“Tijorat banklarida moliyaviy hisobotlaridagi xatolarni tuzatish tartibi toʻgʻrisida” nizomni tasdiqlash haqida (1301-son)
21.01.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1301]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 3, 7 va 51-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklarida moliyaviy hisobotlaridagi xatolarni tuzatish tartibi toʻgʻrisida” nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Buxgalteriya hisobi, hisoboti va Davlat budjetining kassa ijrosi departamenti (D.A. Oripov) ga ushbu Nizomni 10 kun muddat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 2004-yil 31-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari M.R. Jumagaldiyevga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvining raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 8-noyabr,
27/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2003-yil 8-noyabrdagi 27/4-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Tijorat banklarida moliyaviy hisobotlaridagi xatolarni tuzatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga (keyinchalik matnda — MHXS) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari (keyinchalik matnda — banklar) moliyaviy hisobotlaridagi xatolarni tuzatishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Mazkur Nizomning maqsadi Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari va MHXSga muvofiq banklarning moliyaviy hisobotidagi xatolarni tuzatish boʻyicha siyosat va tartibotlarni joriy etish boʻlib hisoblanadi. Mazkur Nizomning amal qilishi faqat bosh banklar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotga nisbatan qoʻllaniladi.
II. TAʼRIFLAR
1. Mazkur Nizomning maqsadlarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
xatolar — bu joriy davrda aniqlangan va mavjud boʻlgan, shuningdek ushbu oʻtgan davrlar boʻyicha moliyaviy hisobotlarni tuzishda va taqdim etishda olinishi va hisobga olinishi mumkin boʻlgan ishonchli axborotlar bilan tasdiqlangan oʻtgan bir yoki undan ortiq davrlar uchun banklarning moliyaviy hisobotidagi kamchiliklar yoki boshqa notoʻgʻri ifodalangan maʼlumotlar. Mazkur holda ishonchli axborot deganda toʻgʻri foydalanilganda va hisoblab chiqarilganda xatoga yoʻl qoʻymaslik imkoniyati mavjud boʻlgan maʼlumotlar tushuniladi.
Ushbu xatolarni yuzaga kelish sabablari: notoʻgʻri matematik hisob-kitoblar, hisob siyosatining xatolik bilan qoʻllanishi, voqealarni yaxshi koʻzdan kechirmaslik yoki notoʻgʻri talqin qilish, voqealarni qasddan buzib koʻrsatish, shuningdek tovlamachilik boʻlishi mumkin;
retrospektiv (yoki retroaktiv) qayta hisoblash — bu tuzatilgan maʼlumotlarni qayta koʻzdan kechirilgan hisobotda tan olish va ochib berish yoʻli bilan xatolarni, unga yoʻl qoʻyilmagani singari tuzatish.
III. BANK MOLIYAVIY HISOBOTIDAGI XATOLARNI TUZATIShNI HISOBGA OLISh TARTIBI
2. Banklar xatolarni tuzatish summasini retrospektiv hisobga oladilar. Banklar tomonidan bu xato aniqlangan davrdagi foyda yoki zararni aniqlashda xatolarni (oʻtgan yoki undan oldingi davrlarga tegishli boʻlgan) tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Banklar xato(lar)ga yoʻl qoʻyilgan oʻtgan yil (yoki yillar)dagi bosh kitobga tuzatuvchi oʻtkazma (yoki oʻtkazmalar)ni amalga oshiradilar.
4. Bosh kitobni toʻldirish boʻyicha dasturiy taʼminot mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan tuzatuvchi oʻtkazmalarni amalga oshirishga imkon bermasa, banklar tuzatuvchi oʻtkazmalarni joriy davrda quyidagi tarzda amalga oshiradilar:
a) agarda xatolar balans hisobotidagi balans hisobvaraqlari qoldiqlari summasigagina taʼsir koʻrsatsa, ularni toʻgʻrilash uchun balans hisobotining tegishli hisobvaraqlari debetlanadi va kreditlanadi (1-ilova);
b) agarda xatolar bir vaqtning oʻzida ham balans hisoboti hisobvaraqlariga, ham foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot hisobvaraqlariga taʼsir koʻrsatsa, oʻtgan davrlar uchun foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotdagi xatolar summasiga toʻgʻrilash maqsadida tegishli balans hisobvaragʻi bilan bogʻlanishda taqsimlanmagan foydaning boshlangʻich saldosi debetlanadi yoki kreditlanadi (2-ilova);
v) agarda xatolar foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot hisobvaraqlarigagina taʼsir koʻrsatsa (balans hisobotining birorta ham hisobvaragʻiga teginilmasin), banklar xato summasiga debetlash va bir vaqtning oʻzida taqsimlanmagan foydaning boshlangʻich saldosini kreditlash yoʻli bilan xatoni tuzatishni aks ettiradilar (3-ilova).
