“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-910-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (3985-IV-son)
06.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 31-mayda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-910-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini rad etish haqidagi taklifini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 147 va 148-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2022-yil 7-mayda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-910-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Ushbu Qaror hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-fevral,
3985-IV-son
