Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-138-son)
20.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent shahrida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha yangi imkoniyat va mavjud zaxiralardan toʻliq va samarali foydalanish, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish loyihalarini kengaytirish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini jadal rivojlantirish, yangi turdagi raqobatbardosh yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga quyish, Toshkent shahrining eksport salohiyatini oshirish hamda aholini yuqori daromadli ish joylari bilan taʼminlash maqsadida:
1. Toshkent shahri hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Yangi avlod” MSZ) tashkil etish;
b) “Yangi avlod” MSZni tashkil etish maqsadida:
“Yangihayot” industrial texnoparki hududida 1a-ilovaga muvofiq boʻsh turgan 100 gektar yer uchastkasini ushbu texnopark hududidan chiqarish va “Yangi avlod” MSZga oʻtkazish;
Toshkent shahri Yangihayot tumani “Xoʻja Uchqun”, “Jaloyir” va “Yangi Gulzor” mahallalari tutashgan hududdagi 1b-ilovaga muvofiq 664,5 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, shu jumladan 592,5 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalarini sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish uchun Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga belgilangan tartibda taklif kiritish.
2. Quyidagilar:
“Yangi avlod” MSZ tarkibiga kiruvchi hududlarning chegaralari 2-ilovaga muvofiq;
“Yangi avlod” MSZning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari 3-ilovaga muvofiq;
“Yangi avlod” MSZni tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) “Yangi avlod” MSZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik qonunga muvofiq uzaytirilishi mumkin;
b) “Yangi avlod” MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi;
v) “Yangi avlod” MSZ uchun tashqi infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini amalga oshirishda:
moliyalashtirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq;
buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
g) “Yangi avlod” MSZ hududida ichki infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish elektron onlayn auksiondan tushgan va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
d) “Yangi avlod” MSZni tashkil etish uchun yer uchastkalari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarish nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2030-yildan boshlab 10 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlanadi:
Bunda:
kompensatsiya toʻlovlari “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ, “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ taʼsischiligida tashkil etiladigan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi va “Yangi avlod” MSZning ishtirokchilaridan undirilmaydi hamda toʻliq qoplangunga qadar yer ajratish boʻyicha loyihani naturaga koʻchirish va yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;
“Yangi avlod” MSZni tashkil etish uchun yer uchastkalari olinishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplanadi.
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Yangi avlod” MSZ hududidan oʻtgan gaz quvurlarini koʻchirish uchun 200 milliard soʻmgacha hamda ichki kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish uchun 150 milliard soʻmgacha miqdordagi budjet ssudasini haqiqatda bajarilgan ish hajmidan kelib chiqqan holda 2024-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga bosqichma-bosqich ajratilishini taʼminlasin.
Belgilab qoʻyilsinki, budjet ssudasi joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun koʻzda tutilgan xarajatlar hisobidan ajratiladi.
5. “Yangi avlod” MSZni boshqarish uchun “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) taʼsischiligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — boshqaruvchi kompaniya) tashkil etilsin.
Belgilansinki, boshqaruvchi kompaniya:
Toshkent shahri hokimligi bilan kelishilgan xolda davlat-xususiy sheriklik shartnomalarini, shu jumladan konsessiya, boshqaruv shartnomalari hamda Kompaniya ulushini ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha shartnomalarni tuzish hamda boshqaruvchi kompaniyaning ustav fondiga ulush kiritish orqali ushbu sohada ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalarni va menejerlarni jalb qiladi;
“Yangi avlod” MSZ hududida koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari va yetkazib beriladigan energiya resurslari uchun tariflarni vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda shartnoma asosida belgilaydi;
“Yangi avlod” MSZ hududida loyihalarni amalga oshirish boʻyicha investorlar bilan muzokaralar olib boradi, ular bilan bitimlar tuzishni va ularning investitsiya shartnomalarida belgilangan majburiyatlar ijrosini nazorat qiladi;
“Yangi avlod” MSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish davrida investorlarga shartnoma asosida servis, sanitariya-gigiyena va muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatadi hamda ular transport infratuzilmasi obyektlari va yordamchi inshootlar bilan taʼminlanishini tashkil qiladi.
