“238-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (4166-IV-son) · Sana: 20.03.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va maʼqullanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik choralarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi”;
66) 239-moddadagi “Bosh vaziri” degan soʻzlar “Prezidenti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
67) 240-moddadagi “tasdiqlanganidan” degan soʻz “lavozimga tayinlanganidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
68) 20-bob 3-paragrafining nomidagi “oʻzgartish” degan soʻz “oʻzgartirish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
69) 241-moddadagi “oʻzgartish” degan soʻz “oʻzgartirish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
70) 242-moddadagi “oʻzgartish” degan soʻz “oʻzgartirish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
71) 244-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Budjet va iqtisodiy islohotlar” degan soʻzlar “Budjet va iqtisodiy masalalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Budjet va iqtisodiy islohotlar” degan soʻzlar “Budjet va iqtisodiy masalalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
72) 245-moddaning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hisobotni koʻrib chiqish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining maʼruzasi, Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining xulosasi, fraksiyalarning fikrlari va takliflari eshitiladi, muhokama oʻtkaziladi va tegishli qaror qabul qilinadi”;
73) 246-moddadagi “va xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
74) 249-moddaning:
birinchi qismidagi “va xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “va xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi “yozma javob” degan soʻzlardan keyin “qoida tariqasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
