda isitish tizimi tashqi havo harorati +10ºC va undan past boʻlganda yoqiladi. Vagonlardagi havo harorati (qish va oʻtish mavsumlarida) yoʻlovchilarni chiqarishdan oldin +22±2ºC saqlanishi kerak.
98. Reysga chiqarilgan vagonlarda quyidagilar boʻlishi kerak:
titan va elektrotitanlar ishchi holatda boʻlishi;
vagon depolaridagi roʻyxatga asosan choy idishlari, vilka, pichoqlar, “choy idishlarni yuvish uchun” belgilangan idish, idishlarni quritish uchun idish, artish uchun sochiqlar;
idishlarni yuvish uchun ruxsat etilgan yuvish vositalari va vagonlarni joriy tozalash uchun yuvish va dezinfeksiyalash vositalari, teri antiseptiklari;
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun maxsus kiyimlar.
99. Yoʻlovchi vagonlarida quyidagi holatlar boʻlganda reysga chiqarish taqiqlanadi:
sovuq va issiq suv taʼminoti tizimlari, isitish, ventilatsiya, elektr yoritish, sovutish moslamalari, hojatxonalardagi yuvish mexanizmlarining nosozliklari;
sanitariya holati qoniqarsiz xonalar;
singan oynalar, toʻgʻirlanmagan eshiklar;
vagonlarda turli hashorat va kemiruvchilar topilsa.
100. Yoʻlovchilarni chiqarishdan 2 soat oldin reysga tayyorlangan poyezd tarkibi doimiy tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilib olinishi kerak. Tekshiruv davomida aniqlangan barcha kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishi va tekshirish natijalari reys sanitariya jurnalida qayd etilishi kerak. Reysga tayyorlangan poyezd ekipaji tarkibiga salomatlik holatini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjati (shaxsiy tibbiy daftarchasi) va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtish (ishga qabul qilinganda va davriy) maʼlumotnomasi va gigiyenik tayyorgarlik dasturi (sanitariya minimumi) boʻyicha oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi boʻlmagan vagon kuzatuvchilari va vagon restoran xodimlarini kiritish taqiqlanadi.
101. Yoʻnalish boʻylab yoʻlovchi vagonlarida sanitariya qoidalariga rioya qilish nazorati poyezd boshligʻi va vagon kuzatuvchilariga yuklatiladi. Vagonlar yoʻl davomida toza boʻlishi kerak. Namli tozalash va dezinfeksiyalash zaruriyat boʻlganda, lekin kuniga kamida ikki marta amalga oshirilishi kerak, ayniqsa vagonning barcha tutqichlari dezinfeksiyalovchi eritma bilan artish majburiydir.
Yoʻlaklarga solingan gilamchalar kuniga kamida 2-marta changyutgich bilan changdan tozalanadi. Tozalash ishlari vagon kuzatuvchisi tomonidan maxsus kiyimda amalga oshirilishi kerak. Tozalash oxirida vagon kuzatuvchilari qoʻllari yuvilishi va antiseptik bilan ishlov berilishi kerak. Har bir toʻxtash joyida yoʻlovchilar vagondan tushishidan oldin tutqichlar artilishi kerak, ularni artish uchun lattalar dezinfeksiyali eritma bilan alohida idishda saqlanishi kerak.
Vagonda chiqindilar polietilen paketlar solingan maxsus idishlarga yigʻiladi.
Yoʻnalish boʻylab toʻplangan chiqindilar jadval bilan belgilangan toʻxtash bekatlaridagi chiqindi konteynerlariga olib chiqilishi kerak. Chiqindilardan tozalangan maxsus idish suv bilan yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi kerak.
102. Toʻxtash joylarida hojatxonalardan foydalanish taqiqlanadi, yirik temir yoʻl bekatlari, sanatoriylar va shahar atrofi hududlari, tunnellar, koʻpriklar orqali oʻtayotganda ular yopiq boʻlishi kerak. Vagonlarni yopiq turdagi hojatxonalar bilan jihozlashda ularni poyezdning butun yoʻnalishi boʻylab va toʻxtash joylarida ishlatishga ruxsat beriladi.
103. Yoʻl davomida yoʻlovchilar sovutilgan qaynatilgan yoki qadoqlangan suv bilan taʼminlanishi kerak. Ichimlik suvini ichishda umumiy stakandan foydalanish taqiqlanadi.