6. Toshkent shahri hokimligi:
a) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-iyulga qadar “Yangi avlod” MSZning hududlari bosh rejasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin, bunda:
Kompaniya bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi etib belgilansin;
bosh rejani ishlab chiqish boʻyicha loyiha va pudrat tashkilotlari eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra aniqlansin;
bosh rejani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Kompaniya mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin;
b) bosh rejaga asosan “Yangi avlod” MSZ tarkibiga kiruvchi yer uchastkalarini zaxiraga qaytarish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi hamda Yer kodeksida belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
“Yangi avlod” MSZ hududidagi yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasi qarori asosida Yer kodeksining 24-moddasiga muvofiq Toshkent shahri xokimligi tomonidan boshqaruvchi kompaniyaga “Yangi avlod” MSZning faoliyat yuritish muddatidan oshmagan muddatga ijaraga beriladi;
investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.
8. Toshkent shahri hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Yangi avlod” MSZ hududida boshqaruv ofisi binosini qurish hamda obyekt atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash maqsadida “Yangihayot” industrial texnoparki” DUKni buyurtmachi etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, buyurtmachiga eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra loyiha va pudrat tashkilotlarini aniqlashga ruxsat berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, boshqaruv ofisi binosini qurish hamda obyekt atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari elektron onlayn auksionlardan tushgan mablagʻlar, Kompaniya mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
9. Toshkent shahri hokimligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda “Yangi avlod” MSZ hududida 2025-yil yakuniga qadar 1,5 milliard AQSH dollari miqdorigacha toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari oʻzlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi, yiliga 1 trillion soʻmdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi, shuningdek, amalga oshirilayotgan loyihalar toʻliq ishlab chiqarish quvvatiga erishishi bilan yillik 5 million AQSH dollari miqdorigacha qoʻshimcha eksport amalga oshirilishi va Davlat budjetiga yillik 1 milliard soʻmgacha qoʻshimcha soliq tushumlari tushishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.B. Umurzakov belgilansin.
Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-mart,
PQ-138-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-138-son qaroriga 1a-ILOVA
“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish uchun “Yangihayot” industrial texnoparki hududidan berilayotgan yer uchastkalari
ROʻYXATI
T/r Hudud nomi Kontur raqami Jami yer maydoni, ga 1. OXUNBOBEV mavzesi 215 k 2,30 283k 1,58 2. OXUNBOBEV mavzesi 271k 4,40 277a k 4,05 279a k 3,92 278k 32,02 3. OXUNBOBEV mavzesi 271a 1,42 273 6,92 4. KIM PEN XVA mavzesi 4k 12,46 5. KIM PEN XVA mavzesi 6k 14,41 6. KIM PEN XVA mavzesi 5 1,00 3k 0,56 OXUNBOBEV mavzesi 272 1,98 276 0,10 270k 5,48 214 1,35 277k 1,02 270a 5,03 Jami 18 ta 100,00
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-138-son qaroriga 1b-ILOVA
“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish uchun yer fondi toifasi oʻzgartirilayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari
ROʻYXATI
