Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-146-son)
01.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Joriy yil 18-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi mahsulotlari) yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Belgilansinki, Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida 2024-yilda yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash hamda ularni eksport qilish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan jami 1,5 trillion soʻmgacha boʻlgan miqdorda kredit resurslari yoʻnaltiriladi.
Bunda, mazkur kredit resurslari hisobidan kreditlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlari uchun revolver tarzda 1,5 milliard soʻmgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.
2. Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev Savdo-sanoat palatasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda 1-ilovaga muvofiq mahalliy mahsulotlar stendlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda jozibador lokatsiyalarda joylashtirish uchun ariza kiritish va Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga amalda ajratilgan mablagʻlar hisobidan oldindan 100 foiz toʻlab berish tartibini joriy qilsin.
Bunda, koʻrgazma va yarmarka tadbirlarida ishtirok etish xarajatlari uchun tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi toifasiga mutanosib ravishda, jumladan “AAA” boʻlganda 100 foiz, “AA” — 95 foiz, “A” — 90 foiz, “VVV” — 85 foiz, “VV” — 75 foiz hamda “V” — 65 foiz miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
3. Belgilansinki, 2024-yil 1-apreldan boshlab:
a) meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 10 foizidan oshmagan taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qoʻllanmaydi;
b) 2026-yil 1-yanvarga qadar mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat beriladi.
Bunda, mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib-sotuvchi jismoniy shaxslar va mahalliy eksport qiluvchi korxonalar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oldi-sotdi shartnomalari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida rasmiylashtiriladi.
Soliq qoʻmitasi uch oy muddatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishni taʼminlovchi mobil ilovani ishga tushirsin.
4. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlarni oʻzaro shartnoma asosida tashkillashtirilgan tarzda eksport qiluvchi mahalliy eksportyor korxonalarga (eksport klasteri) boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarning 50 foiziga eksportbop ekin turlarini ekishga buyurtmalar berish amaliyoti joriy etilsin.
Bunda, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi mazkur maydonlarga oʻsimliklar karantini davlat inspektorlarini biriktiradi.
5. Yoshlar ishlari agentligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Eksportchilar uyushmasi hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda xorijiy tillarni oʻzlashtirgan yoshlarni eksport amaliyoti boʻyicha qisqa muddatli kurslarda bepul oʻqitish, eksportchi korxonalarga biriktirish tartibini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin.
6. Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari joriy yil yakuniga qadar tajribali texnolog va dizaynerlarni jalb qilgan holda har bir hududda mahsulotlar uchun qadoqlar ishlab chiqarish hamda mahsulotlarni saralash, kalibrlash, vakuum-prekuler va boshqa turdagi qadoqlash boʻyicha bittadan zamonaviy korxonani tashkil qilish hamda foydalanilmayotgan quvvatlarni oʻrganish va ishga tushirishga masʼul etib belgilab qoʻyilsin.
Ushbu loyihalarni amalga oshirishga Jahon bankidan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan 30 million AQSH dollari yoʻnaltirilsin.
7. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilinsin.
Respublika komissiyasiga eksportbop mahsulotlar yetishtirish va tayyorlash, eksport shartnomalarini tuzish hamda xorijiy isteʼmolchilarga yetkazib berishgacha boʻlgan barcha jarayonlarda yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tezkor hal etish vazifasi yuklansin.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) bir hafta muddatda Respublika komissiyasi orqali eksportchilar bilan doimiy muloqot maydonini ishga tushirsin.
Respublika komissiyasi bir hafta muddatda 2024-yil uchun meva-sabzavot, oziq-ovqat va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti koʻrsatkichlarini tasdiqlasin hamda ularning ijrosini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tegishli davlatda mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish va realizatsiya qilishda savdo agentlari faoliyatini yoʻlga qoʻysin. Bunda:
xorijdagi diplomatik vakolatxonalar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi eng faol agentlarning roʻyxatini shakllantiradi va Respublika komissiyasiga taqdim etadi;
Respublika komissiyasi xorijdagi savdo agentlariga doir maʼlumotlarni “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasiga kiritadi hamda yangilab boradi.
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
* 4-ilova berilmaydi.
12. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 1-aprel,
PQ-146-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-146-son qaroriga1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga ixtisoslashtirilgan nufuzli xalqaro koʻrgazma va yarmarkalar
ROʻYXATI
T/rXalqaro koʻrgazma nomiOʻtkaziladigan joyiKoʻrgazma mavzusi1.“Gulfood”Dubay(BAA)Oziq-ovqat va ichimliklar koʻrgazmasi2.“SIAL”Parij(Fransiya)Qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi3.“Tutto Food”Milan(Italiya)Oziq-ovqat va ichimliklar, isteʼmol tovarlari koʻrgazmasi4.“Food Istanbul”Istanbul(Turkiya)Oziq-ovqat koʻrgazmasi5.“World Food Moscow”Moskva(Rossiya)Oziq-ovqat koʻrgazmasi6.“Anuga”Kyoln(Germaniya)Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi7.“IFE London”London(Buyuk Britaniya)Oziq-ovqat koʻrgazmasi8.“Fruit Logistika”Berlin(Germaniya)Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi9.“Food and Drink Malaysia by SIAL”Kuala-Lumpur(Malayziya)Oziq-ovqat koʻrgazmasi10.“Alimentaria Barcelona”Barselona(Ispaniya)Oziq-ovqat koʻrgazmasi11.“Asia Fruit Logistika”Gonkong(XXR)Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi12.“Americas Food & Beverage Show”Mayami(AQSH)Oziq-ovqat koʻrgazmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-146-son qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi
RESPUBLIKA KOMISSIYASI TARKIBI
Aripov Abdulla Nigmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari Xodjayev Jamshid Abduxakimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari Tashkulov Akbar Djurabayevich — adliya vaziri Qudratov Laziz Shavkatovich — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Ergashev Ibrohim Kenjabayevich — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Valiyev Baxriddin Baxadirovich — Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari Xaydarov Axadbek Yaxyobekovich — iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Qosimov Akmaljon Malikjonovich — qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Madrahimov Muzaffarbek Anvarbekovich — tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Choriyev Jasurbek Ergashevich — transport vaziri oʻrinbosari Karimjonov Rustam Olimjon oʻgʻli — raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Abubakirov Bobir Yuldashovich — Markaziy bank raisi oʻrinbosari Musamuxamedov Nodir Kamalitdinovich — Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Saʼdullayev Ulugʻbek Atabayevich — Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Hayitov Qobuljon Isoqulovich — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Vaxobov Davron Abdujalolovich — Savdo-sanoat palatasi raisi Lavozimiga koʻra — “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori oʻrinbosari Ablayarov Feruz Karimovich — Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari Ismoilov Husniddin — Eksportchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari Raximov Abdushokir Abduzoyitovich — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʻrinbosari Raxmetov Hikmatilla Narzullayevich — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisining birinchi oʻrinbosari
Izoh: Zaruratga koʻra, Respublika komissiyasi faoliyatiga boshqa vazirlik va idoralarning vakillari hamda ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-146-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlar va tashabbuslarMazmuniAmalga oshirish shakliIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnoma berish.Yevropa davlatlariga avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga mavjud xorijiy ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini 25 foizga oshirib, ular sonini 250 000 taga yetkazish.Fransiya va Ispaniya davlatlarining vakolatli organlari bilan birgalikda muzokaralar oʻtkazib, ruxsatnomalarni ayirboshlashni tashkil etish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil mayTransport vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi2.Noʻxat mahsulotlarini yetishtirish va sotishni qoʻllab-quvvatlash.1. Tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda Oʻzbekistonda noʻxat mahsulotlarini yetishtirish va sotish boʻyicha uyushma tashkil qilish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil mayQishloq xoʻjaligi vazirligi2. Noʻxat mahsulotlarini yetishtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablagʻlariga kredit ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.2024-yil iyunSavdo-sanoat palatasi3.Ulgurji savdo bozorini rivojlantirish.Oʻzbekistonning ulgurji savdo bozorini yanada rivojlantirish maqsadida yirik eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining Butunjahon ulgurji bozorlar uyushmasiga (The World Union of Wholesale Markets) aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish.Butunjahon ulgurji bozorlar uyushmasining (The World Union of Wholesale Markets) 2025-yildagi yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazish choralarini koʻrish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil dekabrSavdo-sanoat palatasi4.Xorijdagi savdo uylarini tashkil qilish.1. Yaponiyaning Nagoya shahri Nanyo bozorida Oʻzbekiston-Yaponiya savdo uyini tashkil qilish va ijara toʻlovini kompensatsiya qilish choralarini koʻrish.2. Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya, AQSH va Qozogʻiston mamlakatlaridagi savdo uylarini tadbirkorlik subyektlari boshqaruviga oʻtkazish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil aprelBosh vazir oʻrinbosari(Xodjayev),Savdo-sanoat palatasi,Tashqi ishlar vazirligi3. Tadbirkorlik subyektlari bilan teng miqdorda ulush kiritish orqali Mersin (Turkiya), Rotterdam (Niderlandiya), Sindao (Xitoy), Klaypeda (Litva), Doha (Qatar), Dubay (BAA) kabi yirik port shaharlarida savdo uylarini tashkil qilish hamda ularning ijara xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilib berish tizimini yoʻlga qoʻyish.2024-yil maySavdo-sanoat palatasi,Tashqi ishlar vazirligi5.Tadbirkorlik subyektlarini sovitkichli yuk konteynerlari bilan taʼminlash.Tadbirkorlik subyektlari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari, ulardan tayyorlangan djem (murabbo), salqin ichimliklar hamda tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan manzilga yetkazib berishga moʻljallangan sovitkichli yuk konteynerlari bilan xizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish.Temir yoʻl va yuk avtomobillarida mahsulotlarni sovitkichli konteynerlarda tashish boʻyicha maxsus marshrutlar va tariflarni eʼlon qilish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil mayTransport vazirligi,“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ6.Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablagʻlarini oshirish.Eksportoldi kreditlar boʻyicha garov taʼminoti sifatida sugʻurta polisini qabul qilish amaliyotini ommalashtirish.Har hafta dushanba kuni tijorat banklari tomonidan eksport qiluvchi korxonalarga ajratilgan mablagʻlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berish.Eksport qiluvchilarga televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilib, qaysi bankda, qanday shartlarda, qancha muddatga aylanma mablagʻ berilishini eʼlon qilish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil mayBosh vazir oʻrinbosari(Qoʻchqorov),Markaziy bank,Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi7.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini tahlil qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari.1. Yangiyoʻl tumani, Fargʻona va Samarqand shaharlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining biotadqiqotlari va texnologiyalari boʻyicha zamonaviy laboratoriyalarni ishga tushirish va ushbu laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil sentabrVazirlar Mahkamasi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Karantin agentligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Soliq qoʻmitasi2. Respublikadagi fitosanitar va sanitariya laboratoriyalarida hamda mahsulotlarni zararsizlantirishda foydalaniladigan kimyoviy reaktiv, reagent, praymerlar toʻplami va fumigantlar importida bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilish va majburiy ekologik sertifikat olish talabini bekor qilish tartibini joriy etish chorasini koʻrish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2024-yil iyun3. Mavjud sanitariya laboratoriyalarini qayta xatlovdan oʻtkazish hamda ularda xalqaro tan olinadigan laboratoriya ekspertizalarini oʻtkazish va meva-sabzavotlarda meʼyordan ortiq pestitsid, aflotoksin, kaliy sorbat, fungitsid va boshqa moddalarni aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil may4. Yaponiya, Koreya, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifatini tahlil qilishning milliy talablarini oʻrganib, Oʻzbekiston Respublikasida amaliyotga joriy qilish choralarini koʻrish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil iyul5. Eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda sifatli pestitsid va mineral oʻgʻitlarni qoʻllash, kontrafakt va kontrabandaning oldini olish uchun pestitsid va mineral oʻgʻitlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2024-yil sentabr8.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportida mahsulotni daladan chet eldagi import qiluvchilarga yetib borishigacha boʻlgan jarayonlarda ishtirok etadigan mutaxassislarni tayyorlash.1. Eksportbop ekinlar ekish, ularni yetishtirish, qadoqlash va eksportni tashkil etish tamoyillarini oʻrgatadigan mutaxassislar tayyorlash boʻyicha Karantin agentligining takliflariga asosan magistraturaning kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida oʻqishga qabul qilish choralarini koʻrish.Eksportbop ekinlar ekish, ularni parvarishlash, qadoqlashni oʻrgatadigan mutaxassislar tayyorlash maktabiga respublikadagi agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalaridan malakali professor-oʻqituvchilarni biriktirish.Amaliy chora-tadbirlarBir oy muddatdaVazirlar Mahkamasi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Karantin agentligi,Savdo-sanoat palatasi2. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda mahsulotni yetishtirish, saralash, qadoqlash, yuklash, sifati va eksportbopligini saqlagan holda yetkazib berish jarayonlari boʻyicha har bir mahsulot kesimida uslubiy qoʻllanma (metodologiya) ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.Qoʻllanmalar ishlab chiqish2024-yil iyul9.Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda tannarxni arzonlashtirish.2026-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha chetdan olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan xomashyo hamda qadoqlash uskuna va buyumlarini bojxona bojidan ozod qilish choralarini koʻrish.Amaliy chora-tadbirlarBir oy muddatdaBosh vazir oʻrinbosari(Xodjayev),Investitsiyalar, sanoatva savdo vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Karantin agentligi10.Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalaridan maqsadli foydalanish va yuqori hosil olish.Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalariga eksportbop ekinlar ekishga koʻmaklashish maqsadida qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining agronomiya yoʻnalishi tadqiqotchilari va yuqori kurs talabalarini biriktirish.Ular tomonidan oʻz tajriba-sinov va tadqiqot ishlarini bevosita tomorqalarda amalga oshirish amaliyotini joriy etish.Ilmiy xodimlar tomonidan tomorqa egalariga urugʻ va koʻchat ekish, parvarishlash, oʻgʻit berish, yuqori hosildorlikka erishishni oʻrgatish.Amaliy chora-tadbirlarBir oy muddatdaQishloq xoʻjaligi vazirligi,Karantin agentligi11.Eksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish.Bojxona qoʻmitasining axborot tizimlaridagi eksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining bojxona yuk deklaratsiyasida mavjud barcha maʼlumotlarini Karantin agentligining axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali almashinuvini taʼminlash.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil aprelBojxona qoʻmitasi,Karantin agentligi12.Xususiy laboratoriyalar ishini xalqaro standartlarga mosligini tekshirish tizimini yoʻlga qoʻyish.Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha referens laboratoriya tashkil etish va xususiy laboratoriyalar ishini xalqaro standartlarga mosligini tekshirish tizimini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrQishloq xoʻjaligi vazirligi,Karantin agentligi,Savdo-sanoat palatasi,Toshkent viloyati hokimligi,Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi13.Eksport qiluvchi korxonalarni zaruriy maʼlumotlar bilan tezkor xabardor qilib borish.“Agrokoʻmakchi” mobil ilovasi hamda “Asiaexport.se” platformasini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bepul muntazam yoritib borish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil davomida haftasiga uch marotabaAxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi14.Respublikaning har bir hududida maxsus qadoqlash idishlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar tashkil etish.Tabiiy yoʻqotish va sifat buzilishini kamaytirish maqsadida Respublikaning har bir hududida meva-sabzavot mahsulotlari, ulardan tayyorlangan djem (murabbo), salqin ichimliklar hamda tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga moʻljallangan maxsus qadoqlash idishlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar tashkil etish.Amaliy chora-tadbirlar2024-2025-yillarBojxona qoʻmitasi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi15.Transport xarajati kompensatsiyasini takomillashtirish.Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini mahalliy eksport qiluvchi korxonalar, shu jumladan qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilar (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temir yoʻl, dengiz va havo transportida tashish xarajatlarini quyidagi miqdorda kompensatsiya qilish:Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Afgʻoniston Islom Respublikasiga 30 foizigacha;qolgan davlatlarga (chegaradosh davlatlardan tashqari) 50 foizigacha.Bunda, kalibrovka qilinmagan hamda maxsus idishlarda qadoqlanmagan mahsulotlar kompensatsiya miqdoriga 0,5 koeffitsiyentni qoʻllagan holda hisoblash.Hukumat komissiyasi bayoni2024-yil aprelBosh vazir oʻrinbosari(Xodjayev),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi16.Fitosanitar ruxsatlar olingan xorijiy davlatlar har birining kamida ikkitadan yirik ulgurji markazlarida savdo nuqtalarini tashkil etish.1. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar orqali fitosanitar ruxsatlar olingan mahalliy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga xorijiy davlatlar har birining kamida ikkitadan yirik ulgurji markazlarida savdo nuqtalarini tashkil etish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishib, Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasiga yetkazish.Amaliy chora-tadbirlarBir oy muddatdaTashqi ishlar vazirligi,xorijdagi diplomatik vakolatxonalar2. Fitosanitar ruxsatlar olingan mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining dastlabki partiyalarini xorijiy davlatlardagi yirik ulgurji savdo markazlariga yetkazib berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.DoimiyInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari3. Xorijdagi vakolatxonalar tomonidan xorijiy ulgurji savdo markazlarida sotilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha foto va video materiallarni (mahsulot turi, qadogʻi, kalibri, narxi va boshqa talablar) “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasida joylashtirish uchun Karantin agentligiga muntazam taqdim etib borish.Har haftadaTashqi ishlar vazirligi,xorijdagi diplomatik vakolatxonalar17.“Ilgʻor eksportchi” koʻkrak nishonini joriy qilish.Zamonaviy texnologiyalar, samarali boshqaruv va marketing tizimini qoʻllash orqali eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, oʻzbek brendining xalqaro maydondagi mavqeyi hamda eksport hajmlarini oshirishga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan mahalliy tadbirkorlarga “Ilgʻor eksportchi” koʻkrak nishonini berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2024-yil 15-iyunInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Karantin agentligi,Eksportchilar uyushmasi,Savdo-sanoat palatasi18.Eksport prognoz hajmlari koʻrsatkichlarining bajarilishiga erishish.1. 