104. Toza idishlar, oshxona jihozlari (qoshiq, sanchqi, pichoq) va choy mahsulotlari xizmat xonasida maxsus javonda saqlanishi kerak. Ushbu javonda boshqa buyum va narsalarni saqlash taqiqlanadi. Yoʻl davomida idish va oshxona jihozlari har bir ishlatilgandan soʻng yuvuvchi vositalardan foydalangan holda belgilangan kanalizatsiya tizimiga ulangan idishlarni yuvish uchun rakovinada (vannada) yuvilishi va oqar suvda chayilishi kerak. Yuvilgan idish va oshxona jihozlari toza sochiq bilan artib quritiladi. Idish yuvish vannalari kun davomida toʻrt marta yuvuvchi va dezinfeksiya qiluvchi vositalar bilan tozalanishi kerak.
105. Vagonlarda ishlatiladigan qandolat mahsulotlari, ichimliklar, oziq-ovqat, shuningdek, ishlatiladigan yuvish va dezinfeksiyalash vositalari, hojatxona qogʻozi va boshqalarning sifatliligi va inson salomatligi uchun xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlishi kerak. Qandolat mahsulotlari yoʻlovchilarga kichik oʻramlarda berilishi kerak.
106. Majburiy shamollatish va konditsioneri boʻlgan vagonlarda ventilatsiya havo haroratiga qarab doimiy ravishda avtomatik rejimda ishlashi kerak. Ventilatsiya ishlayotganda vagonning yoʻlovchilar qismidagi va hojatxonalardagi deflektorlar ochiq boʻlishi kerak. Qoʻlda yoqiladigan (favqulodda rejim) ventilatsiya ishlash qoidalariga muvofiq vaqti-vaqti bilan yoqiladi.
107. Vagonlardagi yoritish moslamalarining toʻgʻri ishlashi taʼminlanishi kerak.
108. Vagon-restoran xonalari tarkibiga oshxona boʻlimi, oshxona jihozlarini yuvish, servizlash, bufet, mahsulotlarni saqlash, ovqatlanish zali, xodimlar uchun (dush bilan) va yoʻlovchilar uchun hojatxonalar kiradi.
Kupe-bufet xonalari tarkibiga oshxona boʻlimi (faqat yarim tayyor mahsulotlar va tez muzlatilgan mahsulotlar ishlatiladi), oshxona jihozlarini yuvish, servizlash, mahsulotlarni saqlash, bar peshtaxtasi kiradi. Mahsulotlarni tayyorlashda uning tayyorlash ketma-ketligiga rioya qilish kerak.
109. Xom va (yoki) yarim tayyor mahsulotlar bilan ishlaydigan vagon-restoranlar duxovkali plita, mikrotoʻlqinli pech, sovutgich, xom va tayyor mahsulotlar uchun ishlab chiqarish stollari, servizlash stoli, oshxona idishlarini yuvish uchun ikkita vanna, mahsulotlarni yuvish, muzlatilgan mahsulotni eritish uchun javon, ziravorlar uchun javon, idish va oshxona jihozlarini quritish va saqlash uchun javonlar, oziq-ovqat chiqindilari uchun qopqoqli va polietilen paket solingan quti kabi texnologik jihozlarga ega boʻlishi kerak.
Chuqur muzlatilgan tayyor mahsulotlardan foydalanganda, qoʻshimcha ravishda past haroratli sovutgich koʻzda tutilishi kerak. Oshxona plitasi perimetri boʻyicha 15 — 20 mm balandlikda qirrali va havo tortuvchi zont bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Xom va pishirilgan mahsulotlarga ishlov berish stoli belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan materiallardan tayyorlangan qirralari yumaloq, choksiz materiallar bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Oshxona anjomlarini yuvish uchun vannalarga sovuq va issiq suv kiritilishi kerak. Oqava suv quvurlari muzlashga qarshi isitilish bilan jihozlanadi.Vagon-restoranlarni toʻxtovsiz issiq suv bilan taʼminlash uchun avtonom suv isitgich oʻrnatilishi kerak (uzatilayotgan suvning harorati +80ºC dan past boʻlmasligi kerak).
110. Oshxonada oʻrnatilgan texnologik uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash mexanizmlari xodimlarni erkin harakatlanishiga xalal bermasligi kerak. Oshxonada kartoshka, sabzavot mahsulotlariga ishlov berish va qisqa muddatli saqlash uchun maxsus jihozlangan joy koʻzda tutilishi kerak.