T/r Hudud nomi Yerdan foydalanuvchi nomi Kontur raqami Kontur kesimida yer maydoni, ga Shundan Tuproq bonitet bali Oʻzgartirishga taklif etilayotgan yer fondi toifasi Taklif etilayotgan foydalanish maqsadi Sugʻoriladigan yerlar, ga Boshqa yerlar, ga 1. KIM PEN XVA mavzesi “Saydovul” fermer xoʻjaligi 4k 0,20 0,20 0,00 49 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 2. KIM PEN XVA mavzesi “Gulzor bogʻ” MCHJ 10k 3,30 3,10 0,20 68,8 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 3. KIM PEN XVA mavzesi “Salomov Mamatkul” fermer xoʻjaligi 6k 22,69 22,23 0,46 58,9 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 4. KIM PEN XVA mavzesi “Jaxongir Agro Biznes” fermer xoʻjaligi 24 18,69 18,24 0,45 49 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 5. KIM PEN XVA mavzesi “Diyorbek Oybek” MCHJ 23k 4,90 3,60 1,30 49 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 25 3,72 3,72 27 1,87 1,87 28 10,44 10,15 0,29 49 29 0,40 0,40 30k 5,20 5,00 0,20 49 31 0,47 0,47 32 1,35 1,35 33 4,09 3,91 0,18 68,8 35 3,10 1,90 1,20 68,8 36k 2,00 1,00 1,00 68,8 6. OXUNBOBOYEV mavzesi “Izatilla agro” fermer xoʻjaligi 277a k 7,47 7,23 0,24 69 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 279a k 9,43 9,12 0,31 69 304 16,67 15,68 0,99 69 278k 0,55 0,55 0,00 49,4 305 31,20 29,85 1,35 59,4 271k 0,21 0,21 0,00 49,4 308 12,87 12,36 0,51 54 312k 18,63 17,81 0,82 54 7. OXUNBOBOYEV mavzesi “Baykunusova Raʼno” fermer xoʻjaligi 310k 2,00 2,00 0,00 54 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 8. OXUNBOBOYEV mavzesi “Bektemir Nur Agro” fermer xoʻjaligi 302 31,51 30,60 0,91 64,9 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 9. OXUNBOBOYEV mavzesi “Umarxodjayev Shuhrat” fermer xoʻjaligi 211 5,83 5,83 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 215 k 32,72 32,40 0,32 54 283k 23,29 22,93 0,36 69 284 18,08 17,51 0,57 69 285 24,30 24,15 0,15 69 286 0,38 0,38 10. OXUNBOBOYEV mavzesi “Aziz Asad Amirbek agro” fermer xoʻjaligi 299 21,78 20,90 0,88 69 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 300 22,89 22,71 0,18 69 233 11,12 10,60 0,52 67,5 235 1,97 1,88 0,09 67,5 463q 9,61 8,21 1,40 67,5 230 24,38 24,10 0,28 52,6 240 25,33 24,85 0,48 60 460q 3,33 3,30 0,03 67,5 11. OXUNBOBOYEV mavzesi “Baraka don agro klaster” MCHJ 468k 4,91 4,75 0,16 60 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 469k 1,33 1,13 0,20 67,5 295k 8,46 8,46 0,00 52,6 466 18,83 18,27 0,56 52,6 474k 6,59 5,90 0,69 42,8 12. OXUNBOBOYEV mavzesi “Mulkobod Zilol” MCHJ 264 1,09 1,09 0,00 67,5 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 234 3,30 3,11 0,19 67,5 236 1,25 1,19 0,06 67,5 268 3,87 3,65 0,22 67,5 13. OXUNBOBOYEV mavzesi “Axror fayz” MCHJ 260 40,38 39,63 0,75 72,7 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 257 39,43 38,80 0,63 53,4 14. OXUNBOBOYEV mavzesi “Chorva nasl” MCHJ 293 3,20 1,00 2,20 52,6 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 294k 23,04 22,37 0,67 52,6 289 1,08 0,76 0,32 52,6 15. OXUNBOBOYEV mavzesi Tuman hokimligi zaxira yer maydonlari 216 2,20 0,05 2,15 67,5 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 217 0,19 0,19 267 0,54 0,54 274 0,54 0,54 275 1,04 1,04 279 0,88 0,88 280 1,49 1,49 281 3,38 3,38 282 1,94 1,94 295q 5,08 4,80 0,28 52,6 297 0,45 0,45 301 2,30 2,30 478 2,79 2,79 270k 6,00 5,52 0,48 64,8 277k 0,30 0,30 270a k 2,63 2,34 0,29 49,4 266 21,61 21,10 0,51 54 16. OXUNBOBOYEV mavzesi Tuman hokimligi zaxira yer maydonlari 9 6,70 6,70 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Maxsus sanoat zona tashkil etish 10k 1,30 0,30 1,00 68,8 3k 2,17 2,17 5 1,00 1,00 7 3,02 3,02 8 2,15 2,15 26 0,07 0,07 Jami 77 ta 664,50 592,50 72,00