2024-yil uchun belgilangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport prognoz hajmlari asosida mahsulotni eksportga yuklash grafigini oʻn kunlik, oylar va choraklar kesimida tasdiqlash va Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasiga taqdim etish.Amaliy chora-tadbirlarBir hafta muddatdaQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari2. Tasdiqlangan grafikka muvofiq belgilangan eksport prognoz hajmlari koʻrsatkichlarini taʼminlash maqsadida eksportbop ekinlarni joylashtirish va mahsulotlar yetishtirilishini tashkil qilish.Grafikka muvofiq19.Meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalarida “texnologiya — samarali menejment — brend — eksport” tamoyili asosida ishlash tizimini joriy qilish.1. Hududlardagi meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalarini xatlovdan oʻtkazish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil aprelQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi2. Ushbu korxonalarda “texnologiya — samarali menejment — brend — eksport” tamoyili asosida rivojlanish dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish.Bunda, xorijiy texnologlarni jalb qilish, menejment va marketing tizimini samarali tashkil etish, mahsulot tannarxiga taʼsir koʻrsatuvchi xarajatlarni kamaytirish, Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar talabiga mos saralash, brend ostida qadoqlash va eksportga chiqarishni joriy qilish.2024-yil iyun20.Mahalliy meva-sabzavotlardan tayyorlangan turli mahsulotlar namunalarini yaratish.Mahalliy meva-sabzavotlardan tayyorlangan pyure, jem, ziravorlar, sous, ketchup va tuzlama kabi turli mahsulotlar namunalarini yaratish.Ishlab chiqaruvchi korxonalarga tavsiyalar berish.Amaliy chora-tadbirlarDoimiyQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari21.Xorijiy davlatlarning top brend kompaniyalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.1. Har bir xorijiy davlat kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kamida 10 ta top brend kompaniyalarning roʻyxatini shakllantirish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil mayTashqi ishlar vazirligi,xorijdagi diplomatik vakolatxonalar,Savdo-sanoat palatasi2. Oʻzbekistonda mazkur kompaniyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.Doimiy3. Har bir xorijiy davlat kesimida kamida 5 ta top brend kompaniyalar bilan Oʻzbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim qilish.2024-yil may22.Viloyatlarda top brend kompaniyalar bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash-qadoqlash orqali qayta ishlash va ularni eksport qilishni qamrab oluvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirish.1. Har bir viloyatda kamida 2 ta top brend kompaniyalar bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash-qadoqlash orqali qayta ishlash va ularni eksport qilishni qamrab oluvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil qilish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil noyabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi2. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan maʼlumotlarni tahlil qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2024-yil dekabrHisob palatasi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari23.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportbopligini taʼminlash yuzasidan ilmiy loyihalar ishlab chiqish.Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish boʻyicha ilmiy loyihalar dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil iyunOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi24.Yuqori malakali xorijiy texnologlarni jalb qilish.Yuqori malakali xorijiy texnologlar roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklariga yetkazish, texnologlarni jalb qilish choralarini koʻrish.Amaliy chora-tadbirlarDoimiyTashqi ishlar vazirligi,xorijdagi diplomatik vakolatxonalar25.Mahsulot yetishtiruvchi va eksport qiluvchi korxonalarni ichki va tashqi bozorlardagi maʼlumotlar bilan taʼminlash.1. Karantin agentligiga quyidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda taqdim etib borish:Amaliy chora-tadbirlareksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga doir rasmiy statistik maʼlumotlar;DoimiyMilliy statistika qoʻmitasi,Bojxona qoʻmitasi,Eksportchilar uyushmasixorijiy import qiluvchi korxonalar va xorijiy ulgurji savdo markazlari roʻyxati;DoimiyTashqi ishlar vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligixorijdan kirib kelgan yuksiz transport vositalariga doir (chet el logistika kompaniyalarining kontaktlari) maʼlumotlar;DoimiyTransport vazirligieksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari haqidagi rasmiy statistik maʼlumotlar.Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadarBojxona qoʻmitasi,Milliy statistika qoʻmitasi2. Taqdim etilgan maʼlumotlarni “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasiga kiritish hamda doimiy yangilab borish.DoimiyKarantin agentligi3. “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasiga kiritilgan maʼlumotlarni eksportchi korxonalarga yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida haftada uch marotaba “praym taym” davrlarda doimiy yoritib borish.DoimiyAxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi26.Hududlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ixtisoslashtirilgan zamonaviy logistika markazlarini tashkil etish.Jizzax viloyatidagi “BMB NRC Agrologistics” logistika markazi namunasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ixtisoslashtirilgan zamonaviy logistika markazlarini tashkil etish va samarali ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xarita”larni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil avgustQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi27.