Oshxona idishlarini yuvish joyini oshxonada joylashtirishga ruxsat beriladi. Yuvish xonasida ishlatilgan jihozlar uchun stol, issiq va sovuq suv kiritilgan ikkita vanna, idishlarni quritish va saqlash joyi, ovqat chiqindilarini yigʻish uchun qutilar joylashtirilishi kerak.
Servizlash xonasi oshxonani ovqatlanish zali va bufet bilan qulay aloqasini taʼminlagan holda joylashtirilishi, tayyor ovqatlarni qabul qilish stoli, toza pribor, stakan va boshqalarni saqlash uchun javon, non keskich bilan jihozlanishi kerak.
Chakana savdo uchun bufet stol, sovutgich, javonlar, vitrinalar, javonlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Omborxonada sabzavot, kartoshka, mevalarni va quruq mahsulotlarni saqlash uchun alohida joy, xom va tayyor mahsulotlarni saqlash uchun sovutgich oʻrnatilishi kerak. Vagon-restoran xodimlarining shaxsiy kiyimlarini saqlash uchun javonlar boʻlishi shart.
Ovqatlanish zali toʻrt kishilik taxlanadigan stollar bilan jihozlanadi. Stol yuzasi tozalash vaqtida +80ºC gacha boʻlgan haroratda yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berishda chidamli materiallardan tayyorlanadi.
Stollar perimetr boʻylab 30 mm balandlikda boʻlishi, shuningdek qirrali boʻlmasligi va pollarni tozalash va yuvishga xalaqit qilmasligi kerak. Har bir stol butilka idishlar qoʻyish uchun uya bilan jihozlanishi kerak. Salondagi stollar orasidagi yoʻlak kengligi xodimni serverlash aravasini oʻtishini taʼminlashi kerak.
Vagon-restoranlarni sovuq yoki issiq suvsiz ishlatish mumkin emas. Aylanma, toʻxtash punktlari va sanitariya mintaqalari chegaralarida oqava suvlarni toʻkish taqiqlanadi.
111. Oziq-ovqat va maishiy chiqindilar maxsus idishlarga alohida yigʻilishi va toʻlishiga qarab poyezdlar harakatining texnologik jadvalida nazarda tutilgan toʻxtash joylarida chiqarib tashlanishi kerak. Chiqindi qutilari qopqoqli va polietilen paket solingan boʻlishi kerak. Har ish kunining oxirida vagon-restoran chiqindi qutilari yuvish va dezinfeksiyalash vositalarni qoʻshgan holda issiq suv bilan yuviladi.
Vagon-restoranlar mexanik havo beruvchi va tortuvchi ventilatsiya hamda konditsioner bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ventilatsiya tizimi xona boʻylab havoning bir tekis taqsimlanishini taʼminlashi va ishlab chiqarish xonalaridan ovqatlanish zaliga havo kirishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Ventilatsiya tizimi joʻnash bekatidan belgilangan bekatgacha uzluksiz ishlashi kerak. Mexanik havo beruvchi ventilatsiya har bir joyga yozda kamida 25 m3/soat, qishda esa kamida 20 m3/soat tashqaridagi havoni yetkazib berishi kerak.
Ovqatlanish zalida karbonat angidrid (CO2) miqdori 0,1 foizdan oshmasligi kerak. Yoʻlovchilar boʻlish hududida havo harakatining tezligi qishda 0,2 m/s dan, yozda esa konditsioner ishlaganda 0,25 m/s dan oshmasligi kerak.
Vagon-restoranlarga ventilatsiya orqali tashqi havoni berishda ortiqcha issiqlik va namlikni chiqarishni, shuningdek plita atrofida havo pardalari tashkil etishni hisobga olish kerak. Vagonga beriladigan havo filtrlar yordamida tozalanishi kerak. Tozalanib taʼminlanayotgan havo tarkibidagi chang miqdori 0,5 mg/m3 dan oshmasligi kerak.Vagon-restoranga berilayotgan havo harorati isitilib berilganda +18ºC dan past va +26ºC dan oshmasligi, sovutib berilgan paytida esa +16ºC dan past boʻlmasligi kerak. Ventilatsiya kameralari qozonxona va oshxonadan yaxshilab izolatsiya qilinishi kerak. Havoni toʻgʻridan-toʻgʻri ifloslantiruvchi manbalar (gaz, chang, hidlar), shuningdek issiqlik chiqishi yuqori boʻlgan joylar mahalliy soʻruvchi ventilatsiya bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
112. Sunʼiy yoritish uchun lyuminessent lampalardan foydalanish kerak. Vagon-restoranlari quyidagi yoritilganlikdan kam boʻlmagan holda taʼminlanishi kerak:
200 lx — ovqatlanish zali stol yuzasida;
100 lx — bufetdagi tarqatish oynasida;
50 lx — idishlarni yuvish boʻlimida;
200 lx — yuvish vannalarida;
300 lx — oshxona ishlab chiqarish stollari yuzasida;
50 lx — yoʻlaklarda va yuvinish xonasida pol yuzasida;
Qozonxona boshqaruv moslamalarida yoritilganlik kamida 30 — 50 lx boʻlishi kerak. Odamlarni evakuatsiya qilish uchun pol yuzasida 1 lx dan kam boʻlmagan avariya yoritish chiroqlari boʻlishi kerak.