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-138-son qaroriga 2-ILOVA
“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tarkibiga kiruvchi hududlarning
CHEGARALARI TAVSIFI
T/r Hudud va uning chegaralari tavsifi maydoni (ga) Toshkent shahri Yangihayot tumani “Xoʻja uchqun”, “Jaloyir” va “Yangi Gulzor” mahallalari tutashgan hududdagi yer maydoni 1. Gʻarb tomondan 1-nuqta 41°11'2.29''S 69°15'43.90''V 2-nuqta 41°11'12.26''S 69°15'42.22''V 44-nuqta 41°9'55.39''S 69°15'32.12''V 45-nuqta 41°9'56.59''S 69°15'32.40''V 46-nuqta 41° 9'55.06''S 69°15'54.15''V 47-nuqta 41°10'47.41''S 69°16'3.05''V 48-nuqta 41°10'59.66''S 69°16'1.83''V 49-nuqta 41°11'2.32''S 69°16'8.97''V 50-nuqta 41°11'5.88''S 69°16'5.33''V 51-nuqta 41°11'3.73''S 69°15'59.71''V 52-nuqta 41°11'2.24''S 69°16'0.54''V 664,5 2. Shimol tomondan 3-nuqta 41°11'18.44''S 69°15'49.97''V 4-nuqta 41°11'25.11''S 69°16'8.35''V 5-nuqta 41°11'22.14''S 69°16'9.56''V 6-nuqta 41°11'27.76''S 69°16'34.69''V 7-nuqta 41°11'31.25''S 69°16'36.01''V 8-nuqta 41°11'35.38''S 69°16'33.60''V 9-nuqta 41°11'52.11''S 69°17'2.48''V 10-nuqta 41°11'49.67''S 69°17'6.00''V 3. Sharq tomondan 11-nuqta 41°11'50.96''S 69°17'9.92''V 12-nuqta 41°11'35.59''S 69°17'22.03''V 13-nuqta 41°11'28.06''S 69°17'35.74''V 14-nuqta 41°11'23.18''S 69°17'28.85''V 15-nuqta 41°11'18.96''S 69°17'33.77''V 16-nuqta 41°11'15.26''S 69°17'36.32''V 17-nuqta 41°11'24.44''S 69°17'48.83''V 18-nuqta 41°11'36.02''S 69°18'3.73''V 19-nuqta 41°11'26.65''S 69°18'26.65mV 20-nuqta 41°11'20.83''S 69°18'16.99''V 21-nuqta 41°11'18.70''S 69°18'16.46''V 22-nuqta 41°11'14.24''S 69°18'13.44''V 23-nuqta 41°11'11.66''S 69°18'8.38''V 24-nuqta 41°11'15.35''S 69°18'1.48''V 25-nuqta 41°11'15.11''S 69°18'0.74''V 26-nuqta 41°10'54.69''S 69°17'28.45''V 27-nuqta 41°10'46.39''S 69°17'42.49''V 28-nuqta 41°10'42.45''S 69°17'41.92''V 29-nuqta 41°10'40.36''S 69°17'45.96''V 30-nuqta 41°10'45.61''S 69°17'51.44''V 31-nuqta 41°10'42.48''S 69°17'55.71''V 4. Janub tomondan 32-nuqta 41°10'41.89''S 69°18'1.89''V 33-nuqta 41°10'23.91''S 69°17'34.47''V 34-nuqta 41°10'29.80''S 69°17'38.43''V 35-nuqta 41°10'33.91''S 69°17'29.00''V 36-nuqta 41°10'35.24''S 69°17'25.29''V 37-nuqta 41°10'21.76''S 69°16'50.82''V 38-nuqta 41° 9'56.13''S 69°16'48.73''V 39-nuqta 41° 9'53.00''S 69°16'37.09''V 40-nuqta 41° 9'55.63''S 69°16'36.54''V 41-nuqta 41° 9'54.51''S 69°16'28.75''V 42-nuqta 41° 9'51.06''S 69°16'28.33''V 43-nuqta 41° 9'52.08''S 69°15'53.62''V Toshkent shahri “Yangixayot” industrial texnoparki hududidan ajratilayotgan yer maydoni 1. Gʻarb tomondan 1-nuqta 41° 9'56.69''S, 69°15'32.51''V 100,0 2. Shimol tomondan 2-nuqta 41°11'2.28''S, 69°15'43.94''V 3-nuqta 41°11'2.25''S 69°16'0.54''V 3. Sharq tomondan 4-nuqta 41°10'59.67''S,69°16'1.86''V 5-nuqta 41°10'47.33''S, 69°16'3.05''V 4. Janub tomondan 6-nuqta 41° 9'55.08''S, 69°15'54.14''
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-138-son qaroriga 3-ILOVA
“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari
1. Xalqaro brendlar bilan hamkorlikda yangi turdagi raqobatbardosh yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga quyish.
2. Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish loyihalarini kengaytirish, jumladan klaster tizimini joriy etish.
3. Sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali ularning hajmini oshirish.
4. Xalqaro toifadagi savdo-logistika faoliyatini yoʻlga quyish.
5. “Yangi avlod” MSZ va uning atrofidagi aholi punktlari bilan oʻzaro bogʻlangan tegishli bank, turizm, savdo va ijtimoiy infratuzilmani yaratish.
