SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (22-son)
26.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 28-fevralda hisobga olindi, hisob raqami 235]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 31-yanvardagi 11-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.06.02-98 “Gidrotexnika tunnellari” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-yanvar,
22-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B. YULDASHEV
2023-yil 15-dekabr
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
2023-yil 14-dekabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2023-yil 20-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 26-yanvardagi 22-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) gidroelektrostansiyalar, gidroakkumulyatsiyalovchi elektrostansiyalar, melioratsiya tizimlari hamda suv taʼminoti tizimlari tarkibiga kiruvchi yangidan va qayta quriladigan gidrotexnika tunnellarini loyihalashtirish talablarini belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.01.09-19 “Choʻkuvchan va oʻta choʻkuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar”;
QMQ 2.02.02-98 “Gidrotexnika inshootlarining zaminlari”;
QMQ 2.03.01-96 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
SHNQ 2.03.05-13 “Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash meʼyorlari”;
QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
SHNQ 2.05.03-22 “Koʻpriklar va quvurlar”;
QMQ 2.06.01-97 “Gidrotexnika inshootlari. Loyihalashtirishning asosiy nizomlari”;
QMQ 2.06.08-97 “Gidrotexnika inshootlarining beton va temir-beton konstruksiyalari”;
SHNQ 2.06.11-04 “Seysmik tumanlarda qurilish. Gidrotexnika inshootlari”;
IQN 045-72 Yerosti gidrotexnika inshootlarini drenajlashni loyihalash boʻyicha koʻrsatmalar (rasmiy manba: VSN 045-72 Ukazaniya po proyektirovaniyu drenaja podzemnix gidrotexnicheskix soorujeniy);
GOST 9.602-16 Korroziya va eskirishdan himoya qilishning yagona tizimi. Yerosti inshootlari. Korroziyadan himoya qilish uchun umumiy talablar (rasmiy manba: GOST 9.602-16 Yedinaya sistema zashiti ot korrozii i stareniya. Soorujeniya podzemnie. Obshiye trebovaniya k zashite ot korrozii);
P 76-2000 Gidrotexnika inshootlarining yemirilishga bardoshli qoplamalari uchun beton tarkiblarini loyihalash boʻyicha qoʻllanma (rasmiy manba: Posobiye po proyektirovaniyu sostavov betona dlya iznosostoykix oblitsovok gidrotexnicheskix soorujeniy).
2-bob. Atamalar, taʼriflar, belgilanishlar va qisqartmalar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
bosimsiz rejim — oqimning erkin yuzasida havo boʻshligʻi mavjud boʻlgan tunnel orqali suvni oʻtkazish rejimi;
suv olish inshooti — suvni olish uchun moʻljallangan gidrotexnik inshoot;
gidravlik zarba — suyuqlik harakatlanish tezligi vaqtining keskin oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan, bosimli suv oʻtkazgichidagi gidrodinamik bosimning oshishi yoki pasayishi;
gidrotexnik tunnel — yuqorida yotgan massivni ochmasdan togʻ jinslarida joylashgan yopiq koʻndalang kesimidagi suv oʻtkazgichi;
togʻ bosimi — tunnel atrofidagi massivda vujudga keluvchi kuchlar;
togʻ jinslari — yerning litosferasini tashkil etuvchi geologik jinslar va ularning tarkibiy qismlari (bloklar, boʻlaklar);
gruntning qattiqlik koeffitsiyenti — gruntlarining buzilishiga nisbatan nisbiy qarshiligini tavsiflovchi, togʻ gruntlarining qattiqlikligini baholovchi parametr;
tunnel tarnovi — temir-beton, beton yoki quyma betondan ishlangan tunnelning tubi yoki taglik plitasi;
bosimli rejim — suvni tunnel orqali oqim ustidagi havo maydoni hosil boʻlmagan holda oʻtkazish rejimi;
qoplama — tunnelning loyihaviy koʻndalang kesimini aniqlovchi, togʻ qazilmasi konturi boʻylab qurilgan hamda tashqi va ichki yuklamalarni qabul qilish, suv yuzasi gʻadir-budirligini kamaytirish va filtrlanishlarini kamaytirish uchun moʻljallangan konstruksiya;
sementlash — sement aralashmalari yordamida togʻ jinslarini quyish.
3. Ushbu SHNQda quyidagi shartli belgilanishlar va qisqartmalar qoʻllanilgan:
a) gruntlarning asosiy tavsiflari:
f — qattiqlik koeffitsiyenti;
K — qarshi zarba koeffitsiyenti;
Ko — solishtirma qarshi zarba koeffitsiyenti;
Eq — deformatsiya moduli;
v — Puasson koeffitsiyenti;
φ — ichki ishqalanish tuyulma burchagi;
c — gruntning yopishish-ilashishligi;
ρ — gruntning zichligi;
Mq — yoriqsimonlik moduli;
gqzn — meʼyoriy vertikal togʻ bosimi;
gqxn — meʼyoriy gorizontal togʻ bosimi;
hq — qulash gumbazi balandligi;
bq — qulash gumbazi oraliq qulochi;
hq1 — buzilgan doira chuqurligi;
hqz — tunnel usti grunt qalinligining balandligi;
b) yuklanish, taʼsirlar va ulardan boʻlgan zoʻriqishlar:
Mn,Nn — meʼyoriy eguvchi moment va meʼyordagi kuch;
Ni — suvning ichki bosimi;
Ne — yerosti suvlari bosimi;
Nel — yerosti suvlarining kafolatlangan bosimi;
pwi — suvning hisobiy ichki bosimi;
pwin — suvning meʼyoriy ichki bosimi;
v) materiallar tavsiflari:
Ek — ishlanmaning taranglik moduli;
Eb — betonning taranglik moduli;
Es — armaturaning taranglik moduli;
Rs — armaturaning choʻzilishga boʻlgan hisobiy qarshiligi;
Ryn — poʻlatning oquvchanlik chegarasi boʻyicha meʼyoriy qarshiligi;
Ru, Ry — poʻlat qobiqchani choʻzilishga, siqilishga va egilishga muvofiq ravishda vaqtinchalik qarshilik va oquvchanlik chegarasi boʻyicha hisobiy qarshiligi;
Rbtn — betonning choʻzilishga boʻlgan meʼyoriy qarshiligi;
Rbt — purkamabetonning oʻq boʻylab choʻzilishga boʻlgan hisobiy qarshiligi;
Ras — anker sterjenining choʻzilishga boʻlgan hisobiy qarshiligi;
g) geometrik tavsiflar:
h — qazishma balandligi;
b — qazishga oraliq qulochi;
hk — ishlanma qalinligi;
tb — purkamabeton qoplamasining qalinligi;
ri — ishlanmaning ichki radiusi;
rc — ishlanmaning tashqi radiusi;
rm — qobiqchaning oʻrtacha radiusi;
t — poʻlat qobiqchaning qalinligi;
As — armatura kesimi yuzasi;
ho — kesimning ishchi balandligi;
ac — siqilgan armaturadagi teng taʼsir etuvchi kuchlanishdan kesimning eng yaqin yonigacha boʻlgan masofa;
et,ec — muvofiq ravishda choʻzilgan va siqilgan armatura kesim yuzasining ogʻirlik markazidan boʻylama kuchgacha boʻlgan masofa;
μ — kesimni armaturalanish koeffitsiyenti;
d) koeffitsiyentlar:
γ f — yuklanishlar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
γ n — inshootning vazifasi boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
γ lc — yuklanishlar mujassamligi koeffitsiyenti;
γ c — ish sharoitlari koeffitsiyenti.
e) qisqartmalar:
GES — gidroelektrostansiya;
GAES — gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi;
NS — nasos stansiyasi;
SI — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklari tizimi;
MKGFS — metr, kilogramm-kuch, sekund.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. GES va melioratsiyalash tizimlari tarkibiga kiruvchi gidrotexnika tunnellari sinflari QMQ 2.06.01-97 ga muvofiq oʻrnatilishi lozim.
Suv taʼminoti tizimlari uchun moʻljallangan gidrotexnika inshootlari sinflari SHNQ 2.04.02-19 toifalariga muvofiq boʻlishi kerak.
4. Gidrotexnika tunnellari QMQ 2.06.01-97ga muvofiq quyidagilar toifalarga boʻlinadi:
asosiy (gidroelektrostansiyalar, melioratsiya tizimlari va suv taʼminoti tizimlaridan foydalanishda doimiy suv oʻtkazilishini taʼminlash uchun moʻljallangan, suv tushirgichli foydalanish tunnellari, ikkinchi darajali tunnellarning zatvorigacha boʻlgan bosh qismlari);
ikkinchi darajali (davriy suv oʻtkazish uchun moʻljallangan (suv havzalari va suv oʻtkazgichlarini boʻshatish va yuvish uchun, zaxira suv tushirish tunnellari);
gidrotexnik inshootlarni qurilish yoki taʼmirlash davrida vaqtinchalik suv oʻtkazish uchun moʻljallangan.
5. Yirik gidrouzellarni loyihalashtirishda ikkinchi darajali inshootlar jumlasiga 5 yil foydalanishda boʻlgan tunnellar kiritilishi lozim.
Xavfsiz ishlash shartlari bilan tavsiflangan hamda 5 yildan ortiq foydalanishda boʻlgan qurilish tunnellarini III sinfga kiritilishi zarur.
Vaqtinchalik inshootlar jumlasiga kiritilgan tunnellar IV sinf inshootlariga qoʻyiluvchi talablarga muvofiq loyihalanishi kerak.
Asosiy yoki ikkinchi darajali tunnellarni loyihalashtirishda suv saqlash inshootlarini qurish davrida suvni oʻtkazish uchun ulardan foydalanish imkoniyatlari koʻrib chiqilishi lozim.
6. GES inshootlari melioratsiya tizimi va suv taʼminoti tizimlarida joylashuviga koʻra gidrotexnik tunnellar olib keluvchi, olib ketuvchi, birlashtiruvchi, suv tashlovchi, suv tushiruvchi va suv boʻshatuvchilarga boʻlinadi.
Gidrotexnik tunnellari joylashish chuqurligi va uzunligiga qarab quyidagilarga boʻlinadi:
sayoz joylashmali — 100 m gacha;
oʻrtacha — 100 dan 300 m gacha;
chuqur — 300 m dan ortiq;
uzunligiga qarab qisqa — 1 km gacha;
oʻrta uzunlikdagi — 1 dan 5 km gacha;
uzun — 5 km dan ortiq.
7. Gidravlik rejimiga bogʻliq ravishda gidrotexnika tunnellari quyidagilarga boʻlinadi:
bosimli, atmosfera bosimiga nisbatan ortiqcha ichki suv bosimida ishlovchi;
bosimsiz suv bilan toʻliq toʻldirilmagan holda yoki toʻla kesimda, bunda kesimining yuqori qismida vakuum bilan ishlovchi;
tunnel uzunligi boʻyicha oqimning qisman bosimli rejim bilan ishlovchi (suv tashlash tunnellari).
Gidrotexnika tunnellari bosimsiz rejimdan bosimli rejimga asta-sekin oʻtishini, aksincha gidravlik sakrashni hamda yuqori turbulentlik sohalarini hosil qilmaydigan oʻzgaruvchan ish rejimi boʻlishi, bunda loyihaviy yechimlar laboratoriya tahlillari bilan asoslangan boʻlishi kerak.
8. Yangidan qurilayotgan va mavjud gidrotexnika tunnellarini qayta qurish loyihalarining asosiy texnikaviy yechimlari (ishlarining gidravlik rejimlari, joylashish chuqurligi, tarhdagi va uzun tomondan yon koʻrinishda joylashishi, koʻndalang kesimi, ishlanish turi va boshqalar) gidrouzel inshootining umumiy joylashish tartibi, meliorativ tizim yoki suv taʼminoti tizimi, ulardan foydalanish, tunnelning vazifasi, koʻzda tutilgan usullar va qurilish ishlari muddatlari, topografik, muhandislik-geologik, gidrogeologik, iqlim va qurilish hududining boshqa shart-sharoitlarini hisobga olgan holda variantlarni texnik-iqtisodiy jihatdan solishtirish asosida qabul qilinishi lozim.
Loyihaviy yechimning tanlangan varianti inshootning mustahkamligi, turgʻunligi, chidamlilik muddati hamda tejamkorligi, qurilish va taʼmirlash ishlarini mexanizatsiyalashtirish va sanoatlashtirilishini, shuningdek tunnellarning eng maqbul foydalanish sifatlarini taʼminlashi zarur.
9. Tunnellarni seysmik hududlarda loyihalashtirilishida tunnel inshootlari va konstruksiyalarining hisobiy seysmik bardoshligi hudud va qurilish maydonining seysmikligiga bogʻliq ravishda oʻrnatilishi kerak.
Hududning seysmikligi QMQ 2.01.03-19ga muvofiq aniqlanishi, bunda hududning muhandislik-geologik sharoitlariga bogʻliq holda qurilish va izlanishlar jarayonida portal uchastkalari hamda tunel trassasida qurilish hududining seysmikligi mikroseysmiklashtirish xaritalari asosida tuzilishi kerak.
Tunnellarning seysmik bardoshliligi hisoblari SHNQ 2.06.11-04 ning 4-bobida keltirilgan talablarga muvofiq oʻtkazilishi lozim.
Tunnellarning seysmikligi tayinlanishida seysmik hududni mikroseysmiklashtirilish bilan bir qatorda, tunnelning yer sathi ostida chuqurlashtirilish darajasi hisobga olinishi kerak.
Texnik-iqtisodiy asoslanganda tunnelning ayrim qismlaridagi boʻsh yerlar tuprogʻini mahkamlash boʻyicha texnologik tadbirlar oʻtkazilishi hisobiga qurilish maydonining seysmikligini pasaytirish varianti koʻrib chiqilishi lozim.
10. Gidrotexnika tunnellarini loyihalashtirishda ularga boʻladigan togʻ bosimi, oqindilar, muz, muzlab ulgurmagan qor va suzuvchi jismlar bilan keluvchi kavitatsiya yerosti suvlari bosimining noxush taʼsirlarini kamaytirish sharoitlari taʼminlanishi lozim.
Qurilish davrida yoki foydalanishda avariyalar yoki tunnellarni shikastlanishini istisno qilish maqsadida meʼyoriy hujjatlar talablari va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak.
Loyihada grunt massivining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda (joyda loyihalashtirish), qurilish davrida zudlik bilan oʻzgartirishlar kiritish imkoniyatlari koʻzda tutilishi lozim.
Suv tashlash tunnellarini loyihalashtirishda suv sarflarning intensivligi va takrorlanishing asosiy hisob kitoblarida qulay gidravlik rejimda ishlashi koʻzda tutilishi kerak.
11. Suv tashlash tunellarining suv chiqarish qismlarida keng diapazonda ishlovchi chegaraviy holati (byeflar sathi va sarflari) oʻzgarganda, kirishda bosimsiz rejim, kirishdan asosiy zatvorgacha esa bosimli rejim deb qaralishi kerak.
Bosimsiz ish rejimining barqarorligi taʼminlanishi uchun bosimsiz harakat qismi boshlanishida havo berish moslamasi koʻzda tutilishi lozim. Havo oʻtkazgichlar oʻlchamlari maxsus hisoblar yoki modelga oid tadqiqotlar orqali asoslanishi lozim.
Bosimli suv tashlagichlarni solishtirishda kam sarflisini qoʻllash kerak.
12. Bosim 50 m dan ortganda quyidagilarni suv tashlash tuneli ichida energiya soʻnishi bilan loyihalanishi lozim:
kavitatsiyadan (oqimning 20 — 25 m/s tezliklarida) suv yigʻish tunellari oquvchi yuzalarini himoya qilish;
quyi byef bilan suv oqimining tutashishi oraliq kinetik energiya soʻnishini taʼminlashi;
butun kesim yuzasi boʻyicha suv yigʻish traktini oqim bilan toʻldirish;
suv tashlash sarfini boshqarishda rejimlarini oʻzgartirmaslik (bosimli va bosimsiz).
13. Qurilish jarayonida hosil boʻluvchi yirik oʻtirindilarni transpartirovkasi uchun oʻtkazuvchi tunnellarni loyihalashtirishda har yili toshqinlar oʻtkandan keyin ularni tekshirish hamda tuzatish imkoniyatlari koʻzda tutilishi, shu maqsadda turli xil sath belgilarda joylashgan kirish kallaklari bilan ikkita tunnel yoki boʻylama boʻlinadigan devor bilan bitta tunnel qurish maqsadga muvofiqligini hisobga olish kerak.
14. Suv tashlash tunnellari byeflari tutashish sxemasi va bu sxemaga muvofiq suv tashlagichlar yakunlovchi inshootlarining konstruktiv yechimlarini tanlashda tashlanuvchi oqimni atrof-muhitga boʻlgan minimal taʼsiri (qirgʻoqlarning yuvilishi va oʻyilishi, daryo oʻzanida qumloq-sayozliklar paydo boʻlishi, suv loyqasini hosil boʻlishi va koʻchishi, havo haroratining pasayishi va boshqalar) talablari taʼminlanishi kerak.
15. Asosiy gidrotexnika tunnellarining I va II sinflari loyihalarida, qurilish jarayonida va undan foydalanish davrida inshootning ishi ustidan kuzatuvlar olib borish, tunnel ishlash holatini va uni oʻrab turuvchi grunt, gidravlik va filtrlanish rejimlarini baholash uchun nazorat-oʻlchov jihozlari koʻzda tutilishi lozim.
Amaliy kuzatuvlar tarkibi va hajmi loyihaning alohida boʻlimida tavsiflangan boʻlishi kerak.
16. Gidrotexnik tunnellarning holatini baholash uchun quyidagi koʻrsatkichlarni nazorat qilish kerak (texnik vositalar yordamida oʻlchanadigan va koʻrsatkichlar asosida oʻlchanadigan):
betonda va qoplamaning armaturasida kuchlanish;
tunnellar kesimining deformatsiyasi;
choklarning uchastkalarida harorat (qurilish va konstruktiv) va qoplamalarda yoriqlarning paydo boʻlishi mumkinligi;
suvning ichki bosimi (pyezometrik va pulsatsiyali);
yerosti suvlarining bosimi;
oʻtirindi va kavitatsiya taʼsiri ostida qoplamaning (ustki qismini) erozion yemirilishi;
vakuumning ahamiyati;
bosimli tunnellarda chiqish joyining oʻlchami;
tunnellarda filtrlovchi, yerosti suvlarining tarkibi;
filtrning soni va sifati mazkur SHNQning 9-ilovasiga muvofiq;
tunnellarning kirish va chiqish kallaklarining siljishi (vertikal va gorizontal);
inshootning tugash qismida daryo oʻzanining yuvilib ketishi;
tunnelning oʻtkazish qobiliyati.
4-bob. Tunnellarning koʻndalang kesimi va trassasi
17. Kirish va chiqish portallari joylashish yerlari aniqlanganidan soʻng tunnel trassasi tanlanishi kerak.
18. Gidrotexnika tunnelining yoʻlini loyihalashtirilishida imkon boricha tunnelni barpo qilinishi uchun noqulay boʻlgan muhandislik-geologik va gidrogeologik sharoitlarda boʻluvchi (sezilarli tektonik buzilishlar, gaz ajralib chiqishi, yerosti suvlari oqimi, koʻchkilar, karstlar, radioaktivlik), shuningdek noqulay sanitariya sharoitlari (chorva dafnlari, qabristonlar, chiqindi toʻplanmalari, filtrlanish maydonlari) bilan xususiyatlanuvchi uchastkalardan yiroq boʻlishi lozim.
19. Tunnel trassasi imkon boricha toʻgʻri chiziqli boʻlishi kerak.
Tunnel trassasining egri chiziqli yoʻli, gidrouzel joylashtirilish tartibi, qoʻshimcha qazilmalar ochilishi zaruriyati yoki tunnelni yetarlicha joylashish chuqurligini taʼminlashi, shuningdek tunnelni mazkur SHNQning 18-bandida keltirilgan noqulay sharoitlarda joylashib qolishidan yiroq boʻlishi zarur boʻlgan hollardagina tanlanishi kerak.