113. Vagon-restoranda xom goʻsht uchun bitta goʻsht maydalagich yoki almashtiriladigan mexanizmlarga ega universal oʻtkazgich boʻlishi kerak. Qaynatilgan mahsulotlarni maydalash uchun goʻsht maydalagichdan foydalanish taqiqlanadi. Ishdan keyin goʻsht maydalagich yoki universal oʻtkazgich qismlarga boʻlinishi, qaynoq suv bilan yuvilishi, quritilishi va ifloslanishdan himoyalangan maxsus joyda saqlanishi kerak.
Kesish taxtalari har bir turdagi mahsulotni qayta ishlash uchun alohida boʻlishi, oziq-ovqat mahsulotlari uchun foydalanishga ruxsat etilgan materiallardan tayyorlangan, yoriqlarsiz silliq yuzaga ega boʻlishi kerak.
Taxtakach va pichoqlar ishlatish maqsadiga koʻra “XG” (xom goʻsht), “XB” (xom baliq), “QG” (qaynatilgan goʻsht), “QB” (qaynatilgan baliq), “XS” (xom sabzavotlar), “QS” (qaynatilgan sabzavotlar), “GG” (goʻsht masalliqlari), “BG” (baliq gastronomiyasi), “N” (non), “C” (seld baligʻi) tarzida yon yuzalari belgilanishi kerak.
Zaxirada bitta kesish taxtakachi boʻlishi talab qilinadi. Taxtakachlar yonlama holda alohida yacheykali maxsus joylarda saqlanishi kerak. Pichoqlar soni bitta zaxira pichoq bilan kesish taxtakachlari soniga toʻgʻri kelishi kerak, taxtakachlarning belgilariga mos ravishda pichoq dastalariga ham belgi qoʻyiladi.
Xom va tayyor mahsulotlar uchun kesish taxtakachlari va pichoqlari alohida saqlanishi kerak. Oshxonada zanglamaydigan poʻlat, choʻyan (tovalar), alyuminiy, temir (tovoqlar), ruxlangan temirli (suv va sochiluvchan mahsulotlar uchun idish, chelak, baklar) jihozlardan foydalanishga ruxsat beriladi. Idishlarni qirralarida siniqlar va yoriqlar boʻlmasligi kerak.
114. Oshxona idishlari yuvish tartibi amaldagi SanQvaN 0027-22-son “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
115. Yoʻl davomida vagon-restoranning barcha xonalari toza boʻlishi, stollardagi ishlatilgan idishlar darhol olib tashlanishi kerak. Xonalarni joriy tozalash (supurish, polini yuvish) ifloslanishiga koʻra, lekin kunda kamida ikki marta olib boriladi.
Stollarni, devorlarni, sovutgichlarni tozalash uskunalari (chelak, choʻtka va boshqalar) belgilanishi va alohida joylarda saqlanishi kerak.
116. Vagon-restoranlar yetarli miqdorda sovun, stol oqliklari, maxsus kiyimlar toʻplami bilan taʼminlanishi kerak.
Maxsus kiyimlari va oshxona oqliklari polietilen plyonkaga oʻralishi va belgilangan javonda saqlanishi kerak.
Har bir vagon-restoran birinchi tibbiy yordam toʻplami bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Vagon-restoranda kelib chiqishi, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati va gigiyenik xulosaga ega boʻlmagan oziq-ovqat va boshqa tovarlarni saqlash taqiqlanadi. Vagon-restoranga qabul qilingan tez buziladigan mahsulotlar soni yaroqlilik muddati va sovutgichlarning sigʻimi bilan belgilanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining har bir partiyasi uning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar (muvofiqlik sertifikati, sanitariya-epidemiologiya xulosasi) bilan birga reysga qabul qilinadi. Yorligʻida saqlash shartlari va ishlab chiqarilgan sana haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Vagon-restoranga (shuningdek, taʼminot omborlariga) yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati vagon-restoran direktori (ishlab chiqarish menejeri, oshpaz), omborchi tomonidan tekshiriladi.
