“Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1120-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlari hamda ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi yanada takomillashtirilgani munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”) (4129-IV-son)
12.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlari hamda ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi yanada takomillashtirilgani munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1120-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-mart,
4129-IV-son