20. Tunnel trassasi koʻndalang yoki grunt massivining qatlamlari va asosiy tektonik buzilishlarga nisbatan yuqori burchak ostida joylashtirilishi kerak. Agar gidrouzelning joylashish tartibi yechimlari yoki topografik shart-sharoitlar boʻyicha qatlamlarning yoyilish tarzi boʻyicha hamda qatlamlarning yoyilib joylashish tarziga va asosiy tektonik buzilishlarga nisbatan tunnel trassasini oʻtkir burchak ostida joylashtirilishi kerak boʻlsa, tunnel eng boʻsh qatlamlar zonalari tashqarisida yoki yirik tektonik buzilishlaridan yiroqda joylashtirilishi lozim.
21. Muhandislik-geologiya qidiruv ishlarini loyihalashtirishda mushkul yoki iloji boʻlmagan togʻ massivlarida tunnel qurilishida, loyihada tunnel trassasiga aniqlik kiritish uchun gorizontal yoki qiyaroq kavlangan yerosti yoʻli yoki qazish konlarining quduqlari koʻzda tutilishi lozim.
22. Boʻylama profilda tunnel trassasi butun uzunligi boʻylab toʻgʻri nishabga ega boʻlishi, tunnellarning teskari nishab bilan boʻlgan qismlarida tashiluvchi oʻtirindi mavjud boʻlmasligi kerak.
23. Bosimli tunnelning butun uzunligi boʻyicha gumbaz usti uzra kamida 0,02 MPa (0,2 kgf/sm2) bosim zaxirasi taʼminlangan boʻlishi lozim.
24. Tunnel trassasining burilish burchaklari tarhda, suvning 10 m/s gacha boʻlgan tezligida koʻpi bilan 60°, egilish radiuslari — tunnelning yorugʻlikda koʻrinishi boʻyicha kamida uch oraliqlarning kengligi yigʻindisi (diametrlarini) tarzida qabul qilinishi, bunda keltirilganlarga nisbatan solishtirilganda burilish burchagining ortishi, shuningdek suv oqimi 10 m/s dan ortiq boʻlgan tezligida ularning yoʻl qoʻyilgan qiymatlari maxsus gidravlik (kavitatsion) hisoblar va laboratoriya tadqiqotlari asosida qabul qilinishi kerak.
Egri tunell trassasining dastlabki va oxirgi qismlari uzunligi kamida tunnelning ichki oraligʻi (diametri) dan kam boʻlmagan tekis boʻlishi kerak.
Suv tashlash tunnelining chiqish joyi daryoning qarama-qarshi qirgʻogʻiga nisbatan mumkin qadar minimal burchak ostida yoʻnaltirilishi zarur.
25. Bosimsiz tunnellar koʻndalang kesimlari shakllari mazkur SHNQning 1-rasmiga muvofiq, shuningdek ularning oʻlchamlari nisbati quyidagi 1-jadval boʻyicha qabul qilinishi kerak:
Izoh. 1-jadvalda keltirilganlar h/b=1 nisbatga tegishli boʻlib tunneldagi suv sathining 0,3 h dan yuqori boʻlgan tebranishda h/b>1 etib qabul qilinishi lozim.
Qattiq va oʻrta qattiqlikdagi gruntlar ichidan oʻtkaziluvchi bosimsiz tunnellar uchun afzallik II shaklga, yumshoq gruntlardan oʻtkaziluvchi tunnellar uchun — IV shaklga qaratilishi kerak.
Aylana shaklining koʻndalang kesimi, kesimning vertikal oʻqiga nisbatan nosimmetrik tarzda tarqatuvchi gruntlar ichidan oʻtuvchi bosimsiz tunnellar uchun, shishadigan gruntlarda yerosti suvlarining yuqori bosimi ostida, shuningdek tunnel qazish ishlarini gʻov-toʻsiq yordamida qurilishida qabul qilinishi lozim.
Texnik hisoblar bilan asoslanganda bosimsiz tunnellarning boshqa shakldagi koʻndalang kesimlari qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
1-rasm. Bosimsiz tunnellarning yorugʻlikda koʻrinishi boʻyicha koʻndalang kesimi shakllari
26. Bosim tunnellarining koʻndalang kesimi, qoida tariqasida, dumaloq koʻrinishida qabul qilinishi kerak. Barqaror, biroz yorilib ketgan toshloq gruntlarda, agar ichki va tashqi yuklar taʼsirida (tunnelni boʻshatishda) qoplamaning mustahkamligi uchun shartlar bajarilganda bosimli tunnelning aylana boʻlmagan shaklini olish lozim.
Qoya tosh gruntlari darz ketish xususiyatlari QMQ 2.02.02-97 ga hamda quyidagi 2-jadvalda keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq belgilanadi.
27. Oqib keluvchi oʻtirindilarni tashiydigan noaylana kesimli bosimsiz tunnellarning tarnov qismi quyidagi tarzda oʻrnatilishi kerak:
tarhning toʻgʻri chiziqli trassa uchastkalarida tarnov, kesimning oʻrtasiga qarab ikki yoqlama nishabli boʻlishi;
trassaning egri chiziqli uchastkalarida esa burilish egri chizigʻi tarnovni tunnelning egilgan devori tomonga nishablangan holda burilishi kerak, bunda tarnovdagi betonning himoya qavati oʻtirindilarning ishqalanish taʼsirini hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur.
28. Tunnellarning koʻndalang kesimi oʻlchamlari gidravlik va texnik-iqtisodiy hisoblar asosida aniqlanishi kerak.
Loyihalashtirishning dastlabki bosqichlarida tunnellarning diametri (yoki oraligʻi) 2 dan 6 m gacha boʻlganda har 0,5 m da, 6 m dan ortiq boʻlganda esa har 1 m uzunlikda qabul qilinishi lozim.
Oʻzgaruvchan gidravlik rejim holatida hamda tunnellardagi suvning 10 m/s dan ortiq boʻlgan tezliklarida koʻndalang kesim oʻlchamlari aynan oʻxshash sharoitlarda boʻluvchi boshqa tunnellardan foydalanish tajribalarini hisobga olgan holda laboratoriya tadqiqotlari asosida aniqlanishi zarur.
29. Bosimsiz tunnellarda oqimning 10 m/s gacha tezlikdagi barqarorlashgan harakatida suv sathi ustidagi havoli boʻshliq balandligi gidravlik hisob boʻyicha qabul qilinishi lozim, ammo bu tunnelning yorugʻlikda koʻrinishi boʻyicha tunnel balandligini kamida 0,07 balandligiga teng boʻlishi va kamida 40 cm boʻlishi lozim.
Tunnellar suvi oqimining 10 m/s dan ortiq boʻlgan tezliklarida koʻrsatib oʻtilgan havoli boʻshliqning yetarliligi laboratoriya tadqiqotlari maʼlumotlari orqali asoslangan boʻlishi kerak.
Murakkab muhandislik-geologik va seysmotektonik sharoitlarda boʻlgan uzun (5 km dan ortiq) bosimsiz tunnellarning loyihalashtirilishida mazkur SHNQning 7-ilovasiga muvofiq tunnelni uzunligi boʻyicha deformatsiyalanishini va alohida uchastkalarini bosimli ish rejimiga oʻtishi hisobga olinishi lozim.
30. Gidrotexnika tunnellarining yorugʻlikda koʻrinishi boʻyicha koʻndalang kesimlarining minimal oʻlchamlari uskunalar, kommunikatsiyalar, qurilish mexanizmlarini oʻtkazish imkoniyatlari hamda yerosti gidrotexnika inshootlarini qurilishidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
5-bob. Tunnel konstruksiyalari uchun materiallar
31. Tunnellarning beton va temir-beton konstruksiyalari uchun moʻljallangan beton va armaturalar (ishlov berish, portallar, zatvorli kameralar va boshqalar) QMQ 2.06.08-97 va QMQ 2.03.01-96 hamda ushbu bob talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
32. Betonning siqilishdagi mustahkamligi boʻyicha sinflari quyidagi konstruksiyalardan kichik boʻlmagan holda qabul qilinishi lozim:
V15 — monolit betonli va temir-beton;
V30 — yigʻma temir-beton;
V25 — purkama beton.
Asoslangan holda betonning siqilishdagi mustahkamligi xususiyatlarini yaxshilaydigan maxsus qoʻshimchalar bilan quyi sinflarning betonidan, shuningdek alunit va boshqa oʻz-oʻzidan tortiladigan sementli betonlardan foydalanilishi kerak.
Betonning siqishdagi mustahkamligi va oʻq boʻyicha choʻzilish sinfiga javob beruvchi hamda suv oʻtkazmaslik va sovuqqa bardoshlilik turlari boʻyicha betonning yoshi 180 kunga teng deb olinishi kerak.
Agar konstruksiyalarning amaldagi yuklanish muddatlari, ularni barpo etilish usullari, betonning qotish shart-sharoitlari, qoʻllaniluvchi sement koʻrinishi va sifati maʼlum boʻlsa, beton sinfi va turi boshqa beton yoshida oʻrnatish lozim.
33. Beton aralashmasining harakatchanligi ishlanish konstruksiyasining turi (yupqa, zich holda, armaturalangan, poʻlat qoplamali, monolit, yigʻma monolit), shuningdek beton aralashmasining tashish va yotqizilishi usuli bilan (beton-nasoslar, pnevmo-beton yotqizuvchi, transportyorlar orqali, quvur va yarim quvur-tarnovlar boʻyicha oʻzi oqishi bilan, avtosamosvallar) muvofiq belgilanishi kerak.
Yupqa devorchali va zich armaturalangan ishlovlarda, shuningdek poʻlat qoplamali ishlovlarda, superplastifikatlarni qoʻshish bilan boʻlgan quyma betonlar qoʻllanilishi lozim.
34. Purkamabeton va torkretning sinflari mustahkamligi Vt 2,4 dan kam boʻlmagan oʻqning choʻzilishiga tayinlanishi lozim. Purkamabeton va torkretning meʼyoriy va hisobiy qarshiliklari qiymatlari betonlar singari QMQ 2.03.01-96 ga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Purkamabeton va torkretning taranglik modullari Bt 2,4; Bt 2,8; Bt 3,2 sinflar uchun 3,25⸱104 3,6⸱104 va 3,9⸱104 MPa (3,32⸱105 , 3,67⸱105 va 3,98⸱105 kgf/cm2) ga teng etib olinishi lozim.
35. Monolit-presslangan betonning mustahkamlik va deformatsion tavsiflari tajriba tadqiqotlari boʻyicha tayinlanishi kerak.
36. Gidrotexnika tunnellari konstruksiyalari uchun issiq holda oʻralgan davriy yon koʻrinishga ega boʻlgan A-II va A-III sinf armaturali poʻlat qabul qilinishi lozim.
Armaturali poʻlatning hisob qarshiliklari temir-beton va ankerli mahkamlagich QMQ 2.06.08-97 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
37. Uygʻunlashgan ishlanmalarning poʻlat halqalari uchun poʻlat rusumi, poʻlat konstruksiyalarni payvandlash uchun qoʻllaniluvchi prokat poʻlatining hisobiy qarshiliklari va materiallar SHNQ 2.03.05-13 ga muvofiq qabul qilinishi lozim.
38. Yuqori kavitatsion chidamlilikka hamda ishqalanishga chidamli gidrotexnika tunnellarining ishlanmalari (yoki qoplamalari) maxsus tanlangan tarkibli yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan betondan boʻlishi, shuningdek polimer bogʻlovchilar va qoplovchilar (polimer qorishmalar, polimermastikalar) asosida maxsus betonlar qoʻllanilish kerak.
Ishlanmalar uchun yangi yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan materiallar mikrokremniy, poʻlat fibralar va boshqalar qoʻshilgan beton hamda purkama betonlar qoʻllanilishi lozim.
39. Yuqori ishqalanish chidamliligiga ega boʻluvchi tarnov va devorlar ishlanish materiallari, oʻtirindilar soni va sifati, ularni ishlanma yuzasiga taʼsirlarini, gidravlik ish rejimi va tunnelda boʻladigan burilishlarni hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
40. Agressiv yerosti suvlari mavjud hududlarda joylashgan gidrotexnika tunnellarni loyihalashtirishda beton va temir-beton konstruksiyalari QMQ 2.03.11-96 talablariga muvofiq sement va qoʻshimchalari qoʻllanilishi kerak.
41. Poʻlat qoplamalarni loyihalashtirilishida ularni korroziyadan himoya qilish tadbirlari GOST 9.602-16 hamda QMQ 2.03.11-96 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6-bob. Tunnellarning konstruksiyalari
1-§. Umumiy konstruktiv talablar
42. Gidrotexnika tunnellarining loyihalashtirilishida ularni butun uzunligi boʻyicha kuzatib turish va taʼmirlash uchun boʻshatilish imkoniyatlari koʻzda tutilishi kerak.
Tunnel boʻshatilishidan keyin xodimlarni oʻtib yurishlari va tunnelni koʻzdan kechirib turilishiga toʻsqinlik qiluvchi, suv yigʻilib qolishi mumkin boʻlgan chuqurchalar, pastlashgan yerlar qoldirib ketilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
43. Gidrotexnika tunnellarining kirish va chiqish joylari, relyeflar qiyaliklari tabiiy muvozanatining minimal tarzda buzilishi, portallar (bosh qismlar) koʻrinishida shakllantirilishi, zarur xollarda portal devor grunt massiviga ankerlanishi, portal ustida joylashgan qiyaliklar purkama (torkret) beton ankerlari yoki simli ankerlar orqali mahkamlanishi lozim.
Seysmik hududlarda portallar imkoni boricha qiyalik yuzasi chegaralaridan chiqib turmasligi, bunda portallar konstruksiyalari oddiy geometrik shakllar holida qabul qilinishi, hududning seysmikligi 8-9 ballik boʻlganda tunnellarning portaloldi qismlari, shuningdek 50 m dan kam chuqurlikda yotuvchi tunnel uchastkalarining portal konstruksiyalari temir-betondan boʻlishi kerak.
Tunnellarning portal uchastkalari suv oquvchi qismining geometrik shakllari hisoblar orqali aniqlanishi yoki laboratoriya gidravlik tadqiqotlari asosida qabul qilinishi lozim.
44. Tunnelga kirish joyida tunnel ichiga barcha tunnel traktining uzunligi boʻyicha tunnelning minimal kesimidan katta boʻlgan midel kesimiga ega boʻlgan (masalan zatvor kamerasi oraligʻi tarmoqlanish) suzuvchi jismlar va yogʻoch choʻkindilarni kirib qolishiga yoʻl qoʻymaydigan moslamalar boʻlishi kerak.
Teleskopik (masalan, konusli) zatvorlar bilan jihozlangan gidroelektrostansiyalar va suv chiqarish tunnellari suv olish inshootlarida oquvchi chiqindilarni ushlab qoluvchi panjaralar moslamasi boʻlishi lozim.
Sel xavfi mavjud hududlarda loy-toshli oqimlarni portallar orqali tunnellar ichiga kirishiga yoʻl qoʻyilmasligi uchun portallar oldida himoya moslamalari koʻzda tutilishi kerak.
45. Suv oqimining muayyan gidravlik parametrlariga (jami va solishtirma sarf, tezlik, haqiqiy kesim yuzasi), gidrouzel inshootlarining joylashtirilish yechimiga, topografik, geologik va boshqa shart-sharoitlarga bogʻliq boʻlgan holda, suv tashlagichli tunnellarning chiqish portallari ortida, variantlarni texnik-iqtisodiy jihatdan solishtirish asosida tanlanuvchi (suv urilmali quduqchalar, bosimli yoki bosimsiz diffuzorlar, ingichka suv oqimini irgʻituvchi tovon-tramplinlar va boshqalar), suvning yuvib ketuvchi taʼsirini kamaytirish uchun boʻlgan moslamalar koʻzda tutilishi lozim.
Chiqish portallari inshoot asosi, daryo oʻzani va uning qarama-qarshi qirgʻogʻini yuvilib ketishi mumkinligini hisobga olgan holda konstruksiyalanishi kerak.
Kirish peshtogʻi hamda quyi byefdagi suv sathi orasida zaruriy bosimlar farqi mavjud boʻlganda, shuningdek qarama-qarshi qirgʻoq yuvilib ketishi va daryo oʻzanida oʻtirgan sayozliklar boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun suv tashlash tunnellarining chiqish portallari ortidagi tugallanish konstruksiyasi suv oqimini irgʻituvchi va uni daryo oʻzani boʻyida aylanib oqishini taʼminlovchi koʻp pogʻonali tramplinli egri chiziqli burilish koʻrinishida loyihalashtirilishi, tramplin oldida “qoshiqlar” boʻlsa,”qoshiq” ichidan suvni chiqarib tashlovchi moslama koʻzda tutilishi lozim.
Tugallanish konstruksiyasi suv oquvchi qismining oʻlcham va shakllari laboratoriya gidravlik tadqiqotlari asosida aniqlangan boʻlishi kerak.
46. Gidrotexnika tunnellarini loyihalashtirilishida tunnel ichida vakuum hosil boʻlishi ehtimolini oldini olish uchun havo berish moslamalari koʻzda tutilishi lozim.
47. Bosimsiz suv tashlash tunnellarida suvning 15 m/s va undan ortiq tezliklarida kavitatsiyadan himoya qilish maqsadida ishlanmalar yuzalari silliq boʻlishi, yuqori kavitatsion bardoshlikka ega boʻlgan betonlar qoʻllanishi, himoya qoplamlari, devoroldi qavatini aeratsiyalash koʻzda tutilishi kerak.
Kavitatsiyaga qarshi himoyaning turini tanlanishi hamda parametrlar va konstruksiyalarni aniqlash tan olingan va amaliyotda qoʻllanilayotgan hisobiy uslublardan, shuningdek laboratoriya tadqiqotlari natijalari va mavjud foydalanish tajribalari asosida oʻtkazilishi lozim.
48. Tuzilgan choʻkindi bilan suv oʻtkazadigan qurilish tunnellarining loyihalashtirilishida, foydalanish muddatini hisobga olingan holda uning ichki yuzasini suvda boʻlgan zarrachalar taʼsirida abraziv yemirilishi asoslangan boʻlishi kerak.
Betonning himoya qavatining qalinligi bashorat qilinuvchi yemirilish oʻlchamiga mos kelishi, ishlanmaning yemirilishini kamaytirish uchun mustahkam yirik toʻldiruvchilardan boʻlgan yuqori sinf betonlari yoki polimerbeton qoplamasi qoʻllanilishi, bunda tarnov ishlanmasi armaturasi grunt tomondan joylashtirilishi hamda ular tashqi yuklanishlarni qabul qilishga hisoblangan ankerlar bilan mahkamlanishi kerak.
Shuningdek, yuqori byefda daryo oʻzani boʻgʻilganidan keyin suv olish inshooti belgisini yuqoriga koʻtarish, tutib qoluvchi yoki daryo oʻzanida hajmlar hosil qilish vositasida olib ketiluvchi oʻtirindilar akkumulyatsiyasini taʼminlovchi tadbirlar oʻtkazilishi maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilishi lozim.
49. Tunnel trassasi boʻyicha Ne ≥ 100 m yuqori bosimli muayyan qismlarda jamlangan yerosti suvlari mavjud boʻlishida (masalan, tunneldan tektonik yoriqlari yoki karstli boʻshliqni kesib oʻtishida) yerosti suvini quvurlar orqali tunnel ichiga oʻtkazish koʻzda tutilishi bosimli tunnellarda suv oʻtkazuvchi quvurlar qaytarma klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Bu uchastkalarda tunnel ishlanishi boʻshliqda ishlovchi konstruksiya kabi loyihalashtirilishi kerak.