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini yuqori narxlarda salohiyatli xorijiy bozorlarda sotilishini taʼminlash.1. Xorijiy davlatlardan olingan fitosanitar ruxsatlarga asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinmagan hamda yuqori narxlarda sotiladigan kamida 25 ta salohiyatli xorijiy bozorlarni aniqlash.Amaliy chora-tadbirlarIkki hafta muddatdaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Bojxona qoʻmitasi,Soliq qoʻmitasi,Karantin agentligi,Savdo-sanoat palatasi,Eksportchilar uyushmasi2. Xorijiy davlatlarning tashqi savdoni rivojlantirishga masʼul organlari, savdo-sanoat palatalari, tashqi savdoga koʻmaklashuvchi tashkilotlari bilan eksport hajmini oshirish boʻyicha muntazam ravishda muzokaralar oʻtkazish.Doimiy3. Xorijiy davlatlarning import qiluvchi korxonalar roʻyxatini shakllantirish.Ikki hafta muddatda4. Xorijiy davlatlar kesimida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari uchun import bojlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi va boshqa importda yuzaga keladigan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish.2024-yil aprel5. Importchi korxonalar bilan 500 million dollarlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport qilinishi boʻyicha kelishuvlarga erishish.2024-yil aprel6. Hoʻl mahsulotlar uchun alohida va quritilgan mahsulotlar uchun alohida respublika hududida va xorijda oʻtkaziladigan “B2B” uchrashuvlari grafigini tasdiqlash.2024-yil aprel7. Tasdiqlangan grafikka muvofiq uchrashuvlarni tashkil etish.Grafikka muvofiq28.Xorijiy davlatlarda respublikadan eksport qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish va tarqatish markazlarini ochish.Xorijiy davlatlardagi yirik ulgurji markazlar hamda katta bozorlarga yaqin va qulay hududlarda Oʻzbekistondan kirib keladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish va tarqatish boʻyicha markazlarni ochish choralarini koʻrish.Bunda, mazkur markazlar orqali mahsulotlarni kichik hajmdagi taralarda qadoqlab, savdo tarmoqlariga yetkazish.Amaliy chora-tadbirlar2024-2025-yillarInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Transport vazirligi,Savdo-sanoat palatasi,Tashqi ishlar vazirligi,xorijdagi diplomatik vakolatxonalar29.Xalqaro aeroportlar hududlarida mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti uchun ixtisoslashtirilgan yangi zamonaviy infratuzilmalarni tashkil etish.1. Fargʻona, Samarqand va Toshkent xalqaro aeroportlari hududlarida mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish, saqlash (sovitkichli ombor) va yuklashga ixtisoslashtirilgan infratuzilmalarni tahlil qilish va Hukumatga asosli takliflar kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2024-yil iyunTransport vazirligi,“Uzairports” AJ,Bojxona qoʻmitasi,Fargʻona va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari,Karantin agentligi2. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Fargʻona, Samarqand va Toshkent xalqaro aeroportlari hududlarida mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish, saqlash (sovitkichli ombor) va yuklashga ixtisoslashtirilgan yangi zamonaviy infratuzilmalar tashkil etish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil dekabr30.Mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari jozibadorligini va eksport salohiyatini oshirishga koʻmaklashish.Xalqaro aviaqatnovlarda hamda “Afrosiyob” tezyurar poyezdlarida mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan videoroliklarni muntazam ravishda namoyish qilib borilishini hamda “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasini havo kemalarining oʻrindiq tablosiga joylashtirilishini taʼminlash.Mahalliy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini istiqbolli bozorlarga yoʻnaltirishda tezkorlik va qulaylikni oshirish maqsadida xalqaro aeroportlarda imtiyozli narxlarda navbatchi yuk va fuqaro tashuvchi samolyotlar xizmatini yoʻlga qoʻyish.Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun mahsulotlar kesimida tariflarni belgilash va rasmiy veb-saytda eʼlon qilib borish.Amaliy chora-tadbirlarDoimiyTransport vazirligi,Karantin agentligi,“Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ,“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ31.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xalqaro fitosanitar va GSR+ tizimi talablari asosida yetishtirishni tashkil etish.Respublikada qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xalqaro fitosanitar va GSR+ tizimi talablari asosida yetishtirishni jadallashtirish maqsadida ularni yetishtirish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash qoidalariga rioya qilish hamda oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishi ustidan nazorat tadbirlari, karantin inspektorlari tomonidan tekshiruvlarini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil mayBiznes ombudsman,Adliya vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Karantin agentligi32.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish.8 ta davlatga 25 turdagi mahsulot eksportiga fitosanitar ruxsatlarni olish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil dekabrKarantin agentligi,Tashqi ishlar vazirligi,xorijdagi diplomatik vakolatxonalar33.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun tarif-notarif baryerlarni maqbullashtirish.Hindiston, Koreya, Yaponiya, Vyetnam, Singapur, Tailand, Indoneziya, Malayziya davlatlariga gilos, uzum, oʻrik, olxoʻri, qovun, xurmo, mosh, loviya va quritilgan meva-sabzavotlar kabi mahsulotlar eksporti uchun tarif-notarif baryerlarni kamaytirish, shu jumladan, import boji va boshqa kirish xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha xorijiy davlatlarning mutasaddi idoralari bilan muzokaralar oʻtkazish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil davomidaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Karantin agentligi34.Xitoy Xalq Respublikasiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish.Xitoy Xalq Respublikasiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralarni ishlab chiqish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil aprelInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi,Karantin agentligi,Savdo-sanoat palatasi,Eksportchilar uyushmasi35.