5. Xatolarni tuzatishda banklar xatoni mufassal tavsiflovchi va zaruriy toʻgʻrilashni tushuntiruvchi ishchi jadvalini tuzadilar, u bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv tomonidan tasdiqlangan ishchi jadvali mazkur toʻgʻrilovchi oʻtkazma boʻyicha tasdiqlovchi hujjat sifatida jild (kun hujjatlari)ga tikib qoʻyiladi, bir nusxasi esa moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda foydalanish uchun qoldiriladi.
IV. XATOLARNING TAQDIM ETILADIGAN MOLIYAVIY HISOBOTGA TAʼSIRI
6. Taqqoslanadigan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda banklar xatolarni tuzatishni bu xatoga yoʻl qoʻyilgan oʻsha davr(lar)ning taqqoslanadigan maʼlumotlarini qayta hisoblash yoʻli bilan, xatolar hech qachon boʻlmagani singari amalga oshiradilar.
7. Taqqoslanadigan moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan davrlardan oldingi davrga tegishli boʻlgan xatolarni retrospektiv tuzatishda bu xato koʻrsatilgan davrlarning eng birinchisi taqsimlanmagan foydasining boshlangʻich saldosini toʻgʻrilash yoʻli bilan aks ettirilishi lozim. Oldingi davrlarga nisbatan aks ettiriladigan moliyaviy hisobotlardagi har qanday boshqa maʼlumot xuddi shunday qayta hisoblanadi.
8. Tuzatuvchi oʻtkazmalar toʻgʻrisidagi axborot ular amalga oshirilgandan keyin 30 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etiladi.
Tijorat banklarida moliyaviy hisobotlaridagi xatolarni tuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Balans hisobotigagina taʼsir qiladigan xatolarni tuzitishga doir
MISOL
Faraz qilamiz:
20x1 yilda A bank 100 mln. soʻm summadagi asosiy vosita xatolik bilan bankning boshqa xususiy mulki sifatida tasniflanganini aniqladi.
Bu xato toʻlovchi qobiliyatsiz qarzdorning garovga qoʻyilgan mulkiga boʻlgan huquqni sotishda xarid qilingan bino, bank 20x0 yilda ushbu binoga nisbatan oʻz niyatini oʻzgartirgandan va yangi filial uchun bank binosi sifatida keyinchalik foydalanish maqsadida uni rekonstruksiya qilishni boshlagandan keyin tugallanmagan qurilish sifatida qayta tasniflanmaganligi sababli yuz bergan.
A bankning 20x0 yil uchun buxgalteriya kitoblarida quyidagi maʼlumotlar mavjud:
20x0 yilga tegishli boʻlgan xatolarni tuzatish uchun 20x1 yilda bajarilgan buxgalteriya oʻtkazmalari (ming soʻmda):
Dt Bankning mulki 100.000 Kt Boshqa xususiy mulk 100.000
Toʻgʻri tasniflash va moddalarni toʻgʻri pozitsiyaga joylashtirish uchun.
Bu xato foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotga taʼsir koʻrsatmaganligi sababli daromadlar va xarajatlar yoki 20x1 yil boshidagi taqsimlanmagan foyda hisobvaraqlari boʻyicha oʻtkazma talab qilinmaydi.
20x0 yilda 100 mln. soʻm summadagi asosiy vositalar avtiv qayta tasniflanmaganligi sababli “Boshqa xususiy mulk” moddasida notoʻgʻri aks ettirilgan. Tegishlicha, 20x0 yil uchun taqqoslama maʼlumot qayta hisoblangan.
Tijorat banklarida moliyaviy hisobotlaridagi xatolarni tuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Balans hisoboti va foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot hisobvaraqlariga taʼsir qiladigan xatolarni tuzatishga doir
MISOL
Faraz qilamiz:
20x1 yilda A bank qarz qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli daromad 20x0 yilda 300.000 soʻmga oshirilganligini aniqladi.
