46-modda. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilgan kun
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-922-son) · Sana: 18.03.2024 · Amalda
Ariza qabul qilib olingan kun yoki soʻrovnoma kelib tushgan kun pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan yoki axborot tizimlarida zarur maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi murojaatchiga qoʻshimcha ravishda qaysi hujjatlar yoki maʼlumotlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Basharti ular qoʻshimcha hujjatlar yoki maʼlumotlar taqdim etilishi zarurligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch oy ichida taqdim etilsa, pensiya tayinlanishi toʻgʻrisidagi ariza yoki soʻrovnoma qabul qilingan kun pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilgan kun deb hisoblanadi”;
8) 49-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“yoshga doir eng kam pensiya miqdori oʻzgarganda;
daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda pensiya miqdori yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari (tariflari) indeksi (inflatsiya) darajasining oʻsish surʼatlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga asosan indeksatsiya qilinadi (oshiriladi)”;
9) 59-moddaning birinchi qismidagi “oʻn ikki oydan” degan soʻzlar “yigirma toʻrt oydan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 702-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 334-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