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga istiqbolli bozorlar uchun zarur boʻlgan laboratoriya xulosalarini beruvchi laboratoriyalarni tashkil qilish.1. Sanitariya laboratoriyalarini xatlovdan oʻtkazib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga istiqbolli bozorlar uchun zarur boʻlgan laboratoriya xulosalarini beruvchi laboratoriyalarni belgilash.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil maySogʻliqni saqlash vazirligi,Texnik jihatdan tartibga solish agentligi2. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda laboratoriyalarni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.Bunda, laboratoriyalarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportiga mos ravishda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash (zarur asbob-uskuna, reagentlar, mutaxassislar malakasini oshirish, metodologiyalarni takomillashtirish) va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish nazarda tutiladi.2024-yil iyun36.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish.Turkiya tajribasi (“BILGE” elektron tizimi — “OneClickStop”) asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini (bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish) soddalashtirishga qaratilgan elektron tizimni joriy qilish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil iyunBojxona qoʻmitasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi37.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini anʼanaviy bozorlardan istiqbolli bozorlarga yoʻnaltirish.Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda istiqbolli bozorlarning talablariga javob beradigan zamonaviy qadoqlarni ishlab chiqaruvchilarni tahlil qilgan holda anʼanaviy yogʻoch yashik qadoqlaridan bosqichma-bosqich voz kechishni yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar2024-2025-yillarSavdo-sanoat palatasi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Eksportchilar uyushmasi,mahalliy hokimliklar38.Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishda zararli organizmlarga qarshi uygʻunlashgan kurash (IPM) tizimini joriy qilish.Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishda zararli organizmlarga qarshi uygʻunlashgan kurash (IPM) tizimini ishlab chiqish va joriy etish.Xavfli zararkunanda va kasallik oʻchoqlarini oʻz vaqtida aniqlash va ularga qarshi samarali kurashish choralarini belgilash va monitoring yuritish uchun kerakli miqdorda feromon tutqichlarni xarid qilish va hududlarda oʻrnatish.Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar tomonidan “Dala daftari”ni yuritish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil mayKarantin agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari39.Eksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish.Bojxona qoʻmitasining axborot tizimlaridagi eksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining bojxona yuk deklaratsiyasida mavjud barcha maʼlumotlarni Karantin agentligining axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali elektron almashinuvini taʼminlash.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil aprelBojxona qoʻmitasi,Karantin agentligi40.Oliy va yuqori darajadagi davlat tashriflari doirasida mahalliy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqishda qulayliklar yaratish.Oliy va yuqori darajadagi davlat tashriflari doirasida karantin ostidagi mahsulotlarga fitosanitar sertifikatlarni toʻlovlarsiz rasmiylashtirish.Amaliy chora-tadbirlarDoimiyQishloq xoʻjaligi vazirligi,Adliya vazirligi,Karantin agentligi41.“Agrokoʻmakchi” mobil ilovasini keng targʻib qilish.Agentlikning “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasi afzalliklari haqidagi maʼlumotlarni, videoroliklarni barcha Oʻzbekiston telekanallari orqali bepul yoritib borish.Amaliy chora-tadbirlarDoimiyOʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Karantin agentligi42.Idoralararo elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.Davlatlar va mahsulotlar kesimida eksport va import qilingan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari haqidagi maʼlumotlarning Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Statistika agentligi, Bojxona qoʻmitasi va Karantin agentligi oʻrtasida elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil aprelInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Bojxona qoʻmitasi,Statistika agentligi,Karantin agentligi43.Eksport qiluvchi korxonalarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish.Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchilar uchun namunaviy tijorat takliflarini ishlab chiqish va ularga yetkazish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil mayInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Savdo-sanoat palatasi,Eksportchilar uyushmasi44.Eksport strategiyasini ishlab chiqish.Oʻzbekiston Respublikasining 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan eksport strategiyasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2024-yil oktabrInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar45.