“Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida (2599-1-son)
19.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2599-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 11-iyundagi 148-son “Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2599, 2014-yil 2-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 27-son, 333-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-fevral,
3-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori oʻrinbosari A. ABDUKAYuMOV
2024-yil 20-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 21-fevraldagi 3-son buyrugʻiga ILOVA
“Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomda:
1) nizom muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
2) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining hududiy boshqarma (boʻlimlari) (bundan buyon matnda hududiy boshqarma (boʻlim) deb yuritiladi) tomonidan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida akkreditatsiya qilingan seleksiya markazlari, chorvachilik nazorat-sinov stansiyalari, ippodromlar, sut, jun sifatining seleksiya nazorati laboratoriyalari va immunogenetik ekspertiza laboratoriyalari ishtirokida amalga oshiriladi.”;
3) 4-banddagi “inspeksiyaga” degan soʻz “boshqarma (boʻlim)ga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 6-banddagi “inspeksiyaga” degan soʻz “boshqarma (boʻlim)ga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha hududiy boshqarma (boʻlim) tomonidan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida akkreditatsiya qilingan seleksiya markazlari, chorvachilik nazorat-sinov stansiyalari, ippodromlar, sut, jun sifatining seleksiya nazorati laboratoriyalari va immunogenetik ekspertiza laboratoriyalari ishtirokida naslli mahsulotga (materialga) sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish haqida xulosa tuziladi.
Ushbu xulosaga asosan, hududiy boshqarma (boʻlim) tomonidan mazkur Nizomning 2 — 15-ilovalariga muvofiq shakllarda tegishli sertifikat rasmiylashtiriladi.”;
6) 11-bandning uchinchi xatboshisidagi “inspeksiya” degan soʻz “boshqarma (boʻlim)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 13-banddagi “inspeksiya” degan soʻz “boshqarma (boʻlim)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 14-banddagi “inspeksiyalar” degan soʻz “boshqarma (boʻlim)lar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 15-banddagi “inspeksiya” degan soʻz “boshqarma (boʻlim)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Hududiy boshqarma (boʻlim)lar tomonidan har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 3-sanasigacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga Naslli mahsulotlarga (materiallarga) berilgan sertifikatlarni roʻyxatga olish kitobidan koʻchirma taqdim etiladi.”;
11) 19-banddagi “inspeksiya” degan soʻz “boshqarma (boʻlim)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 21-banddagi “Hududiy inspeksiyalar va “Oʻzstandart” agentligida” degan soʻzlar “Hududiy boshqarma (boʻlim)lar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 2-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 3-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 4-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 5-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 6-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 7-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 8-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 9-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 10-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 11-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 12-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 13-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 14-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 15-ilovaning matnidagi “chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 17-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
28) 19-ilovaning matnidagi “Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 17-ILOVA
Tuman va shaharlarning
KODLARI