117. Mahsulotlar turi boʻyicha tasnifga muvofiq quruq (un, shakar, don, makaron va boshqalar), non, goʻsht, baliq, sut yogʻi, gastronomik, sabzavotlar va mevalar alohida saqlanishi kerak. Tez buziladigan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar talab qilinadigan harorat rejimiga va saqlash qoidalariga rioya qilgan holda maxsus moʻljallangan (xom va tayyor mahsulotlar uchun) sovutgichlarda saqlanishi kerak.
Xom tuxumlarni sut va gastronomik mahsulotlardan alohida xom oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallangan idishlarda saqlash kerak.
Xom yoki yarim tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotlar bilan birga, shuningdek buzilgan yoki sifati shubhali mahsulotlarni sifatli mahsulotlar bilan birga saqlash taqiqlanadi.
Sariyogʻ pergamentga oʻralgan idishlarda saqlanadi. Sut va sut mahsulotlari kichik oʻramlarda (0,5 litr va undan kam) zarur boʻlgan miqdorda olinishi va belgilangan haroratga muvofiq saqlanishi kerak.
Non javonlarda saqlanadi, javon poldan kamida 35 sm balandlikda oʻrnatilishi, eshiklarida shamollatish uchun teshiklar boʻlishi kerak. Javonlar har kuni tozalanishi, haftada bir marta esa oshxona sirkasining 1 foizlik eritmasi bilan artilishi kerak.
Yarim tayyor mahsulotlar mahsulotlarning yaroqlilik muddati va sanitariya qoidalariga koʻra saqlanishi kerak.
Tez muzlatilgan mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlarni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin sotish taqiqlanadi. Taomlar kichik partiyalarda tayyorlanishi kerak, issiq taom toʻgʻridan-toʻgʻri plitadan beriladi. Yangi tayyorlangan taomni avvalroq tayyorlangan taom bilan aralashtirish mumkin emas.
118. Sabzavot, meva va rezavorlar foydalanish uchun oqar ichimlik suvida yuvilishi kerak. Tozalangan kartoshka qorayib ketmasligi uchun ishlatilishidan oldin sovuq ichimlik suvida saqlanadi.
119. Taom tarqatishdan bir soat oldin tayyorlanishi kerak. Tayyor taomlarni tarqatish muddati uch soatdan koʻp boʻlmasligi kerak. Birinchi taomlarning harorati +75ºS dan, ikkinchi taomlarning harorati +65ºS dan, sovuq ovqatlar harorati esa +7+14ºS dan past boʻlmasligi kerak. Sovuq ovqatlarni sovutgichlarda tayyorlangan vaqtdan koʻpi bilan 4 soat, sendvichlarni 2 soat saqlashga ruxsat beriladi.
120. Kupelarga tayyor taomlar oldindan yuvilib, qaynoq suvga chayilgan konteyner idishlarida, non va oshxona jihozlari esa polietilen paketlarda yetkazib beriladi. Dildiroq, pashtet, qiyma goʻshtli makaron, goʻshtli, tvorogli quymoqlar, kremli qandolat mahsulotlarini tayyorlashga ruxsat etilmaydi. 1 va 2 toifali yarim tayyor ichak-chavoq va oʻpka-jigar mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarni sotishga yoʻl qoʻyilmaydi (faqat tilga ruxsat beriladi). Tayyor taomlarning sifati tarqatishdan oldin oshpaz tomonidan tekshirilishi, shuningdek mahsulotlarni saralash (brakeraj) komissiyasi maxsus jurnalga yozilishi kerak.
121. Vagon-restoranlarda rejali dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini olib borish zarur. Pashshalardan himoya qilish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari yopiq idishlar, bufet va javonlarda saqlanadi. Vagon-restoranlarda dezinseksiya va deratizatsiya har reysdan keyin, shuningdek vagon-restoran direktorining talabnomasiga binoan (yoʻlovchi tashish poyezdlariga xizmat koʻrsatish va tayyorlash hamda aylanma punktlarida) olib boriladi.