“Eksportchilar koʻrgazma markazi”ni tashkil etish.Toshkent shahrida “Eksportchilar koʻrgazma markazi”ni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari boʻyicha taklif va ushbu markazning konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Bunda ushbu markaz uchun Toshkent shahri Yangihayot tumanida joylashgan “Food City” majmuasi atrofidan 5 gektar yer maydoni ajratishni nazarda tutish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil aprelInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Kadastr agentligi,Toshkent shahar hokimligi,manfaatdor vazirlik va idoralar46.Istiqbolli tashqi bozorlarda meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda mahsulotlarning tarkibiga qoʻyiladigan talablarni oʻrganish.Yevropa va boshqa istiqbolli tashqi bozorlarda meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda mahsulotlarning tarkibiga (kimyoviy moddalar miqdori) qoʻyiladigan talablarni oʻrganish hamda talab qilinadigan barcha tekshiruvlarni oʻtkazish imkoniyatiga ega laboratoriyalar tashkil etish, jumladan talab etiladigan mablagʻlar va moliyalashtirish manbalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil aprelTexnik jihatdan tartibga solish agentligi,Karantin agentligi,Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi47.Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha dastur ishlab chiqish.Hududlarning tuproq va iqlim sharoitlari hamda tashqi bozorlardagi talablardan kelib chiqqan holda Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan dastur loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Bunda eksportbop, jumladan organik meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini plantatsiya usulida yetishtirishni keng yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2024-yil iyulQishloq xoʻjaligi vazirligi,Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari48.Mahsulot yetishtiruvchilar va ilmiy muassasalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.Urugʻchilikni rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish va hosildorlikni oshirish boʻyicha meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va ilmiy muassasalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil davomidaQishloq xoʻjaligi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ,Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqayer egalari kengashi49.Yagona elektron platformani yaratish.Mavjud axborot tizimlari, elektron platforma va dasturlarning imkoniyatlarini oʻrganib chiqib, ularning biri negizida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, eksportga tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar, eksport qiluvchilar, xorijiy xaridorlar va xalqaro yuk tashuvchilarni oʻzaro bogʻlovchi barcha zarur axborot tizimlariga integratsiyalashgan yagona elektron platformani yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil 1-mayKarantin agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Soliq qoʻmitasi,Bojxona qoʻmitasi50.Eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha garov taʼminoti imkoniyatlarini kengaytirish.Eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha garov taʼminoti sifatida davlat sugʻurta kompaniyalari tomonidan beriladigan sugʻurta polisini hamda eksport shartnomalarini garov sifatida qabul qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil 1-maySavdo-sanoat palatasi, Markaziy bank,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Istiqbolli loyihalar milliy agentligi51.Kuz-qish mavsumida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritish korxonalarida gaz va elektr energiya taʼminoti uzluksizligini taʼminlash.Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritish korxonalarini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan grafik asosida uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrish.Bunda korxonalarning roʻyxati Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksport qiluvchilar uyushmasi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan shakllantirib berish.Amaliy chora-tadbirlarDoimiy(kelishilgan grafik asosida)Energetika vazirligi,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,“Hududgaztaʼminot” AJ52.Dehqon, fermer xoʻjaliklari, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi korxonalar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.Mahsulot yetishtiruvchilar, yigʻuvchilar, tayyorlovchilar, eksportchilar va qayta ishlovchilar oʻrtasida oʻzaro kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.Amaliy chora-tadbirlar2024-2025-yillardaQishloq xoʻjaligi vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari53.Organik mahsulotlar yetishtiriladigan hududlarni belgilash.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport koʻrsatkichlarini 30 — 50 foizga koʻpaytirish maqsadida respublikada mavjud biologik toza hududlar roʻyxatini shakllantirish, eksportchi tadbirkorlarga yetkazish va mazkur hududlarda xalqaro standartlar asosida mahsulot yetishtirilishini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil iyunQishloq xoʻjaligi vazirligi,Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari54.Tadbirkorlarning eksport faoliyati boʻyicha murojaatlarini tezkor koʻrib chiqilishini taʼminlash.Korxonalarning eksport hajmini oshirishga oid murojaatlarni (xorijiy davlatlarga viza olish, tashqi bozorlarning statistik maʼlumotlarini olish, mahsulotlarni shourumlarga joʻnatish, “B2B” uchrashuvlar tashkil etish va boshqalar) qisqa muddatlarda koʻrib chiqish va amaliy koʻmaklashish.Amaliy chora-tadbirlarDoimiySavdo-sanoat palatasi,Tashqi ishlar vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