Agar kimyoviy tarkibiga koʻra tunneldagi yerosti suvlarini ketkazish yoʻl qoʻyilmaydigan boʻlsa, ishlanmani toʻla holdagi tashqi gidrostatik bosimga hisoblanishi yoki yerosti suvi tunnel chegarasi tashqarisiga chiqarib tashlanishi lozim.
50. Bosimli tunnellar ishlanishlari shu jumladan poʻlat qoplamalar bilan ularni ishga tushirish oldidan oʻtkaziluvchi sinovlarida, hisobiy ichki bosimdagi tunnel ichidan suvning chegaraviy oʻlchamdagi oqib chiqib ketishi yoʻl qoʻyiluvchi miqdori bilan tavsiflanuvchi loyihaviy germetikligini taʼminlashi lozim.
Choʻkuvchan gruntlarda loyihalashtirilayotgan tunnellarda, suv chiqib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
51. Tunnellarning konstruksiyalari loyihalashtirilishida massivdagi gruntlarning quyidagi asosiy fizik-mexanik xususiyatlaridan foydalanish lozim:
qattiqlik koeffitsiyenti;
zichligi;
siqishdagi mustahkamligi;
ichki ishqalanish tuyulma burchagi;
ilashishi;
nisbiy qayta zarba koeffitsiyenti;
deformatsiya moduli;
Puasson koeffitsiyenti;
filtrlanish koeffitsiyenti;
boʻylama va koʻndalang tarang toʻlqinlarning tarqalish tezligi;
koʻpchish va reologik xususiyatlari koʻrsatkichlari;
gruntlarni quvvati va nurash darajasi toʻgʻrisidagi hamda tunnel oʻtkazilishida hosil boʻluvchi qazilma atrofidagi boʻshashgan zonasi chuqurligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mazkur SHNQning 6-ilovasi boʻyicha qattiqlik koeffitsiyentiga koʻra gruntlarning klassifikatsiyasi.
2-§. Ishlov berilmaydigan tunnellar
52. Bosimsiz tunnellar, shuningdek suvning ichki bosimi qiymatining kamida yarmiga teng keladigan chuqurlikda joylashuvchi (metrlarda), kam yoriqsimon suvga bardosh qoyali (yuvilib ketmaydigan, ivimaydigan va shishmaydigan) gruntlardan (yoriqlarni toʻldiruvchi materiallarni hisobga olgan holda) oʻtuvchi bosimli tunnellar tegishli iqtisodiy asoslantirilganda ishlov bermasdan loyihalashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Qoyali gruntlarning ularning yoriqsimonliklariga bogʻliq ravishda deformatsion va mustahkamlik xususiyatlarining taxminiy qiymatlari quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.
53. GES, GAES va NS, shuningdek teleskopik zatvorlari boʻlgan kameralarga suv olib keluvchi qoplamasiz tunnellarning alohida bloklar yoki qoyali massivning turgʻunligi buzilishi mumkin boʻlgan yerlari temir-beton yoki polimerbeton ankerlar va purkamabeton orqali mahkamlanishi, tunnel tarnovida tom qoplamasidan va devorlardan tushadigan gruntni tutib qoluvchi jihozlar hamda tutib qoluvchi jihozlarni tozalab turilishini taʼminlash uchun tunnelga oʻtish yoʻllari koʻzda tutilishi lozim.
54. Suv oqimining 10 m/s dan ortiq tezligida tunnellarni ishlovsiz loyihalashtirilishi tunnel ishining gidravlik shart-sharoitlari va qoyali gruntlarning holatini hisobga olgan holda laboratoriya tadqiqotlari bilan asoslangan boʻlishi kerak.
55. Gidravlik rejim va tekshirish sharoitlarini yaxshilash uchun ishlov berilmaydigan tunnellar, tekis beton tarnov bilan loyihalashtirilishi lozim.
56. Qoplamasiz tunnellarning boshlangʻich va tugallanish uchastkalari qazish joyining oraligʻi (diametri)ga teng boʻlgan, ammo 6 m dan kam boʻlmagan uzunlikda boʻlgan ishlov beriladigan tarzda loyihalashtirilishi kerak.
57. Tunnellarni ishlov berilmaydigan tarzda loyihalashtirilishida tunnel yuzasining gʻadir-budirligini kamaytirish uchun zaryadlarni konturli portlatilishi koʻzda tutilishi lozim.
qoplamasiz hamda purkamabeton bilan qoplangan tunnellar yuzalarining gʻadir-budirlik koeffitsiyentlari qiymatlari quyidagi 4-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.
3-§. Tunnellarga ishlov berish
58. Gidrotexnika tunnellariga ishlov berish quyidagilarga boʻlinadi:
tunnelning gidravlik tavsiflarini yaxshilanishini taʼminlovchi, shuningdek gruntlarni nurashi va yuvilib ketilishini oldini oluvchi hamda inshootga toʻgʻri geometrik shakl berilishini taʼminlovchi-tekislovchi (yuk tutib turmaydigan);
qurilish va foydalanish davrlarida yuklanishlar koʻtarilishini taʼminlovchi, shuningdek tekislovchi ishlovlarga qoʻyiladigan talablarni qanoatlantiruvchi — yuk tutib turuvchi.
59. Yuk koʻtarib turuvchi ishchi yuzalari loyihalashtirilishida quyidagilar boʻlishi kerak:
ishchi yuzalarning shunday konstruktiv va hisobiy sxemalari qabul qilinishi, ularda sigʻdiriluvchi grunt massivining yuk koʻtara olish imkoniyatlaridan maksimal foydalanishining amalga oshirilishi mumkin boʻlishi;
qazishdagi oʻtish ishlarida qoʻllaniluvchi hamda ishlanmalarning chegarasida yoki tashqi konturidan tashqarida qoldiriluvchi vaqtinchalik mahkamlanishning mavjudligi hisobga olinishi.
60. Tekislanuvchi ishchi yuzalari monolit beton yoki purkamabetondan boʻlishi koʻzda tutilishi lozim.
Tunneldagi suv oqimining 10 m/s dan ortiq boʻlmagan tezligida, uning tom qoplamasi va devorlarining ishlov tarzlarini tekislanishi ular yuzasini silliqlashsiz purkama betondan qoʻllanilishga yoʻl qoʻyiladi. Katta tezliklarda bunday ishlovlarni qoʻllanilishi laboratoriya tadqiqotlari maʼlumotlari bilan asoslangan boʻlishi kerak.
Tekislovchi ishlovlarda tarnovni betondan boʻlishi koʻzda tutilishi lozim.
Bosimli tunnellarda tekislovchi ishlovlar, tunnellarni suvning ichki bosimini (metrlarda) kamida yarim qiymatiga toʻgʻri keluvchi chuqurligida boʻlganda qoʻllanilishi kerak.
61. Bosimli va bosimsiz tunnellarning yuk koʻtarish ishlovlarining asosiy koʻrinishlari hamda ularni qoʻllanish sohalari quyidagi 5-jadvalda koʻrsatilganlarga muvofiq boʻlishi lozim.
Seysmikligi 8 va 9 ballik hududlarda portaloldi uchastkalar ishlovlari, shuningdek 50 m dan kam chuqurlikda yotuvchi tunnel uchastkalari temir-betonli tarzda loyihalashtirilishi kerak.
Ankerli mahkamlash bilan purkamabetondan boʻlgan ishlovlar qoʻllanilishi suvning ichki bosimi qiymatining (metrlarda) kamida yarmiga teng chuqurlikda boʻlgan tunnellar uchun boʻlishi lozim. Kuchli yoriqlari boʻlgan gruntlarda purkamabeton ankerlangan panjara koʻrinishida bajarilishi lozim.
Purkamabetonning grunt bilan ilashishi kamida 0,5 MPa (5 kgf/cm2) boʻlishi lozim. Muvofiq tajribaviy asoslashlar bilan hamda f ≤ 3 qattiqlik koeffitsiyentiga ega boʻlgan gruntlarda nisbatan kamroq ilashishli purkamabetondan boʻlgan ishlovlar qoʻllanilishi, yerosti suvlari bosimi mavjud boʻlishida yoki gruntni sementatsiyalanishida ilashishlikning talab qilinuvchi qiymatlari hisoblar bilan aniqlanishi, ammo bu, ishlanmaga taʼsir koʻrsatuvchi suv bosimi miqdorining ikki barobaridan kam boʻlmasligi kerak.
* Izoh: shu jumladan bosimsiz tunnellar
Qattiqlik koeffitsiyenti f, 4 dan 8 gacha boʻlgan gruntlarda ichki temir-beton qobiqcha va temir-beton qobiqcha oʻrniga tashqi yigʻma temir-beton halqali ishlanmani uygʻunlashtirish uchun temirtorkretli beton qoʻllanilishi lozim.
62. Bosimli tunnellarni tarmoqlanish uchastkalarida va ularning GES, GAES va NS binolari bilan, zatvorli kameralar va boshqa aynan oʻxshash boʻlgan inshootlar bilan tutashish joylarida poʻlat qoplama qoʻllanilishi kerak.
Kombinatsiyalangan ishlanmani ichki poʻlat qobiqcha bilan chegaralanuvchi chiziq uzunligini (chegarani) ikki talab asosida aniqlanishi kerak:
sigʻdiruvchi grunt massivining tutib turish imkoniyati;
tunnelda qoʻshni “quruq boʻlgan” yerosti inshootlariga yoki yer ustki yuzasi tomon yoʻnalgan yoʻl uzunligi va filtrlanish oʻlchami asosida aniqlanishi lozim.
Quvur tashqarisidagi boʻshliq oʻlchamlari, poʻlat konstruksiya va qazishma (vaqtinchalik mahkamlash) tashqi oʻlchamlari orasidagi tirqishlar qurilish-montaj ishlari oʻtkazilish vaqtidagi texnika xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda minimal tarzda qabul qilinishi kerak.
Ikkiyoqlama yigʻish va payvandlashda quvurdan tashqariga boʻshliqda odam oʻtishi uchun oʻtish yoʻli koʻzda tutilishi lozim.
63. Yerusti relyefining keskin oʻzgaruvchi uchastkalarida sayoz tarzda yotqiziluvchi tunnel ustida boʻladigan ishlanmani monolit quyma temir-betondan koʻndalang yoʻnalishda konstruktiv armaturalash bilan loyihalashtirilishi lozim.
64. Qazilma kesimi boʻylab togʻ bosimining sezilarli notekis tarzda taqsimlanishida, shuningdek gorizontal tektonik kuchlanishlarning katta qiymatlarida ishlov berishga moyil boʻlgan, jumladan, ankerlardan va armaturali setka boʻyicha purkamabetondan boʻlgan ishlanmalar qabul qilinishi kerak.
65. Sezilarli bir tekisda boʻlgan togʻ bosimida (1 MPa dan ortiq) yumaloq kesim shakliga ega boʻlgan tunnel koʻrinishiga hamda kuchaytirilgan temir-beton bloklardan boʻlgan blok uchlarining yoqlarida ishlov berishga moyil qoplamalar bilan boʻlgan yigʻma ishlanmalarga oʻtish yoʻl qoʻyiladi.
66. Shishadigan gruntlarda koʻndalang kesimning aylanali shakli qoʻllanishi, tekis tarnovlarni gruntga ankerlash va tunneldan foydalanish davrida mustahkamlikni taʼminlovchi boshqa tadbirlar qoʻllanishi lozim.
67. Tunnel va faol tektonik yoriqli hududlar kesishganda boʻylama yoʻnalishda “egiluvchan”, koʻndalang (halqasimon) deformatsion choklar bilan grunt massasining yuk koʻtarish qobiliyatini buzmasdan harakatlanishi mumkin boʻlgan konstruksiyalardan foydalanish kerak.
Choklar konstruksiyasi ishlanma seksiyalarini (halqalarini) bir-biriga nisbatan aylana olish imkonini taʼminlashi, choklar orqali qoʻshni halqalarga biriktirilgan va chok qismida elastik ulagichlar bilan taʼminlangan poʻlat sterjenlar oʻtkazilishi, bosimli tunnellarda choklar suv oʻtkazmaydigan boʻlishi, koʻndalang choklar orasidagi masofa tunnel ishlanmasi va grunt massivining kuchlanish-deformatsiyalanish holati hisob-kitoblar asosida oʻrnatilishi kerak.
68. Suvning 15 m/s dan ortiq tezligidagi yuqori bosimli suv tashlash tunnellarini loyihalashtirishda tunnelning bosimsiz qismining devorlari va tarnovlarining poʻlat qoplamalari oxiridagi zatvorlar kamerasi ortida botiqchalar, boʻrtmalar yoki ularga havo kirishini taʼminlovchi uygʻunliklari koʻrinishidagi aeratorlar koʻzda tutilishi lozim.
69. Tunnellarning tutib turuvchi ishlanmalari noyoriqbardosh (yoriqlar ochilishi oʻlchamlari boʻyicha hisoblangan), yoriqbardosh (yoriqlar paydo boʻlish boʻyicha hisoblangan) tarzda loyihalashtirilishi lozim.
Tunnelarning beton va temir-beton ishlanmalari, noyoriqbardosh tarzda boʻlishi koʻzda tutilishi kerak.
Tunnel suvining gidrokarbonatli ishqoriyligi 0,25 mg ekv/l dan kam boʻlgan, suvning sizilishi, yuvilish, shuningdek, suv filtratsiyasi chidamliligining pasayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan gruntlarda qurilgan tunnel qoplamalari, ishlanma va grunt massasining barqarorligi yorilishga chidamli boʻlishi kerak.
70. Beton yoki temir-betonli tutib turuvchi ishlanmaning qalinligi tunnel aylanasi yoki koʻndalang kesimining b noaylanali shaklidagi kengligi yarmining 0,15 ga teng boʻlganidagi koʻndalang kesimi ichki radiusining ri koʻpi bilan 0,15 ga teng boʻlishi kerak.
Hisob-kitoblar bilan asoslanganda ishlanma qalinligi yuqorida koʻrsatilgandan katta boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Agar yoriqbardoshlik shartlari boʻyicha bosimli tunnellar ishlanmalarining qalinligini oshirish talab etiladigan boʻlsa, ishlanmalar ogʻir betonlardagiga qaraganda kichik taranglik modullari bilan boʻlgan materiallar qoʻllanishi, yoki gruntlarning deformatsion tavsiflarini ularni sementatsiyalash yoʻli bilan yaxshilash yoki taranglashuvchi sementdan boʻlgan dastlab kuchlangan temir-beton ishlanmalar qoʻllash imkoniyatlari koʻrib chiqilishi lozim.
71. Gidrotexnika tunnellari ishlanmalarining minimal qalinligi quyidagicha cm hisobida qabul qilinishi lozim:
monolit beton va temir-beton — 20;
monolit uygʻunlashgan ishlanmalarning temir-beton qobiqchalari — 10;
yigʻma temir-beton — 10;
purkamabetondan:
tutib turuvchi — 10;
tekislanuvchi — 5;
temirtorkretdan boʻlgan — 5.
72. Suv oqimining 15 m/s va undan ortiq tezliklarida ishlovchi suv tashlash tunnellari uchun ishlanmalar sifatiga nisbatan maxsus texnik talablar ishlab chiqilishi kerak.
73. Bosimli tunnellarning noyoriqbardosh temir-beton ishlanmalari armaturalash foizlari yoriqlarni ochilishi shartlaridan kelib chiqqan holda (10-jadvalga muvofiq) hamda filtratsion yoʻqotishlar, ammo 0,5 % dan kam boʻlmagan miqdorda aniqlanishi lozim.
Armaturalash foizini 0,5 foizdan kamayishiga har qaysi obyekt uchun uni statik va filtratsion hisoblar uygʻunligi, ishlanma perimetri boʻylab bir tekisda yoriq hosil boʻlish boʻyicha modelda yoki amalda tajribaviy tadqiqotlar oʻtkazishlar orqali asoslanishi, shuningdek oʻtish va betonlash ishlarining (oʻpirilishlar yirik suv oʻtkazmaydigan toʻsiqlarning mavjud boʻlmasligi, beton aralashmasining sifatli zichlashtirilishi va boshqalar) yuqori sifatli boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Qattiqlik koeffitsiyenti f uchun, minimal armaturalash 0,3 foiz, f > 4 boʻlgan gruntlarda 0,15 foiz etib qabul qilinishi kerak.
Bosimsiz tunnellar ishlanmalari uchun armaturalashning minimal foizi chegaralanmaydi.
Temirtorkret qobiqlarning minimal armaturalanishlari kamida 1 foiz etib qabul qilinishi lozim.
74. Bosimli tunnellarning temir-beton ishlanmalarida armaturaning ikki qatorlik joylashishida hisobiy armaturaning asosiy qismini joylashishida hisobiy armaturaning asosiy qismi (60-70 foiz) ishlanmaning ichki yuzasiga yaqin boʻlgan tarzda joylashtirilishi kerak.
Mustahkam bir jinsli gruntlarda, shuningdek poʻlat gumbazlardan boʻlgan vaqtinchalik mahkamlashlardan foydalanishda ishlanmaning ichki yuzasi yaqinida joylashuvchi bir qatorli armatura oʻrnatilishi lozim.
Uzunasiga taqsimlanuvchi armatura ishchi yuzadan koʻpi bilan 25 cm qadam masofada ichki yuzasi bilan joylashtirilishi kerak.
Turli jinsli gruntlarda, karst boʻshliqlarida, grunt massivining tektonik va boshqa buzilishlarida yoʻl qoʻyilganidan ortiq yoriqlar ochilishi bilan hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan konstruktiv tadbirlar koʻzda tutilishi lozim.
Bosimsiz tunnellarning temir-beton ishlanmalarida armatura joylashishi birinchi guruh chegaraviy holatlari boʻyicha hisoblash orqali aniqlanadi.
Tunnellar ishlanmalarining birinchi guruh chegaraviy holatlari boʻyicha hisoblash mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
75. Monolit temir-beton ishlanmalarning ishchi armaturasi uchun himoya qavatining qalinligi quyidagilardan kam boʻlmagan holda quyidagi koʻrsatkichlarga muvofiq qabul qilinishi kerak:
Agressiv suv muhitida himoya qavatining qalinligi 10 mm ga koʻpayadi.
Taqsimlanuvchi armatura uchun himoya qavatining minimal qalinligi, ishchi armaturaga qaraganda 10 mm qisqaroq etib qabul qilinishi lozim.
Ishlanmaning yigʻma elementlari uchun himoya qavati qalinligi monolit ishlanmalar uchun oʻrnatilgan qalinlikka nisbatan 10 mm ga kamaytirilishi kerak.
76. Tunnel ishlanmalarini kameralar bilan tutashadigan joylarida (massiv konstruksiyalar) hamda ishlanma elementlari bir-biriga nisbatan surilishi mumkin boʻlgan tunnel uchastkalarida deformatsiya choklari koʻzda tutilishi lozim.
77. Suvlanmagan (“quruq”) gruntli massivlardan oʻtuvchi, k >10-4 cm/s filtrlanish koeffitsiyentiga ega boʻlgan bosimli tunnellarning yoriqbardosh ishlanmalari deformatsiya va qurilish choklarining suv oʻtkazmasligini taʼminlash uchun, choklarda filtrlanishga qarshi elementlar boʻlishi koʻzda tutilishi kerak.
Tunneldagi suvning ichki bosimiga teng yoki undan yuqori boʻlgan tunnelning hisobiy kesimlaridagi yerosti suvlari sathi bilan boʻlgan grunt massivlarining suvlangan tabiiy yoki loyihaviy shart-sharoitlarida, ishlanmaning qurilish va deformatsion choklaridagi filtrlanishga qarshi elementlari, agar tunnelning boʻshatilishida yoriqlarni suv bilan birga filtrlanib qolgan toʻldiruvchining chiqib ketish imkoniyati istisno etilishi sharti bajarilgan taqdirda inobatga olinmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
78. Ishlanmali tunnellardagi toʻldiruvchi sementatsiyasi, purkamabetonda boʻlgan ishlanmali tunnellarni, shuningdek quyma betondan boʻlgan ishlanmali ogʻma va vertikal shaxtalarni hisobga olmaganda, boshqa barcha hollarda koʻzda tutilishi lozim.