6. “Yangi avlod” MSZda sohalar va tarmoqlar kesimida, shu jumladan klaster tizimi asosida Toshkent shahrida kelgusida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalarini belgilangan tartibda ijara huquqi asosida “Yangi avlod” MSZ hududidan tadbirkorlik subyektlariga ajratish, shuningdek, Toshkent shahri hududida joylashgan sanoat korxonalarini yagona dislokatsiya asosida “Yangi avlod” MSZ hududida joylashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-138-son qaroriga 4-ILOVA
“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlar nomlanishiAmalga oshirish shakliAmalga oshirish muddatiMasʼullar1.Toshkent shahri Yangihayot tumani, Xoʻja Uchqun, Jaloyir va Yangi Gulzor mahallalari tutashgan hududdagi 664,5 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, shu jumladan 592,5 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalari toifasini sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish uchun Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga belgilangan tartibda taklif kiritish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil 1-aprelToshkent shahri hokimligi(Umurzakov),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(Abduraxmonov),manfaatdor vazirlik va idoralar2.“Yangi avlod” MSZ tarkibiga kiruvchi yer uchastkalarini Toshkent shahri hokimligi zaxirasiga bosqichma-bosqich qaytarilishini va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash.Toshkent shahri hokimining qarori2024-yil 1-aprelToshkent shahri hokimligi(Sh.Umurzakov),Kadastr agentligi(Poʻlatov),manfaatdor vazirlik va idoralar3.“Yangi avlod” MSZni boshqarish uchun “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ taʼsischiligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda — boshqaruvchi kompaniya) tashkil etish.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2024-yil 15-mayToshkent shahri hokimligi(Umurzakov),“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ4.“Yangi avlod” MSZning bosh rejasini eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan ishlab chiqishni va tasdiqlashni tashkil etish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil 1-iyulToshkent shahri hokimligi(Umurzakov)5.“Yangi avlod” MSZning bosh rejasi asosida yer uchastkalarining lotlarga ajratgan holda, elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini tashkil qilish.Amaliy chora-tadbirlar2024-yil 1-sentabrToshkent shahri hokimligi(Umurzakov),manfaatdor vazirlik va idoralar6.“Yangi avlod” MSZ uchun ichki va tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish manzilli dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2024-yil 1-sentabrToshkent shahri hokimligi(Sh.Umurzakov),manfaatdor vazirlik va idoralar7.Mazkur qarorga asosan yer uchastkalarining bosh reja asosida oʻzlashtirilishiga va yangi maqsadlar uchun ajratilishiga, shuningdek, yangi yerlarning sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazilishiga koʻra Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.Amaliy chora-tadbirlarDoimiyKadastr agentligi(Poʻlatov),Toshkent shahri hokimligi(Umurzakov),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(Abduraxmonov)8.Xalqaro darajada eʼtirof etilgan ilgʻor maxsus iqtisodiy zonalar boshqaruvchi kompaniyalarining tajribalaridan kelib chiqib, xalqaro erkin iqtisodiy zonani tashkil etish tamoyillarini oʻrgangan holda Oʻzbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha Toshkent shahrida Xalqaro moliya markazini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.Bunda, islom moliyasi instrumentlarini tatbiq etish maqsadida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy qilish masalasini nazarda tutish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2029-yil 1-oktabrToshkent shahri hokimligi(Umurzakov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(Xolmurodov),Markaziy bank(Saydullayev)9.“Yangi avlod” MSZ hududida koʻrsatiladigan xizmatlarni diversifikatsiya va monetizatsiya qilishga doir dasturni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Chora-tadbirlar rejasi2024-yil 1-oktabrToshkent shahri hokimligi(Umurzakov)10.“Yangi avlod” MSZda joylashayotgan ishlab chiqarish korxonalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida ushbu zona joylashgan va unga yaqin hududlardan oʻtuvchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻidan alohida tarmoq chiqargan holda podstansiya qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qurilishini taʼminlash.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil 1-yanvarEnergetika vazirligi(Mirzamaxmudov),“Hududgaztaʼminot” AJ,“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ,Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Toshkent shahri hokimligi(Umurzakov)11.Qulay xalqaro investitsiya vohasi sifatida “Yangi avlod” MSZ imijini shakllantirish hamda salohiyatli investorlarni jalb etish maqsadida “Yangi avlod” MSZ hududining imkoniyatlari toʻgʻrisida videorolik va targʻibot materiallarini tayyorlab, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish.Amaliy chora-tadbirlarDoimiyToshkent shahri hokimligi(Umurzakov),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(Xolmurodov),“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-138-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-232-son qarori 15-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, koʻp kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga muvofiq Direksiya tomonidan (buyurtmachi sifatida) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali (har bir loyihaga alohida texnik shart asosida) auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-236-son qarori 5-bandining “g” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “uni toʻliq Jamgʻarmaga yoʻnaltirish” soʻzlari “uni bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan toʻliq Jamgʻarmaga yoʻnaltirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “jami qurilish” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadigan qurilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
