“Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarining soliq munosabatlarida aniq huquqiy maqomi belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 127-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1080-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (4012-IV-son)
12.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarining soliq munosabatlarida aniq huquqiy maqomi belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 127-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1080-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 15-noyabrda kiritilgan “Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarining soliq munosabatlarida aniq huquqiy maqomi belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 127-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1080-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-fevral,
4012-IV-son
