Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-139-son)
25.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, yoʻlovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini koʻrsatish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, xususan, sohani moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yoʻlkira haqi boʻyicha tushumlarni jamlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan maxsus jamgʻarmalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga oʻtkazish;
yoʻlkira tushumlarining toʻliq yigʻilishini tahlil qilish, yoʻlovchi tashishni moliyalashtirishning shaffofligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida “Maxsus jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, “Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari” davlat muassasalarini hamda Transport vazirligining hududiy “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini saqlash xarajatlari maxsus jamgʻarmalar mablagʻlari hamda boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
2023-yilda Transport vazirligining hududiy “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini saqlash hamda brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan shahar avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchi tashishni moliyalashtirish xarajatlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2024-yil 1-iyunga qadar jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etilishini taʼminlasin.
4. Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzmilliybank” AJ bilan birgalikda 2024-yil 1-iyunga qadar Toshkent shahri muntazam avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yoʻlaklarda yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd etish boʻyicha jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimini joriy etsin.
5. Nukus shahar va boshqa viloyatlar markazlarida muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etishning asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-mart,
PQ-139-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi PQ-139-son qaroriga 1-ILOVA
Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etishning
ASOSIY PARAMETRLARI
Izoh: Yoʻnalishlar va avtobuslar soni hududlarda transportga boʻlgan talabni aniqlash uchun yakuniy ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazilib, shaharlarning transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejalari tasdiqlanganidan soʻng aniqlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi PQ-139-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimini saqlash, yoʻlkira haqi boʻyicha tushumlarni jamlash va tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida maxsus jamgʻarmalar (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarmalar) tashkil etiladi”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maxsus jamgʻarmalar xarajatlari va daromadlari oʻrtasidagi tafovut Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi”.
2. 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Quyidagilar Maxsus jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin:”.
3. 1-ilova quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
4. 2-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
5. 3-ilovada:

6. 4-ilovada:

7. 5-ilovada:

8. 6-ilovada:

9. 7-ilovada:

10. 8-ilovada:

11. 9-ilovada:
7-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 14-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
12. 10-ilovada:
8-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 15-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasalarini Transport vazirligining bir tarkibiy tuzilmasidan boshqasiga oʻtkazish huquqi beriladi”.
13. 11-ilovada:

14. 12-ilovada:

15. 13-ilovada:

16. 14-ilovada:

17. 15-ilovada:
2-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustuni quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda, Toshkent shahriga Toshkent viloyatining yondosh hududlaridan kirib keluvchi yoʻnalishlar Toshkent shahar jamoat transporti yoʻnalishlar tarmogʻiga kiritilishi hamda ular uchun belgilangan tariflar qoʻllanilishi inobatga olinsin”;
6-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 16-pozitsiya bilan toʻldirilsin: