Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (112-son)
05.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan taʼminlash va mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek xalqaro brendlarni Oʻzbekiston bozoriga kirishida qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini import qiluvchilarni Reyestrga kiritish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni raqamlashtirish, shu jumladan, arizalarni qabul qilish, ekspertizadan oʻtkazish hamda Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi tomonidan koʻrib chiqish ishlarini faqat elektron tizim orqali amalga oshirish;
arizalarni elektron tizim orqali koʻrib chiqish va qaror qabul qilishning barcha bosqichlarida belgilangan muddatlarni qisqartirish hamda ushbu jarayonlarning shaffofligini taʼminlash;
zamonaviy bozor mexanizmlarini qoʻllagan holda, xalqaro brendlarini Oʻzbekiston bozoriga kirishida qoʻshimcha qulayliklar yaratish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-mart,
112-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-son qaroriga ILOVA
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. 2-bandda:
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xalqaro brend Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va quyidagi dunyo mintaqalaridan kamida ikkitasining chakana savdo tarmoqlarida ishtirok etishi lozim: Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo”;
b) quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Yagona elektron axborot tizimi (YaEAT) — Reyestrga kiritish uchun arizalarni yuborish, ularni qabul qilish va koʻrib chiqish jarayonlarining barcha bosqichlarini qamrab olgan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining vakolatli tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — vazirlikning vakolatli tashkiloti) elektron tizimi;
Kengashning vakolatli aʼzolari — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri (Kengash raisi), iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari (kengash raisining oʻrinbosari), shuningdek, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Savdo-sanoat palatasi vakillari”.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Reyestrga kirish uchun ariza beruvchi vazirlikning vakolatli tashkilotiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq elektron shaklda ariza yuboradi”.
3. 5-bandning uchinchi xatboshisi “chakana savdo” soʻzlaridan keyin “shahobchaga yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ariza beruvchi xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
xalqaro brendlar yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mahsulot yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan import shartnomalari;
tovarning kelib chiqish mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki maʼlumot;
ariza berilayotgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN boʻyicha tasnif kodi haqida maʼlumot;
ariza beruvchining oʻziga tegishli yoki ijaraga olingan turgʻun chakana savdo shahobchalari, shu jumladan binolari, brend tovarlarni sotish (savdo qilish) uchun obyekt yoki obyektlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
brend egalarining xalqaro chakana savdo tarmoqlari mavjudligi haqida maʼlumot;
jahonning quyidagi mintaqalaridan (davlatlaridan) kamida ikkitasi — Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyoning chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
brendning Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi maʼlumot;
doʻkonlarda chakana savdo qilish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun);
brendlar rasmiy internet saytlarining mavjudligi haqida maʼlumot.
Toʻliq hajmda taqdim etilmagan hujjatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi, toʻliq hujjatlarga ega boʻlmagan arizaga esa, elektron tizim orqali 5 ish kuni mobaynida rad javobi beriladi hamda elektron tizimda koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng, arizani qayta topshirish mumkin hisoblanadi”.
5. 7-bandning birinchi xatboshisidagi “20” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
6. 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Taqdim etilgan arizani oʻrganish natijasida hujjatlar haqiqiy, asosli va yetarli deb topilgan taqdirda, vazirlikning vakolatli tashkiloti ariza beruvchini Reyestrga kiritish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun Tarif va notarif tartibga solish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) kotibiyatiga YaEAT orqali mazkur Nizomga 2a-ilovaga muvofiq shaklda Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga kiritish boʻyicha ekspert xulosasini va unga ilova qilingan hujjatlarni kiritadi.
Kengash kotibiyati YaEAT orqali ekspert xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni 1 ish kuni ichida Kengashning vakolatli aʼzolari shaxsiy kabinetlariga (Kengash raisi va uning oʻrinbosari bundan mustasno) yuboradi. YaEAT bu haqda, Kengashning vakolatli aʼzolari mobil aloqa vositalariga avtomatik ravishda SMS-xabarnoma joʻnatadi.