Vagon-restoranda dezinseksiya ish tugagandan soʻng amalga oshiriladi.Vagon-restoranlarni insektitsidlar bilan ishlov berishdan oldin oziq-ovqat mahsulotlari, idishlar va jihozlar vagonlardan chiqariladi. Bunda faqat devorlar, shiftlar va deraza romlariga ishlov beriladi. Pol va jihozlarga (javonlar, stollar, kesish taxtalari va boshqalar) ishlov berish taqiqlanadi.
Dezinseksiya olib borilgandan soʻng ish boshlanishi oldidan vagon-restoranda tozalash ishlari oʻtkazilishi kerak. Vagon-restoranlarda uy hasharotlari va kemiruvchilar boʻlsa, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari oʻtkazilmagunga qadar ishlashi taqiqlanadi.
122. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati 9-ilovada keltirilgan.
Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0066-24-son SanQvaN)ga 1-ILOVA
Vokzalning yer usti va yer osti xonalarini sunʼiy yoritish tizimiga qoʻyilgan gigiyenik talablar*
Xonalar nomi Umumiy yoritilganlik, kam emas, lk Yoritilganlik meʼyorlanadigan yuza Lyuminessent lampa Choʻgʻlanma lampa Vestibyullar, kassa zallari, kutish zallari, yuk kassalari 200 150 poldan 0,8m balandlikda Maʼlumotlar byurosi, savdo zallari (bufetlar) sartaroshxona, pochta va telegraf, tibbiy punkt, kassa xonasi 300 - poldan 0,8m balandlikda Yuk xonasi, ona va bola xonasi, yoʻlovchilarni dam olish xonasi, maʼmuriy-xizmat xonalari 150 100 poldan 0,8m balandlikda Restoranlarni ishlab chiqarish xonalari (bufet) 200 150 poldan 0,8m balandlikda Sanitariya nazorat punkti xonalari 300 300 poldan 0,8m balandlikda Farroshlar, yuk tashuvchilar xonasi, hojatxona, yechinib-kiyinish xonasi, ventilatsiya, nasosxona, chekish xonasi, qozonxona, transformator xonasi - 50 polda Yukxona - 20 polda Piyodalar tunnellari 50 30 polda
Izoh:
1. Xonalardagi ish oʻrinlariga (kassir, shifokor, radiotarmoq, pochta-telegraf va boshqalar ish stoli ustidagi yoritilganlik darajasi) 270 — 300 lkgacha boʻlgan qoʻshimcha yoritilganlik tashkil etish zarur.
2. Vokzalning quyidagi xonalarida odamlarni binolardan evakuatsiya qilish uchun zarur boʻlgan halokatga oid yoritish (mustaqil manbadan) bilan taʼminlanishi kerak:
A) asosiy oʻtish joylarida (vestibyul, piyodalar tunneli, yoʻlaklar va zinapoyalar),
B) bir vaqtning oʻzida 100 dan ortiq odam boʻlishi mumkin boʻlgan alohida xonalarda; ona va bola xonalari, dam olish xonalari va tibbiyot punktlarida odamlarni evakuatsiya qilish uchun zarur boʻlgan yoritish polda kamida 5 lx yoritishni taʼminlashi kerak. Odamlarni evakuatsiya qilish va yongʻinga qarshi kranlar oʻtishi kerak boʻlgan xonalarning chiqish eshiklari nur taratib turuvchi koʻrsatkichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0066-24-son SanQvaN)ga 2-ILOVA
Chiroqlarni tozalash davriyligi
Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0066-24-son SanQvaN)ga 3-ILOVA
Toʻshaklar va jihozlarni profilaktik zararsizlantirish tartibi va muddatlari
T/r Zararsizlantirish obyektlari Ishlatiladigan vosita va usullar Ishlov berish muddatlari va davriyligi Ishlov berish joyi 1. Tozalash jihozlari - har reysdan keyin dezinfeksiya boʻlimi 2. Choyshablar qaynatish reysning oxirida har yoʻlovchidan keyin kirxona 3. Vagonning yumshoq jihozlari qaynatish har reysdan keyin kirxona 4. Toʻshak gʻiloflari qaynatish ifloslanishiga koʻra, lekin oyda bir martadan kam emas kirxona 5. Yotoq buyumlari (toʻshak va yostiqlar) kamerali zararsizlantirish yozda har oy, boshqa fasllarda 3 oyda bir marta kamerali dezinfeksiya boʻlimi 6. Yozgi koʻrpa qaynatish oyda ikki martadan kam emas kirxona 7. Qishgi koʻrpa kamerali zararsizlantirish, kimyoviy tozalash, changsizlantirish yilda ikki marta, ifloslantirishga koʻra kamerali dezinfeksiya boʻlimi, kimyoviy tozalash, changsizlantirish
Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0066-24-son SanQvaN)ga 4-ILOVA
Vagonlarni zararsizlantirish uchun sarflanadigan vaqt meʼyori
T/r Zararsizlantirish usuli Zararsizlantirish vaqti, min Zararsizlantiruvchi moddaning zararsizlantirilgan yuzalarda saqlash (ekspozitsiya) vaqti, soat Loyiha boʻyicha vaqti, soat Turishning umumiy vaqti, soat 1. Namli 10 — 30 2 1-2 3-4 2. Aerozolli 5 — 10 1 1-2 3 3. Ochiq punktda sinil kislota bilan 60 4 19 — 30 24 — 26 4. Omborda sinil kislota bilan 5 3 3 — 5 6 — 8 5. Brom metil bilan 10 4 4 — 8 8 — 12 6. Formaldegid bilan 120 20 2 — 6 24 — 28
Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0066-24-son SanQvaN)ga 5-ILOVA
Lokomotiv va temir yoʻl transportining maxsus harakatlanuvchi tarkibidagi mashinist kabinasiga qoʻyiladigan talablar
Koʻrsatkichlar nomi Meʼyori Poldan ish joyigacha boʻlgan boʻsh joyning balandligi, mm 2000 dan kam emas Ish joylaridagi pultning orqa chetidagi boʻsh joyning chuqurligi, mm 1200 dan kam emas Pult tokchasining orqa chetidan (tokchaning simmetriya oʻqi boʻylab) lokomotiv old oynasigacha boʻlgan masofa (pultning yuqori chetidan oʻtadigan gorizontal tekislik boʻylab), mm 700 dan 900 gacha Old oynaning yuqori chetining poldan balandligi, mm 1835 dan kam emas Masofadan boshqarish pultining yuqori chetining poldan balandligi, mm 1100 dan 1200gacha Pultning motor panelining poldan balandligi, mm 900 dan ortiq emas Masofadan boshqarish pultining maʼlumot panelining vertikal tekislikdan egilish burchagi, daraja 20 dan 40 gacha Masofadan boshqarish pultining motor panelining gorizontal tekislikdan egilish burchagi, daraja 0 dan 20 gacha Axborotni aks ettirish moslamalarini kuzatish masofasi, mm 350 dan 750 gacha Masofadan boshqarish pulti: Poldan balandligi, mm; 830 dan kam emas chuqurlik, mm; 600 dan kam emas Oyoqlarning joylashgan joyida kengligi, mm. 600 dan kam emas Zinapoya: Zinapoyaning orqa chetining poldan balandligi, mm; 150 dan 250 gacha Oyoqlar uchun maydonning gorizontal egilish burchagi, daraja; 10 dan 25 gacha Oyoqlar uchun maydonining chuqurligi, mm; 500 dan kam emas Oyoqlar uchun maydonining kengligi, mm; 600 dan kam emas Pult tokchasining orqa cheti proeksiyasidan oyoqlar uchun poldagi boʻsh joyning chuqurligi, mm. 170 dan kam emas Haydovchi oʻrindigʻining kabinadagi oʻrni: Mahkamlash mexanizmidagi stul oʻrindigʻining eng past holatidagi po�dan balandligi, mm; 630 dan 680 gacha Mahkamlash mexanizmidagi stul oʻrindigʻining oʻta oldinga va oʻta orqa holatiga boʻylama siljishining masofasi, mm; 180 dan kam emas Oʻrindiqning oʻrtacha holatida pultning orqa chetining poldagi proeksiyasi va oʻrindiqning suyanchiq bilan bogʻlanish chizigʻi orasidagi masofa, mm. 440 dan 460 gacha
Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0066-24-son SanQvaN)ga 6-ILOVA
Mashinist oʻrindigʻiga qoʻyiladigan talablar