Toʻldiruvchi sementatsiya, ishlanmaning grunt hamda gorizontal diametrdan yuqori boʻlgan vaqtinchalik beton mahkamlagich bilan boʻlgan tutashish joyida, uygʻunlashgan ishlanmalarda esa poʻlat qobiqli xuddi shu kabi metall-beton tutashmasining gorizontal diametridan pastda koʻzda tutilishi kerak.
79. Yoriqsimon gruntlarda joylashuvchi, bosimli tunnellar ishlanmalarini loyihalashtirishda, deformatsion tavsiflarini yaxshilash va gruntlarning suv oʻtkazishligini kamaytirish uchun bu ishning texnikaviy jihatdan imkoni boʻlsa va iqtisodiy samara beradigan boʻlsa mahkamlash ishlari va filtrlanishga qarshi sementatsiyalash koʻzda tutilishi lozim.
Mahkamlanadigan sementatsiya toʻldirish sementatsiyasi ishlari tugagandan soʻng amalga oshirilishi kerak.
80. Yerosti suvlari bosimini qabul qiluvchi ishlanma konstruksiya ishlari sharoitlarini yaxshilash uchun, drenaj moslamalari va ishlanmani gruntga ankerlash maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilishi lozim. Bunday ishlanmaning konstruktiv sxemasi va hisoblash uslubiy koʻrsatmasi tavsiya etiluvchi 5-ilovada keltirilgan.
81. Yerosti suvlarining tunnel ishlanmasiga koʻrsatadigan bosimini pasaytirilishi samaradorligini oshirish maqsadida ishlanma gruntning sementatsiyalangan qavati oraligʻida sementatsiyalanmagan qavati oraligʻida sementatsiyalanmagan zonani qoldirish bilan mahalliy drenaj va filtrlanishga qarshi sementatsiya uygʻunligi qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunday konstruksiya hisobining uslubiy koʻrsatmasi IQN 045-72 da keltirilgan.
82. Bosimli tunnellarda suv oʻtkazgich boʻshligʻi bilan tutashtirilgan burgʻilash chuquri koʻrinishidagi drenaj moslamalari qoʻllanishida, zaruriy hollarda drenaj quduqlarni teskari klapanlar bilan jihozlash lozim.
7-bob. Suv tashlash tunnellarining zatvorli kameralari
1-§. Asosiy qoidalar
83. Yerosti gidrotexnika inshootlariga qoʻyiluvchi odatdagi umumgidrotexnik va umumqurilish talablarining bajarilishidan tashqari, gidrotexnika tunnellari zatvorli kameralari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
zatvorlarning toʻla ochilishidagi berilgan oʻtkazish imkoniyati;
kamera va zatvorlar elementlarining kavitatsiyaga qarshi chidamliligi;
kamera va zatvorlar elementlarining uzoq vaqt mobaynida oqimning keskin deformatsiyalanishida vujudga keluvchi yuqori gidrodinamik yuklanishlarni qabul qilish imkoniyati;
zatvor konstruksiyalarining buzib oʻtish toʻlqinlaridan boʻlgan kuchlanishlarni va loy-toshli oqimlardan boʻlishi mumkin boʻlgan zarbalarni qabul qila olish imkoniyati;
tunnelning pastda joylashgan qismida oqimning qulay rejimi.
Asosiy zatvorlardan yuqoriroq joylashuvchi, kameraning yuqori qismi, oxirigacha ochiq holatlarida, oqimning bosimli rejimi sharoitlarida ishlashi, kameraning oqimga oid yuqorigi qismida kesimni kichrayishi bilan taʼminlanishi lozim.
Zatvorli kamera pastki qismi va suv oʻtkazgich pastda joylashgan qismining kavitatsion xavfsizligi, olib oʻtiluvchi yuqori tezlikdagi oqimni suv oʻtkazgichning devorlari va tubidan havo qatlami yoki kuchli aerolangan oqim bilan ajratish yoʻli orqali taʼminlanishi, bunda ularning tuynuk va ajralma qismlarini yopuvchi asosiy zatvorning muvofiq keluvchi geometrik shakllarini tanlash, shuningdek, oqimni devorlar va tubdan ostonalar, oʻyiqlar deflektorlar jihozlash yoʻli bilan ajratuvchi sunʼiy doiralar barpo qilish, doiralarga havo uzilmalari berish orqali erishilishi lozim.
84. Oʻtirindilar oqiziluvchi va tarhda burilishlari boʻlgan suv tashlash tunnellarida, zatvorli kameralar tunnel yoʻlining toʻgʻri chiziqli qismlarida joylashishi kerak. Tunnelning yaqin burilishi zatvorli kamera oldidan oqimdagi koʻndalang aylanishni soʻnishiga yetarli uzoqlikda joylashishi va oʻtirindilarni kamera qanot oraliqlarida bir tekisda taqsimlanishini taʼminlashi kerak.
85. Zatvorli kameralar konstruksiyalarida tunukasimon armatura sifatida poʻlat qoplamalardan foydalanilishida poʻlat tunukalarni konstruksiyaga mustahkam, qattiq mahkamlanishi taʼminlash, bu uning beton bilan boʻlmaganida mahkamlanish qismlarida birgalikdagi ishini taʼminlashi va mahkamlash elementning burchaklari va uzunligi boʻylab joylashgan qattiqlik qovirgʻalari hamda ankerlar yordamida koʻzda tutilishi lozim.
Temir-beton elementining siqilgan zonasida joylashgan poʻlat qoplama, uning turgʻunligini taʼminlash boʻyicha maxsus konstruktiv chora-tadbirlarisiz hisoblarda nazarda tutilmasligi kerak.
Temir-beton va tunukasimon poʻlatni birlashtiruvchi ankerlar, temir-beton va poʻlat tunukalar orasidagi tutash zonada qirquvchi kuchlar hamda haroratlar farqi taʼsiridan vujudga keluvchi suruvchi kuchlanishga hisoblash lozim.
86. Tarnov (pol) poʻlat qoplamalari montaj qilinuvchi elementlari (rusumlar) oʻz joyiga oʻrnatilish oldidan orqa tomoni bilan qobiqning qattiqlik qovirgʻalari balandligidan past boʻlmagan balandlikda ikki yoqlama nishab yuza va sementlanuvchi tuynuklar hosil qilish bilan betonlanishi kerak.
87. Yetarli tutib turish imkoniyatiga ega boʻlgan grunt massivida joylashgan, zatvorli kameralarning bosimsiz pastki va tutashish qismlarida, ishlanma konstruksiyasini gruntga ankerlanishining maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilishi lozim.
88. Zatvorli kameralarning bosimsiz qismlarida poʻlat qoplamani kavitatsiya va korroziyaga qarshi himoyalash loyihasiga alohida eʼtibor qaratilishi kerak.
Kameraning poʻlat qoplamasi oxirida unga avtomatik tarzda havo yetkazishni taʼminlovchi aerator koʻzda tutilishi lozim.
8-bob. Vaqtinchalik tunnelarni yotqizish (yoʻqotish)
89. Vaqtinchalik gidrotexnika tunnellarini yotqizish (yoʻqotish) va boshqa qazishmalar quyidagilarni taʼminlashi kerak:
bosim jabhasini paydo boʻlishida qatnashuvchi, inshootlar asosida filtrlanishga qarshi konturning zaruriy uzunligi;
gidrotexnika inshooti asosidagi (masalan, yer sathi ostida qazishmalarni chuqur boʻlmagan tarzda yotishida) grunt massivining tutib turish xususiyatlarini saqlash yoki qayta tiklash;
bir tarafga yoʻnalgan filtratsiyani vaqtinchalik qazishmalarning bosimlashgan qismidan ularga qoʻshni boʻlgan foydalanish yerosti inshootlari (GES va GAES binolari, zatvorlarni boshqarish xonalari, transformator, yuk, aeratsiya, kabel tunnellari va boshqalar);
qazishma tomini oʻpirilib-buzilishdan saqlagan holda ushlab turish va gidrouzel uchastkasida nazoratda boʻlmagan boʻsh qazishmalarni boʻlishni istisno etish;
bosimli inshootlar yaqinida joylashgan yoki suffoziyaga chidamsiz grunt uchastkalarida joylashgan yoʻqotiluvchi qazishmalar suv qochirish imkoniyatini istisno etish yoki qulay holatlarga keltirish;
ishlanayotgan qazishmalarga odamlar, hayvonlar va begona jismlarni kirib qolishiga yoʻl qoʻymaslik.
90. Qurilish tunneli yotqizilish joyi tanlanishida quyidagilar hisobga olinishi kerak:
gidrouzel inshootlarining umumiy joylashish tarzi;
toʻgʻon joylashgan uchastkadagi filtrlanishning umumiy koʻrinishi;
tunnelning yoʻqotilmay qoldiriluvchi uchastkasini daryo koʻtarma qirgʻoqlariga drenaj sifatida chiqarish va toʻgʻon asosi orqali filtrlangan suvni chiqarib tashlanishini tashkil etish;
tunnelning bosimlashgan uchastkasi tiqinidan yuqorida joylashgan qismidan qoʻshni “quruq” yerosti inshootlari va qiyalik yuzasiga suvni yoʻnaltirilgan tarzda filtranish imkoniyatlari.
91. Konstruktiv belgilari va yerosti qazishmalari yotqizilish materiallari boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi:
butkul beton yotqizish;
beton tiqinlar;
beton (temir-beton) toʻsiqlar;
kuchaytirilgan (temir-beton) ishlanma;
qotuvchi yotqizilma;
qum-sementli qorishma bilan toʻldirish;
tashlab toʻldirish (grunt bilan toʻldirish);
uygʻunlashgan tarzdagi yotqizish.
Beton tiqinlar yotqizilmaning oʻziga suv bosimini qabul qiluvchi asosiy konstruktiv elementi shuningdek eng muhim tiqinlar boʻlishi, gidrouzel bosimli jabhasini kesib oʻtuvchi qurilish sarflarini oʻtkazish uchun tunnellarda barpo etiluvchi tiqinlar hisoblanishi bunday tunnellardagi tiqinlar, toʻgʻonning filtrlanishga qarshi elementi chizigʻida, tektonika orqali buzilmagan grunt massivi uchastkalarida joylashtirilishi kerak.
92. Qurilish tunneli ishlanmasida uni tiqin joylashgan uchastkasida loyihalashtirilishida tayanch-filtrlanishga qarshi shponkalar elementlarining gumbaz va devorlarini ishlov berish ishlarini maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilishi, bunda tiqin betonlashtirishdan oldin yuqori byef bosimini qabul qilishga moʻljallangan, shponkaning ikkinchi yarmi germetik tarzda payvandlanishi kerak.
93. Yerning yuzasiga yetmaydigan balandligida oʻpirilishiga yoʻl qoʻyiluvchi, doimiy ishlanma bilan mahkamlanmagan qazishmalar, koʻndalang kesimning toʻla balandligidan pastroq tarzda yotqizilishi yoʻl qoʻyiladi.
Agar vaqtinchalik mahkamlanmagan qazishma filtratsion zona tashqarida joylashgan boʻlsa va doimiy inshootlarning asosidagi kuchlanish-deformatsiya holatini shakllanishiga taʼsir qilmaydigan boʻlsa, uning yer ostida yotish chuqurligi esa qazishma tomidan gruntning agʻdarilish gumbazi balandligidan ortiq boʻlsa, mazkur qazishma yotqizilmasligiga yoʻl qoʻyiladi shuningdek bunday holatda qazishmaga kirish joyida faqat toʻsiq koʻzda tutilishi lozim.
Agʻdarilish gumbazi balandligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
hk = hb (k-1)
bu yerda:
hb — qazishma balandligi;
k — qazishma ichiga sigʻdiriluvchi massiv tuprogʻining boʻshashish koeffitsiyenti boʻlib, γmas/γ boʻsh nisbatga teng (bunda γmas — massivdagi grunt zichligi, γ boʻsh — shu kabi, tomdan buzilib tushuvchi boʻsh gruntning zichligi).
9-bob. Yuklanishlar, taʼsirlar va ularning kombinatsiyasi
94. Yuklanishlar va taʼsirlar doimiy va vaqtinchalik — uzoq muddatli, qisqa muddatli va alohida kabilarga boʻlinadi.
95. Doimiy yuklanish va taʼsirlarga quyidagilar kiradi:
togʻ bosimi;
ishlanma ogʻirligi;
dastlabki kuchlanish taʼsiri.
96. Vaqtinchalik davomiy yuklanishlarga quyidagilar kiradi:
suv omboridagi suvning moʻtadil damlanish sathidagi tunnel ichida boʻlgan suvning ichki bosimi;
yerosti suvlarining bosimi.
97. Qisqa muddatli yuklanish va taʼsirlarga quyidagilar kiradi:
suv oqimining oʻzgarish bosimi;
tunneldan meʼyorida foydalanilishida gidravlik zarba natijasida yuzaga keluvchi, suvning ichki bosimi;
haroratlarga oid iqlimiy taʼsirlar (ishlanmalarning poʻlat qobiqchalari uchun);
ishlanma yoki uning poʻlat qobiqchasiga sementlashdagi qorishmaning bosimi;
ishlarning amalga oshirilishida mexanizmlardan boʻladigan bosim.
98. Alohida yuklanish va taʼsirlarga quyidagilar kiradi:
seysmik va portlatish taʼsirlari;
suv omboridagi suvning shiddatli damlanish sathi yoki yuklanishning toʻliq boʻshatilishida gidravlik zarba taʼsiridagi, tunnel ichidagi suvning ichki bosimi;
harorat oʻzgarishi, betonning koʻpchishi, kirishishi, massivdagi gruntning surilishi (poʻlat qobiqchalar uchun) natijasida vujudga keluvchi zoʻriqishlar;
yangi yotqizilgan betondan poʻlat qobiqchaga boʻladigan bosim;
gidravlik sinov bosimi (poʻlat qobiqchalar uchun);
tortish choʻkindilarining taʼsiri.
99. Tunnel ishlanmalarining statik hisoblarida yuklanish va taʼsirlar quyidagi mujassamlikda qabul qilinishi lozim:
doimiy, vaqtinchalik (uzoq muddatli va qisqa muddatli) yuklanish va taʼsirlardan tashkil qilinuvchi asosiy yuklanish va taʼsirlar;
doimiy vaqtinchalik (uzoq muddatli va baʼzi qisqa muddatli) hamda alohida yuklanish va taʼsirlarning biridan tashkil qilinuvchi alohida yuklanish va taʼsirlar.
100. Qurilish, ekspluatatsiya va taʼmirlash davrlari uchun yuklanishlar va taʼsirlar eng noqulay, ammo mumkin boʻlgan kombinatsiyalarda olinishi kerak.
101. Tunnel ishlanmalarini mustahkamlik va turgʻunlikka boʻlgan hisoblarida yuklanishlar boʻyicha boʻlgan ishonchlilik koeffitsiyenti y f (birinchi guruhning chegaraviy holati) quyidagi 6-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
Izoh. Qavslarda koʻrsatilgan, yuklanishlar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti qiymati, bu koeffitsiyentlarning kichik qiymati qoʻllanilishi tunnel ishlanmasi yuklanishining befoyda holatiga olib keladi.
Ikkinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha boʻlgan hisoblarda yuklanishlar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti 1 ga teng etib olinishi lozim.
102. Togʻ bosimi qiymatini, shuningdek grunt massivining tabiiy kuchlanish holatini aniqlash 103 — 108-bandlarga binoan, shuningdek tunnellarni aynan oʻxshash boʻlgan muhandislik-geologik shart-sharoitlarda qurish va undan foydalanish tajribasi asosida bajarilishi kerak.
I sinf bosimsiz tunnellari hamda bosimli tunnellarning I va II sinflari uchun togʻ bosimi qiymatlari maʼlum tavsiflarga ega muhandislik-geologik shart-sharoitlari bilan boʻlgan uchastkalarda amaliy tadqiqotlar oʻtkazilishi natijalari asosida ishchi hujjatlar tayyorlanish bosqichida aniqlanishi kerak.
103. Yarimqoya gruntlarda joylashadigan tunnellar loyihalashtirilishida, sezilarli togʻ bosimi, koʻpchish, shishib yorilish, vaqtinchalik mahkamlanishlarni deformatsiyasi kabilarni sodir boʻlishi ehtimolini hisobga olinishi, zaruriy holatlarda oʻtish ishlarining maxsus usullari va shunga muvofiq boʻlgan mahkamlash koʻrinishlari koʻzda tutilishi, shuningdek grunt massivining suvga toʻyinishi hamda qurilish va foydalanish usullari tufayli yuzaga kelgan, qazishma atrofida uning kuchlanish holatini oʻzgarishida yoriqsimon gruntlar xususiyatlarini pasayishi hisobga olinishi kerak.
Tunnelni ohaktoshlarda, gips tarkibli va tuz tarkibli gruntlar ichida joylashishida, karst boʻshliqlarida toʻplanib qolgan katta massali suvlarni toʻsatdan tunnel ichiga yorib oʻtishi ehtimoli hisobga olinishi, bunday yorib oʻtishlar shuningdek yuqori suv oʻtkazuvchi gruntlardagi yoriqlar, yirik tektonik buzilishlarda, tunnel qazishmasini oqma loy koʻrinishidagi suvga toʻyingan qum-gruntlar, allyuvial yoki koʻl yomgʻirlari bilan toʻlgan qadimgi eroziya pasayishlari bilan kesib oʻtishida sodir boʻladi.
Qazishma tomidan yer ustki sathigacha boʻlgan masofa qulash gumbazi balandligining ikkilangan qiymatidan katta, f < 4 bilan boʻlgan gruntlardagi meʼyoriy vertikal togʻ bosimi qulash gumbazi bilan chegaralangan grunt ogʻirligi hajmiga teng etib qabul qilinishi lozim. Tunnelning kichikroq chuqurligi bilan togʻ bosimi uning ustidagi gruntning butun qalinligiga teng deb qabul qilinadi.
104. Qattiqlik koeffitsiyenti f gqzn, kN/m2 (tf/m2) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
gqzn = βpghq ,
bu yerda:
β — qazishma oraliq b ishlarga bogʻliq ravishda qabul qilinuvchi koeffitsiyent boʻlib, u quyidagilarga teng boʻlishi mumkin:
b £ 5,5 m boʻlganda — 0,7; b ³ 7,5 m boʻlganda — 1,0; 5,5 b < 7,5 m boʻlganda 0,7 va 1,0 orasida interpolyatsiya mavjud boʻlishida;
p — grunt zichligi, t/m3;
g — 9,81 ≈ 10 m/s2;
hq — qulash gumbazi balandligi boʻlib, m, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
h — qazishma ishlar balandligi, m;
φ — ichki ishqalanish tuyulma burchagi;
(φ =arctg f).
Vertikal togʻ bosimining taqsimlanishi ishlanma oraliq qoplama boʻyicha bir tekis tarzda qabul qilinadi.
105. Meʼyoriy vertikal togʻ bosimi gqzn , kN/m2 (ts/m2), f ³ 4 boʻlgan gruntlarda amaliy tadqiqotlar boʻyicha oʻrnatilgan, buzilgan zona hajmidagi gruntlar ogʻirligiga teng etib qabul qilinishi, ular mavjud boʻlmaganda esa quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
gqzn = βpghq1 ,
bu yerda:
hq=ka . b — buzilgan zona chuqurligi, m;
ka — quyidagi 7 — jadval boʻyicha qabul qilinuvchi koeffitsiyent.
