“Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Rim, 1961-yil 26-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4149-IV-son)
20.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Rim, 1961-yil 26-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 28-fevralda kiritilgan “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Rim, 1961-yil 26-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-mart,
4149-IV-son