Koʻrsatkichlar nomi Meʼyori Oʻrindiq yuzasining balandligi (kabina yuzasiga oʻrindiqni mahkamlash moslamasining balandligi bundan mustasno), mm 400 dan 420gacha Oʻrindiq balandligini sozlash (400 dan 420 mm gacha balandlikda oʻrnatilgan oʻrindiq yuzasidan yuqoriga), mm 80 dan kam emas Kreslo oʻrindigʻining maksimal oldinga va orqaga boʻylama siljishi, mm 200 dan kam emas Oʻrindiq kengligi, mm 410 dan kam emas Oʻrindiq chuqurligi,mm 400 dan kam emas Bosh tiragichli suyanchiqning balandligi (manevr lokomotivining haydovchi oʻrindigʻi, maxsus oʻziyurar harakat tarkibi, manevr lokomotiv turiga oʻxshash kabinali oʻzi yurar maxsus harakat tarkibi bundan mustasno), mm 840 dan 870 gacha Bosh tiragichsiz suyanchiqning balandligi, mm: Manevr lokomotivining mashinist oʻrindigʻi, manevr teplovoziga oʻxshash kabinali oʻzi yurar maxsus harakatlanuvchi tarkib uchun; 560 dan 590 gacha Maxsus oʻzi yurar harakatlanuvchi tarkib uchun 430 dan 450gacha Bosh tiragichning tayanch yuzasining balandligi, mm 180 dan 260 gacha Bosh tiragichning kengligi, mm 175 dan kam emas Suyanchiq kengligi, mm 390dan kam emas Tirsak qoʻygich balandligi, mm 230 dan 250 gacha Maxsus oʻzi yurar boʻlmagan harakatlanuvchi tarkib uchun 240 dan 260 gacha Tirsak qoʻygich uzunligi, mm 300 dan 400 gacha Maxsus oʻzi yurar boʻlmagan harakatlanuvchi tarkib uchun (oʻrnatilgan texnologik boshqaruv paneli boʻlgan tirsak qoʻygich) 200 dan 250 gacha Tirsak qoʻygich kengligi, mm, 50 dan kam emas Tirsak qoʻygichlarning ichki qirralari orasidagi masofa, mm, 500 dan kam emas Bosh tiragichning tayanch yuzasining suyanchigʻ chizigʻidan oldinga tushishi, mm, 25 dan ortiq emas Oʻrindiqning (tayanch yuzasining) gorizontal egilish burchagi, daraja 0° dan 7° gacha Suyanchiqning oʻrindiqqa nisbatan egilish burchagi (pogʻonali sozlash yordamida), darajalar 95° dan 115° gacha Tirsak qoʻygichlarning gorizontal egilish burchagi, daraja Sozlanmaydigan 0° dan 5° gacha Sozlanuvchi 0° dan 20° gacha Suyanchiq tekisligidan sozlanuvchi bel tayanchining ustki qismining (eng chiqib turgan nuqtasi) balandligi, mm 140 dan 250 gacha
Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0066-24-son SanQvaN)ga 7-ILOVA
Mashinist kabinasiga tashqi havo haroratiga koʻra, tashqaridan yetkazib berishga ruxsat beriladigan havoning hajmi
Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0066-24-son SanQvaN)ga 8-ILOVA
Mashinist kabinasidagi sunʼiy yoritish darajalariga qoʻyiladigan talablar
Koʻrsatkichlar nomi Meʼyori Umumiy ishchi yoritilganlik Boshqaruv pulti yoritilganligi, yoqilgan holda, lx: Yorqin yorugʻlik rejimi; 20 dan 60 gacha Xira yorugʻlik rejimi 2 dan 9 gacha Yoritilganlikning notekisligi (maksimal yoritilganlikning minimal yoritilganlikka nisbati), ortiq emas 2:1 Ishchi mahalliy yoritilganlik Haydovchining ish joyidagi boshqaruv pultidagi harakatlanish jadvali uchun joyning va haydovchi yordamchisi ish joyidagi oʻlchamlari 200x300 mm boʻlgan joyning yoritilganligi, lx asta-sekin 1 lx gacha sozlanuvchi va 10 lx dan kam emas Yoritilganlikning notekisligi (maksimal yoritilganlikning minimal yoritilganlikka nisbati) 5:1 dan ortiq emas Boshqaruv pultidagi avariya yoritish, lx 3 dan kam emas Zinalar, zinapoyalar va maydonlarning yoritilganligi, lx 5 dan kam emas
Temir yoʻl vokzallariga, poyezdlarga xizmat koʻrsatish va reysga tayyorlash punktlariga, vagon, lokomotiv va vagon-restoranlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0066-24-son SanQvaN)ga 9-ILOVA
Ishlab chiquvchilar roʻyxati: Tuzuvchilar: J.J. Jalilov “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasi bosh vrachi X.P. Muxamedova “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasi sanitariya-gigiyena boʻlimi mudiri Taqrizchilar: O.P. Mirshina Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bosh mutaxassisi, t.f.n. B.O. Sagdullayeva Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti, tibbiy-biologik fanlar kafedrasi assistenti, PhD
