Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlarining maqomini va masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida (484-son)
27.09.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mulkchilik shakllarini qayta oʻzgartirish jarayonlari chuqurlashayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi xodimlarining masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari maqomi boʻyicha, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bozor tuzilmalarini shakllantirish ishida Davlat mulki qoʻmitasi organlariga yordam bersinlar, bu jarayonni samarali amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari V.A.Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 27-sentabr
484-son