Vertikal togʻ bosimining qoplamasi oraligʻi boʻylab taqsimlanishi grunt massivining tabaqalanishi, yorilish tizimlari va boshqa xususiyatlarini hisobga oladi.
Kuchsiz yoriqsimon gruntlarda, ularning buzilgan zonasini 1,5 m dan ortiq boʻlishida vertikal togʻ bosimi gqzn 20 % kamaytirilishi lozim.
Kombaynli oʻtish ishlarida ka qiymati 30 % kamaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Parallel m yonma-yon tarzda joylashgan ikki va undan ortiq tunnellar loyihalashtirilishida ularni qurish jarayonida barcha tunnellar ustida togʻ bosimini keskin ortib ketishiga olib keluvchi umumiy bosim gumbazi yoki umumiy buzilish zonasi vujudga kelishi ehtimoli hisobga olinishi, tunnellar oraligʻi masofasi ishlanma boʻyicha ikki maksimal oraliq qoplamasi ortiq boʻlishida, loyihalashtirishning dastlabki bosqichlarida har qaysi tunnel alohida tunnel sifatida hisoblanishi lozim.
Ochiq usulda barpo etiluvchi tunnellarni loyihalashtirish SHNQ 2.05.03-22 talablari asosida amalga oshirilishi lozim. Koʻtarma ostida tunnelni sezilarli chuqurlashishida ishlovga moyil konstruksiyalar moslamalari yoki grunt bosimini kamaytiruvchi tadbirlarning maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilishi kerak.
106. Meʼyoriy gorizontal togʻ bosimi gqxn, kN/m2 (ts/m2), quyidagicha aniqlanishi kerak.
f < 4 boʻlgan gruntlar ichida gumbaz hosil qilinishida — quyidagi formula orqali aniqlanadi:
gqxn = pg(hq + 0.5h)tg2 (45° — φ /2),
f hq sonli qiymatni qazishma tomidan yer sathigacha boʻlgan masofaga almashtirish bilan (3)-formula orqali.
Gorizontal togʻ bosimining taqsimlanishi ishlanma balandligi boʻyicha bir tekisda boʻlishi lozim.
107. Meʼyoriy gorizontal togʻ bosimi f ≥ 4 boʻlgan kuchsiz va oʻrtacha yoriqsimon gruntlarda tunnelning balandligi 6 m dan kam boʻlishida hisobga olinmasligiga yoʻl qoʻyiladi, balandligi 6 m dan ortiq boʻlganda esa — yoriqlar kesib oʻtgan alohida qoyali bloklarning chegaraviy muvozanati shartlaridan kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.
Kuchli yorilgan, f ≥ 4 boʻlgan gruntlarda meʼyoriy gorizontal togʻ bosimi quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi lozim.
gqxn = 0,1pgh ,
108. Chuqur yerlarda yotqiziluvchi (500 m dan chuqur) tunnellar uchun togʻ bosimi qiymati gruntlarning boʻlishi mumkin boʻlgan qayishqoq holati va boshqa oʻziga xos hodisalarni hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
Zaruriy maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, chuqur yotqiziluvchi tunnellar loyihalashtirishning boshlangʻich bosqichlarida togʻ bosimi aynan oʻxshash boʻlgan muhandislik-geologik va gidrogeologik shart-sharoitlardagi tunnel qurilishi tajribalari asosida aniqlanadi.
109. Loyli gruntlarda hamda f < 4 boʻlgan, tunnel konstruksiyasiga sezilarli bir tekisda bosim koʻrsatuvchi kuchsiz gruntlarda joylashgan chuqur yotqiziluvchi tunnellarda, ishlanmaga beriluvchi yuklanish gruntning vaqtinchalik mahkamlagichlari va bu mahkamlagichning ishlovga moyilligi, shuningdek ishlanmani oʻzining ishlovga moyilligigacha boʻlgan kutiluvchi surilishlarini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
110. Suv oʻtkazuvchi gruntlarda joylashuvchi bosimli tunnellar ishlanmalarini hisoblashda, suvning ichki bosimidan va yerosti suvlari tashqi bosimi yuklanishlarning bir mujassamligiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Barcha boʻlishi mumkin boʻlgan (shu jumladan avariya holatlari) foydalanishga oid ishlanmaga suvning turli tomonli tashqi taʼsiri kafolatlangan boʻlgan vaziyatlarda, yuklanishlar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti 1 ga teng boʻlgan yerosti suvlari tashqi bosimining minimal qiymatini ichki bosim bilan bir mujassamlikka kiritilishi lozim.
Quruq va suvga toʻyingan amalda suv oʻtkazmaydigan kf £ 10-3 cm/s ga teng va yerosti suvlari bosimi Nei, tunneldagi suvning ichki bosimidan Ni ortiq boʻlmaydigan hollarda, yoriqbardosh boʻlmagan ishlanmalarga boʻlgan yerosti suvlarining qarshi bosimi qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim.
P1 = (Ni — JN hk) γ f ,
bu yerda:
JH – mazkur SHNQning 123-bandi boʻyicha aniqlanadigan, ishlanmadagi bosim gradiyenti;
hk — ishlanma qalinligi;
γf — 0,9 ga teng etib qabul qilinuvchi, yuklanishlar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti.
111. Yerosti suvlarining bosimi suv omboridagi suvning barqarorlashgan sathida, yerosti suvlarining bosimini pasayishini, shu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan drenaj moslamalari va filtrlanishga qarshi (sementlash) pardalarni hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
112. Gidravlik zarba natijasida vujudga keluvchi, oqimning oʻzgarishi bosimi va suvning ichki bosimi gidravlik hisoblar yoki modelga oid tadqiqotlar asosida aniqlanishi kerak.
113. Seysmik va portlatish taʼsirlari hisoblar yoki modelga oid va amaliy tadqiqotlar asosida aniqlanishi seysmik yuklanishlar qiymatlari qurilish maydonining hisobiy seysmikligi va tunnelning yotqizilish chuqurligiga bogʻliq boʻlishi lozim.
10-bob. Ishlanmalar hisobi boʻyicha asosiy talablar
114. Gidrotexnika tunnellari ishlanmalari chegaraviy holatlar uslubi boʻyicha hisoblanishi lozim:
tutib turish imkoniyati boʻyicha mustahkamlikka va mazkur SHNQning 4-ilovasiga muvofiq konstruksiya shaklining turgʻunligini (birinchi guruh chegaraviy holati boʻyicha) tekshirish;
yoriqlar hosil boʻlishi boʻyicha (yoriqqa bardoshlik), agar yoriqlar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasa, yoki yoriqlarni ochilishi boʻyicha, agar ularning ochilishiga (tunnel ishlanmasi uzoq muddatga chidamliligi shartlari boʻyicha yoʻl qoʻyilganda, grunt massivining saqlanish tarzi, shuningdek tunnel ichidagi suvning filtranish sarfi hajmi (ikkinchi guruh chegaraviy holati) boʻyicha mazkur SHNQning 2 va 3-ilovalariga muvofiq.
tutib turish imkoniyati boʻyicha hisoblash nochiziq va notarang deformatsiyalar, yoriqlar va materialning turli jinsliligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
115. Yuqori bosimli suv tashlash tunnellari va ularning zatvorli kameralarini loyihalashtirishda, birinchi va ikkinchi chegaraviy holat boʻyicha hisoblashlardan tashqari yuqori tezlikka ega boʻlgan oqimni oqishi bilan bogʻliq boʻlgan quyidagi hisoblar amalga oshirilishi zarur:
inshootning kavitatsiyaga oid xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq hisoblar;
oʻrtalashtirilgan gidrodinamik yuklanishlar qiymati, statsionar va nostatsionar oʻzgarib turuvchi yuklanishlar, konstruksiyalar elementlari va zatvorlar uzra oqimni oqib turishidagi kavitatsiyaning kuchayish darajasi kabilar bilan tavsiflanuvchi gidrodinamik yuklanishlarni aniqlash boʻyicha hisoblar;
konstruksiya elementlaridagi dinamik kuchlanishlarni baholash boʻyicha hisoblari;
zatvorlar va zatvorli kameralar poʻlat qoplamalarining chidamlilikka boʻlgan hisoblari.
116. Birinchi va ikkinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha ishlanmalar kesimlari QMQ 2.06.01-97 va SHNQ 2.03.05-13 larga muvofiq hisoblanishi lozim.
Tunnel ishlanmalari kesimlarini hisoblashda quyidagi koeffitsiyentlar kiritilishi kerak:
QMQ 2.06.01-97 ga binoan qabul qilinuvchi, inshootning vazifasi boʻyicha ishonchlilik γn va yuklanishlar mujassamligi γlc koeffitsiyentlari;
quyidagi 8-jadval boʻyicha beton, temir-beton va poʻlat temir-beton ishlanmalar hamda quyidagi 9-jadval boʻyicha poʻlat qobiqchalar uchun qabul qilinuvchi ish sharoitlari koeffitsiyenti γc.
Izoh: Qavslar ichida koʻrsatilgan koeffitsiyentlar qiymatlari, suffoziyaga, ishqorlanishga, shuningdek suv muhitining 0,25 mg-ekv/l dan kam gidrokarbonatli ishqorliligida boʻlgan gruntlarda solishtirma qarshi zarba koeffitsiyenti K0/2000 N/cm3 (200 kg/cm3) boʻlganda qabul qilinadi.
Izohlar:
1. Qavslarda koʻrsatilgan γc koeffitsiyenti qiymatlari quyidagicha qabul qilinishi lozim:
a) tashqi monolit temir-beton bilan uygʻunlashgan ishlanmalar uchun (poʻlat temir-betonli);
b) tashqi monolit beton bilan uygʻunlashgan ishlanmalar uchun quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilganda:
Pwi ≤ 0.15.10-2K0,
Pwi ≤ 10-3pghqz (μ cosα+sinα),
bu yerda: Pwi — bosimli tunneldagi suvning ichki bosimi, MPa;
hqz — tunnel oʻqidan yer ustki yuzasigacha boʻlgan eng qisqa masofa, m;
μ = 0,7 — gruntni gruntga ishqalanish koeffitsiyenti;
α — yer ustki yuzasi va gorizontga moʻtadil orasidagi burchak, grad;
K0 — 126-band boʻyicha aniqlanuvchi, gruntning solishtirma qarshi zarba koeffitsiyenti, N/cm3,
v) agar gruntning qarshi zarbasi hisobga olinmasa, ichki bosimga boʻlgan hisoblarda.
2. Berilgan jadval boʻyicha γc koeffitsiyentdan foydalanishda, yuklanishlar mujassamligi koeffitsiyenti γlc 1 ga teng etib olinishi lozim
117. Tutib turish imkoniyati boʻyicha ishlanmalar hisobi boʻlishi mumkin boʻlgan eng noqulay asosiy va alohida hisobiy yuklanishlar mujassamligiga, ishlanma materiallarini hisobiy tavsiflarini qoʻllagan holda bajarilishi lozim.
118. Yoriqlar hosil boʻlishi va ochilishi boʻyicha ishlanmalar hisobi meʼyoriy yuklanishlar mujassamligi asosida gidravlik zarbani hisobga olmagan holda ishlanma materiallarining meʼyoriy tavsiflarini qoʻllash bilan amalga oshirilishi lozim.
119. Barcha turdagi gidrotexnika tunnellari ishlanmalari hisobi (shu jumladan uygʻunlashgan ishlanmalari shakldor qismlari) gruntlar qarshi zarbasini hisobga olgan holda bajarilishi lozim.
Bosimli tunnellarni suvning ichki bosimi qiymatining yarmidan kam boʻlgan chuqurlikda joylashishida, tunnel ishlanmasi orqali gruntga uzatiluvchi bosim, tunnel ustida boʻlgan grunt qatlami ogʻirligidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Yumaloq koʻndalang kesimiga ega boʻlgan bosimli tunnellarda p, kgf/cm2 ichki bosimni K0 , kgf/m2 solishtirma qarshi zarba koeffitsiyentiga boʻlgan nisbatida boʻlganda P/K0 ≤ 1/7 ishlanmaning ichki bosim taʼsiriga boʻlgan mustahkamlik hisobi amalga oshirmasa ham boʻladi, chunki tunnelni chuqurlashtirilishining yetarliligi talablarini rioya qilinishi sharti bilan, bu bosim toʻla holda grunt orqali qabul qilinadi.
120. Istalgan tashqi va ichki yuklanishlar yoki gruntlar konturi boʻyicha oʻzgaruvchi deformatsion tavsiflaridagi ularning mujassamliklariga boʻlgan erkin koʻrinishdagi ishlanmalar hisoblari qurilish mexanikasi uslubi bilan bajarilishi lozim.
Hisoblash 117 va 118-bandlarga muvofiq yuklanishlar mujassamligining har qaysisi uchun bajarilishi kerak.
Jami epyuralar hosil qilish uchun alohida yuklanishlardan boʻlgan kuchlanish epyuralarini yigʻindi tarzida qoʻshilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
121. Bosimsiz tunnellar beton ishlanmalarini mustahkamlikka boʻlgan hisoblari ishlanmada qayishqoq oshiq-moshiqlar hosil boʻlishini nazarda tutgan holda hisoblanishi hamda ikkinchi guruh chegaraviy holatlari boʻyicha yoriqqa bardoshlikka tekshirilishi lozim.
122. Ishlanmalarni ikkinchi guruh chegaraviy holati boʻyicha hisoblashda I sinf bosimli va bosimsiz tunnellar ishlanmalari yoriqlarini chegaraviy ochilish kengligi 10-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
Izohlar: 1. Ishlanmadagi beton va armaturaning uzoq muddatga chidamliligini aniqlovchi suv muhiti quyidagilardir:
N i > Nei boʻlganda — tunnel ichidagi suv;
N i ei boʻlganda — yerosti suvi.
2. II, III va IV sinf tunnellari uchun yoriqlarni ochilishi chegaraviy qiymatlari jadvalda keltirilgan qiymatlarga qaraganda muvofiq ravishda 1,3, 1,6 va 2-marta katta qilib, ammo koʻpi bilan 0,5 mm etib olinishi lozim
123. Ishlanmadagi bosim gradiyenti JN, grunt filtrlanish k koeffitsiyentiga bogʻliq ravishda qabul qilinadi:
k £10-4 sm/s boʻlganda JN =1;
k ³10-2 sm/s boʻlganda
bu yerda Ni — suvning ichki bosimi, m;
Ne1 — yerosti suvlari bosimi;
hk — ishlanma qalinligi, m;
10-4 k -2 oraliqda JN qiymati interpolyatsiya boʻyicha aniqlanadi.
124. Bosimsiz tunnellar ishlanmalari suv ostida qoluvchi qismlari uchun betonni uzoq muddatga chidamliligi va armaturaning saqlanish talablari boʻyicha yoriqlar ochilish kengligi cheklanmaydi.
125. Ishlanmalarning statik hisoblari yoriqlar hosil boʻlish va qayishqoq deformatsiyalarni hisobga olgan holda bajarilishi lozim:
bosimsiz va boʻshatilgan bosimli tunnellar ishlanmalari birinchi va ikkinchi guruh chegaraviy holatlari boʻyicha betonning Ek = 0,7Eb konstruksiyadagi taranglik moduli boʻlgan holatda, beton kesimining qattiqligini hisobga olgan holda hisoblanadi;
bosimli tunnellar ishlanmalarining birinchi guruh chegaraviy holatlari boʻyicha yuklanishlari armatura kesimi qattiqligini hisobga olgan holda hisoblanadi.
Ikkinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha bosimli tunnellar ishlanmalari quyidagicha hisoblanadi:
noyoriqbardosh — armatura kesimi qattiqligini hisobga olgan holda;
yoriqbardosh — beton kesimi qattiqligini Ek = 0,7Eb hisobga olgan holda.
126. Tunnellar ishlanmalari hisobi ularni grunt massivi bilan oʻzaro taʼsirini hisobga olgan holda bajarilishi lozim. Gruntning deformatsion xususiyatlari solishtirma qarshi zarba koeffitsiyenti Ko yoki keltirilgan (samarador) deformatsiya moduli Eq va Puasson koeffitsiyenti v orqali tavsiflanadi.
Keltirilgan deformatsiya moduli tabiiy va texnogen sabablardan boʻlgan, grunt xususiyatlarining turli xilligini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim (gruntlarni sementatsiyalash yoki boshqa usullar bilan mahkamlash, buzilgan holdagi oʻtish ishlari natijasida zona hosil boʻlishi va b.).
Deformatsiyaning keltirilgan modulini aniqlash 5-ilova uslubiy koʻrsatmasi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Massivdagi gruntlar tavsiflari qiymatlari suvga toʻyingan holatda ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliy tadqiqotlar asosida aniqlanishi lozim.
Bir jinsli izotrop gruntlarda joylashuvchi yumaloq kesimli bosimli tunnellar uchun, deformatsiya moduli Eq quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
Eq = Ko (1+v)100, (5)
bunda — gruntning solishtirma qarshi zarba koeffitsiyenti;
K — gruntning qarshi zarba koeffitsiyenti.
Anizatrop gruntlarda joylashuvchi, deformatsiya modulari nisbati turli yoʻnalishlarda 1,4 dan katta boʻlgan tunnellar uchun hisoblar anizotropiyani hisobga olgan holda bajarilishi kerak.
Tunnel ishlamasi hamda grunt orasidagi ishqalanish va ilashish kuchlari, loyiha boʻyicha ishlanmani grunt bilan ishonchli birikishini taʼminlovchi tadbirlar koʻzda tutilgan holatlarda hisobga olinishi lozim. Bunda gruntga uzatiluvchi urinma kuchlanishlar qiymatlari grunt uchun boʻlgan chegaraviy suruvchi (siljituvchi) qiymatlaridan oshmasligi lozim.
127. I va II sinf tunnellari uchun gruntlarning deformatsion tavsiflari Ko yoki Eq markaziy yuklanish oʻrnatish va silindrik gidravlik shtamp (SGSH), shuningdek seysmoakustik va pressometrik uslublar bilan mujassam boʻlgan uygʻunlikdagi bajarilgan amaliy tadqiqotlar maʼlumotlari boʻyicha tavsifga molik muhandislik-geologik qismlarda aniqlanishi lozim. Texnik jihatdan imkoniyat va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq holatda Ko va Eq bosimli qazishmalar uslubi bilan aniqlanishi lozim.
III va IV sinf tunnellari uchun seysmoakustik va pressiometrik uslublar bilan boʻlgan amaliy tadqiqotlar koʻzda tutilishi lozim. Shuningdek aynan oʻxshash muhandislik-geologik sharoitlarda tunnel yotqizilishida oʻrnatilgan grunt tavsiflarining fizik-mexanik qiymatlardan foydalanish lozim.
128. Qoya va yarimqoya massivlarining yoriqlar majmui bilan boʻshashgan yerlarida joylashuvchi tunnellarni hisoblash (texnik jihatdan taʼminlanish mavjud boʻlganda) vaqt omillarini (gruntning reologik xususiyatlari) hisobga olgan holda fizik jihatdan nochiziqli modellar asosida oʻtkazilishi lozim. Katta kesimli (60 m2 va undan ortiq) I sinf tunnellarini hisoblashda, qazishma oʻtish ishlari va ishlanma elementlarini barpo qilish ketma-ketligi natijasida yuzaga keluvchi, grunt massivining kuchlangan deformatsiyalangan holati (KDH) oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobga olinishi lozim.
129. Dastlabki hisoblar uchun solishtirma qarshi zarba koeffitsiyenti Ko qiymati oʻrta yoriqsimon gruntlar uchun 2-rasm yoki aynan oʻxshashliklar (6-ilova) boʻyicha aniqlanishi lozim.
Izoh. f £ 10 boʻlgan kuchsiz yoriqsimon gruntlarda, shuningdek tunnelning kombayn usuliga oid oʻtish ishlarida, 2-rasm boʻyicha olingan Ko qiymatlari 30 % ga oshirilishi lozim.
