“266-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (4166-IV-son) · Sana: 20.03.2024 · Amalda
Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqealarni oʻrganish maqsadida Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun deputatlar va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuziladi.
Maxsus komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni va olimlarni komissiya ishiga jalb etishga;
davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olishga;
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif etishga.
Maxsus komissiya Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Maxsus komissiya bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan belgilangan muddatda ularni xabardor qiladi”;
87) 267-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar roʻyxati asosida saylangan deputatlarning saylovchilar bilan aloqasi tegishincha siyosiy partiya fraksiyasi tomonidan belgilanadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fraksiyalar har yili Kengash bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan aloqasi uchun moʻljallangan vaqtni belgilaydi. Deputatlarning saylovchilar bilan aloqasi uchun, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari davrida har oyning oxirgi haftasi ajratiladi”;
88) 274-moddaning birinchi qismidagi “Budjet va iqtisodiy islohotlar” degan soʻzlar “Budjet va iqtisodiy masalalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
89) quyidagi mazmundagi 278-modda bilan toʻldirilsin:
