Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1302-son)
22.01.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT VETERINARIYA BOSh BOShQARMASI
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-yanvarda 1302-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 18-moddalari, Veterinariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim 4-moddasiga muvofiq hamda Xalqaro epizootik byuroning Xalqaro veterinariya kodeksida belgilangan qoidalar asosida ishlarni yuritish maqsadida, buyuraman:
1. Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻi M. Roʻzimuradov
Toshkent sh.,
2003-yil 25-iyul,
4-a-son
