Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (154-son)
25.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari hamda turar va noturar joylardagi sanʼat yodgorliklarini tartibga solish hamda davlat muhofazasiga olish, mozaika, panno va tasviriy sanʼat asarlarini har tomonlama oʻrganish, saqlash, ulardan oqilona foydalanish, yurtimizning turistik salohiyatini oshirishda ularning oʻrni va ahamiyatini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Madaniy meros agentligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalarini Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) kiritish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Madaniy meros agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalarini belgilangan tartibda davlat kadastriga kiritish choralarini koʻrsin.
Bunda:
roʻyxatga kiritilgan obyektlar mavjud boʻlgan turar joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bogʻliq boʻlgan har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan soʻng amalga oshiriladi;
roʻyxatga kiritilgan obyektlar mavjud boʻlgan turar joy va noturar joylarning kadastr hujjatiga ushbu obyektlar madaniy qiymatga egaligi toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritiladi.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori B.G. Abdikarimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-mart,
154-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 154-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. “Nukus tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1251-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
2. “Nukus shahri” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1361 — 1369-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
3. “Xoʻjayli tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2841-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
4. “Andijon shahri” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 421-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
5. “Jizzax shahar” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 311-312-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
6. “Jizzax viloyati” boʻlimi quyidagi mazmundagi “Zafarobod tumani. Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi bilan toʻldirilsin:
7. “Namangan shahar” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 371 — 375-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
8. “Pop tumani” boʻlimi quyidagi mazmundagi “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi bilan toʻldirilsin:
9. “Namangan viloyati” boʻlimi quyidagi mazmundagi “Davlatobod tumani. Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi bilan toʻldirilsin:
10. “Samarqand shahar” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 4601 — 4604-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
11. “Jarqoʻrgʻon tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2061-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
12. “Guliston shahar” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 641 — 644-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
13. “Angren shahri” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 281-282-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
14. “Qoʻqon shahri” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1291-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
15. “Urganch shahri” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 151 — 153-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
16. “Xiva shahri” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2271-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
17. “Bektemir tumani” boʻlimi quyidagi mazmundagi “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi bilan toʻldirilsin:
18. “Mirzo Ulugʻbek tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 481 — 4818-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
19. “Mirobod tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 931 — 939-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
20. “Shayxontohur tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1661 — 16626-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
21. “Olmazor tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2161 — 21628-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
22. “Sergeli tumani” boʻlimi quyidagi mazmundagi “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi bilan toʻldirilsin:
23. “Uchtepa tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2281 — 22811-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
24. “Chilonzor tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2611 — 2614-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
25. “Yunusobod tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2961-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
26. “Yakkasaroy tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 3361 — 33611-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
27. “Yashnobod tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 3541 — 3545-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
