Professional taʼlim muassasalari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining namunaviy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (3509-son)
30.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 30-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3509]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
1. Professional taʼlim muassasalari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining namunaviy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Mehnat vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 59/QQ va 27-Q/Q-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari ishlab chiqarish taʼlimi ustalari uchun namunaviy yillik ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2830, 2016-yil 5-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 472-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. ShARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-fevral,
3-k/q-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-fevral,
3-2024/qq-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 29-fevraldagi 3-q/q va 3-2024/qq-son qaroriga ILOVA
Professional taʼlim muassasalari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining namunaviy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan
VAQT MEʼYORLARI
Izoh:
* Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining shaxsiy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlariga va boʻlimlar uchun belgilangan soatlar hajmiga professional taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin. Bunda, umumiy soatlar miqdori (1640 soat) doirasida, boʻlimlar uchun ajratilgan soatlar miqdoriga 30 foizgacha oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining shaxsiy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlari oʻquv yildagi 1640 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
Oʻquvchilarni kasb boʻyicha tashkil etilgan xalqaro miqyosdagi tanlovlarga ishtiroki uchun — 1000 soat ajratiladi.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻrtasida oʻtkaziladigan xalqaro miqyosdagi tanlovda ishtiroki uchun — 500 soat ajratiladi.
Faoliyatiga doir mahsulotlar va xizmatlarini xalqaro miqyosda koʻrgazmalarda namoyish etganligi uchun — 500 soat ajratiladi.