130. Tunnel ishlanmalarini hisoblashda, tunnelni oʻtish ishlaridagi vaqtinchalik mahkamlanishlarning birgalikdagi qoʻshma ishi hisobga olinishi kerak.
131. Tunnellarni seysmik yuklanishlarga hisoblanishida, ishlanmani grunt bilan oʻzaro taʼsiri hisobiy sxemalarini seysmik taʼsir etish vektori tunnel oʻqiga nisbatan tik yoʻnalgan tekis oʻrnatma ustida deb qaralishi lozim. Bunda tunnelga taʼsir etuvchi quyidagi seysmik yuklanishlar koʻrinishlari hisobga olinadi:
oʻtuvchi seysmik toʻlqinlardan (massivning seysmokuchlanishli holati) boʻlgan jinsdagi meʼyoriy va urinmaviy dinamik kuchlanish;
seysmik toʻlqinlarni oʻtishida bosimli tunnelarda vujudga keluvchi gidrodinamik bosim;
togʻ bosimini hosil qiluvchi gruntning ogʻirligidan va tunneldagi suv ogʻirligidan (bosimsiz) hamda qoplama ogʻirligidan boʻlgan inersion seysmik yuklanishlar.
Bundan tashqari tunnelni tektonik zonalarini kesib oʻtish joylarida tunnel qismlarini oʻzaro joylashish tarzini oʻzgarishini hisobga olinishi lozim.
Tunnellarni suvga toʻyingan noqovushqoq gruntlarda joylashishida ularni seysmik taʼsirlardan suyuqlashishi mumkinligi hisobga olinishi kerak.
132. Tunnellarning beton va temir-beton ishlanmalarini harorat taʼsirlariga boʻlgan hisoblari haroratlarning 30 °S dan ortiq hisobiy farqi boʻlganda, betonning koʻpchish va siljishini hisobga olgan holda bajarilishi lozim.
133. Bosimli va bosimsiz tunnellar ishlanmalarini hisoblashda betonlashtirish choklaridagi va betonlashtirish choklari oraliqlaridagi kesimlardagi suvning qarshi bosim hisobga olinmaydi.
134. Tunnelning botuvchi oʻtirindilar taʼsiriga taalluqli boʻlgan ishlanmasi tarnovi qalinligi, tarnovni kutiluvchi ishqalanish qiymatini hisobga olgan holda tayinlanishi lozim (153-band). Tunnel ishlanmasi hisobiy sxemasi shunday tarzda tayinlanishi lozimki, bunda tarnov yedirilishidan soʻng tunnelning devor va gumbazlarining turgʻunligi taʼminlanishi lozim.
135. Tunnel ishlanmasini seysmik taʼsirlarga boʻlgan hisoblarida ishlanma qismlarini buzilib tushishiga olib kelmaydigan va konstruksiyaning umumiy mustahkamligi hamda turgʻunligini buzmaydigan joylarda mahalliy qoldiq deformatsiyalar (yoriqlar, siniqlar, surilishlar) vujudga kelishi ehtimoli boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Qoplamalarning buzilgan qismlari tiklanishi kerak.
11-bob. Tunnellarni qurish va ulardan foydalanishga boʻlgan asosiy talablar
1-§. Ishlarni amalga oshirish
136. Tunnellarga kirish yoʻllari soylik va pastliklarda, mexanik moslamalarni (ventilyator, kompressor, suvni chiqarib tashlash uskunalari va b.) joylashtirish uchun qulay boʻlgan maydonlar yaqinidagi turgʻun va kam nam saqlaydigan gruntlarda hamda tunneldan olib chiqiluvchi gruntni oʻyish uchun mavjud yerlarda joylashtirilishi lozim.
137. Tunnellarning portal uchastkalarini oʻyishni, qazishmaning yuqori qismi konturi boʻylab burgʻilangan chuqurlarda oʻrnatiluvchi ilgarilab boruvchi shtangalarni qoʻllash bilan koʻzda tutilishi lozim.
138. Portallar yuqorisidagi qiyaliklar mahkamlanishi lozim (masalan, sim toʻrlar bilan ankerlar orqali). Portallar ustida osilib chiqib qolgan katta hajmli noturgʻun gruntli qismlar, tunnel ichkarisidan burgʻilab teshilgan holda portlatilishi zarur, qolgan grunt uyumi esa sement qorishmasi bilan bir butun holga keltirilishi, soʻngra mana shu bir butunlashtirilgan uyumda tunnelning portal qismini oʻtish ishlari bajarilishi lozim. Portaloldi oʻyilmasi tomonga tik qiyalik bilan yoʻnalgan qoya tuprogʻi qatlamlari chuqur ankerlar bilan mahkamlanib, purkama-beton orqali qoplanishi lozim.
139. Tor daralarning tik qiyaliklarida tunnellar portallari (kallaklari) qurilishini tunnel ichidan, ochiq chuqurlar moslamasiz amalga oshirilishi lozim. Bunday yechim amalga oshirilishi uchun, zaruriy hollarda tunnel yoʻliga chiqish bilan yaqinlashib keluvchi qazishmasi oʻtkazilishi koʻzda tutilishi lozim.
140. Qurilish jarayonida ishlanayotgan massiv tuprogʻining amaldagi xususiyatlari hisobga olingan holda loyiha tezkorlikda tuzatishlar kiritilish bilan koʻrib chiqilishi lozim.
141. Loyihada togʻ bosimining sodir boʻlishi hamda massiv va ishlanma deformatsiyalarini barqarorlashtirish boʻyicha tadbirlar samaradorligi ustidan amalda omilkor monitoring tashkil qilinishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
142. Tunnellarni oʻtish ishlarida qoʻllaniluvchi vaqtinchalik mahkamlagichlar (yogʻoch mahkamlagichlardan tashqari) tunnelning doimiy ishlanmasi tarkibiy qismi yoki elementi sifatida xizmat qilishi va doimiy ishlanmalarga qoʻyiluvchi talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Tunnellar oʻtish ishlarida vaqtinchalik mahkamlashlarning asosiy turlari purkama-betonli, ankerli, mustaqil holda yoki purkamabeton bilan uygʻunlashgan, armokarkasli, metall gumbazli, yigʻma temir-betonli hamda istisno holatlarda monolit betonli hisoblanadi.
Baʼzi hollarda mahkamlashlarning maxsus koʻrinishlari qoʻllanilishi mumkin (qoqib kiritiluvchi, Bernold turidagi ilgarilab boruvchi).
Oʻta murakkab muhandislik-geologik sharoitlarda tunnellar oʻtish ishlarining maxsus usullari koʻzda tutilishi lozim (muzlatish, bitumlash, mahkamlash sementatsiyasi, siqilgan havo ostida oʻtish ishlarini bajarish).
Vaqtinchalik mahkamlash turi loyihada mahkamlashlar variantlarini texnik-iqtisodiy jihatdan hisoblarini solishtirish orqali tanlanadi.
143. Tunnellarni buzilgan tektonik nuragan gruntlardan (argillitlar, alevrolitlar va b.) oʻtuvchi qismlarida zaryadlar portlatilgandan soʻng qazishma burmalanganidan keyin zudlik bilan ochilib qolgan devorlar va tom konturi purkama-beton bilan qoplanishi, soʻngra esa bu qismda tutib turuvchi ishlanma barpo etilishi kerak.
144. Tunnellarni (f < 4) boʻsh gruntlardan oʻtishida mahkamlanishning boʻshliq ochilishidan orqada boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Murakkab muhandislik-geologik sharoitlarda, tunnel oʻtish ishlari maxsus uslublarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Tunnellarni togʻ usuli bilan tektonik buzilishlar chegaralarida va suvlangan turli donachali qum qatlamlaridan oʻtishida ularda dastlabki tamponlash ishlari oʻtkazilishi lozim. Yorilib ajralgan qismlarda portlatish ishlari minimal miqdordagi portlovchi modda qoʻllash bilan amalga oshirilishi lozim. Qazish ishlari oʻtkazilishida yirik, ser suv yoriqlar yoki suv bilan toʻlgan karst boʻshliqlar chiqib qolgan hollarda, suvlik yer kelib chiqish tabiati oʻrganilib chiqilib, bu holatni tugatish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
145. Boʻsh turgʻunlikka ega boʻlgan gruntlarda sayoz joylashuvchi tunnel barpo etilishida yer ustida tunnel yoʻli boʻylab devorlarni tashqi konturi boʻylab ularni butun balandligi boʻyicha qazishma tagligidan chuqurroq qilib va bevosita qazishma ustida ularni faqat loyihaviy gumbazgacha chuqurlashtirish bilan bir butun holda bajarilgan burgʻilangan chuqurchalardan oʻtuvchi poʻlat shtangalarning dastlab oʻtkazilishini maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilishi lozim. Gruntni chiqarib tashlash va ishlanmani barpo etish mahkamlangan tom va devorlar ichida amalga oshiriladi.
146. Ishlanmasiz qoldiriluvchi tunnelni oʻtish ishlari, konturli portlatish yoki rotorli amal qilish kombaynlarini qoʻllash orqali amalga oshirilishi lozim.
Qoplash ishlari oʻtkazilmagan tunnelni foydalanishga topshirilishidan oldin qazishma konturini burmalash ishlari amalga oshirilishi, buzilgan qismlarni ankerlar va purkama-beton bilan mahkamlash, zarur hollarda esa — tutib turuvchi ishlanma barpo etilishi lozim. Joyni oʻziga xos boʻlgan 30 cm dan ortiq chuqurlikdagi pastliklar va doʻngliklar muvofiq ravishda purkama beton bilan toʻldirilishi va tekislanishi lozim.
147. Tunnellarni ochiq usul orqali barpo etilishida choʻkuvchi gruntlardan oʻtuvchi qismlarga alohida eʼtibor qaratilishi lozim. Bunday joylarda SHNQ 2.01.09-19 koʻrsatmalariga muvofiq asoslar mahkamlanishi boʻyicha tadbirlar koʻzda tutilishi lozim.
148. Tunnellarning massiv ishlanmalari va boshqa konstruksiyalarini betonlash uchun, shuningdek gruntning yirik ortiqcha boʻshliqlarini toʻldirish uchun betoning qotishida issiqlik ajralishidan boʻluvchi betondagi haroratga oid yorilishlarni istisno etuvchi maxsus tarkibli beton qoʻllanilishi va yangi quyilgan beton ustidan kuzatuv olib borilishi lozim.
149. Ishlanma qismini (blokni) betonlash ishini beton qorishmasini yotqizishni toʻxtatmay uzluksiz tarzda uni yaxshilab zichlashtirish bilan olib borilishi lozim (quyma beton qorishmasidan tashqari). Betonlashtirishda majburiy uzilish roʻy bergan holda ulanuvchi chok yuzasiga loyihada koʻrsatilgan talablarga binoan ishlov berilishi lozim.
150. Har qaysi blok betonlashtirilishi oldidan qolip tozalanishi va maxsus tarkib (emulsiyali moylar, eritmalar, suspenziyalar va b.) bilan qoplanishi kerak.
Shuningdek, qolip yuzasi betonni qolipga yopishishini oldini oluvchi tunukasimon yoki plyonkaga oid polimer materiallar (ftoroplast, polipropilen, polietilen, getinaks va b.) bilan qoplanishi maqsadga muvofiqdir.
151. Beton va temir-beton ishlanmalarni qolipdan ajratish loyihada koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi lozim. Qolipdan ajratilganidan keyin topilgan betonlashtirish nuqsonlari, beton orqali suvning filtrlanish manbalari, qolgan sementlanuvchi burgʻilash chuqurlari, qolipni mahkamlash elementlari va b. yoʻqotilishi lozim.
152. Ankerlash oldi ishlanmasi barpo etilishida maxsus ishlab chiqariluvchi texnikaviy shartlar boʻyicha grunt konusini sugʻurilib chiqishini hisobga olgan holda ankerlarni tutib turish imkoniyatini sinash amalga oshirilishi kerak. Sinashlar turlicha muhandislik-geologik shart-sharoitlari bilan boʻlgan qismlar uchun ankerning tutib turish imkoniyati, uning oʻrnatilishidan keyin oʻtgan vaqtga bogʻliq ravishda aniqlash orqali oʻtkazilishi lozim.
153. Yemirilishga bardoshliligi yuqori boʻlgan betonlarni P 76-2000 qoʻllanmadan foydalanib, beton tarkiblarini ishlab chiqilishi kerak. Yemirilishga bardoshli beton tarkibi foydalanishga topshirilayotgan vaqtda tunnelni suvga toʻldirilish oldidan beton yoshini hisobga olgan holda tanlanishi lozim.
154. Ishlanma purkama beton orqali bajarilishida quyidagi texnologik talablarga rioya etilishi kerak: ishlanma yuzasining burmalash va tozalash, filtrlanuvchi suvni ketkazish, yon tomon katta oʻyilishlarini dastlabki tarzda beton bilan toʻldirish, qorishmaning loyihaviy tarkibini, suv sementi nisbatini saqlash, naychaning mahkamlanuvchi yuzadan maʼlum masofasi kabi texnologik talablarga rioya etilishi kerak.
155. Bosimli tunnellarda toʻldirish sementatsiyasi uchun kirishmaydigan sement qorishmalari qoʻllanilishi lozim. Ishlanmani betonlash tugatilishi va ishlanma ortiga qorishmani quyish oʻrtasidagi vaqt oraligʻi, ishlanmaning amaldagi tutib turish imkoniyatini hisobga olgan holda minimal boʻlishi lozim.
156. Beton ishlanmalardagi sementlanuvchi burgʻi chuqurlari beton yuza tekisligi bilan bir tekisda germetik tarzda berkitilishi kerak. Poʻlat qoplamada boʻlgan sementlanuvchi tuynuklar ularga qopqoqlar bilan payvandlanib, soʻng silliqlash yoʻli bilan yoʻqotiladi. Pult qoplamadagi diametri 20 mm gacha boʻlgan tuynuklar ularga konussimon poʻlat tiqinlar kiritilib, tarang holda berkitiladi.
157. Poʻlat qoplamali ishlanmalarda, qoplamadagi tuynuklar yoki sementlashtirish qismi tashqarisiga chiqariluvchi naylar orqali mahkamlash sementatsiyasini amalga oshirish variantlari koʻrib chiqilishi lozim. Shuningdek, mahkamlash sementatsiyasi oʻrniga poʻlat qoplama qalinligini koʻpaytirish maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilishi lozim.
158. Sementatsiyalash oʻtkazilishida poʻlat qoplamali yumaloq qirqimli tunnel ishlanmasi tashqarisida qorishmani inyeksiyalash qismida oʻrnatiluvchi vaqtinchalik tirgak moslamalarini qoʻllanilishi maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilishi lozim.
159. Tunnellarda drenaj quduqlari sementatsiyalash ishlari tugashidan soʻng burgʻilanishi lozim. Agar drenaj moslamalarining tuzilishi ishlanmani betonlashdan keyin bajarilishiga imkon bermaydigan boʻlsa, sementatsiyalash ishlari amalga oshirilishi jarayonida sementatsiyalash qorishmasi drenajlarga tushib qolishini istisno etuvchi choralar koʻzda tutilishi lozim boʻladi.
160. Tunnel ichi suvga toʻldirilish oldidan uni qurish ishlari tugaganidan soʻng, suvga toʻldiriluvchi tunnel bilan bogʻliq boʻlgan barcha yordamchi qazishma va burgʻilash chuqurlari yoʻqotilishi yoki ajratilishi lozim. Bostirib yopish yoʻli bilan vaqtinchalik qazishmalarni yoʻqotilishida asosiy eʼtibor inshootning bosim qismi tarkibiga kiruvchi elementlariga qaratilishi kerak.
Baʼzi qazishmalar ularni doimiy ishlanmalari va asosiy tunnel bilan tutashish joylarida germetik tarzdagi eshiklar yoki vaqtinchalik beton tiqinlar (toʻsiqlar) bilan jihozlash orqali foydalanish yoʻllari sifatida qoldirilishi mumkin.
2-§. Tunnellardan foydalanish
161. Qoplamasi mavjud boʻlmaydigan tunnellarda oʻzgaruvchan (bosimli-bosimsiz) gidravlika rejimi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, tutib turuvchi ishlanmasi yoki purkama beton bilan mahkamlanishi mavjud boʻlmagan bosimli tunnellarni tezlikda boʻshatilishiga ham yoʻl qoʻyilmaydi.
162. Suv tashlash tunnellarida suv oqimi oqishining shunday rejimlari oʻrnatilishi joizki, bu oʻrnatilgan rejimda oqim yoʻli elementlarining kavitatsion eroziyasi istisno etilishi yoki boshlangʻich bosqichda boʻlishigina mumkin boʻladi. Oxirgi holatda suv sarflari oʻtkazilishi toʻxtatilgandan keyin taʼmirlash ishlari oʻtkazilishi kerak.
163. Tunnellarni koʻzdan kechirish ulardan foydalanish boʻyicha maxsus yoʻriqnomalarga binoan amalga oshirilishi lozim. Suv tashlash tunnellari har yilgi toshqinlar oʻtganidan keyin koʻzdan kechirilishi kerak.
164. Tunnellarda avariyalarni oldini olish uchun ulardan foydalanish jarayonida ularning texnik koʻrsatkichlarini pasaytirmagan holda oʻz vaqtida odatdagi va kapital taʼmirlash ishlari oʻtkazilib turilishi kerak.
165. Qoplama bilan ishlanmagan suv olib keluvchi tunnellarni koʻzdan kechirish va ulardagi tutib qoluvchi jihozlarni toʻplanib qolgan loylardan tozalash kamida har 3 — 5 yilda amalga oshirilishi lozim.
166. Ishlanmada boʻlgan kavaklar va ayrim oʻyiqliklar (10 cm gacha) ishlanma betoni mustahkamligiga javob beruvchi sinfidagi torkret bilan berkitilishi lozim. Kavaklar “sogʻlom” betongacha tozalanishi kerak. Oʻyiqlikning tozalangan devorchasi bilan ishlanma yuzasi oraligʻidagi burchak 130 — 135° ni tashkil qilishi lozim. Bundan kattaroq kavaklar dastlab yaxshilab ishlov berilgan beton bilan toʻldiriladi, soʻngra esa qalinligi kamida 5 cm torkret qavat bilan qoplanib, ishlanma yuzasi tekisligi bilan bir tekisda silliqlanadi.
167. Oqizib ketiluvchi oʻtirindilar mavjudligida ishlovchi suv tashlash tunnellarining ikki va undan ortiq oraliq zatvorlar kameralarida oraliq qulochlarning qismida ish yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, zatvor kameralari qoʻshni oraliq qulochlarida zatvorlarni nosimmetrik tarzda ochilishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim. Kavitatsiyaga qarshi moslamalar va havo oʻtkazgichlar ishga yaroqli holatda boʻlishi lozim.
168. Suv tashlash tunnellari zatvor kameralarining pastki bosimsiz qismlarida doimiy ravishda poʻlat qoplamalarning korroziyaga qarshi qavati qayta tiklanib turilishi lozim.
169. Bosimli tunnellardan filtrlanuvchi suv bilan suvlangan qiyaliklar ularni qulash, oʻpirilish xavfi aniqlanganda suvi qochirilishi lozim.
Bosimli tunneldan yer ustiga filtrlanuvchi suv qiyaliklar yoyiqligi boʻylab joylashgan ariqlarga yigʻilib, yaqin joylashgan ochiq suv oqimiga tushirilishi lozim.
Tunnel ichidan filtrlanuvchi suv ustidan kuzatuvlar olib borilishi lozim.
170. Vaqtinchalik tunnellardan foydalanilishning amaldagi muddati qurilish suv sarflarini oʻtkazish uchun, loyihaviy qiymatdan oshmasligi lozim. Agar foydalanish muddati uzaytirilishi zarur boʻlsa, bunday imkoniyatning topilishi boʻyicha tunnel ichi koʻrikdan oʻtkazilishi va muvofiq qaror qabul qilinishi lozim.