Bu xato 1999-yil 1-martda ishga tushirilgan dasturiy taʼminotga kiritilgan diskont amortizatsiyasini hisoblashdagi notoʻgʻri matematik formula sababli yuz bergan.
Daromad (foyda) soligʻi stavkasi 20x1 yilda 31%ni va 20x0 yilda 33%ni tashkil qilishi lozimligi taxmin qilindi. (Bank 20x0 yil uchun soliq solinadigan daromad summasiga notoʻgʻri qoʻshilgan 300.000 soʻm foizli daromad boʻyicha soliq toʻlagan deb hisoblandi. Shuningdek soliq organlari xato tuzatiladigan 20x1 yilda ushbu summadan qayta soliq undirmaydi deb taxmin qilindi).
Taqsimlanmagan foyda qoldigʻi 20x0 yilda davr boshiga 8,6 mln. soʻmni, davr oxiriga esa 10,61 mln. soʻmni tashkil qildi.
20x0 yil uchun taqdim etilgan foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot quyidagi koʻrinishga ega (ming soʻmda):
Ushbu misolda mazkur Nizomning 2-ilovasidagi misol maʼlumotlaridan foydalaniladi. Quyida xatolarni tuzatishning taqdim etiladigan moliyaviy hisobotga taʼsiri keltiriladi:
A bankning moliyaviy hisobotiga izoh.
Matematik xato tufayli 20x0 yilda foizli daromad 300.000 soʻmga oshirib koʻrsatilgan. Tegishlicha, 20x0 yil uchun taqqoslama maʼlumot qayta hisoblangan.
Tijorat banklarida moliyaviy hisobotlaridagi xatolarni tuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot hisobvaraqlarigagina taʼsir qiladigan xatolarni tuzatishga doir
MISOL
Faraz qilamiz:
20x1 yilda A bank 20x0 yilda operatsion ijaradan olingan 100 000 ming soʻm summadagi daromad xatolik bilan foizli daromad sifatida tasniflanganini aniqladi.
Bu xato operatsion ijaradan olinadigan daromadlarni aks ettirish boʻyicha hisob siyosatining xato qoʻllanishi sababli yuz bergan.
Bankning 20x0 yil uchun taqdim etilgan foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisoboti quyidagi koʻrinishga ega, ming soʻmda:
Foizli daromad va operatsion ijaradan daromad bir xil stavka boʻyicha daromad (foyda) soligʻiga tortiladi deb hisoblaymiz.
20x0 yilga tegishli boʻlgan xatoni tuzatish uchun 20x1 yilda amalga oshirilgan buxgalteriya oʻtkazmalari
1-usul
(bankning dasturiy taʼminoti oʻtgan yildagi bosh kitobga oʻtkazmalarni amalga oshirishga IMKON BERADI deb taxmin qilinadi):
Dt Foizli daromadlarni hisobga oladigan hisobvaraqlar (20x0 y.) 100 000 Kt Bank mulkini ijaraga berishdan olingan daromad (20x0 g.) 100 000
(20x0 yildagi foizli daromadni xato summasiga toʻgʻrilash uchun. Daromadni qayta tasniflashda 20x1 yildagi taqsimlanmagan foydaning yil boshidagi qoldigʻi oʻzgarmaydi)
2-usul
(bankning dasturiy taʼminoti oʻtgan yildagi bosh kitobga oʻtkazmalarni amalga oshirishga IMKON BERMAYDI deb taxmin qilinadi):
Dt Taqsimlanmagan foyda — yil boshiga 100 000 Kt Taqsimlanmagan foyda — yil boshiga 100 000
(Bu toʻgʻrilash 20x1 yildagi taqsimlanmagan foydaning boshlangʻich qoldigʻiga 1-usulni qoʻllash natijasidagi singari taʼsir koʻrsatadi)
A bankning moliyaviy hisobotiga izoh
Operatsion ijaradan olinadigan daromadlarni aks ettirish boʻyicha hisob siyosatining xato qoʻllanishi sababli 20x0 yilda foizli daromad 100.000 soʻmga oshirilgan. Tegishlicha, ushbu summadagi daromad boshqa daromadlar sifatida qayta tasniflandi va 20x0 yil uchun taqqoslama maʼlumot ushbu qayta tasniflashni hisobga olgan holda taqdim etildi. Mazkur xato biror-bir davrdagi taqsimlanmagan foyda summasiga taʼsir qilmagan.
