Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarida alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (190-son)
05.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash hamda aholining tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini alkotester yordamida aniqlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini alkotester yordamida aniqlash tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Milliy gvardiya bilan birgalikda bir oy muddatda alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini aniqlash boʻyicha masʼul xodimlar uchun maxsus oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etsin;
2024-2025-yillarda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari asosida tuman (shahar) ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmalari hisobidan 2-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich alkotesterlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-aprel,
190-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-apreldagi 190-son qaroriga 2-ILOVA
2024-2025-yillarda tuman (shahar) ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarini bosqichma-bosqich alkotesterlar bilan taʼminlash
JADVALI
T/r Hudud nomi Tuman (shahar)lar soni Alkotester (dona) 2024-yilda 2025-yilda 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 17 8 9 2. Andijon viloyati 17 9 8 3. Buxoro viloyati 13 6 7 4. Jizzax viloyati 13 7 6 5. Qashqadaryo viloyati 15 8 7 6. Navoiy viloyati 11 6 5 7. Namangan viloyati 14 7 7 8. Samarqand viloyati 16 8 8 9. Surxondaryo viloyati 15 8 7 10. Sirdaryo viloyati 11 6 5 11. Toshkent viloyati 22 11 11 12. Fargʻona viloyati 19 9 10 13. Xorazm viloyati 13 7 6 14. Toshkent shahri 12 6 6 Jami 208 106 102
Izoh. Zaruratga koʻra ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari qoʻshimcha alkotesterlar bilan taʼminlanishi mumkin.
