“258-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (4166-IV-son) · Sana: 20.03.2024 · Amalda
Qonunchilik palatasi zarur boʻlgan hollarda, oʻzining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi masala fraksiyalar, qoʻmitalar tashabbusiga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasi qarori oldindan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi qarori esa tegishli davlat organiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi majlisiga taklif etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosiga, davlat organi rahbariga soʻzga chiqish uchun, qoida tariqasida, 20 daqiqagacha, deputatlarning savollariga javob berish uchun esa koʻpi bilan 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining, davlat organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi uni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qarori esa tegishli davlat organiga yuboriladi”;
