Davlat avtomototransporti vositalarini sotish tartibi toʻgʻrisida (489-son)
28.09.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomobil transportining yengil, yuk tashuvchi va boshqa turlarini xususiylashtirish uchun zarur normativ bazani yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat avtomototransporti vositalarini jismoniy va davlat tasarrufida boʻlmagan yuridik shaxslarga sotish Tartibi* tasdiqlansin.
*Tartib matni rus tilida berilgan.
2. “Oʻzavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi har oyning 10-kunigacha Davlat mulki qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari uchun amalda boʻlgan bozor (shartnoma) narxlari toʻgʻrisida axborot berib tursin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-maydagi 148-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 28-sentabr,
489-son