171. Drenajlar va ularning suv olib ketuvchi tizimlari davriy ravishda koʻrikdan oʻtkazilishi va tozalanishi hamda ular ichiga tunnel joylashgan grunt massividan yuvilib chiquvchi zarrachalar tushishiga, shuningdek ishlanma sementining ishqorlanish mahsulotlari toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
Tunnel ichiga drenaj suvini kiritilishiga quyidagi shartlarga rioya qilinishi lozim:
tunnel ichidagi suvning ichki bosimi yerosti suvlarining minimal bosimidan oshmasligi;
tunnellar ichida oquvchi suvni togʻ jinslari ishqorlanishining zararli mahsulotlari bilan ifloslanib qolishi;
drenaj jihoziga tunneldagi oqimning oʻzgaruvchan bosimini uzatish xavfli boʻlmasligi.
172. Tunnellardan foydalanishda va ular ustidan amaliy filtrlanishga oid kuzatuvlar olib borilishida, tunnel ichidagi (bosimli va bosimsiz) filtrlanish suvlari taʼsirlari hamda ularni oʻz ichiga olgan grunt massivi filtrlanishning barqarorlashgan va barqarorlashmagan rejimlarida, grunt va ishlanma konstruksiyasi materialiga boʻlgan fizik-kimyoviy taʼsirlar, konstruksiyaning baʼzi materiallariga boʻladigan biologik taʼsirlar, bosimsiz tunnellarga suv oqimi qoʻnilishi, bosimli tunnelda yorilish paydo boʻlishi va ular ichidan suv chiqishi, togʻ jinslari va massivlarni xususiyatlarini oʻzgarishida kuchlangan (mexanik) taʼsir koʻrinishida mavjud boʻlishi mumkin.
173. MKGFS birliklar tizimidagi formulalar mazkur SHNKning 8-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Tunnellar ishlanmalarining birinchi guruh chegaraviy holatlari boʻyicha hisoblash
1. Erkin shaklga ega boʻlgan beton va temir-beton ishlanmalarini hisoblash
Quyida koʻrsatilgan hisobiy sxemada, yuklanishlar, shuningdek togʻ bosimi ham berilgan deb hisoblanadi. Bunda gruntning qarshi zarbasi esa tarang asos reaksiyasi kabi aniqlanadi. Ishlanmalarning tarang muhitda bir tomonlama bogʻlanishlar bilan boʻlgan sterjenli tizimlar kabi mumkin boʻlgan eng sodda hisoblash sxemalari mazkur ilovaning 1-rasmda keltirilgan.
Mustahkamlikni hisoblash hisobiy yuklanishlarga (yuklanishlar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda) 6-boʻlimga muvofiq bajarilishi, qattiqlik 125-bandga muvofiq, gruntning qarshi zarba koeffitsiyenti 126 — 129-bandlarga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Ishlanmalar kesimlarini hisoblash va armaturaning zaruriy kesim yuzasini As aniqlash QMQ 2.06.08-97 boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
2. Yumaloq koʻrinishli bosimli tunnellar poʻlat temir-beton, temir-beton, armaturalangan purkama-beton va temir-betonli ishlanmalarini loyihalashtirilishning boshlangʻich bosqichlaridagi hisoblari
Loyihalashtirishning boshlangʻich bosqichlarida bosimli tunnellar hisoblari kesim chegaralarida oʻzgarmas boʻlgan faqat ichki bosimni hisobga oluvchi taxminiy formulalar boʻyicha bajariladi.
Ishchi armaturaning kesim yuzasi As, cm2, tunnel uzunligining 1 cm da:
quyidagi shart bajarilishida
ushbu formula boʻyicha aniqlanadi:
(1) shart bajarilishida — ushbu formula boʻyicha
bunda Pwi — moʻtadil foydalanish davridagi gidravlik zarbani hisobga olgan holdagi suvning hisobiy ichki bosimi, MPa;
hqz — tunnel gumbazining eng yuqori nuqtasidan yer ustki yuzasigacha boʻlgan masofa, cm;
Rs, Es — armaturaning choʻzilish va armatura taranglik moduliga boʻlgan hisobiy qarshiligi, MPa;
Asi — poʻlat qobiqchaning tunnelni 1 cm uzunligidagi kesim yuzasi, cm2;
Ry — SHNQ 2.03.05-13 boʻyicha qabul qilinuvchi, poʻlat qobiqchaning hisobiy qarshiligi;
Ko — gruntning solishtirma qarshi zarba koeffitsiyenti, N/cm3;
ρ — gruntning zichligi, kg/cm3;
γc, γn, γlc — 116-bandga binoan qabul qilinuvchi koeffitsiyentlar.
Agar (2) yoki (3) formulalar boʻyicha As As qiymat 65-bandga binoan armaturalashning minimal foizi boʻyicha qabul qilinishi lozim.
3. Tashqi monolit beton halqa bilan boʻlgan uygʻunlashgan ishlanmalarning poʻlat qobiqchalarini hisoblash
1. Poʻlat qobiqchalar tunneldagi suvning ichki bosimi taʼsiriga, yerosti suvlarining tashqi bosimiga, qorishma (sementatsiyalashda) va yangi yotqizilgan beton taʼsirlariga harorat taʼsirlarini hisobga olgan holda, shuningdek tuzilma ogʻirligi va qobiqchani montaj qilishdagi mexanizmlar taʼsirlariga hisoblanishi lozim. Poʻlat qobiqchalarni hisoblanishida togʻ bosimining taʼsiri hisobga olinmaydi.
Yuklanish boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti γf, inshoot vazifasi boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti γn hamda ish sharoitlari koeffitsiyenti γc 100 va 116-bandlarga binoan qabul qilinishi lozim.
Ish sharoitlari koeffitsiyenti γc poʻlat qobiqchalarni hisoblash uchun mahalliy kuchlanishlarni hisobga olmagan holda keltirilgan.
2. Poʻlat qobiqchalarning mustahkamlikka boʻlgan hisoblari quyidagi formula boʻyicha bajarilishi lozim.
bunda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
bunda σx, σz — qobiqchaning koʻndalang va uzuna kesimida boʻlgan muvofiq ravishdagi meʼyoriy kuchlanish, MPa
R — ichki bosimni hisoblashda, Ru/γu ga teng boʻlgan grunt qarshi zarbasini hisobga olgan holdagi, ichki bosimga boʻlgan hisoblarda esa grunt qarshi zarbasini va tashqi bosimni — Ry hisobga olmagan holdagi hisobiy qarshilik, MPa;
Ru, Ry — muvofiq ravishdagi vaqtinchalik qarshilik va SHNQ 2.03.05-13 boʻyicha qabul qilinuvchi oquvchanlik chegarasiga muvofiq poʻlatning choʻzilish, siqilish va egilishga boʻlgan hisobiy qarshiliklari, MPa;
γu — vaqtinchalik qarshilik boʻyicha mustahkamlikka hisoblanuvchi konstruksiyalar elementlari uchun ishonchlilik koeffitsiyenti boʻlib, u 1,3 ga tengdir.
3. Qobiqchaning koʻndalang kesimlarida suvning ichki bosimidan boʻlgan meʼyoriy kuchlanish σz, quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
a) gruntning qarshi zarbasi mavjud boʻlishida
bunda Pwi — suvning hisobiy ichki bosimi, MPa;
rm — qobiqchaning oʻrtacha radiusi, cm;
t — qobiqcha devorining qalinligi, cm;
a r — qobiqcha va beton orasidagi tirqish, cm.
K or — gruntning solishtirma qarshi zarbasi keltirgan koeffitsiyenti boʻlib N/cm3, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
re — beton halqaning tashqi radiusi, cm;
Eb — betonning taranglik moduli, MPa;
b) gruntning qarshi zarbasi mavjud boʻlmaganda yoki
boʻlganida
4. Qobiqcha va beton orasidagi hisobiy radial tirqish ar , cm, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
ar =ar1+ ar2+ ar3 (8)
bunda ar1, ar2, ar3, — muvofiq ravishdagi harorat taʼsirlari, beton kirishishi va gruntning siljishiga bogʻliq boʻlgan holdagi radial tirqishning tashkil etuvchilari, cm.
Harorat taʼsirlaridan boʻlgan tashkil etuvchi tirqish ar1 quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
ar1,=15,6·10-6rm ( tmax — tmin ), (9)
bunda tmax — toʻldirish sementatsiya vaqtida tunnelda boʻlgan eng yuqori harorat, °S;
tmin — tunneldagi suv yoki havoning minimal harorati, °S.
Tadqiqotlar maʼlumotlari boʻyicha aniqlanuvchi, beton kirishishi αr2 va grunt siljishidan αr3 boʻlgan tirqishning tashkil etuvchilari, faqat yuklanishlarning alohida mujassamligiga boʻlgan hisoblarida hisobga olinishi lozim.
Dastlabki hisoblar uchun quyidagicha holda qabul qilinishi lozim:
ar= 3·10-4rm , (10)
5. Qobiqchaning koʻndalang kesimlarida tashqi bosimdan boʻlgan meʼyoriy kuchlanish σz, MPa, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(11)
bunda pwe — hisobiy tashqi bosim, MPa.
6. Qobiqchaning koʻndalang kesimidagi meʼyoriy kuchlanish, MPa, quyidagi tarzda aniqlanadi:
harorat taʼsirlaridan boʻlganda — quyidagi formula boʻyicha:
σ x1=-2,52tα , (12)
bunda tα — hisobiy harorat oʻzgarishi, °S;
koʻndalang deformatsiya siqilib chiqishidan boʻlganda — quyidagi formula boʻyicha
σ x2= 0,3 σz , (13)
7. Hisobiy harorat oʻzgarishi tα quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
haroratning koʻtarilishida
ta =tmax — tb, min , (14)
haroratning pasayishida
ta = t min — tbmax , (15)
bunda tmax , tmin — tunneldagi suv yoki havoning muvofiq ravishdagi eng yuqori va eng past harorati, °S;
tb,min , tb , max — qobiqchaning betonlash davrida uni muvofiq ravishdagi eng yuqori va eng past harorati, °S.
8. Poʻlat qobiqchaning qattiqlik qovirgʻalari oldida, shuningdek koʻpi bilan 10° burchak ostida tashkil etgan siniqlik mavjud joylarida vujudga keluvchi mahalliy kuchlanishlarni hisobga olinmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
9. Tashqi bosim pwe, MPa, taʼsiri ostida poʻlat qobiqchaning turgʻunlikka boʻlgan hisobi quyidagi formula boʻyicha bajarilishi lozim:
bunda pcr — kritik tashqi bosim, MPa;
ξ — 2 jadval boʻyicha qabul qilinuvchi koeffitsiyent.
1-jadval
0,5 0,75 1 1,5 2 2,5 ξ 1 0,9 0,8 0,6 0,5 0,4
> 2,5 boʻlganda quyidagicha qabul qilinadi
bunda Ryn — poʻlat oquvchanligining meʼyoriy chegarasi, MPa.
10. Qattiqlik halqalari mavjud boʻlmagan va (bunda l — halqalar orasidagi masofa, cm) holdagi kritik tashqi bosim grafik tarzda 2-rasm boʻyicha aniqlanishi lozim. Shuningdek bu holda turgʻunlik hisobi EXMda standart dasturlar boʻyicha bajarilishi lozim.
2-rasm. Kritik tashqi bosimni Pcr devorni nisbiy qalinligiga rm/t bogʻliqlik grafigi [Ryn — poʻlatning oquvchanlik chegarasi boʻyicha meʼyoriy qarshilik, MPa (kgf/cm2); ar — qobiqcha devori va beton oraligʻidagi maksimal hisobiy radial tirqish, cm; t — qobiqchaning oʻrtacha radiusi, cm; t — qobiqcha devori qalinligi, cm].
11. Qattiqlik halqalari mavjud boʻlgandagi kritik tashqi bosim pcr, MPa, quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
bunda Es — poʻlatning taranglik moduli, MPa;
nw — qobiqchaning ezilishida vujudga keluvchi toʻlqinlar soni boʻlib, pcr ning minimal qiymatini hosil qilish uchun tanlanadi;
12. Qazishma tashqi oʻlchamlarini kichraytirish maqsadida qattiqlik halqalarini minimal kesimda boʻlgan tarzda loyihalashtirilishi lozim.
Ishlanma betonida, betonning choʻzilishga boʻlgan mustahkamligini muvofiq ravishda taʼminlanishi bilan qattiqlik halqalarini ankerlash koʻzda tutilishi tavsiya etiladi. Ankerlashning iloji boʻlmasa, toʻgʻri toʻrtburchakli koʻndalang kesimli qattiqlik halqalari hisobi quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
(19)
bunda tr — qattiqlik halqasi qalinligi, sm;
yr — halqa kesimi ogʻirlik markazidan eng koʻp uzoqlashgan tolagacha boʻlgan masofa, sm;
χ — 3-rasm boʻyicha aniqlanuvchi koeffitsiyent boʻlib, quyidagi kattaliklar miqdoriga bogʻliq:
,
rr , Ar , Ir — muvofiq ravishda markaziy oʻq radiusi, cm;
, cm4 uzunlikdagi belbogʻcha biriktirilgan halqa koʻndalang kesimining yuzasi cm, va inersiya momenti;
αo=0,0025rm — halqa radiusini nazariy radiusdan boshlangʻich chekinishi.
3-rasm. αrel =const boʻlganda, χ koeffitsiyentining prel ga bogʻliqlik grafigi.
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Ikkinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha tunnellar ishlanmalarining hisobi
1. Erkin shaklda boʻlgan beton va temir-beton ishlanmalarining hisobi
Mazkur SHNQning 7 va 8-boʻlimlarga muvofiq gruntning qarshi zarbasini hisobga olgan holda meʼyoriy kuchlanishlar mujassamligi asosida bajarilishi lozim.
Kesim qattiqligi 125-bandga binoan qabul qilinadi.
Hosil qilingan kuchlanishlar boʻyicha (eguvchi moment va meʼyoriy kuch) yoriqlar hosil boʻlishi va ochilishi boʻyicha hisob bajarilishi kerak.
Mazkur SHNQning 67-bandiga javob beruvchi shartlar uchun loyihalashtiriluvchi yoriqbardosh ishlanmalar, yoriqlar paydo boʻlishi boʻyicha QMQ 2.06.08-97 ga binoan tekshirilishi lozim.
Yoriqbardosh boʻlmagan ishlanmalar yoriqlar ochilishi boʻyicha ushbu ilovaning 5 va 6-boʻlimlariga muvofiq hisoblanishi lozim.
2. Yumaloq shaklli beton va temir-beton ishlanmalari loyihalashtirilishining dastlabki bosqichlarida yoriqlar hosil boʻlishi boʻyicha hisobi
68-bandga javob beruvchi shartlar uchun loyihalashtiriluvchi, loyihalashtirishning boshlangʻich bosqichlaridagi yoriqbardosh ishlanmalarda yoriqlar paydo boʻlishi boʻyicha hisobi, ichki bosim taʼsiri ostida yoriqbardoshlikni taʼminlovchi (1)- va (2)-formulalar boʻyicha bajarilishi lozim.
Ishlanma qalinligi hk, cm, quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanishi lozim:
gruntni solishtirma qarshi zarba koeffitsiyentida Ko £ 2000 N/cm3
bunda pwin — suvning meʼyoridagi ichki bosimi, MPa;
Ek — ishlanma materialining qattiqlik moduli boʻlib, u 0,7 Eb , MPa ga teng etib qabul qilinadi;
Rbtn — ishlanma materiallariga choʻzilishga boʻlgan meʼyoriy qarshilik boʻlib, beton sinfiga muvofiq QMQ 2.03.01-96 boʻyicha qabul qilinadi, MPa;
μ — kesimni armaturalanish koeffitsiyenti;
Ko > 2000 N/cm3 boʻlganda oz yoriqsimon gruntlarda
Bunda
3. Purkama betondan boʻlgan ishlanmalarni tashqi bosimga yoriqlar paydo boʻlishi (yoriqbardoshlikka) boʻyicha hisoblash
Purkama-betondan boʻlgan tutib turuvchi ishlanmalar qalinligi hk, m, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim
bunda gqz — vertikal togʻ bosimining meʼyoriy qiymati (6.12. b.), MPa. Maxsus asoslash boʻlganda togʻ bosimini ankerlar orasida boʻlishi mumkin boʻlgan ajralish shartlaridan kelib chiqqan holda aniqlanishi lozim;
pwe — suv qochirish yoki boshqa tadbirlar orqali yerosti suvlari sathini pasayishini hisobga olgan holdagi, suvning qoldiq gidrostatik bosimi, MPa;
Rbt — choʻzilishga boʻlgan mustahkamlik boʻyicha (QMQ 2.03.01-96 boʻyicha) aniqlanuvchi, betonning loyihaviy sinfidagi choʻzilishi asosida boʻlgan purkama-betonning meʼyoriy qarshiligi, MPa;
γc — ish sharoitlar koeffitsiyenti boʻlib, armaturalangan ishlanma uchun 1, armaturalanmagan ishlanma uchun 0,6 ga teng qilib olinadi;
α — quyidagi shartlaridan kelib chiqqan holda eng kichik tarzda (ammo kamida 1 m) qabul qilinuvchi, koʻndalang va uzunasiga boʻlgan yoʻnalishlardagi ankerlar qadami:
gruntli gumbaz hosil boʻlishi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda lα = hq1 + lq1 — anker uzunligi, m;
hq1 — qazishma atrofida grunt massivining buzilgan zonasi chuqurligi, m (105-band);
lq1 — buzilgan zona tashqarisida ankerning oʻrnatilish chuqurligi boʻlib, 0,5 — 0,7 m ga teng etib olinadi;
b — qazishma oraliq qulochi;
c — amaliy tadqiqotlar maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinuvchi, gruntning yopishish-ilashimligi; dastlabki hisoblashlar uchun c =0,03f , MPa etib olinishi lozim.
kb — I kesim shaklidagi qazishmalar uchun 0,2-0,25 ga, qolgan kesim shakllari uchun 0,25-063 ga teng boʻlgan koeffitsiyent (1-rasm);
ankerlararo gruntlar turgʻunligi-quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
ankerni mahkamlanish mustahkamligi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda Nα — temir-beton ankerlar uchun sterjenni uzilishga boʻlgan mustahkamligidagi, ankerning tutib tura olish imkoniyati boʻlib, qolgan boshqa ankerlar uchun 80-100 kN.
4. Yumaloq shaklli bosimli tunnellar beton ishlanmalarida yoriqlar ochilish kengligini hisoblash
Birjinsli yoriqsimon gruntlarda yoki sementatsiya bilan mahkamlangan boshqa gruntlarda koʻzda tutilgan, tunnelning beton ishlanmalarida, yoriqlar ochilish kengligi αcrc, mm, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
pwin — suvning meʼyoriy ichki bosimi, MPa;
Ko — gruntning qarshi zarba koeffitsiyenti, N/cm3.
5. Bosimli va bosimsiz tunnellar temir-beton ishlanmalarida yoriqlar ochilish kengligini hisoblash
Bosimli va bosimsiz tunnellar temir-beton ishlanmalaridagi yoriqlar ochilish kengligi αcrc, mm, quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bunda α — bloklardan quyilgan hamda yoriqsimonlik moduliga Mq bogʻliq boʻlgan ravishda qabul qilinuvchi, qoyali grunt yoriqsimonligi taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyent:
Mq > 5 boʻlganda α = 1 boʻladi; Mq α = 2 boʻladi.
1 Mq α qiymat interpolyatsiya boʻyicha qabul qilinadi;
β — markaziy va markazlashmagan holda choʻzilgan elementlar uchun 1,2, markazlashmagan tarzdagi siqilgan va egiluvchi elementlar uchun 1 ga teng etib olinuvchi koeffitsiyent;
η — davriy kesimli sterjenli armatura boʻlganda 1, silliq armatura boʻlganda esa 1,4 etib qabul qilinuvchi koeffitsiyent;
σs — choʻzilgan zonadagi beton qarshiligini hisobga olmagan holda, choʻzilgan armaturadagi kuchlanish, MPa;
σso — armaturada, betonni boʻrtishidan boʻlgan boshlangʻich choʻzuvchi kuchlanish: suvda turuvchi konstruksiyalar uchun, σso =20 MPa; uzoq vaqt qoʻrishga doxil boʻlgan, shu jumladan qurilish vaqtida, konstruksiyalar uchun, σso =0;
μ — ga teng etib qabul qilinuvchi, ammo koʻpi bilan 0,02 (bunda As — 1-ilovaga binoan aniqlanuvchi yoki 72-bandga muvofiq qabul qilinuvchi, armatura zaruriy koʻndalang kesimi yuzasi) etib olinuvchi, kesimni armaturalash koeffitsiyenti;
α — armatura sterjenlari diametri, mm.
Choʻzilgan armaturadagi kuchlanish σs, MPa, quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanishi lozim:
egiluvchi elementlar uchun
markazlashgan tarzda choʻzilgan elementlar uchun
markazlashmagan tarzda choʻzilgan hamda markazlashmagan tarzda siqilgan elementlar uchun qattiq ekssentrisitetlarda
markazlashmagan tarzda choʻzilgan elementlar uchun kichik ekssentrisitetlarda:
koʻproq choʻzilgan armatura uchun
ozroq choʻzilgan armatura uchun
bunda Mn, Nn — 1-ilovaga (standart dasturlar boʻyicha) muvofiq aniqlanuvchi meʼyoriy eguvchi moment va uzuna kuchlanganlik;
z — kesimni mustahkamlikka boʻlgan hisobi natijalari boʻyicha qabul qilinuvchi ichki juft kuchlar yelkasi;
ho — kesimning ishchi balandligi;
et — choʻzilgan armatura kesim yuzasining ogʻirlik markazidan uzuna kuchgacha Nn boʻlgan masofa;
ec — siqilgan armatura kesim yuzasining ogʻirlik markazidan uzuna kuchgacha Nn boʻlgan masofa.
Hisoblar orqali aniqlanuvchi yoriqlar ochilish kengligi 10-jadvalda keltirilgan qiymatlardan katta boʻlmasligi lozim.
Izoh. (11)-formuladagi “+” ishora markazlashmagan tarzdagi choʻzilishda, “-” ishora markazlashmagan tarzdagi siqilishda qabul qilinadi.
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Bosimli tunnel ichidan filtrlanib chiquvchi suv hisobi
1. Suvning ichki va tashqi bosimlari 10 m farqiga boʻlgan nisbatda olingan suv filtrlanish sarfi yoʻl qoʻyiluvchi qiymati Q l/s cm, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
bunda kcrc — ishlanmadagi yoriqlar suv oʻtkazish koeffitsiyenti boʻlib (1 ga teng boʻlgan bosim gradiyentidagi, yoriqning 1 cm qismida sarflanuvchi suv, cm3/s), quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi
kcrc =α3crc , (2)
ncrc — ishlanmada boʻlgan yoriqlar soni:
betonli — ncrc =0,0628re;
temir-betonli —
μ — ishlanma kesimining armaturalanish koeffitsiyenti;
α — armatura diametri, cm;
re — ishlanmaning tashqi diametri, cm;
k — gruntning filtrlash koeffitsiyenti, cm/s;
Mf — filtrlanish doirasi elementlari orasidagi geometrik muvofiqlikni tavsiflovchi va quyidagi formula boʻyicha aniqlanuvchi, shakl moduli
rf — tajribaviy maʼlumotlar boʻyicha qabul qilinuvchi, ular mavjud boʻlmaganda esa tunnel yotqizilishi chuqurligining ikkilangan miqdoriga teng boʻluvchi filtrlanish sohasi radiusi, cm;
Qαdm — ichki tashqi bosimlar farqi birligiga boʻlgan nisbatda olingan va texnik-iqtisodiy hisoblar asosida aniqlanuvchi, suvning filtrlanish sarfining yoʻl qoʻyiluvchi qiymati.
Dastlabki hisoblashlar uchun quyidagi tarzda qabul qilinadi: ichki va tashqi bosimlar farqi 100 m va undan kam boʻlganda — bosimlar farqining har qaysi 10 m ga tunnel yuzasining 1000 m2 maydonida Qαdm =1 l/s; ichki va tashqi bosimlar farqi 100 m dan ortiq boʻlganda — bosimlar farqining qar qaysi 10 m ga tunnel yuzasining 1000 m2 maydonida Qαdm 0,3 dan 0,5 l/s gacha boʻladi.
2. Tunnel ichidan suvni filtrlanish sarfining absolyut qiymati Qαbs, l/s quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
bunda l — tunnel uzunligi, cm.
3. Tunnel ichidagi suvni filtrlanish sarfini pasaytirish uchun, polimer bogʻlovchi materiallar asosidagi maxsus qoplamalar, gruntni filtrlanishga qarshi sementatsiyasi (mustahkamlanuvchi) va boshqa konstruktiv tadbirlar koʻzda tutilishi lozim.
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Aylana shaklida boʻlmagan tunnel ankerlangan ishlanmasining yerosti suvlari bosimiga boʻlgan hisobi
1. Ishlanmaning konstruktiv sxemasi
Ishlanma, betondan yoki tuzilish jihatdan minimal qalinlikka ega boʻlgan temir-betondan bajarilgan togʻorasimon koʻndalang kesim shakliga ega;
Ishlanma, yerosti suvlari bosimini amalda qoʻllash mumkin boʻlgan oʻlchamlargacha (0,1-0,15 MPa) pasaytiruvchi drenaj bilan taʼminlangan (shpurli);
Ankerlar betonga mahkamlanishi uchun yoki armaturali ishlanma bilan ilashtirish uchun ilmoqlar bilan taʼminlangan davriy yon kesimli shtangalar bilan temir-betonli tarzda bajariladi.
2. Ishlanmalarning qoʻllanish sohasi
Oʻzida tunnelni sigʻdiruvchi gruntlar Protodyakonov boʻyicha f ≥ 4 qattiqlik koeffitsiyentiga ega; amaliy tadqiqotlar bilan asoslangan holda qattiqlik koeffitsiyenti qiymati 4 dan kichik boʻlishi mumkin;
Gruntlar yon taraf va pastdan boʻlgan togʻ bosimini koʻrsatmaydi;
Ishlanmaga boʻlgan yerosti suvlari bosimi, (0,1-0,15) MPa boʻlib, yerosti suvlarining bundan yuqori bosimida u suv qochirish jihozi, shpurlash orqali pasaytirilishi mumkin.
3. Yuklanishlar va asosiy hisobiy holatlar
Ishlanmaga tushadigan asosiy yuklanishlar quyidagilardir: vertikal togʻ bosimi va yerosti suvlari bosimi;
Hisoblashda ishlanmadan alohida hisoblanuvchi elementlar ajratib olinadi: gumbaz, beton (temir-beton) devorlar va ochiq tarnov, betongruntli devorlar va ochiq tarnov;
Hisob chegaraviy holatlar boʻyicha bajariladi.
4. Gumbaz ishlanmasining hisobi
Hisoblashda maʼlum uslub boʻyicha qiyalama koʻrinishdagi yoki bevosita yoxud devorlar ishlanmasi orqali gruntga tarang holda siqib oʻrnatilgan oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchan qalinlikka ega boʻlgan, tovon-tayanchli yarimsirkul gumbazli ishlanmalar qabul qilinadi.
5. Devorlar va tarnovning beton (temir-beton) ishlanmalarining hisobi
Hisoblash sxemasi (1-rasm) bir tekisda taqsimlangan yuklanish bilan yuklantirilgan (yerosti suvlari bosimi), qaysiki tayanchlar vazifasini ishlanma va gruntga kvadrat toʻr boʻylab oʻrnatilgan ankerlar bajaruvchi toʻsinsiz tom uchun boʻlgani kabi qabul qilinadi.
1. Beton ishlanma uchun ankerlar qadami quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda Rbtn — betonni choʻzilgan holdagi hisobiy qarshiligi;
γ b — betonning ish sharoitlari koeffitsiyenti;
h b — beton ishlanmaning qalinligi;
γ n — inshootning vazifasiga koʻra ishonchlilik koeffitsiyenti;
γ ic — yuklanishlar mujassamligining koeffitsiyenti;
p — yerosti suvlarining bosimi.
Ankerlar qadami, quyidagi chegaralarda qabul qilinadi:
1 m α < 2 m.
2. Agar (1) boʻyicha aniqlangan ankerlar qadami konstruktiv fikrlar boʻyicha qoʻllanib boʻlmas darajada kichik boʻlsa, u holda ankerlar orasidagi masofa koʻpaytiriladi va ishlanmani armaturalash koʻzda tutilishi lozim boʻladi.
Hisobiy eguvchi momentning qiymati, ankerlarni koʻpaytirilgan qadamini hisobga olgan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi
Momentlar epyurasi ikki ishorali hamda ikkala yoʻnalishda simmetrik tarzda (tunnelning koʻndalang va uzunasi), ishlanma qalinligi esa sezilarsiz ekanligini hisobga olgan holda, armaturali toʻr ishlanma qalinligining oʻrtasiga joylashtiriladi.
3. Anker sterjenlari diametri (shtang) uzilishga boʻlgan mustahkamlik shartlaridan, ularning uzunligini esa — quyidagi tutashmalar mustahkamligi: shtanga — bir butunlash qorishmasi va qorishma — grunt shartlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda anker-tuproqli devor (tarnov) hosil boʻlishi uchun ankerlar uzunligi kamida lα ³ 2α boʻladi.
6. Beton-gruntli devorning tutib turish imkoniyati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
γn γicPc ≤ γb Tb + γgr(Tgr,1+ Tgr,2)+ γgr Rc (3)
bunda: Pc — beton — gruntli devorga tunnel uzunligining 1 m da taʼsir etuvchi hisobiy kuchlanganlik;
γn — inshootning vazifasi boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
γb — betonning ish sharoitlari koeffitsiyenti;
γic — yuklanishlar mujassamligi koeffitsiyenti;
Tb — beton ishlanmaning qirqilishga boʻlgan qarshiligi yuqorisi boʻyicha
A-A hamda pastgi AI-AI kesimlar (1-rasm );
Tgr,1, Tgr,2 — muvofiq ravishdagi yuqorigi A-A hamda pastgi AI-AI kesimlar boʻyicha grunt devorni qirqilishga boʻlgan qarshiligi boʻlib, grunt massivining kuchlangan holatini va qazishma atrofida boʻshashgan zona mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanadi;
γgr — grunt devor ish sharoitlari koeffitsiyenti;
Rc — grunt devorni grunt massividan uzilishiga boʻlgan qarshilik.
Grunt devorni yuqori kesim (paski) boʻyicha qirqilishga boʻlgan qarshiligi koʻrsatkichi:
Tgr.yu(gr.p)=tgrS+N gr.yu(gr.p) fqt, (4)
bunda: tgr — grunt devor qalinligi ;
c — boʻshashgan zona tuprogʻidagi ilashish;
N gr.yu(gr.p) — gruntli devorning yuqori yoki quyi kesimidagi taʼsir etuvchi moʻtadil siqish kuchlanishi;
fqt — gruntning boʻshashgan zonada qattiqlik koeffitsiyenti.
Maxsus tadqiqotlar boʻlmagan holda siquvchi kuchlanish qiymati qazishma atrofidagi gruntda mavjud boʻlgan boʻshashgan zonani hisobga olgan holda gidrostatik qonun boʻyicha qabul qilinishi lozim.
Grunt devorni massivdan uzilishga boʻlgan qarshiligi koʻrsatkichi
Rc=hgr Rgr.ch , (5)
bunda hgr — grunt devorning balandligi;
Rgr.ch — boʻshashgan zonadagi choʻziluvchi gruntning hisobiy qarshiligi.
Agar Rgr.ch = 0 yoki yerosti suvlari bosimidan kam boʻlsa, u holda massivdan “qatlamlangan” holda ajralgan beton-grunt devor yarimsiqilgan toʻsin-plitani markazlashmagan tarzdagi siqilishga, konstruksiyani yagona materialga keltirilishi bilan (deformatsiya moduli) hisoblanishi kerak.
7. Beton tarkibli ochiq tarnovning tutib turish imkoniyati quyidagi ifodadan aniqlanadi
γn γicPt ≤ Gb +Ggr +2γb Tb+2γgrTgr+ γgr Rt, (6)
bunda Pt — beton-grunt ochiq tarnovga taʼsir qiluvchi hisobiy oʻzib tushiruvchi kuchlanish;
Gb , Ggr — muvofiq ravishda beton va gruntli ochiq tarnov massasi;
Tb , Tgr — muvofiq ravishda beton va gruntli ochiq tarnovning B-B chekka kesimlari boʻyicha qirqilishga boʻlgan qarshiligi;
Rt — gruntli ochiq tarnovni massivdan uzilishiga boʻlgan qarshiligi.
Grunt ochiq tarnovni massivdan uzilishga boʻlgan qarshiligi
Rt = hgr Rgr.ch , (7)
Gruntli ochiq tarnovning qirqilishga boʻlgan qarshiligi qiymati, B-B kesimlarda grunt massivi tomonidan va quyidagilarga teng boʻlgan siquvchi kuchlanishlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
bunda K — grunt massividagi yon bosim koeffitsiyenti boʻlib, uning qiymati v/1-v ga teng (v — massivdagi gruntning Puasson koeffitsiyenti).
Agar massivdagi gruntning hisobiy qarshiligi Rgr.ch = 0 boʻlsa, u holda beton jinsli ochiq tarnov toʻsin-plita sxemasi boʻyicha markazlashmagan siqishga hisoblanishi lozim.
1-rasm. Ishlanmaning hisobiy sxemasi
α — beton gumbaz, devorlar va ochiq tarnov hisobiy sxemasi;
b — shu kabi beton jinsli devorning sxemasi;
v — shu kabi beton jinsli tarnovning sxemasi;
g — shu kabi ankerlarni beton ichiga oʻrnatilish chuqurligi;
1, 2, 3 — muvofiq ravishda beton gumbaz, devorlar va tarnov; 4 — jinsli devor; 5 — jinsli tarnov; 6 — tarang siqilish; 7 — qoʻzgʻalmas tayanchlar; 8 — temir-beton ankerlar
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Tunnel atrofi gruntlari keltirilgan (samarador) deformatsiya modulini aniqlash
Tunnel qazishmasi atrofida buzilgan yoki sementlangan gruntli zonasida, keltirilgan deformatsiya moduli quyidagi algoritm boʻyicha aniqlanadi:
1-rasm. Hisobiy sxemalar
bunda Ro — aylana qazishmaning ichki radiusi;
R — buzilgan zona (sementlangan) chegarasining tashqi radiusi R= Ro +hb (hb — buzilgan (sementlangan) zona chuqurligi);
Eb — buzilgan (sementlangan) zonadagi gruntning deformatsiyalanish moduli;
Em — R ichki radiusli cheksiz halqa koʻrinishidagi grunt massivining deformatsiyalanish moduli;
vb , vm — buzilgan (sementlangan) zona va asosiy massivdagi muvofiq ravishdagi Puasson koeffitsiyentlari.
vb qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan holda, vb= vm etib olinishi mumkin.
Koʻp qatlamli muhit uchun keltirilgan deformatsiya modulini prok dasturi boʻyicha (Gidroloyiha NIS) EHMda aniqlanishi tavsiya etiladi.
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
Gruntlarning qattiqlik koeffitsiyenti boʻyicha tavsiflanishi
Izoh: K qiymatlar jinslashgan yoriqlarga ega boʻlgan grunt massivlari uchun berilgan. Tuproq bilan toʻlgan yoriqlar va boshqalar uchun keltirilgan qiymatlar 20 % ga koʻpaytirilishi lozim.
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 7-ILOVA
Muhandislik-geologik sharoitlarning murakkablik toifalari
Izoh: Muhandislik-geologik sharoitlarning murakkablik toifalari ushbu ilovada koʻrsatilgan omillarning yigʻindisi boʻyicha oʻrnatilishi lozim. Alohida omil murakkablikning yuqoriroq toifasiga taalluqli boʻlsa hamda asosiy loyihaviy yechimlarni qabul qilinishida hal qiluvchi boʻlsa, u holda murakkablik toifasi mana shu omil boʻyicha oʻrnatilishi lozim.
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 8-ILOVA
MKGFS birliklar tizimidagi formulalar
Asosiy matnga:
gqzn = βγhq; (1)
(bunda γ — gruntning hajmiy ogʻirligi, ts/m3);
gqzn = βγhq1; (2)
gqxn = pg(hq + 0.5h)tg2 (45° — φ /2); (3)
gqxn = 0,1pgh; (4)
Eq = Ko (1+v)100; (5)
Mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq:
Mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq:
bunda
bunda
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 9-ILOVA
Gidrotexnik tunnellarda yerosti suvlarini filtrlashni natura holidagi vizual kuzatuvlari
1. Filtrlashni vizual kuzatish jarayonida suv chiqishining barcha joylari va shakllarini belgilash kerak:
toʻplangan oqimni (betondan ajratish bilan);
koʻp ingichka oqimli chiqish;
fovvoralovchi ingichka oqim;
bosimsiz toʻkilish;
tomchilab oqish (kapyoj)
oqish;
namlash;
terlanishi.
2. Filtrlash oʻchoqlarining quvvat manbalarini imkoniyatga qarab belgilash lozim.
3. Filtrlashda suvning sizib chiqishining sabablarini aniqlash (filtrlashga qarshi elementlarning ishonchsizligi, qurilish va konstruktiv choklarning germetik emasligi, boʻshashgan tuzilmasini beton zonalari yoki qatlamlarining mavjudligi, yoriqlarning shakllanishi va ochilishi, zatvorlar, lyuklar konlari qopqoqlarining germetik emasligi va boshqalar).
4. Oʻchoqlarning chiqish joylarida filtratsiya mavjudligi yoki filtratsiya oqimi bilan amalga oshiriladigan qattiq choʻkindilarning yoʻqligi, sement toshining kimyoviy korroziyasi (ajralib olinadigan) mahsulotlari yoki grunt massividagi tuzlar qayd etilishi, bunda filtrlashning bosim oʻchoqlarida eritma korroziya mahsulotlari suv oqimi bilan olib ketilishini yodda tutish kerak.
Ishqoriy yuviluvchi suvlarning rangini va shaklini koʻrsatish:
quvurli stalaktitlar (yigʻma ostida);
lentali shleyflar (qiya burchaklar boʻyicha);
tekis oqimlar va qavssimon qatorlar (devorlar boʻyicha);
stalagmitlar (tomchilar tushish joylarida);
burmalar va nuqtali oʻsishlar (bosimli toʻsiqlarning yuqorisi boʻyicha);
moʻrt yoki yopishqoq boʻlmagan plyonkalar (suv yuzasi boʻyicha);
quruq koʻrinishlar — oq rangli dogʻlar, gullash, boʻshashgan shish, shnursimon oʻsmalar, qatlamlar va nurlanishlar, boʻshashgan shishlar, jgut koʻrinishidagi oʻsmalar va h.k.
Oq rangdan tashqari ishqoriy yuviluvchi suvning rangi sargʻish, zanglgash-jigarrang, qora va boshqa koʻrinishda.
5. Inshoot sxemasiga filtrlashning barcha koʻrinishlarini qoʻyish lozim.
6. Filtrlash va ishqoriy yuvish mahsulotlariga miqdoriy va sifat jihatdan baho berilishi lozim.
7. Suv sizib chiqishini bartaraf etish va uskunani filtratsiya suvidan himoya qilish boʻyicha tavsiyalar berish lozim.
