“26-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (4166-IV-son) · Sana: 20.03.2024 · Amalda
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarining soni, qoida tariqasida, ikki nafardan oshmasligi kerak.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari deputatlar orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga saylanadi.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi taqdim etgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, Siyosiy partiyalar vakillari kengashi deputatlar orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari saylanganligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni palata majlisida raislik qiluvchi imzolaydi”;
5) quyidagi mazmundagi 261-modda bilan toʻldirilsin:
