Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Misr Arab Respublikasi Parlamenti bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (4033-IV-son)
13.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 10-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Misr Arab Respublikasi Parlamenti bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 331-IV/KQ-65-IV-sonli Qoʻshma qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 6, 435-modda) 1-bandiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Misr Arab Respublikasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhining yangi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qoʻshma qaror tegishli davlat organlariga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-fevral,
4033-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 13-fevral,
KQ-681-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 13-fevraldagi 4033-IV/KQ-681-IV-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Misr Arab Respublikasi Parlamenti bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi
TARKIBI