Kengashning vakolatli aʼzolari mazkur Nizomning 3-bobiga muvofiq ekspert xulosasini va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi”.
7. 9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sertifikat investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va real vaqt rejimida avtomatik ravishda ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Sertifikat amal qilish muddati davomida unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, jumladan import shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv natijasida (qoʻshimcha kelishuvga muvofiq import shartnomasi summasi oʻzgargan hollar bundan mustasno) sertifikatni qayta rasmiylashtirish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi”.
8. 11-bandda:
a) yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo mintaqalarining kamida ikkitasining chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotining mavjud emasligi”;
b) oʻninchi xatboshi “shahobchalari” soʻzidan oldin “shahobchasi yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Reyestrga kiritish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga YaEAT orqali aniq sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi”.
9. 13-banddagi “koʻrib chiqish boʻyicha majlislari bir oyda bir marta oʻtkaziladi” soʻzlari “koʻrib chiqishi YaEAT orqali amalga oshiriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. 15-banddan “har oyda ikki marta (1 va 15-sanalarda)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
11. 16 va 17-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Kengashning vakolatli aʼzolari 3 ish kuni ichida Kengash kotibiyati tomonidan YaEAT orqali yuborilgan xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqishi hamda koʻrib chiqish natijalariga koʻra ariza beruvchini Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ovoz berishi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etishi shart.
Kengashning vakolatli aʼzolari tomonidan berilgan ovozlardan kelib chiqib, mazkur Nizomga 2b-ilovaga muvofiq Tarif va notarif tartibga solish boʻyicha kengash bayoni YaEATda avtomatik ravishda shakllanadi.
Bunda Kengashning vakolatli aʼzosi (yoki aʼzolari) tomonidan ariza beruvchini Reyestrga kiritishni maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan tahlillar asosida xulosa shakllantiriladi va YaEATga kiritiladi.
Kengashning vakolatli aʼzolari tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat ichida ariza beruvchini Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ovoz berilmagan yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etilmagan taqdirda, ijobiy xulosa olingan deb hisoblanadi va Bayonnoma avtomatik ravishda YaEATda shakllanadi.
Bunda qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar Kengashning vakolatli aʼzolari zimmasida yuklatiladi”.
13. 21 — 23-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Kengashning vakolatli aʼzolari qarori Bayonnoma shaklida qabul qilingandan soʻng real vaqt rejimida avtomatik ravishda Kengash kotibiyatiga kelib tushadi.
22. Kengashning vakolatli aʼzolari qarori Bayonnoma shaklida qabul qilingandan soʻng:
ariza beruvchini Reyestrga kiritish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga kiritilganligi haqidagi sertifikat avtomatik ravishda shakllantiriladi va imzolash uchun YaEAT orqali investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosariga yuboriladi;
salbiy qaror qabul qilingan taqdirda, ariza beruvchini Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror YaEAT orqali vazirlikning vakolatli tashkilotiga yuboriladi.
23. Vazirlikning vakolatli tashkiloti 2 ish kuni mobaynida:
YaEAT orqali sertifikat imzolangandan soʻng oʻz veb-saytida bu haqda eʼlon joylashtiradi;
Kengashning ariza beruvchini Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi bayoni taqdim etilgan taqdirda, bu toʻgʻrisida ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi”.
14. 25-banddagi “shartnoma summasining, qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha — qoʻshimcha kelishuv” soʻzlari “shartnomasi yoki qoʻshimcha kelishuvlarga muvofiq taqdim etilgan spetsifikatsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi boʻyicha
SXEMA
16. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestriga kirish uchun
ARIZA
Izoh. Ariza rahbarning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi va zarur hujjatlar ilova qilinadi”.
17. Quyidagi tahrirdagi 2a va 2b-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2a-ILOVA
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2b-ILOVA
18. 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
